Mikrobiologiyada laboratoriya mashg’ulotlari


Bakteriya  hujayralarining  shakllari



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/135
Sana01.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#280912
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   135
Bog'liq
2 5357368031221649405

Bakteriya  hujayralarining  shakllari 
 
 
 



А-sharsimon, B-burama, C-tayoqchasimon 
 
А-diplokokk, B-streptokokk, C-tetrakokk, D-sarsina, E-stafilokokk 
 
А-vibrion, B-spirilla, C-spiroxeta 
Bakteriyalarda  xivchinlarining  joylashishsi 
 
 
Monotrix 
Amfitrix 
 
 
Lofotrix 
Peritrix 
 
 


 
27 
Aktinomisetlar 
Aktinomisetlar  so'zi  lotincha  actis  -  nur,  myces  -  zamburug', 
ya'ni  nursimon  zamburug'lar  degan  ma'noni  bildiradi.  Aktinomisetlar 
bakteriyalar  bilan  zamburug'lar  o'rtasida  turgan  mikroorganizmlar 
guruhidir.  Ular  bakteriyalar  singari  bir  hujayrali  va  zamburug'larga 
o'xshab  miseliylar  hosil  qiladi  va  ular  singari  sporalar  yordamida 
ko'paya oladi. 
Aktinomisetlar  oziqa  muhitlarida  po'kaksimon,  barxitsimon, 
unsimon,  etli,  zich,  substrat  bilan    birlashib  ketgan  ayrim  holda  yer 
isini  tarqatuvchi  koloniyalarni  hosil  qiladi.  Oziqa  muhitlarida  hosil 
bo'lgan  aktinomisetlarning  miseliylari  differensiallashgan  bo'lib,  bir 
qismi  substratga  botgan  (substrat  miseliylari)  bir  qismi  esa  substrat 
ustida (havoyi miseliylar) bo'ladi. 
Aktinomisetlarning  ko'pchilik  vakillari  pigmentlar  hosil  qiladi. 
Shu  sababli,  ularning  miseliylari  moviy,  to'q  moviy,  binafsha  rang, 
pushti,  qo'ng'ir,  jigar  rang  va  qora  tusda  bo'lishi  mumkin. 
Aktinomisetlarni hosil qilgan pigmentlari o'zi o'sgan oziqa muhitlarni 
ham shu rangga bo'yaydi. 
Aktinomisetlar  koloniyalarining  o'ziga  xos  xususiyatlarini 
o'rganishda ularni Petri likobchalarida yoki probirkalarga hosil qilgan 
koloniyalarini  mikroskopning  kichik  ob'ektivi  orqali  kuzatish  kerak. 
Bu  holatda  aktinomisetning  miseliylari  giflarini  bir  qismi  oziqa 
muhitiga  kirib  borganligini,  bir  qismini  oziqa  sirti  bo'ylab  rivojlanib 
tepaga  ko'tarilganligini  kuzatish  mumkin.  Oziqa  muhiti  sirtidan 
ko'tarilgan  miseliylarning  uchki  qismida  sporani  o'zida  saqlagan 
sporanoslarni  ko'rish  mumkin.  Sporanoslar  tuzilishiga  ko'ra  to'g'ri, 
to'lqinsimon, spiralsimon va mutovkali bo'ladi. 
 Undan  fuksin  bilan  bo'yalgan  fiksasiyalangan  preparatlar 
tayyorlanadi.  Buning  uchun  buyum  oynasiga  aktinomisetning 
koloniyasidan olingan juda kichkina bo'lak (oziqa muhit bilan olingan 
bu  bo'lakda  substrat  ichida  va  uning  ustida  rivojlanayotgan  miseliy 
bo'ladi)  qo'yiladi.  Ikkinchi  buyum  oynasini  esa  uning  ustiga  qo'yib 
mahkam  zichlab,  ob'ektni  eziladi  va  suv  bilan  yoyiladi.  Keyin 
quritiladi,  fiksasiyalanadi  va  bo'yaladi.  Fiksasiyalangan  hamda 
bo'yalgan  preparatda  differensiallangan  miseliy  ham,  sporalar  ham 
kuzatilmaydi.  Lekin  aktinomisetning  bir  hujayrali  miseliylari  yaqqol 
ko'zga tashlanadi. 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish