Mikrobiologiya va virusologiya


 -mavzu. Viruslarning tabiati haqida tushuncha



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/82
Sana22.04.2022
Hajmi1,85 Mb.
#572590
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82
Bog'liq
Mikrobiologiya O\'UM

13 -mavzu. Viruslarning tabiati haqida tushuncha
Reja:
1.
O`simlik va bakteriya viruslari.
2.
Viruslar - yuqumli kasalliklarning qo`zg`atuvchilardir. Viruslarlarning
sоg`liqni saqlash va qishlоq xo`jaligidagi ahamiyati.
Tayanch so`z va
 
iboralar:
bakteriya viruslari, yuqumli kasalliklarning
qo`zg`atuvchilari, sоg’liqni saqlash, tamaki mozaykasi virusi.
Virusli kasalliklar tabiatda keng tarqalgan bo`lib, yer sharining istalgan 
joyida ma’lum, ular ekinlarga katta zarar yetkazadi. 


60 
Virus o`n millionlab virus zarrachalaridan (yirik molekulalardan) iborat va 
qatiy tartib bilan joylashgan kristallar hosil qilishi mumkin. Noaktiv (tinim 
holatidagi) virus bir necha yil davomida hayot belgilarini namoyon qilmasligi 
mumkin. Tamaki mozaykasi virusi uning quruq barglarida 50 yilgacha va undan 
ham uzoqnoaktiv holatda saqlanishi mumkin. U tirik hujayraga tushishi bilan 
aktivlashib ketadi.
Virusning o`z energiya manbai bo`lmasligi va u oziqni mustaqil, qayta 
ishlab o`zlashtira olmasligi uchun o`zining tirikligini ta’minlay olmaydi. Uning 
tarkibidagi nuklein kislota o`simlik hujayrasiga tushib, uni «o`zi uchun 
ishlashga» majbur etadi. Bunda normal hujayradagi ximiyaviy jarayonlar, 
tormozlanadi, virus ko`payishi uchun zarur bo`lgan ximiyaviy jarayonlar 
kuchayadi. Bu vaqtda u tirik mavjudotlarning ikkita asosiy xususiyatini namoyon 
qiladi: u o`ziga o`xshash individlar hosil qiladi va bu jarayon davomida turg’un 
irsiy o`zgarishlarga, 
ya’ni mo`tatsiyaga qobiliyatli bo`ladi. 
Yangi virus zarrachalari hosnl bo`lishida virus komponentlari hujayrada 
alohida-alohida sintezlanadi va shundan keyingina yetuk virus zarrasiga 
to`planadi. 
Odam kasalliklarining anchasini, o`simlik va hayvonlarning yuzlab 
kasalliklarini viruslar qo`zgatadi. Viruslar nihoyatda ko`p suyuqlikka 
aralashtirilganda ham aktivligini yo`qotmaydi, masalan, tamakining oddiy 
mozaykasi virusi 109 marta suyultirilganda ham o`simliklarni zararlash 
xususiyatini yo`qotmagan. Ayrim infektsiya davrida hujayralarda viruslar soni 
juda ko`payib ketadi. Tamaki mozaykasi bilan zararlangan tamaki bargida barg 
vaznining 10% ni (quruq modda hisobida) virus tashkil etadi, 1 l o`simlik 
shirasida esa taxminan 2 g virus bo`ladi. 
Fitopatogen 
viruslar. 
O`simliklarni 
kasallantiradigan 
viruslar 
fitopatogen 
viruslar 
deb 
ataladi 
va 
tarkibiga 
RNK 
kirishi bilan harakterlanadi; shu bilan birga hayvonlar bilan odamni 
kasallantiradigan viruslarga tarkibida DNK to`tuvchi viruslar kiradi. Fitopatogen 
viruslarning yana bir xususiyati viruslarning o`simliklarga faqat shikastlangan 
joydan kirishidir.
Viruslar 
o`simliklar 
hujayrasiga 
kirib, 

yerda 
ko`payadi 
va moddalar almashinuvini bo`zib, o`simliklarni kasallantiradi. 
Virusli kasalliklarning belgilari juda o`ziga hos bo`lib, ko`p hollarda ularni 
zamburug’ va bakteriyali kasallik belgilaridan farq qilish mumkin. 
O`simliklarning virusli kasalliklarini tashqi belgilariga qarab ikki katta gruppaga 
– mozayka va sariqkasalligiga bo`lish mumkin. Mozayka kasalligida barglar 
(kamdan-kam 
boshqa 
organlar) 
mozaykasi 
ko`zatiladi; 
bunda 
barg 
plastinkasining bir qismi tiniq yashil rangini saqlaydi, boshqa qismi och yashil 
yoki sariq rangga kiradi. Bunda barg olachipor, mozaykali b o`lib ko`rinadi. 
Bundan tashqari, virusli kasalliklarda barglarda halqali dog’lar, barg (poya, 
meva) ayrim qismlarining nobud bo`lishi (nekroz) ko`zatiladi. Barg tomirlari 
buylab 
joylashgan 
va 
bargning 
orqa 
tomonndan, 
ayniqsa, yaxshi ko`rinadigan nekroz dog’lari, shtrihlar ham virusli kasalliklarga 
hos xususiyatdir. Viruslar o`simliklarda yana ham kuchli o`zgarishlar hosil 


61 
qilishi mumkin, masalan, past bo`ylilik barglarning maydalanishi, buralishi va 
shaklining o`zgarishi, qing’ir-qiyshiqligi, gullarning ko`karishi va hoqazo.
Barg plastinkasining bo`tunlay sarg’ayib ketishi bilan sariq kasalligi 
mozaykadan farq qiladi: mozayka rangi bo`lmaydi, bunda o`simliklarning shakli 
juda o`zgarib, past bo`yli, nihoyatda serqancha , gullari qing’ir-qiyshiq bo`lib 
qoladi, gulning bir qismi bo`tunlay rivojlanmay qoladi, boshqa qismi esa normal 
rivojlanadi, tojbarglari ko`pincha ko`karib ketadi, ba’zan gul o`rnida novda yoki 
reduktsiyalangan barglar yoki yashil gul markazida haqiqiy barg halqasi hosil 
bo`ladi. Sariqtipdagi kasalliklarda o`simliklarning anatomik tuzilishi va 
funktsional faoliyati qattiq bo`zilishi ko`zatiladi.
O`simliklar kasallanganda virus zarrachalari uning hujayralari ichida 
bo`ladi. O`simlik viruslari o`simliklar shikastlanmasdan turib hujayra ichiga kira 
olmaganligi uchun virusli kasalliklarning ko`pi tabiatda og’iz apparati sanchib-
suruvchi tipda tuzilgan hasharotlar: shira, chirildoq, qurt, trips, kalqondorlar 
vositasida tarqaladi. Viruslar kanalar vositasida ham tarqalishi aniqlangan 
(masalan, bugdoyning yo`l-yo`l mozaykasi). Hasharotlarsiz yuqadigan viruslar 
ham bor. Bu yo`qishning qontakt usuli hisoblanadi. Tashuvchi hasharotlari 
noma’lum bo`lgan viruslar ham uchraydi. Masalan, tamaki mozaykasi virusi va 
kartoshkaning X- virusi shira va boshqa hasharotlar bilan tarqalmaydi, lekin 
mexaniqaviy yo`l bilan oson yuqadi. Kartoshkaning X-virusi kasallangan barglar 
sog’lomlarga yaqinlashganda o`tadi. Shamol vaqtida barglar bir-biriga tegib, 
asosan mikroskopik mayda tukchalar sinishi hisobiga ko`tikula bir oz 
shikastlanishi tufayli viruslar yuqadi. Ana shu shikastlangan joylardan virus 
zarrachalari sog’lom o`simliklarga o`tadi. Keyingi vaqtlarda X-virus 
Synchytrium cndobioticum zamburug’i (fikomitsetlar) orqali ham sog’lom 
o`simliklarga o`tishi to`g’risida ma’lumotlar paydo buldi. 
Viruslar zararlangan o`simliklardan olingan urug’lar orqali ham yo`qishi 
mumkin. Bodringning yashil va oq mozaykasi, loviyaning oddiy mozaykasi, 
pomidor mozaykasi, lyupinning qorayishi va soya mozaykasini q o`zg’atuvchilar 
ana shunday viruslarga kiradi. Mozayka kasalliklarini qo`zg’atuvchi viruslarning 
ko`pchiligi urug’ bilan o`tishi mumkin. Viruslar tugunaklarda saqlanib, 
tugunaklar orqali o`tishi mumkin, masalan, kartoshka viruslari. Meva va 
sabzavot ekinlari virusi ko`chat bilan o`tishi mumkin. 
Qancha roqda saqlanib, o`simliklarni qancha roq orqali zararlaydigan 
viruslar ham bor. Masalan, tamaki nekrozi virusi ana shunday virusdir. 
Begona o`tlar ham virus rezervatori bo`lib xizmat qilishi mumkin. 
Sariqtipdagi virusli ko`p kasalliklarning begona o`tlarga bog’liqligi aniqlangan. 
O`simliklar virusli kasalliklarining rivojlanishi va tarqalishi ko`p jihatdan 
tashqi sharoitga bog’liq. Ko`pincha biror temperatura virusli kasalliklarning 
mavsumiy va geografik tarqalishini belgilaydi. Temperatura infektsiya 
tarqalishiga, kasallik belgilari (simptomlari) namoyon bo`lishi harakteriga ta’sir 
ko`rsatadi. Temperatura sharoiti virus tashuvchilar soniga ta’sir etishi mumkin, 
bu esa o`z navbatida, o`simliklarning zararlanishida o`z ifodasini topadi, kasallik 
belgilari harakteriga va o`simliklarning zararlanishi darajasiga ta’sir etadi. 
Tamaki temperatura mu’tadil (10° dan yukori) bo`lganda mozayka virusi 


62 
bilan eng ko`p zararlanadi, temperatura ortishi bilan zararlanish darajasi 
pasayadi, 35° da esa kasallik alomatlari (simptomlari) yashirin holatda bo`ladi. 
Temperaturaga qarab simptomlar turi ham o`zgarishi mumkin. 
Yorug’lik ta’siri ham simptomlar namoyon bo`lishida o`z ifodasini topishi 
mumkin. Odatda, sust yorug’lik tamaki nekrozi virusiga ta’sir etib, nekroz avj 
olib ketishiga sabab bo`ladi. Natijada tamaki barglari ko`rib qoladi. Ba’zi virusli 
kasalliklarda ko`zatiladigan mavsumiy rivojlanish ko`pincha yorug’lik kuchining 
har xilligiga bog’liq. Yorug’lik zararlanish intensivligiga, uning rivojlanishiga, 
uning 
asari 
sifatida 
viruslar o`simliklarga keltiradigan zararning kam-ko`pligiga ta’sir etadi. 
Virusli kasalliklarga qarshi kurashda oldini olish choralari asosiy 
ahamiyatga ega. Bunda sog’lom ko`chat va urug’ yetishtirishga va foydalanishga 
alohida ahamiyat berish kerak. Viruslar begona o`tlarda saqlanganligi uchun bu 
o`tlarni albatta yo`qotish kerak. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish