Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet193/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Nazorat savollari:
1. Jasadni bakteriologik tekshirish usulini, maqsadini tushuntiring.
2.Patmaterial olish va laboratoriyaga yo’llash qoidalarini ayting.
3.Yo’llanmada qanday ma’lumotlar bo’lishi kerak.
4. Bakteriologik tekshirish uchun qanday patologik materiallar olinadi.
5. Laboratoriya hayvonlarining jasadini yorish qoidasini ayting.


21-Mavzu:Patologik materialni olish va laboratoriyaga yo‘llash usullari.

Infeksion kasallikka gumon qilinganda vetvrach kerakli patologik materialni tekshirish uchun veterinariya laboratoriyasiga yo’llaydi. Material kasal, majburiy so’yilgan yoki o’lgan hayvonlardan oiinadi. Lekin barcha hollarda antimikrobli preparatlar bilan davolanmagan hayvonlardan olgan ma'qul. Bakteriologik tekshirish uchun material sifatida mayda hayvonlar va parrandalarning jasadlari, yirik hayvonlardan taloq, jigar (o’t xaltasi bilan), buyrak to’qimalari, mushak, yurak (butunligicha), limfa tugunlar, qon (bakteriologik tekshirish uchun 15 ml rezina tiqin bilan yopilgan probirkalarda fibrinsizlangan qon; serologik tekshirish uchun ivigan qon), oshqozondagi massa, yiring, balg’am, sut, siydik, tashlangan homila, bosh miya, ichak qismchasi ikki tomoni boylangan holda, ilik suyagi, gumon qilingan oziqa namunasi, qondan tayyorlangan surtmalar va tamg’ali preparatlar yo’llanadi.



Patologik materialni yo’llashda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
1. Materialni yangi o’lgan hayvon jasadidan olish lozim (hayvon o’lgandan keyin 2-3 soatdan kechiktirmay). Ba'zi hollarda kasal hayvonlar guruhidan bir ikkitasini majburiy so’yish maqsadga muvofiq bo’ladi.
2. Patologik materialni olishda qo’zg’atuvchini tarqalishiga, u bilan hayvon va odamlaming zararlanishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
3.Patologik materialni olishda mikroorganizmlarning tropizmi va joylashishini inobatga olish kerak. Issiq kunlarda konservantni shunday tanlash kerakki, materialni buzilishdan saqlasin, qo’zg’atuvchini o’ldirmasin.
4. Patologik material germetik yopiladigan alyumin yoki emal idishga joylanadi. Mustahkam yopib muhrlanadi. Hayvonlarning jasadi yog’och qirindisi solingan zich taxta yashiklarga joylanadi (qirindi suyuqlikni shimib oladi). O’ta xavfli kasalliklarda (kuydirgi, manqa, tuberkuloz, brutselloz, qorason) shisha idishga olingan bo’lsa, maxsus konteynerlarga joylanadi (54-55-rasm). Mustahkam yopib muhrlanadi va taxta yashikka joylanadi.
5. Yo’llanma yoziladi. Unda xo’jalik manzili, jo’natilayotgan material nomi, soni, hayvon turi, yoshi, jinsi, kasallangan va o’lgan vaqti, qanday davolash vositalari ishlatilgan, kasallik belgilari haqida ma’lumot, qachon va qanday vaksinalar bilan emlangan, avvalgi va shu vaqtdagi epizootik holat, patologoanatomik yorish natijalari, o’zgarishlari, gumon qilingan diagnoz yoziladi.
6. Patmaterialni shaxsan veterinariya xodimining o’zi laboratoriyaga yetkazadi.
Laboratoriyada konservatsiya qilinmagan matertalni 4°Cda 1-2 sutka, 50% li glitserinda konservatsiyalanganini bir necha hafta saqlash mumkm. Uzoq saqlash uchun material -I5-20°Cda muzlatiladi.
Materialni mikrobiologik tekshirish quyidagi bosqichlardan iborat:
1.Tekshirilayotgan materialda qo’zg’atuvchini aniqlash: Immunologik bo’lmagan usullar - bo’yalgan preparatlarni mikroskopik tekshirish, genetik usullarda (gen zondlari, PZR) qo’zg’atuvchining nuklein kislotalarini aniqlash. Immunologik usullar — serologik (PR, DPR, FAU, IFA va h.k.) reaksiyalarda qo’zg’atuvchi antigenini aniqlash. 2. Biosiniv qo’yish. 3. Materialni oziq muhitga ekib, qo’zg’atuvchi kulturasini ajratish. 4. Serologik (retrospektiv) usul - AR, KBR.



Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish