5-BOB. FOYDALANISh STATISTIKASI. LOKOMOTIVLARDAN FOYDALANISh STATISTIKASI
5.1. Foydalanish statistikasining predmeti, vazifalari va mazmuni
Foydalanish statistikaning asosiy vazifasi, tashish jarayonida imkoniyati boricha kam xarakatlanuvchi tarkiblarni ishlatilishidir. Bu vazifani yechish uchun xarakatlanuvchi tarkiblarning mavjud parkini ko‘p quvvatli va tezyurar lokomotivlarni ishga tushirish, foydalanishdagi mavjud parkidan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratishdan iborat.
Kuzatish obyekti bo‘lib, lokomotivlar, motorvagon va vagonlarning mavjud parkining ishlovchi qismi hisoblanadi. Kuzatish birligi lokomotivlar, vagonlar, elektro-dizel sektsiyalari hisoblanadi.
O‘lchov birligi esa lokomotiv-soat, soat va tonna-km hisoblanadi.
Hisobga olish belgilari quyidagilar:
- tortish turi;
-xarakat turi;
- vagon turi va uning foydalanish holati, yuk og‘irligi va vagon tara og‘irligi;
-poezdagi vagonlar soni, poezd-netto va poezd-brutto og‘irligi, ishlov turi va ishlovsiz turi:
- bekor turish turi, poezd uchastkalarning uzunligi, peregon uzunligi va h.k.
Xarakatlanuvchi tarkiblar ishini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar:
- yuk aylanmasi (brutto va netto)
- foydalanish netto yuk aylanmasi- yukni haqiqiy bosib o‘tgan masofasini hisobga olgan holda ish hajmini tavsiflaydi. Uning miqdori «DU-3» xujjat shaklidan olinadi va quyidagicha hisoblanadi:
n = Qn·S
bunda n -netto yuk aylanmasi;
Qn - poezd netto og‘irligi;
S – uchastkadagi poezd bosib utgan masofasi;
≠ n
Bu yerda: -tarif yuk aylanmasi.
Tarif yuk aylanmasi ko‘rsatkichi va netto yuk aylanma ko‘rsatkichi bir biridan farqlanadi.
Teng bo‘lmaslik sabablari:
1. Hisoblash usuli. Tarif yuk aylanmasida bekatlar o‘rtasida masofa eng qisqa miqdorda olinadi. Netto yuk aylanmasida esa haqiqiy bosib o‘tilgan masofa miqdori olinadi.
2. Hisobga olish fursati bo‘yicha netto yuk aylanma ( ) ko‘rsatkichi tashish jarayonining oxirgi fursatiga qarab hisoblanadi. Tarif yuk aylanmasi ( ) ko‘rsatkichi esa jo‘natish fursatida hisoblanadi.
3. Hisoblash o‘lchami bo‘yicha PqL to‘liq taxminan 1km hisoblanadi, netto yuk aylanmasi n esa taxminan 0,1kmgacha hisoblanadi.
Brutto yuk aylanmasi ko‘rsatkichi. Bu ko‘rsatkich asosan, poezd tortishi uchun yoqilg‘i, energiya resurslarini meyoriy xarajatlarini hisoblashda, hamda lokomotiv deposida bajargan ish hajmiga qarab hisoblanadi. Brutto yuk aylanmasi ko‘rsatkichi asosida o‘rtacha brutto zichligi hisoblanadi va bu ko‘rsatkichga qarab temir yo‘lning ta’minlash muddati aniqlanadi.
bq Qb*S
Bunda: Qb-poezd brutto og‘irligi;
S- masofasi.
Harakatlanuvchi tarkibning bosib o‘tgan masofasi ko‘rstkichlarning tuzilmaviy tarkibi 1-chizmada keltirilgan.
Lokomotivlar bosib o‘tgan umumiy masofa
shartli masofa
chiziqli masofa
asosiy
yordamchi
1-chizma. Lokomotivlar bosib o‘tgan masofani guruxlash
Do'stlaringiz bilan baham: |