Mikrobiologiya



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/40
Sana18.02.2020
Hajmi1,38 Mb.
#40147
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Bog'liq
umumiy mikrobiologiya

va laktozani parchalamasa, oksidaza sinamasi musbat bo‘lsa, tekshirish
materialida meningokokk qo‘zg‘atuvchi bor, deb xulosa qilinadi.
Patogen bo‘lmagan neysserlar 37°C haroratda termostatda qoldi-
rilgan zardobli va zardobsiz agarda o‘sadi, 22°C haroratda zardobli
agarda  ham  o‘sadi,  Giss  qatoridagi  uglevodlarni  parchalashi  va
parchalamasligi mumkin, oksidaza sinamasi manfiy bo‘ladi.
Meningokokk  guruhini  aniqlash.  Sof  kultura  ajratib  olingandan
so‘ng, serologik usulda meningokokkning guruhi  aniqlanadi. Buning
uchun  agglutinatsiyalovchi  va  pretsiðitatsiyalovchi  zardoblardan
foydalaniladi. Yog‘sizlantirilgan buyum oynachasi ustiga A, B, C va
boshqa agglutinatsiya zardob va nazorat sifatida bir tomchi fiziologik
eritma tomiziladi. Har bir tomchi ustiga sof kulturadan solib chiqiladi.
Tomchilarning biri agglutinatsiya bersa, u sof kulturaning  guruhini
ko‘rsatadi.
Serologik guruhini aniqlash uchun gele pretsiðitatsiya reaksiyasini
qo‘yish mumkin. Hozirgi vaqtda diagnostika maqsadida A, C va boshqa
seroguruhlar  uchun  eritrotsitar  diagnostikumi  yordamida  bevosita
gemagglutinatsiya reaksiyasi qo‘yiladi.

179
1. Meningokokk  infeksiyalarida  qanday  tekshirish  materiallari
olinadi?
2. Tekshirish materiallari laboratoriyaga qanday jo‘natiladi va nima
sababdan shunday qilinadi?
3. Meningokokklarni boshqa neysserlardan qanday farqlab olinadi?
4. Meningokokkning seroguruhlarini aniqlash uchun qanday reaksiya
qo‘llaniladi?
Oziqa muhitlari
Linkomitsinli  muhit.  80 ml  eritilgan va 50°C gacha sovitilgan
2 % li agarga 20 ml ot yoki buqa zardobi, 0,5—0,7 ml linkomitsin
eritmasi (1 ml muhitga 0,001 mg linkomitsin eritmasi) qo‘shiladi.
Muhit  yaxshilab  aralashtiriladi  va  Petri  kosachalariga  quyiladi.
17-bob.
 GONOKOKKLAR
Neisseria gonorrhoeae Neisseriaceae oilasiga, Neisseria  avlodiga
kiradi. Gonokokklarni olim Neysser 1879-yili aniqlagan va ularning
barcha oilasi uning nomi bilan yuritiladi.
Morfologiyasi. Gonokokk ko‘p xossalari bilan meningokokklarga
o‘xshaydi. Gonokokklar loviyasimon, botiq tomoni bilan bir-biriga
qaragan diðlokokklar (kofe doniga o‘xshash) 1,2—1,3x0,7—0,8 mkm
kattalikda. Ular  polimorf  bo‘lib  yirik,  mayda va L-shaklli  bakte-
riyalari ham uchraydi. Gonokokklar harakatsiz,  spora hosil qilmaydi.
Patologik  materialda  (yiring)  kapsulaga  xos  moddasi  aniqlangan.
Grammanfiy bo‘yaladi. Dori va boshqa moddalar ta’sirida Gram-
musbat bo‘yala oladi. Patologik materialda leykotsitlar ichida yoki
alohida joylashadi.
Kultural xossasi. Gonokokklar—aerobdir. Oziqa muhitiga talabchan.
Qon, zardob qo‘shilgan  oziqa muhitida 37°C haroratda va pH 7,2—7,4
muhitida yaxshi o‘sadi. Muhit yangi tayyorlangan va nam bo‘lishi kerak.
Zardobli agarda gonokokklar mayda 1—2 mm, tiniq, yaltiroq, chetlari
tekis, shudring tomchisiga o‘xshash koloniya hosil qilib o‘sadi. Qonli
muhitda gemoliz zonasini hosil qilmaydi. Zardobli sho‘rvada biroz
loyqalanadi va parda hosil qilib o‘sadi, parda keyinchalik probirka
tubiga cho‘kib qoladi.
?
Nazorat  uchun  savollar

180
Fermentativ  xossasi.  Gonokokklarning  saxarolitik  xossasi  kam
namoyon  bo‘ladi,  ular  faqat  glukozani  kislotagacha  parchalaydi.
Proteolitik xossasiga ega emas.
Toksigenligi. Gonokokkning hujayra  devorida  liðopolisaxaridli
toksik substansiya mavjud (kam o‘rganilgan).
Antigenligi. Gonokokklarning antigenlik tuzilishi  doimiy emas va
turli omillar ta’sirida o‘zgarib turadi.
Tashqi muhit omillariga chidamliligi. Gonokokklar juda chidamsiz
mikroblar. Organizmdan tashqarida quritilganda, bir necha soatda nobud
bo‘ladi,  lekin  qalin  yiring  qatlamida  va  har  xil  buyumlarda  (ho‘l
ko‘ylak,  lozim,  choyshab,  sochiq,  gubka  va  b.)  24  soat  va  undan
ortiq saqlana oladi. Gonokokk haroratning  o‘zgarishiga  sezgir bo‘lib,
issiq va sovuq haroratga chidamsiz. 56—60°C ularga o‘ldiruvchan ta’sir
ko‘rsatadi, 40—41°C da yashashi sekinlashadi. Past harorat va qurish
tez o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Dezinfeksiyalovchi eritmalar — 1 %
li fenol, 1:1000 nisbatdagi sulema eritmasi gonokokklarni bir necha
daqiqada o‘ldiradi. Gonokokklar kumush tuzlarining eritmalariga juda
sezgirdir. Masalan, 1:1000  nisbatdagi kumush nitrat eritmasi uni
5 daqiqada o‘ldiradi, amaliyotda shunday foydalaniladi. Ultrabinafsha
nurlari ta’sirida bir necha daqiqadan so‘ng nobud bo‘ladi.
Patogenligi. Hayvonlar gonokokka sezgir emas. Lekin oq sichqon-
larning qorin bo‘shlig‘iga gonokokk toksini yuborilganda, ular toksin
ta’sirida nobud bo‘ladi.
Infeksiya  manbai.  Gonoreya  (so‘zak)  bilan  kasallangan  bemor
infeksiya manbai  hisoblanadi.
Tarqalish yo‘li. Asosan, jinsiy aloqa orqali tarqaladi. Kam hollarda
bilvosita  kontakt  yo‘li  orqali  tarqaladi.  Sog‘lom  odam  kasal  bilan
jinsiy aloqada bo‘lganda, unga  bevosita yaqinlashish natijasida so‘zak
yuqadi, lekin u jinsiy yo‘ldan boshqa yo‘l bilan ham yuqishi mumkin.
Masalan, ba’zan bolalar (ko‘pincha qizlar) kasal onasi, enagasi bilan
bir  o‘rinda  yotganda,  umumiy  kiyim-kechak,  choyshab,  sochiq,
vanna, tog‘ora, gubka va shu kabilardan foydalanganda, ularga so‘zak
yuqishi mumkin.
Patogenezi.  Gonokokkning  tabiiy  xo‘jayini  bo‘lib,  kasal  odam
hisoblanadi.Gonokokklar organizmga shilliq pardalar orqali tushadi.
Gonokokklar uretra shilliq qavati (ayollarda uretra va bachadon bo‘yni)
orqali kiradi. Gonokokklarning  patogenlik omili ulardagi pili (tukcha)
larning  borligi  bilan  tavfsiflanadi,  chunki  pililar  silindrik  epiteliy
mikrotukchalari bilan birikib, gonokokklarning epiteliy hujayrasi ichiga
kirishga yordam beradi va ular bu yerda bo‘linib ko‘payadi. Gonokokklar
ko‘pincha siydik-tanosil yo‘llari shilliq pardasining yallig‘lanishiga sabab
bo‘ladi. So‘zakning yashirin davri 3—5 kun. So‘zak o‘tkir va surunkali

181
shakllarda o‘tadi. O‘tkir so‘zak erkaklar va xotin-qizlarda, ko‘pincha siydik
chiqarish kanali (uretra) shilliq pardasining yiringli yallig‘lanishi (uretrit)
bilan boshlanadi. So‘ngra gonokokk shilliq parda yuzasidan boshqa siydik-
tanosil a’zolariga — moyak va uning ortig‘iga, bachadon bo‘yni, naylari
va  shu  kabilarga  o‘tib,  ularni  yallig‘lantira  oladi.  So‘zakda  uretra  va
bachadondan yiring ajraladi, siydik chiqarishda og‘riq yuzaga keladi.
Gonokokk limfogen va gematogen yo‘l bilan organizmda tarqal-
ganda  boshqa  a’zolarni  ham  yallig‘lantira  oladi.  So‘zak  artritlari,
endokarditlari va hatto sepsisi paydo bo‘lishi mumkin. Bemor davolan-
masa yoki noto‘g‘ri davolansa, kasallik surunkali shaklga o‘tadi va
uning tashxisini qo‘yish hamda davolash yanada qiyinlashadi.
Gonokokk ko‘z konyunktivasining yiringli  yallig‘lanishi — bleno-
reyaga ham sabab bo‘la oladi. Bu kasallik onaning infeksiyali tug‘uruq
yo‘llaridan chaqaloq o‘tayotganda ko‘pincha paydo bo‘ladi.
Immuniteti.  Kasallikdan  so‘ng  organizmda  immunitet  hosil
bo‘lmaydi.
Profilaktikasi. Maxsus profilaktikasi yo‘q. Blenoreyaning oldini
olish  maqsadida  chaqaloq  tug‘ilganda  ikkala  ko‘z   konyunktivasiga
1—2 % li kumush nitrat (30 % albutsid) eritmasi 1—2 tomchidan
tomiziladi. Umumiy profilaktikasida sanitariya maorifi ishlarini olib
borish, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, begonalar
bilan jinsiy aloqaga o‘tmaslik, gigiyenik madaniyat darajasini oshira
borish muhim o‘rin egallaydi.
Davosi.  So‘zakni  davolash  uchun  sulfanilamid  preparatlar,
penitsillin, streptomitsin ishlatiladi.  Bu preparatlardan to‘g‘ri foydala-
nilsa, ular bemorlarni tez va ishonchli davolaydi, aks holda gonokokk-
larning  dorilarga  chidamliligi  oshib,  so‘zakning  sulfanilamid  pre-
paratlar va penitsillinga chidamli shakllari vujudga keladi.
Surunkali so‘zakni davolashda eng samarali preparat gonokokk
vaksinasi hisoblanadi. U o‘ldirilgan gonokokklarning fiziologik erit-
madagi  suspenziyasidan  iborat.  Vaksina  shifokor  ko‘rsatmasi  bilan
teri ostiga yuboriladi.
1. Gonokokklarning morfologiyasini tasvirlab bering.
2. Gonokokklarning kultural va fermentativ xossalari qanday?
3. Gonokokklarning chidamliligini bilasizmi?
4. Gonokokklar  qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi va ular qanday
yuqadi?
5. Gonokokk infeksiyalari kelib chiqmasligi uchun qanday chora va
tadbirlar o‘tkazilishi lozim?
?
Nazorat  uchun  savollar

182
MIKROBIOLOGIK TASHXIS
TEKSHIRISH MATERIALI
1. Erkaklarning uretra shilliq qavati ajratmasi.
2. Ayollarning  uretra  shilliq  qavati  va  bachadon  bo‘yni  ajrat-
masi.
3. Ko‘zning yiringli ajratmasi.
4. Qon.
Tekshirish  materialini  yig‘ish
Ayollar va erkaklarning uretra shillig‘idan ajratma paxtali tam-
pon, qovuzloq yoki qoshiqcha yordamida olinadi. Ko‘zdan yiringli
ajratma olish uchun steril tampon fiziologik eritmada namlab olinadi
va yiringdan sinama olinadi. Qon bilak venasidan 5—6 ml olinadi.
E s l a t m a : Bakteriologik  va  bakterioskopik  tekshirish
uchun  tekshirish  materiali:
1) antibiotik bilan davolanishdan avval olinishi kerak;
2) davolanish tugagach, 10 kun o‘tgandan keyin olinishi kerak;
3) siydik ajratgandan so‘ng 2 soat o‘tgach, olinishi kerak;
4) purkagich bilan purkalgandan so‘ng 2 soat o‘tgach, olinishi
kerak.
Asosiy  tekshirish  usullari
1. Mikroskopik (o‘tkir shakllarida).
2. Mikrobiologik.
3. Serologik.
Tekshirishning birinchi kuni. O‘tkir shakli. Uretra shilliq qavatidan
olingan  material  ikkita  yog‘sizlantirilgan  buyum  oynachasining
yarmigacha surtib preparat tayyorlanadi, quritiladi, fiksatsiya qilinadi
va metilen ko‘ki yoki eozin bilan bo‘yaladi. Bu bo‘yoqlar bilan kasal-
likka taxminiy tashxis qo‘yish maqsadida bo‘yaladi. Ikkinchi preparatni
to‘liq tashxis qo‘yish uchun Gram usulida bo‘yaladi. Buning uchun
fiksatsiya  qilingan preparat ustiga filtr qog‘ozi qo‘yilib, 1 % li kristall
binafshaning suvdagi eritmasi bilan 1 daqiqa davomida bo‘yaladi. Vaqt
o‘tgach  qog‘oz  olib tashlanadi, suv bilan yuviladi va Lyugol eritmasi
bilan preparat qorayguncha ushlanadi, so‘ngra yana suv bilan yuviladi
va spirtda oqish kulrang bo‘lguncha ushlanadi. Undan so‘ng qog‘oz
yana suv bilan yuviladi va 1 % li neytral qizil eritmasi bilan 3 daqiqa
bo‘yalib, suv bilan yuviladi, quritiladi va mikroskopda tekshiriladi.
Natija  musbat  bo‘lsa,  hujayra  elementlari,  yadro  binafsha  rangda,

183
leykotsitlar ichida yoki ulardan tashqarida to‘plangan gonokokklar
to‘q sariq rangda ko‘rinadi.
Surunkali  shakli.  Agarda  gonokokklarni  aniqlashning  iloji
bo‘lmaganda,  ko‘pincha  surunkali  shakllarda,  tekshirish  materiali
assitsiz muhitda ekiladi. Ekilgan muhit 37°C li  eksikatorga 10 % li
karbonat kislotali sharoitda qoldiriladi.
Tekshirishning ikkinchi kuni. Ekilgan muhit tekshiriladi. Shubhali
koloniyalarni belgilab o‘rganiladi. Undan surtma preparat tayyorlanadi
va Gram usulida bo‘yab, mikroskopda tekshiriladi. Agar Grammanfiy
diðlokokklar ko‘rinsa, tekshirish ishlari davom ettiriladi. Sof kulturani
ajratib  olish  uchun  shubhali  koloniyaning  yarmidan  olib,  zardobli
qiyshiq agarga ekiladi. Oksidaza sinamasi o‘tkaziladi, ya’ni shubhali
koloniyaning  ustiga  dimetilparafenilendiamin  eritmasi  tomiziladi.
Koloniyaning rangi to‘q jigarrangdan qora ranggacha o‘zgarishi mumkin.
Qiyshiq agarni termostatga 37°C li haroratda 24 soatga qoldiriladi.
Tekshirishning uchinchi kuni. Ekilgan muhit tekshiriladi. Sof kulturani
aniqlash uchun surtma preparat tayyorlab, Gram usulida bo‘yaladi va
mikroskopda tekshiriladi. Agar gonokokklar ko‘rinsa bu sof kulturaligidan
dalolat beradi. Saxarolitik xossasini o‘rganish uchun 30 % li zardob
qo‘shilgan  Giss  muhitlariga  (laktoza,  saxaroza,  glukoza,  mannit  va
maltoza) ekiladi. Termostatda 37°C haroratda 24 soat qoldiriladi.
Tekshirishning to‘rtinchi kuni.  Ekilgan muhit tekshiriladi. Agar
o‘sish ro‘y bermagan bo‘lsa, yana termostatda 1—2 kunga qoldiriladi.
Agar o‘sish bo‘lsa, natija o‘qiladi (22-jadval).
22-jadval
Gonokokklarning boshqa neysseriylardan farqi
I z o h :  «—» parchalamaydi; «+» parchalaydi.
Serologik  usul
Kasallikning uchinchi haftasida o‘tkaziladi. Kasallikning surunkali
shakli va unga shubha qilingan hollarda bemorning qon zardobi bilan
komplement  bog‘lanish  reaksiyasi  qo‘yiladi.  Antigen  sifatida  o‘lik
gonokokk kulturasidan foydalaniladi.
i
r
a
l
r
u
t
b
o
r
k
i
M
T
S
E
T
a
z
o
t
k
a
L
a
z
o
k
u
l
G
ti
n
n
a
M
a
z
o
tl
a
M
a
d
A
P
G
i
h
s
i
s
‘
o
r
a
l
k
k
o
k
o
n
o
G
—
+
—
—
i
d
y
a
m
s
‘
O
r
a
l
k
k
o
k
o
g
n
i
n
e
M
—
+
—
+
i
d
y
a
m
s
‘
O
r
a
l
k
k
o
k
l
a
r
a
t
a
K
—
—
—
—
i
d
a
s
‘
O

184
1. Gonokokk infeksiyalarida  tekshirish materiali sifatida nima olinadi?
2. Tekshirish materiallari qachon olinishi lozim?
3. O‘tkir va surunkali shakllaridan asosiy tekshirish usullari qaysi?
4. Gonokokklarni qaysi mikroorganizmlarda farqlash lozim?
Oziqa muhitlari
Tuxum sarig‘idagi muhit. Quyon go‘shtidan tayyorlangan 100 ml.li
GPA ga 15 ml yangi tuxumning sarig‘i, 6 ml fenol qizil indikatori,
1  ml  distillangan  steril  suvda  eritilgan  1,5  ml  shakar  qo‘shib
kosachalarga quyiladi.
Assit agar. Quyon go‘shtidan tayyorlangan sho‘rva filtrlanib, unga
2 % agar, 1 % pepton va 0,5 % natriy xlor qo‘shiladi. Muhit qayna-
guncha qizdiriladi, filtrlanadi, idishlarga solib, avtoklavda 115°C haro-
ratda 15 daqiqa sterillanadi.
Ichak  bakteriyalari  oilasi
Ichak  guruhi  bakteriyalariga    —  Enteroobactericeae  oilasiga
morfologik, kultural, tinktorial xossalari bir-biriga o‘xshash  mikro-
organizmlar kiradi. Ular odam va hayvon ichagida hayot kechiradi,
lekin tashqi muhitda ham aniqlanadi. Chunki ular najas bilan tashqi
muhitga chiqariladi.
Hozirgi vaqtda ichak bakteriyalari oilasiga 12 avlod mikroorga-
nizmlar kiritiladi. Masalan, Esherixiy, Salmonella, Shigella, Proteus,
Klebsiyella, Iyersiniya va boshqalar. Bular avlodlar va yana turlarga,
biologik va serologik variantlarga bo‘linadi.
Bu avlodlarning boshlang‘ichi bo‘lib, ichak tayoqchasi hisoblanadi.
Evolutsion  o‘zgarishi  natijasida  ichak  tayoqchasi  parazitik  hayot
kechirishga moslashdi va patogen turga aylandi. Hozirgi vaqtda u ko‘pgina
ichak kasalliklarini kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Ichak bakteriya-
larining patogen turlari bo‘lib qorin tifi, A va B  paratif  toksikoin-
feksiya, dizenteriya va boshqa turlar hisoblanadi.
Barcha  ichak  bakteriyalari  tayoqchasimon,  uchlari  yumaloq,
surtma preparatda tartibsiz joylashadi, Grammanfiy bo‘yaladi, fakul-
tativ  anaerob,  oddiy  oziqa  muhitida  yaxshi  rivojlanadi.  Ular  bir-
biridan fermentativ, antigenlik xossasiga ko‘ra farqlanadi. Saprofitlarda
fermentativ faollik ancha kuchli namoyon bo‘ladi.
?
Nazorat  uchun  savollar

185
18-bob.
  ESHERIXIYLAR
Bu avlodga faqat bitta ichak tayoqchasi — E coli kiradi, lekin
ko‘pgina  variantlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Ular  biologik,  fermentativ,
antigenlik xossasiga ko‘ra, bir-biridan farqlanadi.
Ichak tayoqchasini 1888-yili Esherix najasdan ajratib olgan va
mikrob uning nomi bilan atalgan. Ichak tayoqchasining tabiiy yashash
joyi  hayvon  va  odam  ichagi  bo‘lib  hisoblanadi  va  ular  ichakning
normal mikroflorasiga kiradi. U hayot faoliyati davomida fermentlar
ishlab chiqaradi, ovqat hazm qilishda ishtirok etadi, B guruh vitamin-
larini sintezlaydi va boshqa patogen mikroblarga antagonistik ta’sir
ko‘rsatadi (masalan, dizenteriya, qorin tifi, toksikoinfeksiya, qo‘zg‘a-
tuvchilarga). Agar yo‘g‘on ichakda ichak tayoqchasi bo‘lmasa, disbak-
terioz kasalligi kelib chiqadi. Bunda ichakdagi normal mikroflora tarkibi
buziladi, proteylar, zamburug‘lar, kokk floralari ko‘payib ketadi.
Organizmning  qarshilik  ko‘rsatish  kuchi  susaygan  hollarda
Esherixiylar boshqa a’zolarga tushib, og‘ir patologik jarayonlarni keltirib
chiqaradi. Shuning uchun ichak tayoqchasi shartli patogen mikroor-
ganizm, deb ataladi. Ichak tayoqchasi najas bilan tashqi muhitga tushadi.
Tuproq, suv, oziq-ovqatlar va obyektlarda ichak tayoqchasining aniqla-
nishi ularni najas bilan ifloslanganligidan dalolat beradi. Ichak tayoq-
chasining  borligini  (koli-titr,  koli-indeks)  aniqlash  obyektlarining
sanitar holati ko‘rtsatkichi sifatida qo‘llaniladi.
Morfologiyasi. E. coli mayda 0,5—3,0 x 0,5—0,8 mkm kattalikdagi
tayoqchasimon  mikroblardir.  Grammanfiy,  harakatchan,  xivchinlari
peretrix joylashgan. Ko‘pgina shtammlari kapsula hosil qiladi, spora hosil
qilmaydi. Ayrim ichak tayoqchasining variantlari harakatsiz bo‘ladi.
Kultural  xossasi.  Ichak  tayoqchasi  fakultativ  anaerob  bo‘lib,
oddiy oziqa muhitlarida, 37°C haroratda va pH 7,2—7,8 muhitida
yaxshi o‘sadi. Odam va hayvon organizmidan ajratib olingan ichak
tayoqchasining shtammlari 43—45°C da yaxshi o‘sadi. Ichak tayoqcha-
sining tashqi muhit obyektlarida aniqlanishi sanitariya sharoiti yomon-
ligidan dalolat beradi. GPAda xira, biroz bo‘rtib chiqqan, chetlari
tekis, nam koloniya hosil qilib o‘sadi. GPSHda bir tekis loyqalanish
hosil qilib o‘sadi. Differensial-diagnostik Endo muhitida yaltiroq metall,
malina rangli koloniya hosil qilib o‘sadi.
Fermentativ xossasi. Fermentativ xossasiga ko‘ra, faol hisoblanadi.
Laktoza, saxaroza, glukoza, mannit, maltozani kislota va gazgacha
parchalaydi. Proteolitik xossasiga ko‘ra, indol hosil qiladi. Jelatinani
suyultirmaydi. Alohida biovarlari laktoza va saxarozani parchalamaydi.
Toksigenligi. Ichak tayoqchasi liðopolisaxarid tabiatli endotoksin
hosil qiladi.

186
Antigenlik  tuzilmasi.  Esherixiylar    antigenlik  tuzilmasiga  qarab
farqlanadi. Esherixiylarda uch turdagi antigen tafovut etiladi: somatik
O—antigeni,  yuzaki  K—antigeni  (kapsula),  xivchinli  H—antigeni.
Somatik termostabil O—antigeni liðopolisaxaridprotein kompleksni
(yog‘,  oqsil,  uglevod  tabiatli)  o‘z  ichiga  oladi  va  u  bakteriyaning
hujayra devorida joylashgan. O—antigeniga ko‘ra mikrobning 170 turi
tafovut etiladi. K — antigeni O — antigeniga nisbatan yuzada joylashgan.
Esherixiylarning K — antigeni turlicha: A, B, L va M antigenlari.
A va M antigenlari termostabil, ya’ni yuqori haroratga chidamli, B va
L antigeni esa chidamsiz. K — antigenining 100 ta guruhi tafovut
etiladi. K—antigen agglutinatsiya reaksiyasini qo‘yishga to‘sqilik qiladi:
shuning uchun 100°C qizdirilib, ulardan O — antigeni ajratib olinadi.
H — antigeni faqat mikroblarning harakatchan turlaridagina uchraydi.
Uning 50 dan ortiq turlari aniqlangan. H — antigeni bo‘yicha ajratib
olingan kulturani serovariantlari aniqlanadi. Ichak tayoqchasining bu
xossasi agglutinatsiya reaksiyasi yordamida aniqlaniladi. Fegovarlari
esa bakteriofaglar yordamida sezuvchanligi aniqlanib o‘rganiladi.
Chidamliligi. Ichak tayoqchasi tashqi muhitga ancha chidamli. 55°C
harorat ta’sirida 1 soatdan so‘ng, 60°C issiqlik ta’sirida esa 15 daqiqadan
so‘ng nobud bo‘ladi. Tuproqda, suvda 2—3 oygacha saqlanadi, sutda esa
faqat saqlanib qolmasdan, hatto bo‘linib ko‘payadi. Dezinfeksiyalovchi
moddalar (3 % li xloramin, 1:1000 sulema eritmasi) ta’sirida 20—30 da-
qiqadan so‘ng nobud bo‘ladi. Brilliant yashiliga (zelyonkaga) juda sezgir.
Patogenligi. Esherixiylarning alohida seroguruhlari hayvonlarda
oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi. Laboratoriya hayvon-
laridan dengiz cho‘chqachalari ichak tayoqchasiga sezgir. Laboratoriya
hayvonlarining zararlangan a’zolariga qarab esherixiylar ularda turli
xil patologik jarayonlarini keltirib chiqaradi. Masalan, mikroblar teriga
yuborilganda yallig‘lanish va abssess, qorin bo‘shlig‘i va venaga yubo-
rilganda sepsis, peritonit kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Infeksiya manbai. Kasal odam infekiya manbai hisoblanadi. Ichak
tayoqchasi organizmga tashqi muhitdan tushadi. Organizmdagi mavjud
ichak tayoqchasi boshqa a’zolarga ham o‘tib, kasallik keltirib chiqarishi
mumkin.
Tarqalish yo‘li. Maishiy, oilaviy yo‘l orqali — iflos qo‘l, idish-
tovoq, o‘yinchoq, oziq-ovqat va mexanik yo‘l — pashsha, suvaraklar
orqali tarqaladi.
Patogenezi. Esherixiylar keltirib chiqaradigan kasalliklarga esherixioz
kasalliklar deyiladi.  Ichak tayoqchasi  og‘iz orqali  organizmga tushsa, u
albatta, bolalar va kattalarda ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Ayrim O guruhidagi ichak tayoqchalari ham organizmda kasalliklar
keltirib chiqaradi va ular enteropatogen ichak tayoqchalari deyiladi (EPKP).
Enteropatogen ichak tayoqchasining bir  necha guruhlari tafovut etiladi:

187
1. I  guruh  —  bolalarda  kolienterit  kasalligini  keltirib  chiqara-
digan turlari (0111, 026, 055, 086 va b.).
2. II  guruh  —  ichburug‘ga  xos  kasalliklarni  keltirib  chiqara-
diganlari (025, 0124, 0143, 0144 va boshqa seroguruhlari).
3.  III  guruh  —  vaboga  o‘xshash  kasalliklarni  keltirib  chiqara-
diganlari (01, 05, 06, 078 va boshqa seroguruhlari).
Ichak tayoqchasi oziq-ovqatlarga tushib, ularda bo‘linib ko‘payishi
ham mumkin. Bunday ifloslangan oziq-ovqt iste’mol qilingandan so‘ng
ular ovqatdan zaharlanish kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ichak tayoq-
chasi boshqa a’zolarga o‘tganda xoletsistit, sistit, sepsis va boshqa
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Kolienterit nihoyatda yuqumli bo‘lib,
bolalar muassasalarida epidemik tus olishi mumkin.
Profilaktikasi. Shaxsiy gigiyena qoidalarga rioya qilish. Maxsus
profilaktikasi yo‘q
Davosi. Antibiotiklar bilan davolanadi. Hozirgi vaqtda davolash
maqsadida koliðrotey fagi qo‘llanilmoqda va yaxshi natijalar bermoqda.
1. Ichak bakteriyalari oilasining asosiy belgilari qanday?
2. Esherixiylarning antigenlik tuzilishi qanday?

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish