Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi biotexnologiya mutaxassisligi


Infeksiyaning yuqish mexanizmini bartaraf etish bo`yicha tadbirlari



Download 58,95 Kb.
bet3/14
Sana17.12.2022
Hajmi58,95 Kb.
#889730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi biotexnologiya mutaxa

2. Infeksiyaning yuqish mexanizmini bartaraf etish bo`yicha tadbirlari.
Tashqi muhitda saqlanib qolgan, chidamli qo‘zg‘atuvchilar sababchi bo‘lgan infeksiyaning tarqalish yo‘llarini uzish, yuqumsizlantirish va bemor atrofida, uning yashash joylarida, turli buyumlardagi infeksiyani yo‘qotish uchun dezinfeksiya o‘tkaziladi.Shu bilan birga dezinseksiya (infeksiya tarqatuvchi hasharotlarni yo‘qotish) va deratizatsiya (kemiruvchilarni o‘ldirish) o‘tkazilishi zarur.
Dezinfeksiya.
Dezinfeksiya – bu yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini atrof muhitda yo‘qotish. Dezinfeksiya o‘choqli va profilaktik bo‘ladi. O‘choqli dezinfeksiya epidemik o‘choqlarda – xonadon, yotoqxona, davolash-profilaktika muassasalari va hokazo joylarda o‘tkaziladi. O‘tkazilish sharoiti bo‘yicha joriy va yakunlovchi dezinfeksiya farqlanadi. J o r i y d e z i n f e k s i ya o‘choqda infeksiya manbaidan tashqi muhitga ajralib chiqqan qo‘zg‘atuvchilarni zudlik bilan yo‘q qilish maqsadida bir necha bor o‘tkaziladi. Birinchi navbatda organizmdan ajralgan ajratmalar dezinfeksiya qilinadi. Joriy dezinfeksiyaga binolarni muntazam ravishda dezinfeksiyalovchi eritmalar yordamida namlab artish, sovunlab yuvish, o‘yinchoqlarni, idish-tovoqlarni, choyshablarni qaynatish va boshqalar kiradi. Havo-tomchi infeksiyalarini yo‘qotishda bemorlar yotgan xonalarni kvars lampalari yordamida nurlantirish dezinfeksiyaning samarali usullaridan hisoblanadi. Havo-tomchi infeksiyasi bo‘limlarida tibbiy xodimlar dokadan niqob-respiratorlar taqishlari zarur.
Y a k u n l o v c h i d e z i n f e k s i y a o‘choqda (odatda bir marta) infeksiya manbai yo‘qolgandan keyin (shifoxonaga yotqizish, sog‘ayib shifoxonadan chiqish, boshqa joyga ko‘chirish yoki o‘lganda) o‘tkaziladi. Yakunlovchi dezinfeksiyaning vazifasi joriy dezinfeksiyadan keyin qolgan qo‘zg‘atuvchilarni batamom yo‘- qotishdir. Profilaktik dezinfeksiya yuqumli kasalliklar bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’i nazar, tashqi muhitda yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining paydo bo‘lishi va ularning tarqalishining oldini olish maqsadida o‘tkaziladi (xonalarni shamollatish, namli artish, ovqatlanishdan oldin qo‘lni yuvish). Dezinfeksiya o‘tkazishda yuqumsizlantirishning fizikaviy va kimyoviy vositalari qo‘llanadi. Dezinfeksiyaning fizikaviy vositalari. Fizikaviy vositalarga mexanik, termik va nur vositalari kiradi. Mexanik vositalar – bular tozalash, artish, yuvish va boshqalardir. Bu vositalar orqali ko‘p narsalar va ularning yuzalari chang va ifloslanishlar bilan birga, ancha mikroorganizmlardan ham xalos qilinadi. Masalan, changyutgich yordamida chang bilan birga 98 % gacha mikroblar yo‘q qilinadi. Binoni 15 minut davomida shamollatganda havoda mikro- organizmlar soni keskin kamayadi. 30 minutdan keyin esa deyarli qolmaydi, chunki bino havosi patogen mikroblarga ega bo‘lmagan tashqi havo bilan to‘liq almashadi. Termik va nur vositalari – bular yuqori va past haroratdan foydalanish, har xil bakterisid (lotincha caedo – o‘ldirish) nurlar bilan nurlantirish, ultratovush ta’siri va hokazolardir. Bular ma’lum parametrlarda bakterisid ta’sir ko‘rsatadi. I s s i q h a v o havoli sterilizatorlarda va boshqa apparatlarda laboratoriya idishlari va instrumentlarini zararsizlantirishda qo‘llaniladi. Uzoq vaqt to‘qima (mato)larni dazmollaganda mikroorganizmlarning vegetativ shakllari hamda bitlar nobud bo‘ladi. Yuvish vositalari eritilgan issiq suv mikroorganizmlarni yo‘qotish uchun kir yuvishda va tozalashda ishlatiladi. Idishlar, bemorlarni parvarish qilish buyumlari, choyshablar va o‘yinchoqlar zararsizlantirish uchun qaynatiladi. Suv bug‘laridan dezinfeksiyalash kameralarida kiyimlar, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq buyumlarni zararsizlantirishda foydalaniladi. Quyosh hamda ultrabinafsha nurlari havo va yuzalardagi bakteriyalarni kamaytirish maqsadida qo‘llaniladi. Qog‘oz, latta, yaroqsiz o‘yinchoqlar, ovqat qoldiqlari va ajratmalar maxsus pechlarda, olovda kuydirish orqali zararsizlantiriladi. Ko‘pgina patogen mikroorganizmlar uzoq muddatli
quritish natijasida nobud bo‘ladi. Dezinfeksiya formalinli dezinfeksiyalash kameralarida ham o‘tkazilishi mumkin.


Download 58,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish