28
Zamburug'lar
Mikroskopik ko'pgina zamburug'lar turlari mikrobiologik
ob'ektlar hisoblanadi. Shu sababli laboratoriya mashg'ulotlarida
Zygomycetes, Ascomycetes va Deuteromycetes sinfining ayrim
vakillari bilan tanishiladi.
Zamburug'lar xlorofillsiz eukariot organizimlardir. Ularning
vegetativ tanasi ipsimon tuzilishdagi giflardan tashkil topgan. Bu
giflar to'plami miseliylar deb yuritiladi.
Zygomycetes. Bular tuban zamburug'larga kirib, ularning
miseliylari bir hujayrali, shoxlangan, ko'p yadroli bo'ladi. Ular
vegetativ jinsiy va jinsiz yo'l bilan ko'payadi. Vegetativ ko'payganda
giflarning ayrim bo'laklari, jinsiy ko'payganda esa ota-ona giflarini
o'zaro qo'shilishdan hosil bo'lgan zigosporalar yordamida ko'payadi.
Jinsiz ko'payishi sporalar yordamida amalga oshadi.
Zygomycetes larga misol qilib Mucor va Rhizopus turkumining
vakillarini olish mumkin. Bu zamburug'lar o'simlik mahsulotlarida,
o'simliklar bilan oziqlanadigan hayvonlarning go'nglarida, chirindiga
boy tuproqlarda o'sib, rivojlanadi va ularning sirtida oq yoki qo'ng'ir
rangdagi po'panaklar hosil qiladi.
Mucor va Rhizopus turkumiga kiruvchi zamburug' turlari
substrat ichiga kirib boradi hamda bir qismi esa substrat sirtiga
tarqaladi.
Zamburug'
miseliylarida
shish
ko'rinishida
sporangibandlarida joylashgan sporangiylar hosil bo'ladi. Keyinchalik
sporangiylar sporangiy bandlaridan to'siq bilan ajralib ular ichida
ko'plab sporangisporalar yuzaga keladi. Sporangiylar ichiga kirib
borgan sporangiy bandlarining bu qismi "kolonka" deb yuritiladi va
ularning shakli zamburug' turiga qarab turli-tuman bo'ladi.
Mukor zamburug'larini mikroskop orqali kuzatish uchun
preparat ninasi yordamida ehtiyotlik bilan miseliyning bir bo'lagi
olinadi va boshqa bir preparat nina bilan quruq buyum oynasi sirtiga
tushiriladi. Preparat sirtiga qoplag'ich oyna yopmasdan mikroskopning
kichik ob'ektivi orqali kuzatiladi. Bunda sporangiy bandlari va ularda
joylashgan qoramtir sharchalar-sporangiylar ko'rinadi. So'ngra
preparatga bir tomchi suv tomiziladi, ustiga qoplag'ich oyna yopiladi
va mikroskopni avval kichik so'ngra katta ob'ektivlari yordamida
kuzatiladi. Sporangiylarni qobig'i yorilishi tufayli tashqariga chiqqan
sporalar yaqqol ko'zga tashlanadi. Mucor zamburug'larini ajratib olish
uchun suslo-agarli ozuqasi solingan Petri likobchalarga chirindiga
boy tuproq yoki yangi ot go'ngining bo'lakchalarini terib chiqiladi va
29
Do'stlaringiz bilan baham: |