Quruq issiqda sterillash. Quruq issiq bilan sterillash uchun
quritish shkafidan foydalaniladi, bu shkafda narsalar 160-170ºS
haroratda ikki soat saqlanadi. Asosan shisha idishlar (Petri
likobchalar, pipetkalar) qog'ozga o'rab quruq issiq bilan sterillanadi,
shunday qilinsa ularning sirtiga havodan mikroorganizmlar yuqmaydi.
Barcha mikroorganizmlarni quruq issiq bilan o'ldirish uchun harorat
nam sterilizasiyaga qaraganda yuqoriroq bo'lishi va uzoqroq
saqlanishi
kerak.
Sababi,
quruq
issiq
bilan
sterillanganda
mikroorganizm hujayralaridagi suv asta-sekin bug'lanib chiqadi.
Mikroorganizm hujayrasida suv qancha kam bo'lsa, uni nobud qilish
uchun shuncha yuqori harorat kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |