Spirtli bijg'ish. Bijg'ish jarayoni har xil taksonomik guruhlarga mansub bo'lgan mikroorganizmlar tomonidan amalga oshiriladi.
Biotexnologiyaning asosiy vazifalaridan bin tirik mikroorga-nizmlarga xos bo'lgan ochiq yoki yopiq tizimdagi biotexnologik jarayonlardan sanoat sharoitida foydalanishdan iboratdir.
Spirtli bijg'ish u yoki bu mahsulotni qayta ishlash natijasida uning spirtga aylanadigan biotexnologik jarayondir. Bijg'ish hu-jayrada sodir bo'ladigan modda almashinuvining cncrgetikasi bilan chambarchas bog'liqdir. 1861-yilda L.Paster spirtli bijg'ishni achitqi zamburug'larining faohyati bilan bog'liqligini o'rgangandan keyin bu jarayon biologik jarayon sifatida qaraladigan bo'ldi.
Byuxner va Xan tomonidan spirtli bijg'ish jarayonining o'rga-nilishi bijg'ish jarayonining tabiati haqida zamonaviy tasavvurning paydo bo'lishiga olib keldi.
Spirtli bijg'ish biokimyoviy reaksiyalarning biiin-ketin keladigan jarayoni bo'lib, bunda achitqi zamburug'i hujayralari organik birik-malarning energiyasini to'liq ishlata olmaydi. Har bir achitqi zam-burug'haing hujayrasi o'zining og'irligidan 30 va undan ko'proq marotaba miqdordagi shakarni parchalay olishi hisoblab chiqilgan. Natijada hujayraning energetik potensiah oshadi va bu ATF ning ajralib chiqishi ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bu energiya hujayraning zaxira moddalari — glikogen, karbon suvlar (tregalozalar), yog'lar va boshqa birikmalarning sintezi uchun ishlatiladi.
Shuning uchun ham spirtli bijg'ishni shakarning to'liq bo'l-magan, ammo ko'p bosqichli anaerob, fermentativ parchalanishi deb qaralmog'i lozim. Bu jarayon natjasida bijg'ishning asosiy mahsulotlari — etanol va karbonat angidrid gazi hosil bo'ladi.
Spirtli bijg'ish jarayonini amalga oshirish uchun ko'proq Saccharomyces avlodiga mansub achitqi zamburug'lari (S. cere-visiae, S.elipsoideus, S.vini va h.k.) ishlatiladi.
Achitqi zamburug'laridagi spirtli bijg'ish jarayoni yuksak orga-nizmlardagi ghkohz jarayonidan faqatgina oxirgi bosqichi bilan farq qiladi. Bunga asosiy sabab, achitqi zamburug'laridagi piruvat-dekarboksilaza fermenti hisoblanadi. Bu ferment piruvatni asetal-degidga aylantirib beradi, hosil boigan asetaldegid esa etanolgacha qaytariladi.
SpirtU bijg'ish ikki bosqichda amalga oshadi.
birinchi bosqichda glukozadan fruktoza-1,6-difosfat hosil bo'ladi, keyin u 2 molekula triozani hosil qiladi;
ikkinchi bosqichda 2 molekula triozadan 2 molekula piruvat hosil bo'ladi.
Oltita uglerod molekulasiga ega bo'lgan glukozaning ikkita uch uglerodli piruvatga parchalanishi birin-ketin amalga oshuvchi 10 ta fermentativ reaksiyalar yordamida amalga oshadi.
Dastlabki besh reaksiya glukozani parchalash uchun tayyorgar-lik bosqichi hisoblanadi. Bu reaksiyalarda glukoza C6 holatida ATF hisobidan fosforillanadi, keyin izomerlanish oqibatida fruk-toza-6*-fosfatga aylanadi, u esa C, holatida fosforillanadi va fruktoza-1,6-bifosfat hosil bo'ladi. Bu molekulaning parchalanishi oqibatida ikki molekula glitseroaldegid-3-fosfat hosil bo'ladi.
Ikkinchi bosqich ham birm-ketin keladigan 5 ta fermentativ reaksiyadan iborat bo'lib, piruvat hosil bo'lishi bilan tugallanadi.
l-reaksiya. Glukozaning 1-reaksiyasida D-glukozaning ATF energiyasi hisobidan fosforiilanishi sodir bo'ladi. Bu reaksiya qayt-mas bo'lib, geksokinaza fermenti yordamida amalga oshadi. Geksozalar faoiligini namoyon qilishlari uchun Mg+2 ioni zarur, chunki bu fermentning haqiqiy substrati bo'lib ATF emas, balki ATF va magniy kompleksi hisoblanadi.
2-reaksiya. Glukozofosfatizomeraza fermenti ta'sirida glukoza-6-fosfat fruktoza-6-fosfatga izomerlanadi. Bijg'ish jarayonida fruk-toza-6-fosfat hosil bo'lsa ham bu reaksiya qaytmas hisoblanadi.
3-reaksiya. ATF hisobidan D-fruktoza-6-fosfat C, holatida fosforillanadi. Bu reaksiya fosfofruktokinaza fermenti tomonidan katalizlanadi. Fosfofruktokinaza allosterik ferment hisoblanib, shu tipga kiravchi boshqa fermentlar kabi uning molekulyar massasi katta (300 kDa) hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |