58
2. Filtrlanish, ya’ni bakteriyalarni tutib qoladigan filtrlardan bemalol
o`tadi.
3. Sun’iy oziq muhitida rivojlanmaydi.
4. Parazit (tirik to`qima hujayrasida rivojlanadi va o`zida moddalar
almashinuvi bo`lmaydi).
5. Tovuq embrionida va rivojlanuvchi to`qimali kulturalarda rivojlanadi.
Viruslarning tayoqchasimon, sharsimon, kubsimon, spermatozoidsimon va
ipsimon shakli elektron mikroskop va ultramikrotom
yordamida yaqqol
ko`rinadi, lekin tashqi ta’sirotda ularning shakli o`zgaradi.
Viruslar o`simliklarda, hayvonlarda va boshqa organizmlarda turli-tuman
kasalliklar qo`zg`atadi. Hozirgi vaqtda viruslarning odam va hayvonlarda turli
kasalliklar qo`zg`atuvchi 1000 dan, o`simliklarda 800 dan ortiq turi ma’lum.
Viruslar tabiatda, hujayradan tashqari (―virion‖) va hujayra ichida (―vegetativ‖
virus formasida) uchraydi.
Viruslar qachon va qanday paydo bo`lganligi noma`lum, ammo har xil
gipotezalar mavjud. XVIII asr oxirlarida
ishlangan ba`zi rasmlarda
chizilganligini, kishilarni shoxli qilib yoki ular oyog`ining mol tuyog`iga
o`xshatib chizilganligini ko`rish mumkin. Buning sababi shundaki, o`sha davrda,
Angliyada odamlarni ancha kuchsiz o`tadigan
mol chechagi bilan emlab, ularda
odam chechagiga qarshi immunitet hosil qilish boshlangan edi. Ko`pchilik bunga
shubha bilan qarar edi. Chunki ularda, bu xil emlash natijasida odamlarga
molning tabiati o`tishi mumkin, degan fikr hukm surar edi.
Birinchi bo`lib odamlarda uchraydigan virusli kasallik - chin chechak
to`g`risida ma`lumotlar paydo bo`lgan edi. Birinchi chechakka qarshi vaktsinan i
1-marta 1796 yili angliyalik vrach E.Jenner qo`llagan, keyinroq boshqa virusli
kasallikka qarshi vaktsinalarni 1885 yili mikrobiologiyaning asoschisi L.Paster
ilmiy asosda qo`llagan. Keyinchalik lola o`simligida uchraydigan virusli
kasalliklar to`g`risida ham ma`lumotlar paydo bo`ldi. 1886
yili nemis olimi
Adol’f Mayer Gollandiyada tamaki o`simligida uchraydigan mozaika kasalligini
tekshiradi va kasallik sog`lom barglarga barg shirasi orqali yuqishini kuzatadi. U
o`z ishlari natijasida tamaki o`simligida kasallikni vujudga keltiruvchi bakteriya
bor ekan, degan xulosaga keladi.
Virusning ochilishi rus olimi D.I.Ivanovskiy bilan bog`liqdir. U 1892 yil
Qrimda Mayer tajribalarini sinab ko`radi. Bundan tashqari u tamaki o`simligida
mozaika kasalligini vujudga keltiruvchi mikrob bo`lib, u nihoyatda mayda
ekanligini va hatto bakterial filtrlardan ham o`tib ketishini ko`rsatib beradi, ya`ni
birinchi marta tamakida kasallik qo`zg`atuvchi viruslarni ochib bergan. U
Peterburgda o`qib yurgan vaqtlardayoq Ukraina va Bessarabiyaga kelib
tamakining kasalliklari bilan shug`ullana boshlaydi. Universitetni tugatgandan
so`ng Yaltaga Nikitin botanika bog`iga kelib ishini davom ettirib, tajribalar
o`tkazib tamaki kasalligini keltirib chiqaruvchi mikroblarning tabiati o`ziga xos
bo`lib, ular hech handay sun`iy ozuqali muhitda yashay olmasligini va faqat tirik
organizmda rivojlanishi va bakterial fil’trlardan o`tishini
isbotlab bu yangi
organizmga fil’trlardan o`tuvchi bakteriyalar deb nom bergan. Uning bu ishlarini
Beyerink tajribalar asosida tasdiqlaydi. Shunday qilib, virusologiya faniga asos
59
solinadi. Odam, hayvon va o`simliklarda ma’lum bo`lgan ko`pchilik
kasalliklarning qo`zg’atuvchilari oddiy mikroskopda ko`rinmaydi. Shuning
uchun L. Paster bunday kasalliklarga bakteriyalardan bir necha yuz marta kichik
bo`lgan ma’lum mikroorganizmlar sababchi bo`ladi deb taxmin qilgan edi. N. F.
Gamaleya (1886) bilan D. I. Ivanovskiylarning (1892) ilmiy ishlari o`simlik va
hayvonlardagi viruslarni o`rganishga asos soldi. F.Lefler va P .Froshlar moxlarda
uchraydigan virusli kasalliklarni ochadi. Keyinchalik 1917 yili D.Errel’
bakteriofag virusga asos soldi. 1930 - 1940 yillarda fan va texnikaning
rivojlanishi natijasida virusologiya sohasida ko`plab ish qilindi. 1949 yilga kelib
viruslar sun`iy o`suvchi to`qimalarda o`stirila boshlandi, uni o`stirish uslublari
ishlanib chiqilib 1952 yili Dj.Enders, T.Ueller, F.Robins shu usul uchun Nobel’
mukofoti laureati bo`ldilar.
Viruslarning kelib chiqichi. Viruslarning kelib
chiqichi haqida turli xil
ma`lumotlar bo`lib, ba`zi bir mualliflarning tushuntirishi bo`yicha viruslar bu
orqaga qaytmagan regressiv organ, ya`ni bakteriya bo`lib yoki boshqa bir
hujayrali organoiddan hosil bo`lgan deb taklif etiladi. Ammo buning tarafdorlari
ko`p bo`lmasdan uni qo`llab - quvvatlaydilar, bu asosli emas, ikkinchi guruh
mualliflar esa bu dastlabki paydo bo`lgan hujayragacha paydo bo`lgan
hayotiy
formadir - protobiont bo`lib shundan biologik evolyutsiya boshlangan deb
tushuntirilsada lekin birinchisiga o`xshash bo`lib, uning tarafdorlari hozir ham
qo`llab-quvvatlaydilar, uchinchi guruh mualliflar viruslarni hujayraning alohida
bir avtonom genetik elementi deb tushuntiradi. Lekin bu genetik elementi qaysi
tushuntirib berolmaydi. Bu haqiqatga yaqin bo`lib, bu genetik element virus
hujayrasidagi DNK va RNKdir. Umuman viruslarning xususiyatiga nazar
tashlansa ularning ba`zilari umuman tirik hujayrasiz rivojlana olmaydi.
Ko`pchilik viruslar hech bir-biri bilan bog`liqlik joyi yo`q.
Bu shundan dalolat
beradiki, bir necha milliard yillar oldin alohida-alohida oldinma-keyin paydo
bo`lgan yerda birinchi organik moddadir. Viruslar asosan mutloq parazit bo`lib,
turli-tuman yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ammo Jdanov (1974) ning
shunday gipotezasi borki, viruslar organik dunyoning evolyutsion rivojlanishida
muhim o`rin egallaydi, ya`ni uning alohida genlari shu hujayraning rivojlanishida
muhim o`rin tutib uning o`ziga xos hayotiy formasi bo`lib, ular
mikroorganizmlar guruhiga kirmasdan u alohida mustaqil fan bo`lib uning
o`zining alohida o`rganish uslublari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: