Tayanch iboralar: tarif yuk aylanmasi; yuk va qo‘l yuki tashish; yo‘lovchi aylanmasi ; umumiy maxsulotni tavsiflash; xodimlar mehnat unumdorligi; tashish tannarhi; temir yo‘l ishi iqtisodiy tahlili; shartli mahsulot ko‘rsatkichi.
4.6. Mustaqil ishlash uchun masalalar
1-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Temir yo‘lda yo‘lovchi tashish yo‘nalish turlari bo‘yicha guruhlanishi va yo‘lovchi aylanmasi” shartli statistik ma’lumotlar asosida yo‘nalish turlari bo‘yicha tashilgan yo‘lovichlar soni va yo‘lovchi aylanmasi dinamikasi va o‘sish darajasi aniqlansin. Yo‘nalish turlarining umumiy ko‘rsatkichdagi ulushi aniqlansin. Hisob-kitob natijalarini jadval shaklida ifodalab, ular tahlil qilinsin hamda xulosa va takliflar bildirilsin. Yo‘lovchi tashish yo‘nalish turlari bo‘yicha iqtisodiy guruhlanishining ahamiyati va yo‘lovchi aylanmasi bilan yo‘lovchi tashish masofasi orasidagi bog‘liqlik izohlansin.
T/r
|
Ko‘rsatkichlar
|
2011 y.
|
2012 y.
|
2013 y.
|
2014 y.
|
1
|
Tashilgan yo‘lovchilar, mln.nafar, shundan yo‘nalishlar bo‘yicha mln.nafar::
|
1310
|
1271
|
1303
|
1335
|
|
- uzoq yo‘nalishda
|
135
|
122
|
126
|
133
|
|
- shahar atrofida
|
1175
|
1149
|
1177
|
1202
|
2
|
Yo‘lovchi aylanmasi, mlrd. yo‘lovchi-km, shundan yo‘nalishlar bo‘yicha mln.nafar:
|
167
|
152
|
157
|
164
|
|
- uzoq yo‘nalishda
|
112
|
06
|
109
|
115
|
|
- shahar atrofida
|
55
|
46
|
48
|
49
|
3
|
Yo‘lovchi tashish o‘rtacha masofasi, km.
shundan yo‘nalishlar bo‘yicha, mln.nafar:
|
121
|
120
|
121
|
123
|
|
- uzoq yo‘nalishda
|
860
|
878
|
863
|
866
|
|
- shahar atrofida
|
30
|
42
|
41
|
41
|
2-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Temir yo‘l transportida, mamlakatda istiqomat qiluvchi bitta aholiga, bir yilda to‘g‘ri keladigan o‘rtacha safari soni” shartli statistik ma’lumotlar asosida aholi harakatchanligi koeffitsienti dinamikasi tahlil qilinsin hamda xulosa va takliflar bildirilsin.
Yillar
|
Temir yo‘l transportida, mamlakatda istiqomat qiluvchi bitta aholiga, bir yilda to‘g‘ri keladigan o‘rtacha safari soni, ya’ni aholi harakatchanligi koeffitsienti.
|
Barcha yo‘nalishlarda
|
shu hisobda shahar atrofida
|
2010
|
9,3
|
8,4
|
2011
|
9,7
|
8,8
|
2012
|
9,0
|
8,1
|
2013
|
8,8
|
8,0
|
2014
|
9,1
|
8,2
|
4.7. Nazorat savollari
1. Yo‘lovchi chiptasini izohlab bering.
2. Yo‘lovchi tashish kuzatuvining hisob momenti ni izohlab bering.
3. Yo‘lovchi tashish kuzatuvining dastlabki manb’alarini izohlab bering.
4. Yo‘lovchi tashish statistikasida qo‘llaniladigan hajm ko‘rsatkichlari, ular mazmuni va ahamiyati nimadan iborat?
5. Yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘lovchi tashish guruhlanishi, uning mazmuni va ahamiyati nimadan iborat?
6. Yo‘lovchi tashish sifat ko‘rsatkichlari, ularning mazmuni va arurati nimadan iborat?
7. Yo‘lovchi tashish miqdoriga qanday omillar ta’sir etishi mumkin?
8. Yo‘lovchi tashish statistik hisoboti nimalar to‘g‘risidagi ma’lumot-lardan iborat?
9. Qo‘l yuki kuzatuv birligi nimadan iborat, uni izohlab bering.
10. Qo‘l yuki tashish to‘g‘risida hisobotni tuzishda qaysi hujjatlar dastlabki manb’a bo‘lib xizmat qiladi?
11. Temir yo‘l transporti shartli ko‘rsatkichi, uning mazmuni va zaruratini izohlab bering.
4.8. Testlar
1. Yo‘lovchi tashish statistikasida qaysi tashish xujjatidan foydalaniladi?
a) pasport;
b) kvitantsiya;
c)* chipta;
d) nakladnaya;
2. Yo‘lovchi tashish o‘rtacha masofasi, yo‘lovchi aylanmasini nimaning soniga nisbati tarzda aniqlanadi?
a) shahar aholisi;
b) sotiladigan chipta;
c)* tashilgan yo‘lovchilar;
d) kupedagi joylar;
3. Yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchi oqimi shiddatini qaysi ko‘rsatkich ifodalaydi?
a) fasl;
b) me’yor;
c)* yo‘lovchi tashish zichligi;
d) bekat soni;
4. “Mahalliy va to‘g‘ri yo‘nalishga sotilgan yo‘lovchi chiptalari to‘g‘risida hisobot” yo‘lovchi statistikasida qaysi vazifani bajaradi?
a) rejalashtirish;
b) jadval;
c)* dastlabki hisob;
d) telefonogramma;
5. Yo‘lovchi chiptasining koreshogi qaerda qoladi?
a) bekatda;
b) yo‘lovchi;
c)* sotgan kassada;
d) vagon kuzatuvchisida;
6. Temir yo‘l transporti shartli maxsulotini ifodalovchi ko‘rsatkich, netto yuk aylanmasi va nimaning yig‘indisidan, iborat?
a) yuk ortishning;
b ) yuk tushirishning;
c)* yo‘lovchi aylanmasining;
d) yo‘lovchi zichligining;
7. Nima qo‘l yuki kuzatuv birligi bo‘lib xizmat qiladi?
a) konteyner;
b) berk vagon;
c)* qo‘lyuki jo‘natmasi;
d) yo‘lovchi;
8. Mahalliy yo‘nalishda qo‘l yuki tashish– bu, nechta temir yo‘l doirasida tashilgan qo‘l yukidan iborat?
a) ikkita;
b) uchta;
c)* bitta;
d) ko‘p;
9. To‘g‘ri yo‘nalishda qo‘l yuki tashish – bunday qo‘l yuki tashishda nechta temir yo‘llar ishtirok etadi?
a) oltita;
b) yettita;
c)* bir necha;
d) ko‘p;
10. Qo‘l yuki aylanmasi, qo‘l yuki massasini tashish masofasiga nima qilish bilan aniqlanadi?
a) qo‘shish;
b) ayrish;
c)* ko‘paytirish;
d) soddalashtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |