Tayoqchasimon bakteriyalar. Ular ikkita guruhga: basillalar
va spora hosil qilmaydigan bakteriyalarga bo'linadi.
Basillalar spora hosil qiladi. Bu guruhga Bacillus subtilus,
Basillus mycoides va B.mesentericus larni misol qilish mumkin.
Keltirilgan bu bakteriyalar turlarining hujayralari tayoqchasimon
bo'lib, bir-biri bilan zanjirsimon tutashgan bo'ladi, shuning uchun
ularni boshqacha qilib streptobasillalar ham deyiladi. Ularni kuzatish
uchun 2-3 kunlik kulturalardan foydalanish kerak. Vaqt o'tishi bilan
ularning hujayralari sporalarga aylanadi.
Tayoqchasimon
bakteriyalar
fuksin
bilan
bo'yalgan
fiksasiyalangan preparat holatida mikroskop orqali kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |