Mikrobiologiya va immunologiya


Nafas yo'llaridagi mikroblar



Download 13,45 Mb.
bet262/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Nafas yo'llaridagi mikroblar yangi tug'ilgan organizmning nafas olish yo'llarida mikroblar bo'lmaydi. Nafas ola boshlashi bilan nafas yo'llariga havodagi mikroblar kiradi. Burun shilimshiq pardasida kokklar -ko'proq stafilokokklar, streptokokklar, mikrokokklar, kamroq sarsina, diplokokklar yashaydi. Ayrim vaqtda tayoqchasimon bakteriyalar, achitqilar va mog'orlar uchraydi. Ko'pincha sog'lom hayvonlar hiqildog'i da saramas, soqov, pasterellyoz qo'zg'atuvchilari bo'ladi, hayvon organizmi kuchsizlanishi bilan bu mikrobiar kasallik qo'zg'atadi. Sil tayoqchasi o'pkaga o'tib, rivojlanishi uchun qulay sharoit topadi.
Og'iz bo'shlig'i mikroflorasi xilma-xildir. Ularning sifati va miqdori oziq xiliga hayvonning yoshiga, turiga bog'liqdir. Ko'proq sharsimon va tayoqchasimon shakldagi, kamroq burama shakldagi mikroblar uchraydi. Masalan, diplokokk, sarsina, mikrokokklar, asidofil tayoqcha, vibrionlar, spiroxeta va h.k.lar. Ayrim vaqtda og'iz bo'shlig'iga oziq bilan chirituvchi bakteriya, achitqi va mog'orlar ham kiradi.
Shirali oziqlar bilan boqilgan hayvonlar og'iz bo'shlig'idagi mikroblar dag'al oziqa bilan boqilganlarga qaraganda 10 marta ko'p bo'ladi. Boshqa hayvonlarga nisbatan cho'chqalarning og'iz bo'shlig'ida mikroblar juda ko'p bo'ladi. Qarigan cho'chqalarning og'iz bo'shlig'ida doimo spiroxetlarni uchratish mumkin, Lekin bu mikroblar yosh cho'chqalarda juda kam uchraydi.
Jinsiy organlar va siydik yo’llarining mikroflorasi. Hayvon normal sharoitda boqilganda ham uning tuxumdon, urug'don, bachadon va siydik pufagida mikroblar bo'ladi. Urg'ochi hayvonlarning qin shilimshiq pardasida mikrokokk, streptokokk, ichak tayoqchasi gruppasi bakteriyalari, sut kislotasi bakteriyalari va kislotaga chidamli tayoqchalar bo'ladi. Urg'ochi hayvon qinida shilimshiq pardasida doimo yashaydigan bakteriya Bact vaginale vulgare boshqa turdagi bakteriyalarga qarshi turish xususiyatiga ega.
Oshqozon - ichak mikroflorasi. Yangi tug'ilgan hayvon bolalarining oshqozon ichagi mikrobsiz bo'ladi. Ular dastlab oziqlanishi bilanoq oshqozoniga mikroblar tushadi va asta - sekin rivojlanib ko'payadi.
Oshqozon-ichak mikroflorasining sifati va miqdori hayvonning yoshiga, turiga , oziqlanishiga va oshqozon - ichakdagi fizikaviy - kimyoviy sharoitiga bog'liq bo'ladi. Hayvon bolasi onasini emish davrida ichakda asosan sut kislotasi hosil qiluvchi bakteriyalar yashaydi.i Yem-xashak yeb boshlaganida boshqa mikroorganizmlarning fizioiogik guruhi paydo bo'ladi. Oziq hazm qilish yo'lining mikroflorasi ikkiga bo'linadi: fakultativ mikroblar, ya'ni oziq turiga qarab o'zgaruvchi mikroblar va obligat mikroblar, ularga oshqozon - ichak yo'llari sharoitiga moslashib, u yerda doimo yashaydigan mikroblar kiradi. Antibiotiklar berib, oshqozon-ichak mikroflorasi bir me'yorda saqlanadi. Antibiotiklar katta miqdorda qo'llansa, ichakda disbakterioz holat paydo bo'ladi, ichak faoliyati izdan chiqadi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oziq xazm qilish organida sut kislotasi hosil qiluvchi streptokokklar va tayoqchalar, ichak tayoqchasi guruhiga oid bakteriyalar, anaerob va aerob chirituvchi, kraxmal va pektin moddalarini achituvchi, kletchatkani parchalovchi bakteriya, anaerob basilla va aktinomisetlar kiradi. Juda oz miqdorda termofil bakteriyalar, aktinomisetlar, mog'or zamburug'lari va achitqilarning sporalari uchraydi. Bir kamerali oshqozon mikroflorasi kam bo'ladi. Oshqozon shirasi hosil qilgan kislotali muhitda juda kam mikroblar saqlanadi. Bu muhitga sut kislotasi bakteriyalar, achitqi, mog'or zamburug'lari, ba'zi sarsina va basilialar chidamlidir. Oshqozonda muhit neytral bo'lganida, chirituvchi mikroblar uchun qulay sharoit yaratiladi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning katta qornida mikroblar juda ko'p bo'ladi va bu yerda asosan chirituvchi bakteriyalar, har xil achitqi bakteriy alar, sporalar hosil qiluvchi fakultativ anaeroblar, 30 turdan ortiq infuzoriyalar bor. Bakteriyalar va infuzoriyalar hayvon katta qornidagi oziqlarni parchalashda qatnashadilar.
Organizmga tushgan kletchatkanmg 90%ni mikroblar parchalab-glyukoza hosil qiladi. Kletchatka almashinuvida mikroblar kletchatka va uglevodlarni achitib yantar, uksus, chumoli, sut kislotasi, etil spirti, vodorod, uglerod dioksidini hosil qiladi. Kletchatkaning 70%i katta qorinda , 17%i ko'r ichakda, 13%i yonbosh ichakda parchalanadi.
Katta qorindagi fakultativ anaeroblarning yarmi mochevina va boshqa moddalarni ammiakgacha parchalaydi, mikrob hujayrasi uni o'zlashtiradi. 75 l hajmlik qorinda sutkada 450g oqsil hosil bo'ladi. Unda yana 10 ta aminokislota sintezlanadi. Streptokokklar kraxmal va glyukozani parchalab sut kislotasini hosil qiladi. Propionibakterium avlodi bakteriyalari propion kislotasini hosil qilishda, vitaminlar sintezida ayniqsa B12 ishtirok etadi.
Bifidobakteriyalar hayoti jarayonida, sut, sirka va boshqa kislotalar hosil qiladi. Aminokislotalar hamda ko'pgina vitaminlar (tiamin, riboflavin, pirodoksin, siankobalamin va boshqalar) sintez qiladi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish