Maxsus, òziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qòshimcha qiymat qonuni.
Iqtisodiy kategoriya – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.
Iqtisodiy kategoriyalar alohida kishilar tomonidan òylab topilmaydi, balki real iqtisodiy hodisalarni ifoda beradigan ilmiy tushuncha bòlib, ilmiy fikrlash mahsulidir. Iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy kategoriyalar òrtasidagi farq shunchaki, iqtisodiy qonunlar iqtisodiyotning turli bòģinlari, sohalari, bòlaklari orasidagi boģliqlikni, ularning biri òzgarsa, albatta ikkinchisi ham òzgarishi mumkinligini kòrsatadi, iqtisodiy kategoriyalar esa iqtisodiy hodisaning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi.
Iqtisodiyot nazariyasini o‘rganishda qanday usullardan foydalaniladi?
Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yònalishlari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Iqtisodiyot nazariyasini òrganishda dialektal usual, ilmiy abstraktsiya usuli, tahlil va sintez usuli, mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli, induktsiya va deduktsiya usuli, ikki tomonlama yondashuv usuli, taqqoslash, statistika, matematika va grafik usullaridan keng foydalaniladi.
Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o‘rtasidagi farq nimadan iborat?
Makroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlanģich bòģini bòlmish
korxona va firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy
subyektlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida
olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan
foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi tòlashning, talab va
taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini òrganish markaziy
òrin tutadi.
Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta'minlash asosida milliy
iqtisodiyotning tòlaligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shuģullanadi.
Milliy mahsulot, narxning umumiy darajasi, inflyatsiya, ishchi
kuchining bandligi masalalari bu tahlil obyekti bòlib hisoblanadi.
Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot òzaro boģlangan va bir-biri bilan
òzaro ta'sirda bòladi.
Ilmiy uslubning asosiy qismlari nimalardan iborat va bu uslubning iqtisodiy qonunlariga qanday bog’liqligi bor?
Iqtisodiyot nazariyasining eng asosiy tahlil usuli – ilmiy abstraksiyalash ( mavhumlashtirish) asosida xulosalar chiqarishdir. Ģarbdagi “Ekonomiks" mualliflari R.Makkonnell va L.Bryu yozishicha nazariya – bu laboratoriya fani emas. Shu sababli nazariyada ilmiy abstraksiyalash usuli bosh òrin tutadi. Bu usul – iqtisodiy hodisalarni ularga ta'sir etuvchi òtkinchi, ikkinchi darajali faktlardan xoli etgan tarzda tahlil etib, nazariy umumlashtirish, ilmiy xulosalar chiqarishdir. Bu usul iqtisodiy hodisalarning tabiatini bilish, ularga xos qonuniyatlarni ochish imkonini beradi. Abstraksiyalash asosida tushunchalar va qonunlar ta'riflanadi, ular ilmiy muomalaga kiritiladi. Abstraksiyalash yuz berganda iqtisodiyot oid asosiy, muqim, doimo yuzaga chiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, ular òrtasidagi boģlanish aniqlanadi. Bularning hammasi tafakkur orqali bajariladi. Abstraksiyalash bòlmasa ģoyat kòp, tartiblanmagan faktlar orasida òralashib qolib nazariy xulosa qilib bòlmadi. Abstraksiyalash - bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |