3. Ichak tayoqchalarining organizmdagi roli qanday?
4. Ichak tayoqchalari organizmda qanday kasalliklarni keltirib
chiqarishi mumkin?
MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH
TEKSHIRISH MATERIALI
1. Najas.
2. Qusuq moddasi.
Kerak bolgan hollarda burun va halqum ajratmasi, quloqdan
yiring, qon, siydik, murdalardan tegishli material olib tekshiriladi.
Reja va epidemiologik korsatma boyicha oziq-ovqat, qol, idish-
tovoq, oyinchoq va boshqalardan chayindi olib tekshiriladi.
Tekshirish materialini yigish
e
s
ti
l
g
il
%
3
i
k
o
y
a
m
ti
r
e
k
i
g
o
l
o
i
z
if
i
n
s
a
j
a
n
g
5
3
-
a
r
a
n
i
r
)
a
m
ti
r
e
k
i
g
o
l
o
i
z
if
m
s
i
q
0
7
,
n
i
r
e
s
ti
l
g
m
s
i
q
0
3
(
i
s
a
m
h
s
a
l
i
g
r
i
x
o
a
h
c
i
r
o
b
ij
o
li
i
n
s
a
j
a
N
.i
d
a
n
il
o
s
a
g
a
k
r
i
b
o
r
p
n
a
g
l
o
b
e
il
o
k
i
k
n
u
h
c
,
r
i
d
q
if
o
v
u
m
a
g
d
a
s
q
a
m
h
s
il
o
i
n
i
m
s
i
q
a
d
ti
r
e
t
n
-
r
o
y
s
a
j
a
n
n
a
d
r
a
l
q
o
l
a
q
a
h
C
.i
d
a
n
a
lt
s
a
k
i
h
s
k
a
h
c
i
a
k
h
c
i
g
n
i
g
,
k
e
d
i
n
a
g
li
t
y
a
a
d
i
r
o
q
u
y
a
v
i
d
a
n
il
o
n
a
d
i
r
a
l
k
a
a
g
r
a
l
a
k
r
i
b
o
r
p
.i
d
a
li
r
o
b
u
y
a
g
a
y
i
r
o
t
a
r
o
b
a
l
b
i
n
il
o
s
.i
d
a
n
il
i
q
li
s
o
h
a
m
h
s
a
l
a
r
a
n
a
li
b
a
m
ti
r
e
k
i
g
o
l
o
i
z
if
b
il
o
g
5
3
?
Nazorat uchun savollar
Najas.
Qusuq.
188
Tekshirishning asosiy usullari
1. Mikroskopik.
2. Mikrobiologik.
3. Serologik.
Tekshirishning birinchi kuni. Yigilgan tekshirih materiali Endo
yoki Levin muhitiga ekiladi.
Ekish quyidagicha olib boriladi: shisha piðetka yoki tayoqcha bilan
tekshirish materiali fiziologik eritma yoki glitserin aralashmasida
yaxshilab aralashtiriladi va piðetkada olib, oziqa muhit solingan Petri
kosachasiga tomiziladi. Petri kosachasining chetida u steril shpatel
bilan aralashtiriladi, shundan song shpatel choglantirilmasdan
muhitning qolgan qismlariga shtrix holda ekiladi. Iloji boricha 23 ta
kosachadagi muhitga ekilgani maqul. Ekilgan muhitlar termostatga
37°C haroratda 24 soat qoldiriladi.
Tekshirishning ikkinchi kuni. Ekilgan muhitlar tekshiriladi. Endo
oziqa mihitida ichak tayoqchasi yaltiroq metall, malina rangli, Levin
(EMS eozin metilen sinkali agar) muhitida binafsha rangli koloniya
hosil qilib osadi. Shunday shubhali koloniyalarning 10 tasi tanlab
olinadi va kosachaning orqa tomonidan ularga raqamlar qoyib yoziladi.
Enteropatogen ichak tayoqchasini boshqa esherixiylardan farqlash
uchun buyum oynachasida OKA polivalen zardobi bilan har bir
koloniya uchun alohida taxminiy agglutinatsiya reaksiyasi qoyiladi.
Reaksiya qoyish texnikasi: buyum oynachasi yogsizlantirib
olinadi, shubhali koloniyalar soniga qarab buyum oynachasiga ham
shuncha raqamlar qoyiladi va har bir raqam oldiga bir tomchidan
OKA zardobi tomiziladi. Zardob ustiga shubhali koloniyalardan
ozginasini quyib aralashtiriladi. Faqat agglutinatsiya bergan koloniya-
ning malum qismini olib, sof kultura ajratib olish uchun qiyshiq
agarga ekiladi. 10 ta koloniyada ham agglutinatsiya bermasa, salbiy
javob olindi, deb hisoblanadi.
Tekshirishning uchinchi kuni. Ekilgan muhit tekshiriladi. Qiyshiq
agarda ichak tayoqchasi nam, yaltiroq, kulrang, ayrim hollarda xira
qatlam hosil qilib osadi. Shulardan olib:
1. Sof kultura ekanligini aniqlash uchun surtma preparat tayyor-
lanadi va Gram usulida boyab, mikroskopda tekshiriladi. Agar mikroskop
ostida ichak tayoqchalari korinsa, tekshirish ishlari davom ettiriladi.
2. Buyum oynachasida yana OKA polivalent zardobi bilan
taxminiy agglutinatsiya reaksiyasi qoyiladi. Agar agglutinatsiya bolsa,
reaksiya davom ettiriladi.
3. OKA polivalent zardob tarkibiga kiruvchi OKB, OKS, OKD,
OKE zardoblari bilan agglutinatsiya reaksiyasi qoyiladi. Qaysi birida
189
reaksiya bersa, shu zardob tarkibiga kiruvchi turdosh zardoblar bilan
agglutinatsiya reaksiyasi qoyiladi.
4. Ichak tayoqchasining turini aniqlash uchun turdosh zardoblar
bilan taxminiy agglutinatsiya reaksiyasi qoyiladi (masalan, 0
26
, 0
55
,
0
111
va b.).
5. Saxarolitik xossasini aniqlash uchun Giss (laktoza, glukoza,
mannit, saxaroza va b.) muhitiga ekiladi.
6. Antibiotikka sezuvchanligi organiladi.
7. Toliq farqlash ishlarini olib borish uchun kengaytirilgan
agglutinatsiya reaksiyasi qoyiladi. Tirik kultura bilan kulturadagi K
antigen, qizdirilgan kultura bilan O antigen aniqlanadi. Kengay-
tirilgan hajmdagi agglutinatsiya reaksiyasini qoyish uchun qiyshiq
agarga 35 ml fiziologik eritma solib, mikrob chayindisi tayyorlab
olinadi va uni ikki probirkaga bolib qoyiladi. Probirkalarning birini
suv hammomida 100°C haroratda 1 soat davomida qizdiriladi.
Kengaytirilgan agglutinatsiya reaksiyasi ikki qator probirkalarda
olib boriladi. Oka zardobi 1:1600 gacha suyultirilib chiqiladi. Birinchi
qatordagi probirkalarga tirik mikrob kulturasidan 2 tomchidan, ikkinchi
qator probirkalarga qizdirilgan mikrob kulturasidan 2 tomchidan solib
chiqiladi. Probirkalar chayqatilib termostatga 37°C haroratda 24 soat
qoldiriladi.
Tekshirishning tortinchi kuni. Natija oqiladi. Agar uglevodli
muhitlarni kislota va gazgacha parchalasa, kengaytirilgan hajm
agglutinatsiya reaksiyasida qizdirilgan kultura qatoridagi tomizilgan
chokma tirik kultura tomizilgan qatordagi chokmadan 2 barobar
ortiq bolsa, reaksiya musbat deyiladi va tekshirish materialida
enteropatogen ichak tayoqchasi bor, deb hisoblanadi.
1. Esherixiylarni aniqlash uchun qanday tekshirish materiali olinadi?
2. Enteropatogen ichak tayoqchalari qanday zardoblar bilan farqlanadi?
3. Tirik va qizdirilgan esherixiy kulturalari bilan kengaytirilgan hajm-
dagi agglutinatsiya reaksiyasi nima uchun qoyiladi?
19-bob.
SALMONELLALAR
Salmonella avlodiga 2000 dan ortiq turdagi bakteriyalar kiradi.
Salmonellalar keltirib chiqaradigan kasalliklarni salmonellozlar
deyiladi. Salmonellalar morfologik, kultural va fermentativ xossalariga
kora bir-biriga oxshash, lekin antigenlik xossasiga kora, bir-biridan
farq qiladi.
?
Nazorat uchun savollar
190
Salmonellalar monopatogen va poliðatogen guruhlarga bolinadi.
Monopatogenlarga qorin tifi, A va B paratiflar kiradi. Bu kasalliklar
bilan faqat odamlar kasallanadi. Poliðatogenlarga odam va hayvonlarda
kasallik chaqiruvchi qozgatuvchilar kiradi.
Qorin tifi qozgatuvchisini 1880-yili Ebert qorin tifi bilan olgan
odam organizmidan ajratib olgan. Ashar va Bansod 1886-yili qorin
tifiga oxshash kasallik bilan kasallangan bemorning yiring va siydigidan
qorin tifi qozgatuvchisiga oxshash mikroblarni aniqlaganlar. Ular
qorin tifi qozgatuvchisining biokimyoviy xossasiga kora, farqlanishini
aniqlashgan. Ularni A va B paratif qozgatuvchilari, deb nomlashgan.
Keyinchalik shularga oxshash kopgina mikroblar aniqlangan va ularni
ham salmonella avlodiga kiritishgan.
Morfologiyasi. Barcha salmonellalar 1,03,0x0,60,8 mkm
kattalikda bolib, tayoqchasimon, surtmada tartibsiz joylashadi, Gram-
manfiy boyaladi. Uchlari yumaloq, harakatchan, xivchinlari ðeretrix
joylashgan. Spora va kapsula hosil qilmaydi.
Kultural xossasi. Fakultativ anaerob hisoblanadi. GPAda nozik,
yarimtiniq, biroz bortib chiqqan, yaltiroq koloniya hosil qilib osadi.
GPSHda bir tekisda loyqalanadi. Endo, Ploskiryov muhitida salmonel-
lalar yaltiroq, rangsiz koloniya hosil qilib osadi, chunki oziqa muhit
tarkibidagi laktozani parchalamaydi. Vismut-sulfit agarda 48 soatdan
keyin ular qora rangli, ozidan keyin dog qoldiradigan (A para-
tifdan tashqari), yaltiroq koloniya hosil qilib osadi. B paratif
qozgatuvchisi 1820 soat termostatda saqlangandan song xona
haroratida 12 kunga qoldirilganda, koloniya atrofida shilimshiq doira
hosil qiladi.
Fermentativ xossasi. Salmonellalar glukoza, mannit, maltozani
kislota va gazgacha parhalaydi, qorin tifi esa ularni kislotagacha
parchalaydi.
Salmonellalar laktoza va saxarozani parchalamaydi. Proteolitik
xossasiga kora, qorin tifi, B paratif qozgatuvchilari vodorod sulfit
hosil qiladi. Indol hosil qilmaydi, jelatinani suyultirmaydi. B paratif
qozgatuvchisi lakmusli sutni ishqorlaydi.
Toksigenlik xossasi. Liðopolisaxarid tabiatli endotoksin hosil
qiladi.
Antigenlik xossasi. 1934-yilda Kaufman salmonella zardoblari bilan
agglutinatsiya reaksiyasini qoyish natijasiga qarab barcha salmonellalarni
guruhlarga va turlarga boldi, antigenlik xossasiga kora, diagnostik
sxemasini tuzdi. Salmonellalar 2 ta antigen saqlaydi: O va H anti-
gen Oantigeni liðopolisaxaridprotein tabiatli, termostabil, forma-
lin tasirida inaktivatsiyalanadi. Hantigen oqsil tabiatli, termolabil,
spirt va fenol tasirida inaktivatsiyalanadi, formalinga chidamli. Barcha
191
salmonellalar Oantigeniga kora, A, B, C, D, E va boshqa guruhlarga
bolinadi. Oantigeni arab raqamlari bilan belgilanadi. H antigeniga
kora ikki fazaga bolinadi. I faza kichik lotin harflari bilan belgilanadi.
II fazasi arab raqamlari bilan belgilanadi. Qorin tifi qozgatuvchisi
ViX antigenini saqlaydi.
Chidamliligi. Salmonellalar muhit tasiriga ancha chidamli. 100°C
harorat tasirida shu zahoti, 6070°C tasirida 1015 daqiqadan song
nobud boladi. Past haroratga ancha chidamli. Toza suvda va muzda bir
necha oylab, tuzlangan va dudlangan goshtda 2 oygacha saqlanadi.
Qurishga chidamli, changda uzoq vaqt saqlanadi. Dezinfeksiyalanuvchi
moddalar tasirida bir necha daqiqadan song nobud boladi.
Patogenligi. Kopgina salmonellalar odam, hayvon, parrandalarda
kasallik keltirib chiqaradi.
QORIN TIFI, A va B PARATIFning QOZGATUVCHILARI
Infeksiya manbai. Bemor odam va bakteriya tashuvchilar
hisoblanadi.
Tarqalish yollari. Bilvosita kontakt (iflos qol, idish-tovoq va
b.) suv, alimentar, mexanik yollar orqali tarqaladi.
Patogenezi. Kirish darvozasi bolib ogiz shilliq pardasi hisob-
lanadi. Mikroblar ogiz orqali oshqozonga otadi, u yerda qisman
oshqozon shirasi tasirida nobud boladi. Shu tosiqlardan otgan
mikroblar ingichka ichakka otadi va uning limfa tugunida soriladi.
U yerda bolinib kopayadi va bu inkubatsion davrda (1014 kun)
sodir boladi. Shu davrning oxirida qozgatuvchi limfa tugunidan
qonga soriladi (bakteriyemiya) va butun organizmga tarqaladi. Bu
davrda qozgatuvchilar ichki azolarning limfa, makrofag sistemasida,
jigarda, taloqda, suyak komigida toplanadi. Salmonellalar kopayish
uchun qulay sharoit bolib hisoblangan ot pufagida toplanadi, chunki
ot suyuqligi bu bakteriyalarning eng sevimli muhiti hisoblanadi.
Bakteriyalar ot suyuqligi bilan yana ichakka otadi va spetsifik qorin
tifi yalliglanishlarini keltirib chiqaradi. Bakteriyalar qonga otgan
davrda ular ozidan endotoksin ajratadi va bu toksin organizmda
intoksikatsiyalarni keltirib chiqaradi. Bemorning harorati kotariladi,
holsizlanib, tinkasi quriydi, boshi ogriydi. Kasallikning 2-haftasi oxiri
va 3-haftasining boshida qozgatuvchilar najas, siydik, solak bilan
tashqi muhitga chiqa boshlaydi. Agar vaqtida davolanmasa, bemorlar
bakteriya tashuvchi bolib qolishlari mumkin.
Immuniteti. Kasallikdan song uzoq vaqt davom etadi, immunitet
hosil boladi.
Profilaktikasi. Shaxsiy va umumiy gigiyena tartib va qoidalariga rioya
qilish, aholi orasida sanitariya maorifi ishlarini olib borishdan iborat.
192
Maxsus profilaktikasi. Tarkibida qorin tifi, A va B paratif antigeni
hamda qoqshol anatoksinini saqlovchi kimyoviy vaksina qollaniladi.
Bundan tashqari, Vi antigenini saqlovchi spirtli qorin tifi vaksinasi
qollaniladi. Kasallik ochogida kontaktda bolganlarga qorin tifi
bakteriofagi beriladi.
Davosi. Antibiotiklar va intoksikatsiyalarga qarshi preparatlar bilan
davolanadi.
OVQATDAN ZAHARLANISH (TOKSIKOINFEKSIYA)
Salmonellalar bilan ifloslangan oziq-ovqatlarni istemol qilish
natijasida vujudga keladi.
Infeksiya manbai. Kasal hayvon organizmida salmonellalar saqlovchi
hayvon, parrandalar hisoblanadi.
Tarqalish yoli. Salmonellalar bilan ifloslangan gosht, gosht
mahsulotlari, tuxum, sut, sut mahsulotlarini istemol qilganda yuqadi.
Ayniqsa, endotoksin toplangan va salmonellalar bolinib kopaygan
oziq-ovqatlarni istemol qilish xavfli hisoblanadi.
Patogenezi. Tif va paratifoz kasalliklariga oxshash. Toksikoz va
oshqozon-ichak sistemasi kasalliklarining klinik belgilari yuzaga keladi.
Kasallik 45 kun davom etadi, ayrim hollarda kasallanib otgan bemorlar
bakteriya tashuvchi bolib qoladilar.
Profilaktikasi. Mollar doimo nazorat ostida bolishi, mollar va
parrandalarni soyish, nimtalash vaqtida sanitariya holatini nazorat qilib
turish, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya qilishdan iborat.
Maxsus profilaktikasi. Toksikoinfeksiya ochogidagi odamlarga
salmonellozning polivalent bakteriofagi beriladi.
Davosi. Intoksikatsiyaga qarshi preparatlar beriladi, kop miqdorda
suyuqlik yuboriladi, oshqozon yuviladi, huqna qilinadi, antibiotiklar
beriladi.
KASALXONA ICHI SALMONELLOZ INFEKSIYASI
Kasalxona ichi salmonelloz infeksiyasining asosiy qozgatuvchisi
S. typhi murium hisoblanadi. Shuningdek, kasalxonada S. hedelberq,
S derby va boshqa qozgatuvchilar keltirib chiqarganligi qayd qilingan.
Bu qozgatuvchilarning morfologik, kultural xossalari bir-biriga
oxshash va boshqa salmonellalardan farq qilmasa-da, ular uchun
xos ayrim biologik xususiyatlar mavjud. Masalan, kasalxona ichidagi
infeksiya qozgatuvchilari malum biovarlarga taalluqli bolib, ular
oq sichqonlar uchun ancha patogen hisoblanadi.
Infeksiya manbai. Kopincha bakteriya tashuvchilar, ayrim hollarda
bemorlar infeksiya manbai hisoblanadi.
193
Tarqalish yoli. Bilvosita kontakt, yani oyinchoq, idish-tovoq,
sochiq, choyshab, kam hollarda oziq-ovqat, havo changi orqali
tarqaladi.
Patogenezi. Kasallik organizmning qarshilik kuchi susaygan hollarda,
yani immunologik chidami susayganda yuzaga keladi. Qozgatuvchi
organizmga ogiz shilliq qavati va nafas yoli orqali tushadi va bu
patologik jarayonning yuzaga kelishi bilan namoyon boladi. Oshqozon-
ichak funksiyasining buzilishi, organizmning suvsizlanishi va nafas
azolari funksiyasining buzilishi, bakteriyemiya, septik asoratlar yuzaga
keladi. Bu kasallik bilan kopincha bolalar kasallanadi.
Immuniteti. Kasallik keltirib chiqargan salmonellalarning aynan
shu serovariga nisbatan immunitet hosil boladi.
Profilaktika va davosi. Umumiy profilaktikasida davolash muassa-
salarida sanitariya-gigiyena qoidalarini qattiq nazorat qilish alohida
orin tutadi. Sanitariya maorifi ishlarini olib borish muhimdir. Maxsus
profilaktikasida kontaktda bolganlarga salmonelloz polivalent
bakteriofagi beriladi. Davosi simptomatik.
1. Salmonellalarning morfologik, kultural, fermentativ xossasi qanday?
2. Salmonellalarning tasnifi nimaga asoslangan?
3. Salmonellalar qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?
MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH
1. Kasallikning birinchi haftasida qon olinib, gemokultura usulida
tekshiriladi.
2. Kasallikning ikkinchi haftasi yoki uchinchi haftasining boshida
qon olinib, serologik usulda Vidal reaksiyasi qoyiladi.
3. Kasallikning uchinchi haftasida najas, siydik, ot suyuqligi
olinib, kooprourino kultura ostirish usulida tekshiriladi.
4. Bundan tashqari, murda yorilganda uning suyak komigi,
azolar bolaklari va boshqalar olib tekshiriladi.
5. Toksikoinfeksiyada qusuq moddasi, oshqozon chayindisi,
ovqat qoldigi tekshiriladi.
MATERIALNI TOPLASH USULI
Qon. Steril shpris yordamida bemorning bilak venasidan 1020 ml
qon olinadi va elektiv muhit (Rappoport yoki 1020 % ot suyuqligi
?
Nazorat uchun savollar
194
qoshilgan shorva) ga ekiladi. Gaz hosil bolishini aniqlash uchun
Rappoport mihitiga sterilizatsiya qilishdan avval suzgich solib qoyiladi.
Bemor isitmalayotgan vaqtda 10 ml qon olinadi, isitma tushganda
qonda bakteriyalar miqdori kam bolganligi uchun 1520 ml qon
olinadi. Qon kolbadagi 1:10 nisbatdagi muhitga (masalan, 10 ml
qonni 100 ml muhitga) ekiladi. Muhit termostatda qoldiriladi.
Ertasi kuni ekilgan muhit termostatdan olib tekshiriladi. Muhitda
ozgarish bor-yoqligiga qaramasdan Endo va Ploskiryov muhitlariga
ekiladi.
Kolbadagi muhitda bakteriyalar osishi bolmasa, termostatda yana
7 kungacha qoldiriladi. Petri kosachasidagi muhitlarda osish bolmasa,
har 2 kunda qaytadan Endo va Ploskiryov muhitlariga ekiladi.
Agar 7 kun ichida osish bolmasa, salbiy javob beriladi. Agar
shubhali koloniyalar hosil bola, sof kultura ajratib olinadi va umumiy
sxema asosida tekshirish ishlari otkaziladi.
Najas (bemor kasalxonaga
tushgandan to chiqib
ketgunga qadar tekshiriladi).
35 g olinib, bankaga yoki 30 % li glitserin
aralashmasiga solinadi. Najas differensial
diagnostik muhitlari bolgan Endo, Plos-
kiryov, vismut sulfitli agar va differensial
diagnostik muhitga ekish uchun boyituvchi
selenitli Myuller yoki Kaufman muhitlariga
ekiladi. Shunday qilib u differensial diagnostik
muhitlariga 1 kun oralab ekiladi. Tekshirish
materialini glitserinli aralashmada 68 soat,
yaxshisi, muzlatgichda saqlash maqsadga
muvofiq.
Ekish usuli. Toplangan material glitserinli
aralashmada obdan aralashtiriladi va shisha
tayoqcha yoki naycha yordamida bir tomchi
olib, Petri kosachadagi oziqa muhit chetiga
tomiziladi. Avval shpatel bilan muhit chetiga,
song butun oziqa muhit yuzasiga yoyiladi.
Shunday usul yordamida alohida koloniya hosil
qilinadi. Ekilgan muhitlar termostatda qoldi-
riladi. 1824 soatdan keyin kosachalar ter-
mostatdan olinib tekshiriladi. Shubhali kolo-
niyalar hosil bolganda, sof kultura ajratib
olinadi va qolgan tekshirishlarni umumiy
sxema asosida olib boriladi. Shubhali kolo-
niyalar hosil bolsa, salbiy natija, deb javob
beriladi.
195
Siydikni, yaxshisi, steril kateter yordamida olish
maqsadga muvofiqdir. Agar bunday olishning iloji
bolmasa, siydik chiqarish yoli fiziologik eritma
bilan yuviladi, siydikning birinchi qismi tokib
tashlanadi. Shundan song steril idishga 20
50 ml siydik olinadi, sentrifuga qilinadi yoki
tindiriladi. Chokmadan olib EndoPloskiryov,
vismutsulfitli agar va boyituvchi selenitli
Myuller yoki Kaufman muhitlariga ekiladi va
24 soatdan keyin differensial-diagnostik oziqa
muhitiga ekiladi. Ekilgan muhitlar termostatda
qoldiriladi. Ertasi kuni shubhali koloniyalar osgan
bolsa, sof kulturasi ajratib olinadi va umumiy
sxema asosida tekshirish ishlari olib boriladi.
Siydik (bemor kasalxo-
nadan chiqib ketgunga
qadar tekshiriladi).
Yaxshi korinib turgan rozeolasi bolgan teri
spirt bilan artiladi, fiziologik eritma bilan
yuviladi va steril skalpel bilan rozeola qiriladi
(skarifikatsiya qilinadi). Skarifikatsiya qilingan
joyga bir tomchi 1020 % li otli shorva tomi-
ziladi va rozeola ichidagi modda bilan aralash-
tiriladi. Shu moddadan Paster pipetkasida
olib uchi alangada kavsharlanadi va laboratoriyaga
jonatiladi. Laboratoriyada toplangan material
differensial-diagnostik muhitga va boyituvchi
1020 % li shorvaga ekiladi. Ekilganlarni
termostatda qoldiriladi. Qolgan tekshirishlar
umumiy sxema asosida olib boriladi.
Rozeola ichidagi modda.
Suyak komigi.
Qorin tifi va paratiflarning qozgatuvchilari suyak
komigida uzoq vaqt saqlanadi. Suyak komigidagi
moddani olish uchun steril holatda punksiya
qilinadi. Olingan punksiyani boyituvchi muhitga,
songra differensial-diagnostik muhitga ekib,
umumiy sxema asosida tekshiriladi (23-jadval).
Ot suyuqligi.
Ot suyuqligi kasallikning birinchi kunida,
isitmalayotgan va rekonvalessensiya davri
davomida tekshiriladi. Ot suyuqligi, asosan,
bakteriya tashuvchi va rekonvalessentni aniqlash
maqsadida tekshiriladi. Ot suyuqligi steril probir-
kalarga zond yordamida alohida A, B va C
porsiyalarda olinadi. Bu porsiyalarni alohida
Do'stlaringiz bilan baham: |