Nazariy savollarga javoblar



Download 15,06 Kb.
bet1/5
Sana11.09.2021
Hajmi15,06 Kb.
#171564
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5341610139810008491



Nazariy savollarga javoblar:

  1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima?

  1. Iqtisodiyot-mulkchilikning turli shakllariga asoslangan

xòjaliklardan, xòjaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qòshma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar òrtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat òta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi. Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi-ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.

  1. Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz?

  1. Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning

rivojlanishi uchun kerak bòlgan hayotiy vositalarga bòlgan

zaruriyati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi. Ehtiyojlarning

iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma'naviy, siyosiy turlari mavjud bòlib,

ularning orasida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida òrin tutadi. Ijtimoiy-

iqtisodiy ehtiyojlar ham moddiy va ma'naviy ehtiyojlarga bòlinadi.

Iste'mol qilish tavsifiga kòra shaxsiy va ishlab chiqarish ehtiyojiga

ajraladi. Shuningdek, ehtiyojlarni yakka tarzda va birgalikda

qondiriluvchi ehtiyojlar; birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar; yakka,

guruhiy, hududiy, umumjamiyat ehtiyojlari kabi turlarga ajratish

mumkin.


  1. Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta'rif bering.

  1. Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish va xizmat kòrsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bòlgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi. Iqtisodiy resurslar 4 ga bòlinadi: tabiiy resurslar (yer, yer osti boyliklari, suv, òrmon va biologik resurslar); ishchi kuchi resurslari (kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlari); kapital (foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, pul mablaģlari va boshqalar); tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat kòrsatish jarayonlarini tashkil ketish va boshqarish qobiliyatlari).

  2. Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiysi hisoblanadi?

  1. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar òrtasida sodir bòladigan iqtisodiy munosabatlar umumiy ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy negizini tashkil etib, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol jarayonlarida bòladigan munosabatlarning tavsifini belgilab beradi. Insoniyat zarur ne'matlar iste’molisiz yashay olmaydi. Shunga kòra, bu ne'matlarni muntazam ravishda ishlab chiqarish muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish va xizmat qilish jarayonida insonning yashashi uchun zarur bòlgan barcha hayotiy vositalar yaratiladi.

  2. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa iqtisodiy fanlar ichida qanday o‘rin tutadi?

  1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne'matlarni (tovar va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xòjalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini òrganishdan iborat. Har qanday jamiyatning bazisi, ya'ni “poydevori” ni iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Ushbu “poydevor" shu davrdagi ishlab

chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga qanchalik tòģri va

mos shakllantirilgan bòlsa, u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy

taraqqiyoti uchun shu qadar keng imkon va raģbat yaratadi.

Iqtisodiy munosabatlarning mazmun-mohiyati, ularning amal

qilish qonun va qonuniyatlarini chuqur va har tomonlama

òrganishda eng avvalo “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining roli

beqiyosdir. U mazkur vazifani o’zining yuksak ma'naviyatli

shaxsda iqtisodiy bilim va qoidalarni amaliyotga joriy etish,

ģoyaviy-tarbiyaviy, metodologik funksiyalari orqali amalga

oshiradi.



  1. Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida qanday ilmiy maktab va yo‘nalishlar vujudga kelgan?

  1. Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida klassik maktab,

keynschilik maktabi kabi kòplab maktablar va merkantalizm, fiziokratlar, marksizm, marjinalizm, neoklassik, monetarizm kabi yònalish va oqimlar vujudga kelgan.

  1. Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning bugungi kundagi ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?

  1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya'ni ham amaliy ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining tòrtta asosiy vazifasi ajratib kòrsatiladi:


Download 15,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish