236. Oligopolistik bozor qanday xususiyatlarga ega? Oligopolistik bozorni uning quyidagi uchta xususiyati ajratib turadi: birinchidan, tarmoqda faoliyat ko`rsatayotgan firmalarning kamligi; ikkinchidan, tarmoqga kiruvchi firmalar uchun kuchli to`siqlarning mavjudligi; uchinchidan, oligopolistik bozordagi firmalarning harakati bir-biriga bog`liqligi.
237. “Narxlar jangi” orqali oligopolistik bozor muvozanati shartini tushuntiring. Narxlar janggi - bu raqobatlashadigan firmalar tomonidan oligopolistik bozorda narxlarni bosqichma-bosqich tushirishidir.
Narxlar jangi narx o`rtacha xarajatga teng bo`lgunga qadar davom etadi, ya′ni P=AC=MC . Bu tenglik oligopolistik bozor muvozanatini beradi. Muvozanat holatda hech bir firma narxini kamaytirishdan qo`shimcha foyda olaolmaydi. Muvozanat holatda firmalarning iqtisodiy foydasi nolga teng.
238. Kurno muvozanatini izohlab bering. Kurno muvozanati - duopolik bozorda har bir firma mustaqil ravishda shunday optimal ishlab chiqarish hajmini tanlaydiki ushbu mahsulot hajmi ikkinchi firmani qanoatlantiradi. Kurno muvozanati firmalarning aks ta`sir qiluvchi funksiyalari grafiklarining kesishish nuqtasida vujudga keladi.
(Birinchi firmaning ishlab chiqarish chizig`i bilan ikkinchi firmaning ishlab chiqarish chizig`i kesishgan E nuqtaga mos keluvchi birinchi vaikkinchi firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot hajmlari muvozanati Kurno muvozanati deyiladi)*
239. Duopolik bozorda harakat qilayotgan firmalar uchun quyidagilardan qaysi biriga erishish afzalroq: Kurno muvozanatiga, raqobatlashgan muvozanatga va kelishgan holda harakat qilishga?
240. “Qamalga shaxs muammosi” nimani bildiradi va uni iqtisodiy masalalarni echishga qo`llash tartibini tushuntirib bering.
241. Narx belgilashda liderlikning ahamiyati nimalardan iborat?
242. Kelishuv yechimi deganda nimani tushunasiz? Kelishuv yechimi (Kartel yechimi). Kelishuv yechim, duopol bozordagi ikkala firmaning ma’lum bir shartnoma asosida birgalikda kelishib harakat qilishiga asoslanadi. SHartnomada firmalarning har biri qancha miqdorda tovar ishlab chiqarishi, uni qanday narxda sotishi va tushgan foydani qanday qilib o’rtada bo’lishi kelishilgan holda ko’rsatilishi mumkin. Firmalar kelishib harakat qilganda umumiy foydani maksimallashtiradilar. Ikkala firmaning kelishib harakat qilishi duopol bozorda sof monopoliyani vujudga kelishiga olib keladi.
243. Lider firma bozordagi o`z ulushini qanday aniqlaydi?