11- mavzu.
Mikrооrganizmlarning xalq xo`jaligi va tibbiyotdagi
ahamiyati
.
Reja
1.
Mikroorganizmlarning ozuqa va yem mahsulotlari, kimyoviy moddalar
va dorivor preparatlar olish maqsadida ishlatilishi.
2.
Qishloq xo`jaligi va qazilma moddalarga ishlov berish, iflos suvlarni
tozalash.
Tayanch iboralar: ozuqa va yem mahsulotlari, kimyoviy moddalar,
dorivor preparatlar, qishloq xo`jaligi, qazilma moddalar, iflos suvlarni
tozalash.
Tuproqda va tabiatda boradigan biokimyoviy o`zgarishlarning ko`p qismi
ana shu mikroorganizmlar ishtirokida boradi. Mikroorganizmlar tabiiy tuproq
xosil qilish, yerni ishlash va o`g’it solish bilan bog’liq bo`lgan jaraenlarda va
organik o`g’itlar tayyorlash, ularni saqlash va ishlash uchun juda katta
ahamiyatga ega.
Yerga solingan organik o`g’itlar yoki o`simlik va hayvon qoldiqlari shu
mikroblar tufayli parchalanib minerallashtiriladi va o`simliklar tomonidan
o`zlashtiriladi. Bundan tashqari ko`pchilik mikroorganizmlar o`simliklarning
ildiz sistemasi bilan bog’lik bo`lib ularga katta yordam, ya’ni foyda keltiradi.
(Mikoriza, rizosfera, ya’ni simbioz yashaydi). Ayrimlari esa, fitopotogen
54
bakteriyalar va zamburug’lar ildiz hujayralarini buzadi, o`simlikni normal
rivojlanishiga to`sqinlik qiladi. Mikroorganizmlar ildiz chirishi, gammoz,
sarg’ayish va boshka kasalliklarga sababchi bo`ladi. Bundan tashqari
mikrobiologiya fani xalq xo`jaligida ham katta ahamiyatga egadir. Sanoatning
yirik tarmoqlarida, ya’ni non pishirish, qatiq va yog’lar tayyorlash, pivo va vino
tayyorlashda muhim rol o`ynaydi. Sanoatda atseton, butil va boshqa spirt, turli
tuman kislotalar olinadi .
Mikroorganizmlar yoki mikrobiologiya fani tibbiyotda ham katta
ahamiyatga egadir. Buning ahamiyatini L.Paster va qator olimlarning ishida
ko`rish mumkin.
Bular, avvalo, ana shu kasalliklarning kelib chiqishi (yuqishi) va oldini olish
bilan kurashganlar va tibbiyot mikrobiologiyasida muhim kashfiyotlar qilganlar.
(Ibn Sino, Beruniy, Kox, Paster, E.Jenner,). Ko`zga ko`rinmas mikroblar butun
xalqlarni boshiga og’ir ofatlarni keltirib chiqargan.
V.L. Omelyanskiy o`zining 1909 yilda yozgan «Mikrobiologiya asoslari»
kitobida shunday yozadi: «Mana shu mikroskopik, lekin shafqatsiz dushman
ta’sirida butun oblastlar qirilib, yuzminglab kishilarning yostig’ini quritdi.
SHuning uchun ham bularga qarshi kurash va ularning kelib chiqish o`chog’i
aniqlanib mikrobiologiyada yangi davr ochildi».
Eng muhimi antibiotiklar – penitsillin, streptomitsin, biomitsin va
boshqalarni ishlab chiqarish va boshka mikroblardan foydalanishga asoslangan.
Mikrobiologiya alohida fan bo`lishi bilan birga biologiyaning boshqa qator
fanlari bilan chambarchas bog’liqdir. Mikrobiologiya va zoologiya fanlarining
sodda hayvonlar va hayotini o`rganish bilan bog’liq.
Fermentlarni, antibiotiklarni va vitaminlarni o`rganishda biokimyo bilan
bog’lik. Gigiena, fiziologiya, xirurgiya, veterinariya, anatomiya fanlari bilan
bog’liq.
Mikroorganizmlar olami g’oyat boy va turli-tuman bo`lib, oziq-ovqat
sanoatida qatiq, qimiz, pishloq tayyorlash, silos bostirish sut kislotali bijgituvchi
bakteriyalarning faoliyatiga bog’liq. Novvoychilik, turli ichimliklar (spirt, vino)
va h.k. ham achitqilar ishtiroki bilan boradigan jarayondir. Ko`pgina foydali
qazilmalarning (torf, toshko`mir, neft, temir, oltingugurt rudalarining) hosil
bo`lishi ham bakteriyalar faoliyati bilan bog’liqdir. CHirituvchi bakteriyalar
o`simlik qoldiqlari, hayvon jasadlari va boshqa chiqindilarni parchalab, yer
yuzini tozalaydi va tabiatda moddalarning aylanishini ta’minlaydi. Iflos suvlarni
tozalash, ko`mir konlarida metan gazini parchalash va havoni tozalashda ham
mikroorganizmlarning roli katta.
Ko`pgina mikroorganizmlar turli fiziologik
faol moddalar: fermentlar, vitaminlar, aminokislotalar, biologik stimulyatorlar,
vaktsinalar va antibiotiklarni sintezlash xususiyatiga ega. Masalan, saxaromitset
achitqilari 45-50% gacha oqsil sintezlay oladi. Ba’zi bakteriyalar antibiotiklarni
sintezlaydi: tirotritsin, batsitratsin, subtilin, polimiksin V. Ba’zi bakteriyalar esa
sirka kislotani sintezlaydilar. Aktinomitsetlar: streptomitsin, aureomitsin,
neomitsin, tetratsiklin antibiotiklarni sintezlaydilar. Ya’ni hozirgi vaqtda ma’lum
bo`lgan antibiotiklarning 2/3 qismini aktinomitsetlar sintezlaydi.
55
Dehqonchilikda ham mikroorganizmlar muhim rol o`ynaydi, chunki
ularning faoliyati natijasida tuproqda o`simliklar uchun zarur bo`lgan oziq
moddalar to`planadi, tuproqning unumdorligi ortadi, natijada ekinlarning hosili
ham yuqori bo`ladi.
Tuproqlarda boradigan jarayonlarning ko`pchiligi undagi mikroorganizmlarning
faoliyatiga bog’liq. Masalan, tuproqlarning hosil bo`lish jarayonlari, yerga ishlov
berish, yerni o`g’itlash, sug’orish, tuproqda ro`y beradigan fiziologik ishqoriylik
va kislotalikni yo`qotish, zah yerlarning suvini qochirish, organik o`g’itlar
tayyorlash, ularni saqlash va ulardan foydalanish mikroorganizmlarning faoliyati
bilan bog’liqdir.
Tuproqda uchraydigan azot to`plovchi mikroorganizmlarni o`rganish
atmosfera azotidan foydalanish masalasini hal etishda muhim ahamiyatga ega.
Akademik V. L. Omelyanskiy mikroblarni shunday xarakterlaydi: "Ular
(mikroblar) hamma joyda bor... Ular ko`zga ko`rinmasdan odamning hayot
yo`lida hamroh bo`ladi". Agar har gektar yerdan tarkibida 80 ming tonna
atmosfera azoti tutgan havo ko`tarilib turishini hisobga olsak, bu azot
o`simliklarga kam deganda million yilga yetadi. Buni o`simliklarga ko`pincha
azot yetishmaslik fakti bilan solishtirsak, mikroorganizmlar qishloq xo`jaligi
ishlab chiqarishida naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi ravshan b o`lib qoladi.
Atmosferadagi azot molekulyar holda bo`lganligidan o`simlik uni oziq sifatida
o`zlashtirishga qodir emas. Buning oqibatida atmosferadagi azot miqdori bilan
o`simliklar o`zlashtira oladigan azot miqdori o`rtasida farq vujudga keladi. Faqat
ba’zi
bir
tuproq
mikroorganizmlarigina
bunday
xususiyatga
ega.
Mikroorganizmlar nobud bo`lgandan keyin tuproqda bog’langan azot
birikmalarini qoldirib, yerni o`simliklar uchun muhim bo`lgan elementga
boyitadi. Mo`l hosil olish uchun esa har gektar yerga 100 kg ga yetkazib azot
solish kerak. Bundan ma’lumki, bog’langan azotning barcha formalarini
o`simliklar o`zlashtira olmas ekan. O`simliklar tuproq chirindisi tarkibiga
kiruvchi, to`prokdagi bog’langan azot zahirasining 99% ga yaqinini o`zida
tutuvchi murakkab azot birikmalarini umuman o`zlashtirmaydi. Saprofit
bakteriyalar va zamburuglarning minerallashtirish faoliyati natijasidagina
murakkab organik azot kompleksi birmuncha sodda birikmalarga parchalanib,
mavjud azot zahirasi sekin-asta o`simliklar o`zlashtira oladigan holga keladi.
Mikroorganizmlar katta ahamiyatga ega bo`lib, sanoatning ko`pgina
tarmoqlarida: non yopishda, pivo pishirishda, vino tayyorlashda shuningdek,
sanoatda atseton, butil spirt, sut, limon va sirka kislotalar, texnika jihatdan
muhim bo`lgan boshqa bir qancha mahsulotlar olishda ayniqsa ko`p ishlatiladi.
Mikroorganizmlarsiz turli sut kislotali taomlar bo`lmaydi.
Sut kislotali mikroorganizmlar silosda ham ko`p. SHu turdagi mikroorganizmlar
bo`lmaganda, silosni konservatsiya qiladigan sut kislota ham bo`lmas edi. Sut
kislotali mikroorganizmlar karam, bodring tuzlashda ham ishtirok etadi.
Hayvonlarning ovqat hazm qilishida ham mikroorganizmlarning
ahamiyati katta. Ma’lumki, 400 – 500 kg vazndagi sigirning katta qorinidagi oziq
massasining tarkibida 3 kg gacha mikroblar bor. Katta qorinning ichida
tsellyuloza parchalaydigan mikroorganizmlar borligidan o`simliklar hujayralari
56
parchalanib, oziqlar o`zlashtirishga tayyorlanadi. Bundan tashqari mikroblarning
almashinuv jarayonida hosil bo`lgan moddalar va halok bo`lgan
mikroorganizmlar ham oziq bo`ladi.
Odamlar hayot faoliyatlarida mikroorganizmlardan niqoyatda ko`p
foydalanadilar. Masalan metallurgiyada mikroblar metallni eritma qoliga
keltirishda, rudalar tarkibidan metallni ajratib olishda, katta rol’ o`ynaydi.
Mikroorganizmlar orqali metallni ajratib olish usuli mexanik usul bilan metallni
ajratib olishga qaraganda ancha arzon. Mikroorganizmlar metallarni faqat eritma
holiga keltirmasdan, balki ularni tabiiy holda ham hosil qiladi. Olimlarning
fikricha temir-ruda konlari asosan mikroblar ishtirokida hosil bo`lgan, chunki
temir-ruda konlarida temir bakteriyalar ko`p topiladi. Temir bakteriyalar singari
oltingugurt bakteriyalar faoliyatida oltingugurt ham hosil bo`ladi.
CHirituvchi mikroorganizmlar o`lgan hayvonlar murdasini, o`simliklar
qoldiqlarini parchalab, yer yuzini tozalaydi va tabiatdagi moddalarning
almashinishida ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda chuchuk suv miqdori dunyoda
nihoyatda kam va umumiy yer yuzidagi suvning 0,3 % ini tashkil qiladi.
SHuning uchun sanoatda ishlatilgan va ifloslangan chuchuk suvlarni tozalashga
alohida ahamiyat beriladi.Bunda ham mikroblar keng ishtirok etadi, ya’ni
biologik usul keng qo`llanadi. Masalan, qog’oz fabrikalaridan chiqayotgan
chuchuk suvlar o`simliklar hujayralari va qog’oz parchalari bilan ifloslangan
bo`ladi. SHu suvni tozalash uchun tsellyuloza parchalaydigan mikroorganizmlar
bilan katta idishlarga yuboriladi. Ifloslangan suv shu idishlardan o`tguncha
mikroorganizmlar faoliyati orqali tsellyuloza parchalanadi.
Metan gazini parchalaydigan mikroorganizmlardan ko`mir konlarida ham
foydalaniladi. Ma’lumki, metan gazi shaxtalarda to`planganda portlash hodisasi
ro`y berishi mumkin. Bu hodisaning oldini olish uchun shaxtalarga yuborilgan
havoga metan gazini parchalaydigan mikroorganizmlar ham qo`shiladi.
Mikroorganizmlar 60% gacha metan gazini shaxtalarda parchalab, havoni
tozalaydi va portlashdan saqlaydi.
Ular ma’lum muhitda biokimyoviy energiyani elektr energiyasiga
aylantiradi.Bioelementlar ilgari ham bor edi. Ammo so`nggi vaqtlarda ba’zi
joylarda
bioelement
bakteriyalari,
atom
bakteriyalaridan
ham
ko`p
foydalanilmoqda. Masalan dengizdagi mash’allarda, avtomatik gidrolakatorlarda
mikroorganizmlar hosil qiladigan bioenergiyadan keng foydalaniladi.
Hayvonlarning oziq ratsionida oqsilning ahamiyati katta, shuning oqsil
manbalarini
topish
bilan
agronomlar,
zooinjenerlar,
kimyogarlar
va
mikrobiologlar muttasil shug’ullanib kelmoqdalar. Hozirgi vaqtda oqsilni
ko`paytirish
manbaalaridan
biri
mikroorganizmlardir.
Sanoatda
mikroorganizmlarning o`sishi, rivojlanishiga yilning fasllari va ob-havoning
o`zgarishi ta’sir etmaydi. Ularning oziqlanishi uchun har xil moddalarni ishlatish
mumkin. Masalan, gidroliz sanoatida sheluxa gidrolizlanganda, shakarli
moddalar hosil bo`ladi. Bu moddalarga achitqi mikroorganizmlar berilganda, ular
shakar moddalarni ovqat sifatida ishlatib, rivojlanadi va ko`payadi.
Mikroorganizmlarni ko`payishi bilan muhit oqsilga boy bo`ladi. SHakarli
moddalar tugashi bilan mikroorganizmlar halok bo`ladi, ammo muhit
57
mikroblarga to`lib oqsil moddalarni 45% gacha boyitadi. Suv va quruq moddalar
ajratilganda oqsil sifatida quruq achitqilar ratsionlarga qo`shiladi.Saxaromitsetlar
achitqilari boshqa tirik jonzotlarga nisbatan oqsilni ko`proq tashkil qiladi.
Masalan, 500 kg vaznli sigir organizmi bir sutkada 0,5 kg oqsil hosil qiladi, 500
kg achitqilar esa bir sutkada 50 t oqsil sintez qiladi.
Mikroorganizmlar hayot faoliyati asoslarini aniq bilish yuqorida aytib
o`tilgan sanoatlar asosidagi texnologik jarayonlardan ratsional foydalanishniig
muhim sharti ekanligi tabiiydir. Bunday bilim bo`lmasa, mikroorganizmlardan
ratsional foydalanib va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ular yordamida qayta
ishlab, kerakli tomonga yo`naltirib bo`lmaydi.
Mikroorganizmlar tibbiyotda ham muhim ahamiyatga ega. O`z vaqtida
Pasterning yuqumli kasalliklar ustida olib borgan ishi bilan boshlangan va
keyinchalik juda ko`p mashhur mikrobiologlar tomonidan davom ettirilgan
tibbiyot mikrobiologiyasida shunchalik behisob material to`plandiki, bu
shubhasiz, "... mana shu mikroskopik, lekin shafqatsiz dushman ta’sirida butun-
butun oblastlar halqlarini qirib bitiradigan va qisqa vaqt ichida yuzlab, minglab
odamlarning yostig’ni quritadigan xavfli epidemiya paydo bo`ishini ko`rsatadi.
Ko`rinmaydigan bu dushmanga qarshi ko`rash choralarini qidirish, Mqadimdan
bakteriologiya fanining muhim va qiziqarli vazifalaridan biri hisoblanib kelgan.
Bu sohada erishilgan yutuqlar hammaga ma’lum: bo`lar meditsina fanida yangi
davr ochilganligidan dalolat berdi va jamiyatdagi ko`pchilik o`rtasida
mikrobiologiyaga qiziqish uyg`otishga yordamlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |