KBR komponentlari:
1 .Tekshiriladigan qon zardobi - hayvonlardan olinadi.
2.Standart zardob (musbat natijali)- biofabrikalarda tayyorlanadi.
3.Normal zardob (manfiy natijali) – sog’lom hayvondan olinadi.
4. Kompliment (oqsil tabiatli modda bo’lib, hayvon va odamlar zardobi, limfa, to’qima syuyqliklarining tarkibiy qismi) - biofabrikada dengiz cho’chqasining qon zardobidan tayyorlanadi. Aniq titrda suyultirilgan tayyor ishchi eritmasi ishlatiladi.
5.Antigen - aniq mikrobdan biofabrikada tayyorlanadi. Ularda seriya raqami, faolligi (titri) va qancha suyultirishi ko’rsatilgan bo’ladi.
6. Gemolizin - biofabrikada, qo’y eritrotsitlari bilan quyonni giperimmunlab tayyorlanadi. 1:1 nisbatda glitserin qo’shilgan bo’ladi. Aniq titrda suyultirilgan tayyor ishchi eritmasi ishlatiladi.
7. Qo’y eritrotsitlari 1:40 (2,5%) fiziologik eritmada tayyorlanadi.
8. Fiziologik eritma (0,85% li NaCl).
KBR ning asosiy tajribasini qo’yish
-
Komponentlar
|
Tekshirilayotgan zardobli probirkalar 1:10
|
Standart zardobii
|
Normal zardobli
|
Nazorat gemsistema
|
|
№ 1
|
№ 2
|
№ 1
|
№ 2
|
№ 1
|
№ 2
|
|
Zardob
|
0,2
|
0,2
|
0,2
|
0,2
|
0,2
|
0,2
|
|
-
Antigen
|
0,2
|
|
0,2
|
|
0,2
|
|
|
Fiz. eritma
|
|
0,2
|
|
0,2
|
|
0,2
|
0,6
|
Kompliment
|
0,2
|
0,2
|
0,2
|
0,2
|
0,2
|
0,2
|
|
|
37° C da 20 daqiqa suv hammomi
|
|
|
Gem sistema
|
0,4
|
0,4
|
0,4
|
0,4
|
0,4
|
0,4
|
0,4
|
|
370 C da 20 daqiqa suv hammomi
|
|
|
|
GY
|
G
|
GY
|
G
|
G
|
G
|
GY
|
GY-gemoliz yo'q, G-gemoliz.
KBR ning asosiy tajribasini qo’yish. Zardoblarni (tekshiriladigan, standart, normal) avval 1:10 nisbatda suyultirib, 56°C da 30 daqiqa inaktivlanadi. Shtativga tekshiriladigan qon zardoblarining soniga ko’ra (har bir zardob uchun 2- tadan) ikki qator probirkalar olinib, ularga (har bir qatordan bittadan) tekshiriladigan qon zardobidan 0,2 mldan quyiladi. Nazorat uchun yana ikki juft probirkalar olinib, birinchi juftiga standart, ikkinchisiga-normal zardobdan 0,2 ml quyiladi. 1- qatordagi probirkalarga 0,2 ml antigen, 2 - qatordagilariga fiziologik eritma quyiladi. Keyin ikki qatordagi barcha probirkalarga 0,2 ml kompliment quvilib, probirkalar silkitib yaxshi aralashtiriladi va suv hammomida 37 C da 20-40 daqiqa saqlanadi. Bu bakteriolitik sistema. Probirkalarni suv hammomidan olib unga 0,4 mldan gemsistema (ishchi titrdagi gemolizin bilan eritrotsitlarning teng miqdordagi aralashmasi) qo’shiladi va ikkinchi marta suv hammomida 20 daqiqa saqlanadi.
Reaksiya natijasi ikki marta aniqlanadi: birinchisi probirkalar suv hammomidan olingan zahoti, ikkinchisi yakuniy - 18-20 soat uy haroratida turganidan keyin.
Avval sinovli probirkalarning ikkinchi qatori va standart zardobli nazorat probirkalarning ikkinchi qatori hamda normal zardobli nazorat probirkalarga e’tibor beriladi - ularda eritrotsitlar gemolizga uchrab suyuqlik qizargan - natija manfiy.
Sinovli, standart zardobli probirkalaraing birinchi qatori, gem-sistema nazoratli probirkalarda gemoliz bo’lmaydi - natija musbat.
KBR natijasini baholash
(++++) - gemoliz yo’q eritrotsitlar to’liq nuqta shaklida cho’kmaga tushgan, suyuqlik tiniq.
(+++) - 25% eritrotsitlar gemolizga uchragan, suyuqlik och qizil rangda.
(++) - 50% eritrotsitlar gemolizga uchragan, suyuqlik qizil rangda.
(+) -75% eritrotsit gemolizga uchragan, suyuqlik intensiv qizil rangda.
(-) - gemoliz 100%, cho’kma umuman yo’q.
(+++),(+++),(++)- natija diagnostik ijobiy; (+)- natija gumonli; (-)-natija manfiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |