Mikrobiologiya



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/40
Sana18.02.2020
Hajmi1,38 Mb.
#40147
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Bog'liq
umumiy mikrobiologiya

kimyoviy usullar — «Diaferm—3» dializ fermentlar yordamida parcha-
lash, oqsillarning turli fraksiyalarini cho‘ktirish yo‘li bilan tozalanadi.
Natijada,  tozalangan,  antitelolar  konsentratsiyasi  yuqori  bo‘lgan
(1 ml.da 5000—10000 AB) zardoblar solinadi. Bunday zardoblarning
yorliqlariga tegishli belgilar — «diaferm», «dializlangan» so‘zlari yozib
qo‘yiladi.
Zardoblarga ham vaksinalar singari yorliq yopishtiriladi va unda
zardobning tayyorlangan vaqti, 1 ml.dagi antitoksik birliklar miqdori,
qo‘llash muddati ko‘rsatiladi. Ularni ham qorong‘i va salqin joyda
saqlash kerak bo‘ladi.
Ular  tiniq  bo‘lishi,  biroz  yaltirab  turishi,  chayqatganda    yirik
ipir-ipir bo‘lmasligi lozim. Zardoblar bilan davolash kasallik jarayonini
tez  to‘xtata  olishiga  asoslangan.  Zardobdagi  antitoksin  toksinni
neytrallaydi (zararsizlantiradi), shundan so‘ng bemorning ahvoli ancha
yaxshilanadi. Kasallik boshlangach, zardob qancha ertaroq yuborilsa,
davolash  natijasi  shuncha  muvaffaqiyatli  bo‘ladi.  Odatda,  zardob
mushak orasiga, ayrim hollarda, masalan, qoqsholda zardobni venaga
yoki beldan umurtqa kanaliga (intralumbal) yuborish mumkin.
Organizmga  kasallik  yuqqanda,  uni  mikroblar  va  zaharlardan
himoya  qilish  uchun  tez  yordam  berish  kerak  bo‘lganda  zardobni
profilaktik maqsadda ham yuborish mumkin. Bunda yuborilgan zardob
darhol  passiv  immunitetni  vujudga  keltiradi,  chunki  organizmga
tayyor antitelolar kiritiladi. Passiv immunitet 2—3 hafta davom etadi.

147
Qoqshol (stolbnyak)ning oldini olish uchun zardob bilan majburiy
tartibda  jarohatlangan  va  jarohatlanmagan  kishilar  ham  emlanadi,
buni har bir tibbiyot xodimi yaxshi bilishi lozim. Hozirgi vaqtda ular
o‘rniga  gammaglobulinlar  qo‘llanilmoqda.  Gammaglobulinlar  —
zardobdagi  oqsillarning  fraksiyalaridan  biri  bo‘lib,  bu  fraksiyada
antitelolar  konsentratsiyasi  yuqori  bo‘ladi.  Immunoglobulinlar
qizamiq,  gepatit,  poliomiyelit,  ko‘kyo‘tal,  qizilcha  va  boshqa
kasalliklarning oldini olishda qo‘llaniladi.
Zardob preparatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuborilishi ko‘pgina
yuqumli kasalliklarning oldini oladi. Zardoblardan kasalliklarga tashxis
qo‘yishda ham keng foydalaniladi, ya’ni immunologik reaksiyalarni
qo‘yishda qo‘llaniladi. Buning uchun agglutinatsiyalovchi, pretsipita-
tsiyalantiruvchi,  gemolizlantiruvchi  va  lizislantiruvchi  zardoblardan
foydalaniladi. Bu zardoblar agglutinatsiya, pretsipitatsiya gemoliz yoki
lizis  reaksiyalarini  qo‘yishda  ishlatiladi.  Zardoblarni  diagnostikada
qo‘llanilishi serodiagnostika deyiladi.
1. Vaksinalarning qanday turlarini bilasiz?
2. Passiv immunitet qanday preparatlar yordamida hosil qilinadi?
3. Autovaksina nima?
4. Seroterapiya, seroprofilaktika va serodiagnostika deganda nimani
tushunasiz?
12-bob. 
ALLERGIYA
Allergiya (lotin. allos — begona, erqon— ta’sir etish) — bu orga-
nizmning turli xil begona moddalarga (antigenlarga) nisbatan yuksak
sezuvchanligi.
Yuksak  sezuvchanlik  holatini  yuzaga  keltiruvchi  moddalarga
allergenlar deyiladi. Allergen bo‘lib mikroorganizmlar (bakteriyalar,
viruvslar,  zamburug‘lar),  mikrob  hujayrasi  ishlab  chiqaradigan
moddalar,  hayvonga  mansub  bo‘lgan  oqsillar  (tuxum,  sut  va  b.),
o‘simlik  tabiatli  oqsillar  (qo‘ziqorin,  yer  tuti  va  b.),  davolovchi
getereologik zardoblar va boshqalar hisoblanadi. Bu moddalarning
barchasi to‘la qimmatli antigen hisoblanadi. Bundan tashqari, gaptenlar
ham allergiyani keltirib chiqaradi. Ular organizmdagi oqsillar bilan
birikish natijasida allergik moddalarni hosil qiladi. Bundan tashqari,
allergiyani allergenlar (bo‘yoqlar, laklar, sovun va b.), maishiy aller-
genlar (chang, mushuk va it, hayvon junlari, yostiq parlari va b.),
?
Nazorat  uchun  savollar

148
o‘simlik allergenlari (o‘simliklar gullayotgandagi changlar), dorivor
moddalar (antibiotiklar, aspirin va b.) ham keltirib chiqarishi mumkin.
Allergiya — organizmning turli xil agentlarga  o‘ziga xos giper-
sezuvchanligidir. Ularning asosida antigen va antitelolarning reaksiyasi
yotadi. Organimzga birinchi safar kirgan allergenlarning biri antiteloni
hosil qilsa, ikkinchisi Ò-limfotsitlarni sensibilizatsiyalaydi. U yoki  bu
holda ham o‘zgarishlarni hosil qilgan allergenlar bilan qayta uchrashish
organizmning yuqori sezuvchanligini orttiradi. Bu allergen bilan qayta
kurashish namoyon bo‘lishi mumkin. U allergenga va organizmning
immunologik tuzilish xarakteriga bog‘liq.
Barcha allergik reaksiyalar ikki guruhga: tez yuzaga chiqadigan va
asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalarga bo‘linadi. Òez yuzaga
chiqadigan  allergik  reaksiyalarga:  anafilaksiya,  Artyus—Saxarov
fenomeni, zardob kasalligi, atopiya (bronxial astma, pollinoz, krapiv-
nitsa (eshak yemi) va b.)  kiradi. Asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik
reaksiyalarga infeksion allergiya, kontakt dermatit, dorivor allergiya
kiradi.
Òez yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar
Anafilaksiya (lotin. ana — qarshi, phylaxis — himoya) — bu begona
antigenlarni qayta yuborilgandan keyin shok yoki unga yaqin holatni
tez namoyon qiladigan yuksak sezuvchanlik.
Anafilaksiyani  yuzaga  keltiruvchi  moddalarni  anafilaktogenlar
deyiladi. Ularga begona oqsillar, bakteriya toksinlari, mikrob hujay-
rasining polisaxaridlari, turli xil dorivor moddalar, ya’ni to‘la qimmatli
antigenlar va gaptenlar kiradi.
Anafilaksiya  mexanizmi.  Anafilaktogen  (masalan,  ot  zardobi
dengiz  cho‘chqachasiga  yuborilganda)  birinchi  safar  yuborilganda
o‘ziga xos sensibilizatsiyani yuzaga keltiradi. Antitelolar (IoE) hosil
bo‘ladi, ular 10—12 kundan keyin maksimal titrda to‘planadi. Bu
antitelolar qonda aylanib yurib qisman hujayra tanasiga singadi.
Begona  oqsilning  sensibilizatsiyani  yuzaga  keltiruvchi  birinchi
dozasini  sensibilizatsiyalovchi doza deyiladi. Bu uncha katta bo‘lmagan
dozadir (dengiz cho‘chqachasi uchun ot zardobidan 0,01—0,001 ml).
Sensibilizatsiya  antigenni  parenteral  (oshqozon-ichak  yo‘li)  yubo-
rilganda yuzaga keladi. Lekin u antigen ichak yoki o‘pka shilliq qavati
orqali o‘tayotganda ham yuzaga kelishi mumkin. Yuzaga kelgan allergik
holat uzoq vaqt — bir necha oy va hatto yillab saqlanishi mumkin.
Ana shu anafilaktogenni qayta yuborilganda tez yuzaga chiqadigan
allergik reaksiya turi — anafilaktik shokni yuzaga keltiradi, uning ta’sirida
hayvon nobud bo‘ladi. Anafilaktik shokning kelib chiqish shartlari
quyidagilardan iborat:

149
1. Qayta yuboriladigan doza sensibilizatsiyalovchi dozadan 10—100
marta ortiq bo‘lishi lozim.
2. Bu doza to‘g‘ridan to‘g‘ri qonga yuborilishi lozim.
Anafilaksiya patogenezida organizmga begona oqsil yoki boshqa
anafilaktogen  kirganda,  unga  javoban  hosil  bo‘lgan  antitelo  asosiy
rolni o‘ynaydi. Bu antitelolar qisman hujayra — nishon deb nomlangan
hujayralarda adsorbsiyalanadi. Allergenning hal qiluvchi dozasini qayta
yuborilganda, u shu hujayra yuzasidagi antitelolar bilan reaksiyaga
kirishadi, hujayra membranasining yaxlitligi buziladi. Bu hujayradan
ko‘plab gistamin moddasining ajralishiga va anafilaktik shokni yuzaga
kelishiga olib keladi. Qonda aylanib yurgan antitelo va antigenlarning
bog‘lanishi  pretsiðitatlarning  hosil  bo‘lishiga   sabab  bo‘ladi,  shu-
ningdek, mediatorlar faolligini yuzaga keltiradi.
Sensibilizatsiyalangan hayvon zardobini shu turga oid sog‘lom
hayvonga yuborilsa, 1—2 kun o‘tgandan keyin (bu vaqt yuborilgan
antiteloni  ishonch  —  hujayrasiga  fiksatsiyalanishi  uchun  kerak)  u
ham  sensibilizatsiyalanadi.  Anafilaktogenning  hal  qiluvchi  dozasi
hayvonlarda shokni yuzaga keltiradi. Bu passiv anafilaksiya deyiladi.
Anafilaktik shokning klinik belgisi turli xil hayvonlarda turlicha
kechadi. Dengiz cho‘chqachalarida anafilaktogenning ikkinchi dozasini
vena ichiga yuborilganda reaksiya darhol yuzaga chiqadi, hayvon betoqat
bo‘lib,  oyog‘i  bilan  burnini  qashlaydi,  aksiradi,  hansirash,  so‘ng
titroq yuzaga keladi, ixtiyorsiz siydik va najasi ajraladi va hayvon nobud
bo‘ladi. Ular yorib ko‘rilganda bronxlar spazmi (qisilishi), o‘pkalar
shishgani,  ovqat  hazm  qilish  a’zolarida  qizarish  va  qon  quyilishi
kuzatiladi. Itlarda anafilaktik shok tomirlarning qisilishi va jigarda qonning
turib qolishi bilan kuzatiladi.
Quyonlar anafilaksiyasida ular nafas olishning to‘xtashi va qon
bosimining tushib ketishidan nobud bo‘ladilar. Bu  holat kichik qon
aylanish doirasi arteriyasining spazmi natijasida yuzaga keladi.
Odamda anafilaktik shok zardobli preparatlarni yuborish qoidalarini
buzilishi yoki penitsillin va boshqa dori  moddalari yuborish natijasida
yuzaga keladi. Reaksiya ko‘z mushaklarining spazmasi, yurak-tomir
sistemasining buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Òana harorati 1—2°C ga
pasayadi, hansirash kuzatiladi, tomir urishi tezlashadi, arterial bosim
pasayadi,  qaltirash,  bo‘g‘imlarda  og‘riq  va  boshqa  belgilar  yuzaga
keladi. Ayrim hollarda anafilaktik shok o‘lim bilan tugaydi.
Anafilaktik shokning oldini olish uchun desensibilizatsiyani, ya’ni
yuqori sezuvchanlikni yo‘qotish kerak. Shu maqsadda barcha ana-
filaktogen moddalarni yuborishdan avval, shokni yuzaga keltirmay-
digan va yuborilgan anafilaktogen antiteloni bog‘lab oladigan dozasi
yuboriladi.  Masalan,  odamga  kerak  bo‘lgan  begona  ot  zardobidan

150
(bo‘g‘ma,  qoqsholga  qarshi)  avval  0,5—1,0  ml,  2  soatdan  keyin
qolgan  dozani  yuboriladi.  Bu  zardobni  Bezredko  usulida  yuborish
deyiladi. Zardobli preparatlar hamma vaqt bo‘lib-bo‘lib yuboriladi.
Avval yuboriladigan preparatga odamning sezuvchanligi aniqlanadi.
Shu maqsadda birlikning ichki tomoniga yuborilishi kerak bo‘lgan,
1 : 100  suyultirilgan  zardobdan  teri  ichiga  0,1  ml  yuboriladi.  Agar
reaksiya manfiy (biroz qizarish va 1 sm.dan kamroq kenglikda shishish)
bo‘lsa, 20—30 daqiqadan so‘ng 0,1—0,5 ml suyultirilmagan zardob-
dan teri ichiga yuboriladi. 30—60 daqiqadan so‘ng reaksiya manfiy
bo‘lsa, qolgan doza ham yuboriladi.
Zardob kasalligi odamga begona zardob (masalan, ot zardobini)
yuborilganida yuzaga keladi. U preparat yuborilgan  zahoti yuzaga kelib
va anafilaktik shok turiga ko‘ra og‘ir o‘tishi mumkin. Organizmga zardob
yuborilganda shu zardobga nisbatan antitelo hosil bo‘ladi, shu zardobni
qaytadan yuborilganda zardob kasalligi yuzaga keladi. Lekin zardob
kasalligi zardobni birinchi marotaba ko‘p miqdorda yuborilgan hollarda
ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda u zardob yuborilganidan
8—12 kundan so‘ng namoyon bo‘ladi, chunki bu davr mobaynida
organizmda zardobga nisbatan antitelo sintezlanadi. Òoshma toshadi
(eshak yemi), badan qichishadi, bo‘g‘imlarda og‘riq paydo bo‘ladi,
limfa tugunlari kattalashadi, haroratning ko‘tarilishi kuzatiladi, asta-
sekin  bu  belgilar  yo‘qoladi.
Immunoglobulinlar qo‘llanilishi zardob kasalligining oldini oladi.
Atopik  reaksiyalar  (atopiya) (lotin.  atopos  — ajablanarlik,
g‘alati) — allergenlar sezuvchanlik yuqori bo‘lgan odamlarda orga-
nizmga allergenlar kirganda ularga nisbatan javobning hosil bo‘lishidir.
Yuqori sezuvchanlikka moyillik nasldan naslga o‘tadi.
Bu  reaksiyaning  mexanizmi  organizmning  shu  allergen  bilan
birinchi uchrashuvida hosil bo‘lgani kabi, allergen va antitelo orasidagi
ta’sirdek boradi. Bunda anafilaksiyadagidek gistamin va unga o‘xshash
moddalar ajraladi, ular silliq mushaklarni qisqartiradi, tomirlarning
o‘tkazuvchanligini oshiradi va boshqalar.
A’zo va to‘qima hujayralariga antitelolar yopishishiga qarab, turli
xil holatlar yuzaga keladi: nafas yo‘lini shikastlanishi — allergik tumov
va bronxial astma, ko‘z shilliq qavatining shikastlanishini — konyun-
ktiva, terini shikastlanishi — eshak yemi (krapivnitsa) toshishi va bosh-
qalar. Bundan tashqari, atopiya organizm ayrim moddalarni — oziq-
ovqatlar, dorivor va o‘simlik moddalarini ko‘tara olmasligi natijasida
ham yuzaga keladi.  Atopiyaning  anafilaksiyadan farqi shundaki, u
desensibilizatsiyaga berilmaydi va faqat odamlarda kuzatiladi.
Bronxial astma. Kasallik bo‘g‘ilish xuruji va og‘ir spazmatik yo‘tal
bilan o‘tadi. U bronx mushaklarini qisqarishi va bronx shilliq qavatining

151
shishishi natijasida kelib chiqadi. Asosan, astmani kelib chiqishiga,
turli xil allergenlar — chang, o‘simliklar, hayvon juni, dori moddalari
va boshqalar sabab bo‘ladi.
Pollinoz  (pichan isitmasi— ñåííàÿ ëèõîðàäêà). Odatda,  bahor
va yoz oylarida, o‘simliklarning gullash davrida kuzatiladi. O‘simlik
changi  yoki  zamburug‘  sporalari  shilliq  qavatlarga  kirishi  natijasida
konyunktivit, tumov, bosh og‘rig‘i, ayrim hollarda nafas siqishi kuzati-
ladi. Kasallikning rivojlanishi organizmning oldingi sensibilizatsiyasiga
bog‘liq. Qonda antitelo bilan o‘simlik changlarini aniqlash mumkin.
Krapivnitsa (eshak yemi) toshmalar «obi non» singari yirik qizarish
va qichishish bilan namoyon bo‘ladi. Oziq-ovqatlar (yer tuti, qo‘zi-
qorin, tuxum va b.) yoki kimyoviy moddalar, masalan, fenolftalein
bilan ishlaganda kuzatiladi.
Asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar
Asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar — allergiyaning
bir ko‘rinishi bo‘lib, organizmning sensibilizatsiyasi, Ò-limfatsitlar-
ning  (sensibilizatsiyalangan  Ò-limfatsitlar)  faolligi  va  to‘planishiga
bog‘liq. Òez yuzaga chiqadigan allergiyaning asta-sekin  chiqadigan
allergiyadan farqi quyidagilardan iborat: birinchidan, qonda aylanib
yurgan antitelolar bilan bog‘lanmagan va sensibilizatsiyalangan hayvon
zardobini boshqa hayvonga asta-sekin yuzaga chiqadigan allergiyani
asta-sekin  uzatilishi  sodir  bo‘lmaydi.  Ikkinchidan,  u  tez  yuzaga
chiqmasdan, allergen bilan kontaktda bo‘lishi natijasida 24—28 soatdan
keyin yuzaga chiqadi.
Asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik reaksiyaning mexanizmi.
Allergenning  Ò-limfatsit  bilan  (shu  allergenga  mos  retseptorning
bo‘lishi)  uchrashuvi  Ò-hujayraning  faolligini  oshiradi  va  uni
ko‘payishiga olib keladi. Natijada organizmda shu allergenga sensibili-
zatsiyalangan  Ò-limfatsitlar  to‘planadi.  Shu  allergen  bilan  qayta
uchrashganda Ò-limfatsitlar yana faollashadi va antigenni olib yuruvchi
nishon hujayralarni parchalash jarayoniga makrofaglarni jalb qiladi.
Bunda  Ò-limfatsitlar  nobud  bo‘ladi.  Atrofdagi  hujayralarga  zaharli
moddalar ajraladi. Allergiyaning klinik belgilari namoyon bo‘ladi.
Infeksion  allergiya — bu  mikroorganizmlarga  yoki  ular  ishlab
chiqaradigan mahsulotlarga organizmning yuksak sezuvchanlik holati.
Ko‘pgina yuqumli kasalliklarda yuzaga keladi va ularning patogenezida
katta rol o‘ynaydi va bemor sog‘aygandan keyin ham ancha vaqtgacha
saqlanadi. Infeksion allergiya, brutselloz, zaxm va boshqa kasalliklarda
kuzatiladi.

152
Infeksion allergiyada reaksiyaning spetsifikligi ko‘pincha yuqumli
kasalliklar  diagnostikasida  (sil,  brutselloz,  tulyaremiya  va  b.)
qo‘llaniladi. Òeri  ichiga yoki teri ustiga oz miqdorda allergen, filtrat
yoki lizat kultura, qizdirish yoki kimyoviy moddalar ta’sirida o‘ldiril-
gan bakteriya ilinmasi yuboriladi.
Organizm yuqori sezuvchanligida allergen yuborilgan yerda reaksiya
sodir bo‘ladi: qizarish, shishish, og‘riq. Ayrim hollarda umumiy reaksiya
ham  sodir  bo‘lishi  mumkin:  darmonsizlik,  kamquvvatlik,  umumiy
jarayonni  zo‘rayishi  (masalan,  silda  tuberkulin  yuborilganda)
kuzatiladi.
Kontakt  dermatit — teri  allergik  kasalligi.  U  turli  xil  kimyoviy
moddalar bilan uzoq  vaqt davomida ishlash natijasida sodir bo‘ladi.
Bunda sovun, yelim, bo‘yoqlar, rezina, dorilar, kosmetika va boshqa
oddiy zararsiz moddalar allergen bo‘lib hisoblanadi. Ular gaptenlar
bo‘lib  hisoblanadi,  lekin  ular  organizmdagi  oqsillar  bilan  birikib
antigen (allergen) bo‘lib qoladilar. Kasallikning kechishi turlichadir,
teri qizarishidan boshlab nekrozgacha kuzatiladi. Kontakt dermatitga
ekzema (ekzematoz dermatit) kiradi.
Ayrim  odamlarda  turli  xil  oziq-ovqat  mahsulotlari  (tuxum,
suzma, yer tuti va b.)ga, dorilar (asetilsalitsil kislotasi, amidopirin
va  b.)ga  allergiya  kuzatiladi.  Ular  gaptenlar  bo‘lib,  bu  moddalar
organizmdagi oqsillar bilan birikib antigen bo‘lib qoladi va allergiyani
yuzaga keltiradi.
Faqat allergen bilan qayta to‘qnash kelishning oldini olish bilan
ko‘pgina allergik reaksiyalarni bartarf etish mumkin. Lekin yuqori
sezuvchanlik holatini yuzaga keltiruvchi antigenni aniqlash murakkab
kechadi. Buning uchun tavsiya etilgan  allergen bilan teri ichi sinamasi
qo‘yiladi.
Keyingi yillarda ko‘pgina infeksion (infeksion allergiyani yuzaga
keltiruvchi  turli  xil  mikroorganizmlardan),  noinfeksion  (turli  xil
changlar,  oziq-ovqat  mahsulotlari,  kimyoviy  moddalar  va  b.)
allergenlar kuzatilmoqda. Shuni esda tutish kerakki, organizmga aller-
genni oz miqdorini yuborilganida ham qo‘shimcha allergizatsiyani
chaqiradi. Shuning uchun so‘nggi vaqtda laboratoriyada allergik usul
keng qo‘llanilmoqda.
1. Allergik reaksiyalarning qanday turlarini bilasiz?
2. Anafilaksiya qachon yuzaga keladi va namoyon bo‘ladi?
3. Organizmga zardobli preparatlarni yuborganda anafilaksiya yuzaga
chiqmasligi uchun qanday ishlarni olib borish lozim?
?
Nazorat  uchun  savollar

153
II  qism. 
XUSUSIY  MIKROBIOLOGIYA
PATOGEN  KOKKLAR
Kokklar — bu mikroorganizmlarning keng guruhi bo‘lib, ularga
patogen,  shartli  patogen  va  patogen  bo‘lmagan  turlari  kiradi.  Bu
bo‘limda patogen va shartli patogen kokklar ko‘rib o‘tiladi.
Berg tasnifiga ko‘ra, patogen kokklar uch oilaga kiritiladi:
1. Micrococcaceae — Staphylococcus
(stafilokokklar)  avlodi.
2. Streptococcaceae — Streptococcus
avlodi (streptokokklar va pnevmokokklar).
3. Neisseriaceae — Neisseria
avlodi (meningokokklar va gonokokklar).
Patogen  kokklar  yiringli  jarayonlarni  keltirib  chiqaradi,  shu
xossasiga ko‘ra, ular bir-birlariga o‘xshaydi, shuning uchun ularni yiring
chaqiruvchi kokklar deb ataladi. Kokklarda organotroplik darajasi bir
xil bo‘lmay, bu pnevmokokk, meningokokk va gonokokklarda ko‘proq
namoyon bo‘ladi. Barcha patogen kokklar harakatsiz bo‘lib, spora
hosil qilmaydi, pnevmokokk kapsula hosil qiladi.
Bo‘yalishiga ko‘ra ular Grammusbat (stafilokokk, streptokokk)
va Grammanfiy (meningokokk, gonokokk) bo‘ladi. Yiring chaqiruvchi
kokklar bir-biridan oziqa muhitlarga talabchanligiga va biokimyoviy
faolligiga ko‘ra farqlanadi. Stafilokokk esa oziq muhitga talabchan emas,
biokimyoviy xossasiga ko‘ra faoldir.
13-bob.
 
STAFILOKOKKLAR
Stafilokokklarni birinchi bo‘lib, 1880-yilda L. Paster aniqlagan.
A. Ogston (1882) va F. Rozenbax (1884) ularni chuqur o‘rganishgan.
Morfologiyasi. Stafilokokklar (yunon. staphyle — uzum shingili)
sharsimon, diametri 0,5—1,5 mkm, surtmada uzum shingiliga o‘xshab
joylashadi. Lekin yiringda alohida yoki juft-juft bo‘lib joylashadi. Ular
harakatsiz,  spora  hosil  qilmaydi,  maxsus  usullarda  undirilganda,
mikrokapsula hosil qiladi, Grammusbat.
Kultural xossasi. Stafilokokklar fakultativ anaerob, lekin kislo-
rodli sharoitda yaxshiroq o‘sadi. Oddiy oziqa muhitida yaxshi o‘sadi va
bo‘linib ko‘payadi, qonli muhitda ham yaxshi o‘sadi, optimal harorati
37°C, pHi 7,2—7,4.

154
Tuxum  sarig‘i  qo‘shilgan  tuzli  agar  va  tuzli-sutli  agar  elektiv
muhit bo‘lib hisoblanadi. GPA da stafilokokklar 2—4 mm kenglikda
chetlari tekis, bo‘rtib chiqqan, yumaloq, xira, yaltiroq koloniya hosil
qilib o‘sadi. Ular o‘stirilganda oq, sariq, tillarang pigment hosil qiladi.
Ayniqsa,  sutli  muhitda,  uy  haroratida  va  yorug‘lik  tarqoq  yerda
yaxshiroq  pigment  hosil  qiladi.  Stafilokokkning  pigmenti  suvda
erimaydi,  aseton,  efirda,  spirt  va  boshqalarda  yaxshi  eriydi.  Qonli
muhitda koloniya atrofida gemoliz zonasini hosil qiladi. Suyuq muhitda
bir xilda loyqalanib va probirka tubida cho‘kma hosil qilib o‘sadi.
Fermentativ  xossasi.  Stafilokokklar  saxarolitik  va  proteolitik
fermentlar ishlab chiqaradi. Saxarolitik fermentlar laktoza, glukoza,
saxaroza, maltoza, glitserin va boshqalarni kislotagacha parchalaydi.
Stafilokokkning  proteolitik  xossasi  kazeinni  eritish  xossasida,
jelatinani sekinlik bilan suyultirishda va boshqa oqsillarni parchalanishida
namoyon bo‘ladi. Stafilokokklar quyidagi patogen fermentlar ishlab
chiqaradi:
1)koagulaza (qon plazmasini ivitadi);
2)gialuronidaza (tarqalish faktori);
3)letsitinaza (hujayra qobig‘idagi litsitinni eritadi);
4) DNK aza (DNKni depolimerizatsiyalaydi);
5)fosfataza va boshq.
Plazmakoagulaza  fermentini  aniqlash  tillarang,  stafilokokkni
boshqa  turdagi  stafilokokklardan  farqlashda  qo‘llaniladi.  Ko‘pgina
stafilokokklar penitsillinni parchalaydi.
Toksin  hosil  qilish.  Stafilokokklar  ekzotoksin  ishlab  chiqaradi,
ularda to‘rt xil gemolizin kiradi. Shulardan α toksini ko‘proq ahamiyatga
ega. U quyidagi xususiyatlarga ega: gemolitik — eritrotsitlarni gemolizga
uchratadi, dermonekroz — teri ichiga yuborilganda, nekrozni keltirib
chiqaradi, letal — hayvon venasiga yuborilganda uning o‘limiga sabab
bo‘ladi.
Stafilokokklar gemolizindan tashqari, leykotsitlarni parchalaydigan
leykotsidin toksinini ham ishlab chiqaradi. Ba’zi shtammlarni ente-
rotoksin hosil qiladi, u ovqatdan zaharlanishni yuzaga keltiradi.
Antigenlik xossasi. Stafilokokklar o‘zida polisaxarid va oqsil tabiatli
antigen saqlaydi. Tillarang stafilokokkning 40 taga yaqin fagovarlari
bo‘lib, infeksiya manbai va tarqalish yo‘lini aniqlashda katta aha-
miyatga ega.
Tasnifi. Odam organizmidan ajratib olingan stafilokokklarning uch
turi aniqlangan. S. aureus, S. epidermidis, S. saprophyticus (20-jadval).

155
20-jadval
Odam organizmidan ajratib olingan stafilokokk
turlarining farqlanishi
k
k
o
k
o
li
f
a
t
S
i
r
a
l
r
u
t
i
r
a
l
a
s
s
o
X
+
—
—
+
—
—
+
+
—
+
—
—
+
—
—
+
—
+
—
—
—
I z o h :  «+» chidamliligi, ferment ishlab chiqarishi; «—» ferment
ishlab chiqarmasligi, chidamsizligi.
Tashqi  muhit  omillariga  chidamliligi.  Stafilokokklar  ancha

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish