Bilish vazifasi – jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda òzaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni òrab turgan olam tòģrisidagi fikrlarimizni kengaytiradi.
Amaliy vazifasi – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy òsishni ta'minlash va shu asosda òsib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat.
Uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi òzi, tahlili va uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bòlib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |