Mikroorganizmlar yordamida sut kislotali



Download 26,67 Kb.
bet3/7
Sana30.07.2021
Hajmi26,67 Kb.
#133295
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1502352097 68733

4-reaksiya. Bu reaksiya davomida fruktoza-l,6-bifsfatning molekulasi ikkita trioza molekulasiga: glitseraldegid-3-fosfat (aldozalar) va digiroaseton-3-fosfat (ketozalar) gacha parchalanadi.

5-reaksiya. Hosil bo'lgan ikki triozofosfatlardan biri glilse-raldegid-3-fosfat keyinroq o'zgarishga uchraydi. Ammo gidro-oksiaseton-3-fosfat triazofosfatizomeraza fermenti ta'sirida izo-merlanib, glitseraldegid-3-fosfatga aylanadi. Bu bosqichda glukoza fosforillanadi, keyin ikkiga bo'linib, ikki molekula triozani hosil qiladi va oxirida ikki molekula glitseraldegid-3-fosfat hosil bo'ladi.

Shunday qilib. glikoliz ko'p bosqichli murakkab, fermentativ, oksidlanish-qaytarilish jarayonidir. Bunday fikrni glukozadagi hamda oxirgi mahsulot bo'lgan piruvatdagi uglerod atomlarining joylashishi ham ko'rsatib turadi. Glukozaning birinchi va oltinchi uglerod atomlari ikki molekula piruvatda —CH3 ko'rinishida, ya'ni glukozaga nisbatan qaytarilgan holatdadir.

Glukozaning biologik nazorati, hamda yuqorida ko'rsatilgan reaksiyalaming birin-ketinligini boshqarish va piruvatning glukoza-6-fosfatdan hosil bo'lish tezligi asosan fermentlar tomonidan: fosfofruktokinazalar va piravatkinazalar darajasida amalga oshiriladi.

Spirtli bijg'ish jarayonida piruvatdan etil spirti hosil bo'ladi. Dastlab piruvatkarboksilaza fermenti ta'sirida piruvat dekar-boksillanadi, natijada esa asetaldegid hosil bo'ladi. Bu reaksiyaning tezligi ham Mg'2 ioniga bog'liq.



SpirtU bijg'ishning eng muhim reaksiyasi asetaldegidning spirtga aylanishidir. Bu jarayon glitseraldegidfosfat degidrogenaza reaksiya­si da sarf qilingan NAD ni regeneratsiyasi bilan birga amalga oshadi.

Spirtli bijg'ishning bu klassik yo'li achitqi zamburug'lari uchun xarakterlidir. D-glukozadan ikki molekula etanol vakarbonat angid-ridi hosil bo'ladigan jarayonda uglerod va vodorod atomlarining yig'ma nisbati o'zgarmaydi.

Spirtli bijg'ish jarayonini achitqi zamburug'lari vujudga kelti-radi. Bunda shakarlar anaerob sharoitda etil spirt va karbonat angidridga aylanadi hamda energiya ajraladi:

C6H!206 и» 2C2H5OH + 2C02 + 235104J

Spirtli bijg'ish jarayonida ishtirok eladigan achitqilar fakultativ anaeroblardir. Achitqilar ostki va ustkilarga ajraladi. Ostki achitqilar 4—10°C da yaxshi bijg'itsa, ustki achitqilar 18—30"C da yaxshi rivojlanadi.

Spirtli bijg'ish jarayonida ajraladigan energiya miqdori nafas olishdagiga nisbatan 24—25 marta kam bo'ladi:

C6Hl206 -> 2CH3CH2OH + 2C02 + 116 kJ

I C«Hl206 -» 6C02 + 6H20 + 2810 kJ

Achitqilar uchun aerob sharoit zarur bo'lsa, spirt, pivo, vino olishda anaerob sharoit bo'lishi kerak.



Odatda, kislorod yetarli bo'lgan sharoitda ham achitqilar bijg'ish jarayonini olib bora oladilar. Agar kislorod miqdori oshirilsa, bij-g'ishdan tashqari, nafas olish jarayoni ham boradi, buni aerob va anaerob sharoitda C2H5OH va C02 ning nisbatidan ko'rish mumkin.

C02 ning C,H5OH ga bo'lgan nisbati:

C02 : C2H5OH C02 : C2H5OH

(yaxshi aeratsiya) (yomon aeratsiya)



100 : 66 100 : 105

100 : 68 100 : 108

100 : 67 100 : 90

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, aeratsiya yaxshi bo'lganda spirt miqdori 30% kam bo'lar ekan. Spirtli bijg'ish jarayonida 15% spirt to'plangandan so'ng bijg'ish to'xtaydi, chunki spirt achitqilarni zaharlaydi. Spirtli bijg'ish jarayonida ishtirok etadigan fermentlar kompleksi zimaza deyiladi.

A.H.Lebedev (1911-y.) achitqilarni termostatda 25—30°C da o'stirgandan keyin 2 soat suv bilan yuvib, achitqi shirasidan fer-mentlarni ajratib olishga muvaffaq bo'lgan. Rus olimlaridan L.A.Ivanov, S.P.Kostichev, A.H.Lebedevlar spirtli bijg'ish jara-yonining ximizmini o'rganishgan va quyidagilarni aniqlashgan: spirtli bijg'ish jarayoni ko'p bosqichli jarayondir. Xuddi nafas olish jarayoniga o'xshab, glukoza molekulasi gidrolitik parchalanish reaksiyaiari natijasida pirouzum kislotaga aylanadi. Shu reaksiyalar anaerob sharoitda boradi. Keyin nafas olish va bijg'ish jarayonlari bir-biridan ajrahb, turlicha yo'l bilan ketadi. Buni S.P.Kostichev ishlarida ko'rish mumkin.

Bijg'ish va nafas olish jarayonlari o'rtasidagi uzviy bog'lanishni ifodalaydigan sxema quyidagichadir: spirtli bijg'ish jarayonida hosil bo'lgan pirouzum kislotadan C,H5OH va C02 hosil boiadi. Bu reaksiyalar ikki bosqichda boradi. Avval pirouzum kislotadan C02 ajraladi va sirka aldegidi hosil bo'ladi:

CH3COCOOH karboksiloza fermeati ) ^ + СНзСНО



So'ngra sirka aldegidi vodorod ishtirokida qaytarilib, etil spirtga aylanadi:

CH3CHO+NAD-H2 alkogoldegidrogeneza . CH3CH2OH+NAD



Kostichev fikriga ko'ra, etil spirti yuqoridagi reaksiyaga muvofiq hosil boiishi, yoki kanitsaro reaksiyasiga muvofiq, 2 moiekula sirka aldegidi suv ishtirokida etil spirti va sirka kislotasiga aylanishi mumkin:

2CH3CHO + H20 -> CH3CH2OH + CH3COOH

Spirtli bijg'ish jarayonida qo'shimcha mahsulotlar sifatida qahrabo kislota, sivush moylari ham hosil bo'ladi. Agar achitqilar o'sayotgan muhitda aminokislotalar ortiqcha bo'lsa, sivush moylari hosil bo'ladi:

RCH • NH2COOH + H20 = RCH2OH + NH3 + C02



SpirtU bijg'ish jarayoni oziq-ovqat sanoatida muhim ahamiyatga ega.

Spirtli bijg'ish uchun turli mahsulotlardan foydalanish mumkin:

  1. tarkibida kraxmal bo'lgan mahsulotlar (bug'doy, афа, javdar, makkajo'xori, kartoshka);

  1. tarkibida shakar bo'lgan mahsulotlar (lavlagi, shakar patokasi);

  1. yog'och qipig'iga HC1 va H2S04 bilan ishlov beriladi, qipiq shakarga aylanadi, keyin bu mahsulotga nitrat, fosfat tuzlari va vino achitqilaridan qo'shiladi. I m3 qipiqdan 158 litr metil spirti olinadij

  2. hozirgi vaqtda spirt sintctik yo'l bilan etilen gazidan olin-moqda:

C2H4 + Б20 ^=2 CH3CH2OH.

Spirtli bijg'ish jarayonining mohiyati shundan iboratki, bunda hosil bo'lgan energiya ATP da to'planadi va zarar bo'lganda, hujayra undan foydalanadi.




Download 26,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish