Mikrobiologiya va immunologiya


Zamburug’larning suslo agarda o’sishi



Download 13,45 Mb.
bet166/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Zamburug’larning suslo agarda o’sishi.
Boshchali - mukor mog’ori fikomitsetlar vakili. Suslo agarda birinchi sutkada yumshoq kulrang pardek qatlam hosil qilib o’sadi. Bu zamburug’ning tanasi bo’g’inlarga bo’linmagan bo’lib boshchasi -sporangiyasi ichida 2-4 dona endosporalar paydo bo’ladi, yetilgandan so’ng sporangiya parchalanib sporalar tashqi muhitga tarqaladi.
Mikomitsetlarning vakili - penitsillium, aspergillius va h.k.lar mitseliysi ko’p hujayrali bo’g’inlarga bo’lingan, mitseliyalarning ichida konidiyalar, konidiyalarning chetida ekzosporalar joylashadi.
Aspergilla- takomillashmagan zamburug’ bo’lib, mukorga nisbatan sekinroq o’sadi. Ikkinchi sutkada o’sish paydo bo’ladi. Konidiyalari qora (Aspergillus niger) va yashil-sariq (Aspergillus oryzae) rangda bo’lib, konidiyalarni tashuvchi uchlari to’g’nog’ich boshiga o'xshab, undan tarqalgan nurdek har tomonga zanjirsimon joylashgan ekzosporalar o’sib chiqadi.
Penitsilla ham takomillashmagan zamburug’. Suslo agarda ikkinchi-uchinchi sutkalarda momiq pardek kulrang - yashil yoki yashil cheti oq xoshiyali nozik qatlam hosil qilib o’sadi. Zamburug’ning mitseliysi bo’g’inlarga bo’lingan va shahobchasimon tarmoqlangan ko’payuvchi gifi bor. Uning uchida shingil shaklli konidiyalar (ekzosporalar) hosil bo’lib, zanjirsimon joylashadi.
Mikroskopik tekshirish uchun bo’yalmagan «ezilgan tomchi» preparati tayyorlanadi. Bu maqsadda mikologik ilmoq bilan materialni olib, buyum oynasidagi bir tomchi suyuqlikka (fiziologik eritma, steril suv, albatta teng hajmda olingan suv, spirt va glitserindan iborat suyuqlik yanada yaxshi) solinadi. Mitseliy iplarini tarqatib, yopqich oyna bilan yopiladi. Mukordan tayyorlangan preparat mikroskopning x8 obyektivida, penitsillium, aspergilliuslar x40 obyektivda ko’riladi.
Aktinomitsetlar (nursimon zamburug’lar). Bir hujayrali mikroorganizmlar bo’lib bakteriya va tuban zamburug’larga o’xshaydi. Aktinomitsetlar mitseliysining giflari substrat bo’yicha nursimon tarqalib o’sishi ularni zamburug’larga yaqinlashtiradi. Giflarining qalinligi bakteriyalarnikidan yo’g’on emas, shuning uchun ular ham mikroskopning immersiya sistemasida ko’riladi. Mitseliysi avval substratli keyin havoli bo’lib, koloniyalar baxmalga o’xshash mayin bo’ladi. Koloniya zich konsistensiyali, oziq muhitga mustahkam kirgani tufayli substrat bilan birga olinadi. Aktinomitsetlar pigment hosil qilgani uchun - pushti, qizil, qora va boshqa ranglarda bo’ladi. Aktinomitsetlar aerob, kraxmal - ammiakli agarda 30 - 35°Cda o’sadi.
Preparat tayyorlash uchun buyum oynasiga ilmoq bilan kultura koloniyasi olinadi va ustiga ikkinchi shunday oynani qo’yib eziladi, ikki yoniga tortiladi. Natijada ikkita surtma paydo bo’ladi. Suyuq muhitda o’stirilgan kulturadan ilmoq bilan olib, surtma tayyorlanadi. Qotirilgan surtma Pfeyffer fuksini bilan bo’yaladi.


Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish