Sifat ko‘rsatkilari. Yuk tashish sifat ko‘rsatkichlari qatoriga tashish o‘rtacha uzoqligi, yuklarni yetkazish tezligi va davomligi, tashish zichligi, vagonning o‘rtacha yuklamasi va boshqalar kiradi.
Yuk tashish o‘rtacha uzoqligi lg mamlakat iqtisodiyoti ahamiyatiga ega, chunki u ishlab chiqarish ratsional joylashuvini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich, shuningdek temir yo‘l transporti foydalanuv ishi tahlilida qo‘llaniladi. Yuk tashish uzoqligi ko‘rsatkichi, temir yo‘l transporti doirasidagi yuk harakatining o‘rtacha masofasini ifodalaydi:
lg = ∑ Pl / (∑Pg gr + ∑Pg pr ) km.
Tashish o‘rtacha uzoqligi, hisobot davrda umuman barcha tashilgan yuklar va alohida yuk turlari uchun, hisoblanadi. Yuk tashish o‘rtacha uzoqligi o‘zgarishiga ikkita omil ta’sir etadi: mamlakat ishlab chiqarish kuchlari joylashuvining o‘zgarishi va tashilayotgan yuklar tarkibi.
Yuklarni tashish zichligi –bu, temir yo‘l transporti alohida bo‘linmalaridagi yuk oqimi intensivligi, ya’ni jadalligini tavsiflovchi ko‘rsatkich. Yuklarni tashish zichligi temir yo‘l uchun, hisobot davrida bajarilgan tarif yuk aylanmasining ∑Pg l foydalanilgan yo‘l uzunligi Le ko‘rsatkichiga nisbati tarzida aniqlanadi:
f l = ∑Pg l / Le tonna *km/ km
Tashish zichligi, alohida yo‘nalish va yoki uchastkalarda, foydalanuv brutto yoki netto yuk aylanmasini yo‘nalish uzunligiga nisbati tarzda aniqlanadi. Foydalanuv zichligi haqiqatdagi yuk oqimini, tashish brutto zichligi esa yo‘l yuklamasini tavsiflaydi. Yuklarni tashish zichligi miqdori, temir yo‘l texnik qurollanganligi, alohida yuklarni ishlab chiqarish va ite’mol qilishning joylashuvi, mamlakat rayonlari iqtisodiy rivoji va boshqalarga bog‘liq holda o‘zgaradi.
Yuk tashish zichligi to‘g‘risidagi statistik Hisobot ma’lumotlari, tahlil va amaliy foydalanish uchun, ma’lum dastur asosida tuzilgan karidiogrammalar bo‘yicha guruhlanadi. Karidiogrammalarda, temir yo‘l alohida uchastkalari doirasidagi yuklar harakati har bir yo‘nalishi bo‘yicha, yuk oqimi quvvati belgilangan masshtabda ko‘rsatiladi
Yo‘nalishlar bo‘yicha notekislik, yuk tashish kichik zichligini katta zichlikga nisbati tarzda, aniqlanadigan koeffitsent bilan tavsiflanadi.
Notekislik koeffitsenti 0-1 orasida tebranishi mumkin.
Yuklarni eltib berish davomligi td va eltib berish o‘rtacha tezligi Sd, yuk jo‘natuvchi va yuk oluvchi nuqtai nazarida temir yo‘l transporti ishi, samaradorligini tavsiflaydi. Yuklarni olib borib qo‘yish davomligi muddati bajarilmasa, yuk oluvchi oldida, temir yo‘l moddiy javobgarlikka tortiladi.
Yuklarni eltib berish davomligi td, ko‘rsatkichi, temir yo‘l vositalari bilan manzil bekatda yuk tushurish yoki tushurishga olib kelish sanasi bilan, agar u yuk oluvchi vositalari bilan bajarilayotgan bo‘lsa va yuk jo‘natishga qabul qilingan sana ayirmasi tarzda aniqlanadi hamda sutkada o‘lchanadi. Har bir aniq jo‘natma bo‘yicha, tashish javobgarligi belgilangan.
Yuklarni eltib berish Sd o‘rtacha tezligi, jo‘natmalar bosgan (jo‘natma-kilometr) masofasini yuklarning yo‘lda yurish vaqti (jo‘natma-sutka), ya’ni yuklarni tashishga qabul qilingan daqiqadan to tushirish daqiqasigacha bo‘lgan vaqtga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Yuklarni eltib berish normativi. Har bir jo‘natma kategoriyasi bo‘yicha, tezlik tartibi va tashish masofasiga qarab, eltib berish normativi beglgilangan. Jo‘natmalarni eltib berish normativi quyidagi vaqt harajatlari jamidan iborat: bitta boshlang‘ich va ohirgi opeartsiyalar vaqti; yuk harakati vaqti; temir yo‘llar orasidagi uzel va ulashgan bekatlarni o‘tish vaqti.
O‘rtacha statik Rst yuklama, tonnada ∑n gr yuklangan yuklar massasini bu massa ortilgan vagonlar ∑u gr soniga nisbati tarzda aniqlanadi:
Rst = ∑n gr / ∑u gr tonna / vagon
O‘rtacha Rst statik yuklama, jami va Operativ nomenklaturadagi alohida tashilayotgan yuklarni ortish daqiqasidagi, vagonning yuklanish darajasini tavsiflaydi..
Yuklarning tashishlik koeffitsienti, hisobot davrida tashilgan yuklar massasining ushbu davrda shu nomda ishlab chiqarilgan tovarlar massasiga nisbati tarzda, aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich, alohida yuklar qiymatida transport ulushining tahlilida, qo‘llaniladi va u odatda birdan kichik.
Do'stlaringiz bilan baham: |