Mikroiqtisodiyot”. “Makroiqtisodiyot” faniga kirish



Download 96 Kb.
bet1/6
Sana03.03.2022
Hajmi96 Kb.
#481452
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-мавзу маърузаси (1)


MIKROIQTISODIYOT”. “MAKROIQTISODIYOT FANIGA KIRISH

MIKROIQTISODIYOT” FANINING MAZMUNI, MAQSADI VA VAZIFALARI





    1. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti

Mikroiqtisodiyot fani iqtisodiyotning hal qiluvchi dastlabki bug‘ini bo‘lgan firma, korxona va undan ham kichik bo‘lgan korxonalar, mikrofirmalar, turli xil xalq xo‘jaligi sohalaridagi xizmat ishlarini bajaruvchi xo‘jalik va tashkilotlarda bozor qonunlari ta’sirida sodir bo‘ladiga iqtisodiy jarayonlar, hodisalarni, iqtisodiy qonunlar harakatini, ularni namayon bo‘lish shart-sharoitlarinn oqibatlarini o‘rganib, tahlil qilib, xulosalar yasaydi.


Bu jarayonda - iste’molchilar, ishchilar, er egalari, sarmoya quyuvchilar, fermerlar, ishlab chiqarish, turli xildagi korxonalar, xullas, iqtisodiyot sohasida faoliyat ko‘rsatishda muhim rol uynaydigan har qanday individual, ya’ni jismoniy shaxs yoki xo‘jalik sub’ektlari ishtirok etadi. Tovarlarning nisbiy narxi, alohida bozorlar, maqsadga erishish uchun aniq turdagi resurslarning taqsimlanishi ularning diqqat markazida turadi. Mikroiqtisodiyot haridorlar nima uchun shu tovarlarni harid qilishga rozi bo‘lganligini, bunga tovar bahosini, o‘z daromadlar ta’sirini, korxonada qancha ishchi ishlashi kerakligini aniq turdagi tovarlarga narx qanday quyilishini, elektrenergiya uchun bahoni nima uchun davlat belgilaydi, qancha hajmda mahsulot ishlab chiqarish zarurligini, korxonalar faoliyatiga hukumat siyosati va boshqa davlatdagi sharoitlar qanday ta’sir etishini tushuntiradi.
Mikroiqtisodiyot (grekcha: "mikro" - "kichik" degani) iqtisodiyotning dastlabki, xal qiluvchi bug‘inlaridagi iqtisodiy hodisalarni o‘rganadi.
Uning iqtisodiy maqsadlari quyidagilardir:

  • iqtisodiy o‘sish;

  • ish bilan to‘liq ta’minlanish;

  • iqtisodiy samaradorlik;

  • tovarlar narxining bir me’yorda turishi;

  • iqtisodiy erkinlik;

  • daromadni to‘g‘ri taqsimlash;

  • iqtisodiy ta’minlanish;

  • savdo balansi.

Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy maqsad bo‘lib, u aholi jon boshi ijtimoiy mahsulot miqdorining o‘sishi ularnig turmush darajasini o‘sganligini ko‘rsatadi. Real miqdordagi yalpi milliy mahsulot yoki sof milliy mahsulotning o‘sishi kishilarning moddiy ta’minlanish darajasini o‘sishiga olib keladi va eng kam ishlab chiqarish harajatlari bo‘lganligini ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, rivojlanib borayotgan iqtisodiyot kishilarning yangidan-yangi talablarini ko‘proq qondira borish, mamlakat ichida va halqaro miqyosda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sish resurslar cheklanganligi muammolarining hal etilishini engillashtiradi.
Har qanday davlatning iqtisodiy o‘sishi quyidagi oltita omilga bog‘liq bo‘ladi:

  1. tabiiy resurslar miqdori va sifatiga;

  2. mehnat resurslarining miqdori va sifatiga;

  3. asosiy kapital hajmiga;

  4. texnologiyaga;

  5. talabni o‘sishiga ta’sir etuvchi omillarga;

  6. resurslarni oqilona taqsimlashga.

Shulardan dastlabki turt omil ishlab chiqaripning (taklifning) o‘sishiga ta’sir qiluvchi, ohirgi ikkitasi esa talabning o‘sishiga ta’sir qiluvchi omillardir.
Mikroiqtisodiyot fanining mohiyatini quyidagi masalalarni bilish, o‘rganish yordamida yoritish mumkin:

  • hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyoti mexanizmini o‘rganish;

  • umumiy muvozanat va iqtisodiy fikrlash;

  • bozor xo‘jaligi sharoitida firmalar, korxonalar, uy xo‘jaligi va ularning tutgan o‘rni, turlari, ahamiyati, vazifasi samaradorligini ta’minlash;

  • talab va ehtiyoj nazariyasi asoslarini bilish;

  • bozor taklifi va talabi;

  • talab va taklif o‘zgaruvchanligi;

  • raqobatlashuv va korxonalar samaradorligini oshirish;

  • ishlab chiqarish va uni tashkil etish;

  • ishlab chiqarish harajatlari va foyda;

  • resurslardan foydalanish samaradorligi.

Hozirgi kunda mikroiqtisodiyot fanining boshqa ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘liqligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Masalan, quyidagi fanlar bilan:

  • iqtisodiyot nazariyasi;

  • makroiqtisodiyot;

  • makroiqtisodiy statistika;

  • korxona iqtisodiyoti;

  • qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti;

  • kichik biznes va tadbirkorlik;

  • tarmoqlar iqtisodiyoti;

  • mehnatni tashkil etish;

  • buxgalteriya hisobi;

  • iqtisodiy tahlil;

  • pul, kredit va bank;

  • marketing;

  • menejment;

  • moliya;

  • tabiiy ofatlar va inson mehnati muhofazasi;

  • tabiatshunoslik;

  • investitsion loyihalarning tahlili;

  • loyihalarni moliyalashtirish va uni monitoringi;

  • bank ishi;

  • matematika va boshqalar.





    1. Download 96 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish