Resurslar cheklanganligi va iqtisodiyotning bosh masalasi
Har qanday jamiyatda yashovchi har qanday insonning eng asosiy maqsadi o‘zining turmushi, yashash sharoitlarini yaxshilashdan iborat. Shu boisdan ham uning mehnat faoliyati birinchi navbatda o‘zining shaxsiy manfaatini qondirishga qaratilgan bo‘ladi va bu umuman to‘g‘ri holat bo‘lib hisoblanadi. Qaysi jamiyat ana shu manfaatni hisobga olgan holda ishlab chiqarishni tashkil etsa, o‘z iqtisodiy siyosatini shu manfaat bilan bog‘lab borsa shu jamiyat har tomonlama rivojlanib boradi, undagi kishilarning turmush sharoiti yaxshi bo‘ladi.
Iqtisodiyot to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, moddiy boyliklar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurslarning cheklanganligini alohida ta’kidlab utish lozim bo‘ladi. Ma’lumki, har qanday mahsulot ishlab chiqarish uchun ikki xildagi resurs bo‘lishi lozim. Bu moddiy resurslar va mehnat resurslari bo‘lib hisoblanadi. Ana shu resurslarning moddiy qismi ya’ni er, er osti boyliklari, xom-ashyo materiallari va hokazolar jamiyatda cheklangandir. Shu boisdan ham cheklangan resurslardan unumli foydalangan jamiyatgina talab darajasida rivojlanishi mumkin. Moddiy boyliklar ishlab chiqarish uchun bevosita katnashadigan mehnat resurslari ham, shu jumladan, uning fiziologik qobiliyati, vaqti, umri ham cheklangan. Undan hoxlagan miqdorda foydalanishga imkon yuq. SHu boisdan ham bir jamiyat o‘zining mehnat resurslarining imkon doirasini kengaytirish chora-tadbirlarini belgilashi kerak bo‘ladi va shu asosda ulardan maksimum foydalanishga erishish mumkin bo‘ladi.
Dunyodagi barcha davlatlar iqtisodiyotining rivojlanish tarixi mavjud cheklangan imkoniyatlardan unumli foydalanishning muhim yuli iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tkazish bo‘lib hisoblanishini ko‘rsatadi. Faqat bozor iqtisodiyotida kishilarning mehnati muvofiq tarzda rag‘batlantiriladi.
Resurslar, daromadlar va tayyor mahsulotlar bilan ayirboshlashning xilma-xil va ko‘p sonli barcha jarayonlar uzluksiz, bir tekis kechayotgan bo‘lsa, unda iqtisodiy tizim barqaror va muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati ideal hisoblanadi. Amalda u yoki bu resurslarning, tovar hamda daromadning oshiqchaligi yoki etishmasligi doimo uchrab turadi. Iqtisodiyotda umumiy muvozanatning shu kabi buzilish hollari inflyasiya va ishsizlik darajasining, ijtimoiy mahsulot va milliy daromadning o‘sish sur’atlarini o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.
Sanab o‘tilgan hodisalar va jarayonlar ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha qatnashuvchilari yoki tizimning barcha iqtisodiy agentlarning faoliyatlari natijasida paydo bo‘ladi va milliy iqtisodiyotni yaxlit ifodalaydi, ya’ni ular keng qamrovli xususiyatga ega. Shuning uchun ularni makroiqtisodiy jarayonlar va hodisalar deb ataladi, uni o‘rganuvchi fanni esa makroiqtisodiyot deb ataladi.
Resurslar, tovarlar va daromadlarning doiraviy aylanish alohida olingan korxonalar, tarmoqlar, hududlar darajasida ham ro‘y beradi. Ularning bu darajadagi harakatini boshqa fan - mikroiqtisodiyot o‘rganadi. Bu fan korxona yoki tarmoqning daromadlarini, u yoki bu mahsulotga bo‘lgan talab va taklifning hajmini, uning narxini va boshqa ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqadi.
Zamonaviy mikroiqtisodiyot asosiy belgisi va afzalligi - bu jamiyatdagi jarayonlarda mavjud resurslarni cheklanganlarini qayd etib, ularni tejab ishlatish, farovonlikni oshirish yo‘llarini asoslab berish hisoblanadi. Bu maqsadni bajarishga qaratilgan fan mikroiqtisodiyot deb nomlangan.
Mikroiqtisodiyot fani - turli moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa tur boyliklarni bir korxona, bir tadbirkor, yakka uy xo‘jaligi faoliyati doirasida foydalanishini – olish, sotish, unga talab, uning taklifi, jamiyatdagi ma’lum bir mamlakatdagi barcha resurslar doiraviy aylanishini, ularni samaralik ishlatilishini, iqtisodiy o‘sish barqarorligini, ya’ni milliy iqtisodiyotni rivojlanishini umumiy holda o‘rganadi.
Mikroiqtisodiyot fanining ahamiyati nafaqat davlat boshqaruvida umumiqtisodiy siyosatni olib borishi va yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchungina emas, balki alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy xo‘jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida ham zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |