Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet118/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Patogenezi. Brusellyoz infeksiyasining kirish darvozalari og’iz bo’shlig’i va nafas yo’llarining shilliq qavatlari, kon’yunktiva, teridir.
Antigenlik xususiyati. Br.abortus, melitensis, suis uchala asosiy brusellalarning S shakli uchun umumiy termostabil antigen va ikikta serologik farqlanuvchi A va M antigenlar aniqlangan. Bundan tashqari ulardan hayvonlar uchun o’ta zaharli somatik Buaven kompleks – antigen (endotoksin) ajratib olingan. Bu antigen bilan immunlanganda – agglyutinin, presepitin, komplement bog’lovchi moddalar va oposoninlar hosil bo’ladi. Antigenni teri ichiga yuborganda kasal hayvonlarda spesefik mahalliy reaksiya paydo bo’ladi.
Immunitet kasallanib, tuzalgan hayvonlarda paydo bo’ladi. U infeksion – nosteril va infeksiyadan keyingi steril bo’lishi mumkin. U organizmda qo’zg’atuvchining qancha vaqt saqlanishiga bog’liq.
Diagnozi.Brusellyoz bilan kasallangan hayvonlarni o’z vaqtida aniqlash, bunday xavfli kasallikni yo’q qilishda juda muhim ahamiyatga ega. Brusellyozga diagnoz qo’yish materialni laboratoriyada tekshirish (bakteriologik va serologik) hamda hayvonlarni xo’jaliklarda allergik tekshirishdan iborat. Rejali serologik va allergik tekshirishlar kasal va kasallikka gumon qilingan hayvonlarni aniqlashning asosiy usullari hisoblanadi.
2-savol.Brusellyozni laboratoriya diagnostikasi.

Tirik hayvonlardan laboratoriyaga tekshirish uchun tashlangan homila yoki uning ikki tarafdan boylangan oshqozoni, plasentasi, yo’ldoshi, sut, abssess va gigrom suyuqliklari, qo’chqorlardan urug’donning o’zgargan qismlari, bezlar yuboriladi.


O’lgan hayvonlardan esa parenximatoz organlar va limfa tugunlari yuboriladi.
Homila tashlagan hayvonlardan brusellyozga serologik tekshirish uchun qon ham yuboriladi.
Bakteriologik diagnoz qo’yish:
1. Patmaterialdan tayyorlangan surtmalarni mikroskopiya qilish. Surtmalar Gram va maxsus usullardan birida bo’yaladi. Gram usulida brusellalar qizil, boshqa hujayralar ko’k rangda, Kozlovskiy usulida ham brusellalar qizil, boshqa hujayralar yashil rangga bo’yaladi.
2. Toza brusella kulturalarini oziqa muhitida ajratish. Yuqorida aytib o’tildi. Go’sht – peptonli jigarli bulon, eritrit agar. Begona mikroflora bilan ifloslangan patologik materialdan brusella kulturasini ajratish uchun oziq muhitga 1:100 000-1:250 000 gensianviolet, 1:500 000 malaxit ko’ki, yoki 1:100 000 kristallviolet qo’shiladi. Ekmalar bir oy o’stiriladi. Har haftada ko’rib boriladi. Ajratilgan kulturaning xususiyatlari o’rganiladi.
3. Biosinov 350 - 400 - gramm vaznli dengiz cho’chqalari yuragidan qon olinib zardobi RA usulida brusellyozga tekshiriladi. 1 : 5 nisbatda manfiy natija olinsagina ularda biosinov qo’yish mumkin. Keltirilgan patmaterialdan 1:10 nisbatda suspenziya tayyorlanib, 1 ml dozada dengiz cho’chqalari sonining ich tarafiga terisi ostiga yuboriladi. Gigroma moddasi esa dengiz cho’chqalariga 0,2 – 0,3 ml dozada teri ostiga yuborib zararlanadi. zararlantirilgandan keyin 15, 25, 40 chi kunlari dengiz cho’chqalaridan 1 – 2 ml qon olinib, zardobi RA usulida 1:10 dan 1:80 nisbatgacha brusellyozga tekshiriladi.
Biosinovdagi dengiz cho’chqalarida brusellalarning sof kulturasi ajratilsa yoki qon zardobida RA 1:10 va undan yuqori nisbatlarda musbat natija olinsa, keltirilgan patmaterialdan kultura ajratilmasa ham tekshirish natijalari ijobiy ya’ni musbat hisoblanadi.
Bakteriologik tekshirish muddati – 1 oy Biologik tekshirish muddati – 2 oy

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish