Transduksiya 1952- yilda N.Sinder va Dj. Lederberglar tomonidan aniqlangan. Bunday o'zgaruvchanlikda genetik materialni donor hujayrasidan resipiyent hujayrasiga transduksiyalovchi fag o'tkazadi. Bu qanday kechadi? Ba'zi faglarning ko'payish jarayonida mikrob hujayrasi genetik materiali (DNK) qismlari yangi paydo bo‘lgan hujayraga kirganidan keyin unga donor hujayraning genetik materialini o'tkazadi va navbatdagi rekombinasiyalari boshlanadi.
Uch xil transduksiya farqlanadi; umumiy, spesefik, va abortiv. Umumiy transduksiyada har xil yoki bir nechta belgilari bir vaqtda o'tadi. Spesefik transduksiya aniq bir belgini o'tkazish bilan xarakterlanadi. Abortiv transduksiyada donor hujayraning DNK qismini resipiyent hujayraga fag o'tkazadi, genomiga kirmaydi, o'z navbatida yangi belgilar paydo bo'lmaydi. Kon'yugasiya- jinsiy jarayon shakli bo'lib, irsiy xususiyatining donor hujayrani resipiyent hujayraga o'tishi, ular orasidagi sitoplazmatik bog'lanish orqali bo'ladi. Bu holat birinchi marta ichak tayoqchasida paydo bo'lib, 1946- yilda D. Lederberg va E. Teytimlar izohlab berishgan.
Mikroorganizmlarda fertil faktorlar aniqlangan bo'lib, genetik axborot almashinishida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari grammanfiy mikroblarda seks - vorsinka, ya'ni sitoplazmatik o'smalar bo'lib, ular kon'yugasiya jarayonida irsiy materialni o'tkazadi.
Donor xususiyatlar erkak hujayralar deyiladi, chunki uiarda ko‘payish (fertil F+) faktorlari bor; resipiyent xususiyatli hujayralar esa urg'ochi hujayralar (F-) deyiladi, chunki uiarda ko'payish faktori bo'lmaydi. Irsiy belgilar bir hujayralardan ikkinchisiga berilishida o'zak apparati DNK sidan tashqari sitoplazma DNK si ham ishtirok etadi. Sitoplazmaning genetik elementlariga plazmid (episom)lar deyiladi.
Hozirgi vaqtda mikroblarni maqsadga muvofiq tomonga o'zgartirish natijasida ko'pgina kasalliklarga qarshi patogenlik xususiyati pasaytirilgan tirik vaksinalar tayyorlash usullari topilgan. Genetik usullardan foydalanib, mikroblarni o'zgartirish sun'iy immunitet hosil qilish yo'llari yanada kengaytirilmoqda. Achitqi va bakteriyalarning oqsil hamda antibiotiklar ishlab chiqaruvchi kulturalarni hosil qilishda katta muvoffaqiyatlar qo'lga kiritildi.
Shuning uchun ham mikroblarni o'zgaruvchartlik xususiyati medisina, veterinariya va xalq xo'jaligining kundalik amaliy faoliyatida hamda mikrobioiogiya diagnostikasida, vaksinalarni tayyorlashda, aminokislotalar, vitaminlar, organik kislotalar, oqsillar olishda katta rol o'ynaydi.
F faktordan tashqari palazmidda R-faktor rezistentlik faktori , Urye-faktor Hly -faktor gemolitik va hokazolar ham bo'ladi.
Ichak tayoqchalarida plazmidlar nazoratida oqsil tabiatli modalar hosil bo'lgan, ular kolisinlar deb ataladi. Bunday moddalar sezuvchan hujayralar yuzasida adsorblanib, metobolizmni to'xtatadi va ular o'ladi. Kolisinlar patogen ichak tayoqchalari guruhini o'ldiribgina qolmay ichak biosinozini normallashtirishga yordam beradi. Plazmidlar boshqa mikroblarda ham bor, ularning nazoratida bakteriosin moddasi ishlab chiqariladi, o'ziga yaqin turlarni o'ldiradi.
Shunday qilib kombinativ o'zgaruvchanlikning uchala shakli (transformasiya,transduksiya va kon'yugasiya ) shaklan har xil, mohiyati bo'yicha bir xil. Transformas iyada donor hujayrasi DNK bo'lakchasi resipiyent hujayraga kiradi, transduksiyada bu vazifani fag bajaradi, kon'yugasiyada esa genetik axborotning o'tishi sitoplazmatik ko'prik orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |