Mikrobiologiya va immunologiya


-mavzu. PATOGEN RIKKETSIYALAR VA XLAMIDIYALAR



Download 13,45 Mb.
bet256/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

14-mavzu. PATOGEN RIKKETSIYALAR VA XLAMIDIYALAR

Rikketsiyalar Rickettsiales qatoringa kiradigan mikroorganizmlarning katta guruhini o'z ichiga oladi. Hujayra devorining tuzilishi, RNK va DNK saqlashi va qator boshqa xususiyatlari asosida bu guruh mikroorganizmlari bakteriyalarga kiradi hamda ularning eng mayda vakillarining biri hisoblanadi. Boshqa bakteriyalardan asosiy farqi hujayra ichida parazitlik qilishi.


Rickettsiales qatori ichida ancha farqlar bor shu sababli faqat-Rickettsiaceae oilasi turlari haqiqiy rikketsiyalar hisoblanadi. Bu toshmali tif, kanali dog'li isitma, ku-isitmasi va boshqa rikketsioz qo'zg'atuvchilari. Ushbu qatorning qolgan vakillari rikketsiyasimonlar deb atash kerak va ularning orasida anchagina farqni e’tiborga olib, Erlichia avlodi vakillarini erlichialar, Cawdria avlodini kaudriyalar, Neoricketsiya avlodini neorikketsiyalar deb atash kerak.
Rikketsiyalar Rickettsiales qatori Rickettsiaceae oilasi Ilk bor amerikalik mikrobiolog Rikkets (1909-1910) tomonidan ifodalangan. Rikketsiyalarning uning sharafiga mikroorganizmlar shunday nomlangan. issiq qonli uch avlodga mansub 12 turi ma'lum. Rickettsiaceae oilasi odam, issiq qonli hayvonlar, parrandalar va bo’g’imoyoqlilarni zararlovchi, obligat hujayra ichidagi, grammanfiy bakteriyalar guruhini o’z ichiga oladi.
Ko'pchilik rikketsiozlarda qo'zg'atuvchilar bo'g'imoyoqli qon so’ruvchi burgalardan o'tadi.
Rikketsiyalar - oval, kokk, tayoqchasimon, uzunligi 0,3-1,2 polimorf mikroorganizmlar. Tayoqchasimon shakllarining diametri mkm (2,5 mkm gacha), diametri 0,2-0,3 mkm, kokksimonlarning uch qavatli hujayra qobig’i uch qavatli sitoplazmatik membranasi, ular orasida joylashgan peptidoglikan qavati bor bu grammanfiy bakteriyalar uchun ham xos.
Faqat tirik, o'layotgan to'qimalarda binar bo’linib ko’payadi. DNK, oqsil, uglevodlar, lipidlar, lipopolisaxaridlari bor. Tetrasiklin qatoriga kiruvchi antibiotiklarga sezuvchan.
Pikketsiyasimonlar (erlixiyalar, kaudriyalar, neorikketsiyalar, bartonelllalar, anaplazmalar) biologik xususiyatlari, sitotropizmi bo’yicha patologiyani qo’zg’atuvchilarning tabiiy o’tkazuvchilari va tashuvchilari bilan yaqqol farq qilad
Erlixiyalar - moyil hayvonlarning sirkulyasiyalanayotgan leykositlari sitoplazmasida ko’payadigan mayda, polimorf mikroorganizmlar. Grammanfiy, Romanovskiy –Gimza bo’yicha ko’k rangga bo’yaladi harakatchan.
Tetrasiklinga sezuvchan. Yirik shoxli va mayda shoxli hayvonlar, otlar, itlar oilasi vakillari kasalliklarining qo'zg'atuvchilari.
Koudriyalar - polimorf, kokksimon yoki ellipssimon mikroorganizmlar, ko'ndalang o'lchamlari 0,2 - 0,5 mkm. Kavshovchilar tomirlari endoteliysining sitoplazmasida ko’payadi. Harakatsiz, grammanfiy, Anilin bo'yoqlari bilan Romanovskiy -Gimza usulida ko'k rangga bo'yaladi. Hujayrasiz muhitlarda o'smaydi. Sulfanilamidlar va tetrasiklinlarga sezuvchan. Amblyomma avlodi iksoda kanalari orqali o'tadi. Kanalarda transvorial o'tishi ma'lum emas. Yurak istisqosini (serdechnaya vodyanka) - Afrika uy kavshovchilarining seplik kasalligini chaqiradi. Virulentli shtammlari 20-95% hayvonlarni o'ldiradi.
Neorikketsiyalar - mayda polimorf organizmlar, ko'ndalang o'lchami 0,3-0,4 mkm. itlar oilasi vakillarining ko'proq limfoid to'qimasi retikulyar hujayralari sitoplazmasida ko'payadi. Grammanfiy, harakatsiz. Anilin bo'yoqlari bilan ko'k rangga bo'yaladi. Hujayrasiz muhitlar va tovuq homilalarida o'smaydi. Tetrasiklinga sezuvchan. O'tkazuvchisi -trematoda. O’rta G'arb va AQSHning Garbiy qirg'oqlarida itlar oilasiga kiruvchi hayvonlarda kasallik chaqiradi.
Bartonellalar- odam va boshqa umurtqalilar eritrositlarining parazitlari. Eritrositlar ichida yoki yuzasida joylashgan diametri 3,5 mkm dan kamroq o'lchamli, yumaloq va ellipssimon shakli yoki ingichka, to'g'ri, qiyshiq yoki egilgan tayoqchalar. Anilin bo'yoqlari bilan yaxshi bo'yaladi, ayniqsa metil spiriti bilan fiksasiya qilingandan keyin Gimza usulida yaxshi bo'yaiadi. Natijada ularda eukariotik yadro aniqlanmaydi va ularni eritrisitlarda parazitlik qiladigan soddalilardan farqlashga imkon beradi. Grammanfiy. Tirik hujayralari yo'q muhitlatlarda o'sadi. Bartonella avlodi vakillarining hujayra qobig’i bor. Binar bo'linish bilan ko'payadi. Kulturalarda bir uchida xivchinlar paydo qiladilar. Odamlar barteneilyozinin chaqiradi. Mayda chivin (iskabtoparlar)da ham topilgan. Kasallik Janubiy Amerika kontinentida ma'lum. Grachamella avlodi faqat sutemizuvchilar eritrositlarida aniqlangan. Harakatsiz, xivchinlari yo'q, grammanfiy. Kemiruvchilar graxamellyozini chaqiradi. Geografik keng tarqalgan.
Anaplazmalar - yu va yovvoyi umurtqalilar eritrositlarining obligat parazitlari. Diametri 0,2 - 0,4 mkm li tayoqchasimon, sferik, kokksimon yoki halqasimon tanachalar. Anilin bo'yoqlari bilan Gimza usulida qizil rangga boyaladi. Grammanfiy.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish