Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi biotexnologiya mutaxassisligi



Download 58,95 Kb.
bet8/14
Sana17.12.2022
Hajmi58,95 Kb.
#889730
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi biotexnologiya mutaxa

Klinikada seroterapiya asoratlarining to‘rt xil asosiy ko‘rinishi uchraydi: anafilaktik shok, zardob kasalligi, ikkilangan anafilaktik reaksiya, Artyus fenomeni. Anafilaktik shok zardob yuborilgandan keyin darhol rivojlanadi va eng og‘ir asorat hisoblanadi. Zardob kasalligi zardob yuborilganidan 6–12 kun keyin rivojlanadi. Bu asorat isitma, shilliq qavatlar shishi, limfadenit, toshmalar bilan namoyon bo‘ladi. Zardob kasalligining rivojlanish chastotasi yuborilgan zardob miqdori va undagi ballast oqsillarga bog‘liq. Oxirgi yillarda yuqori darajada tozalangan zardoblar ishlatilishi munosabati bilan bu asorat deyarli uchramaydi. Ikkilangan anafilaktik reaksiya bitta bemorning o‘zida avval anafilaktik shok, keyinchalik zardob kasalligi rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Artyus fenomeni zardob uzoq vaqt davomida teriga yuborilganda birinchi yuborishdan keyin 6 kun o‘tgach vujudga keladi. Bu vaqtda takroriy inyeksiya joyida nekrotik jarayon rivojlanishi mumkin. Zardob preparatlarini yuborishdan oldin ampula diqqat bilan ko‘zdan kechiriladi. Loyqa, shikastlangan ampuladagi yoki etiketkasi yo‘q va saqlash muddati o‘tgan zardoblarni ishlatish mumkin emas. Yuborishdan oldin zardob 37°C gacha suvda ilitiladi. Ampulaning uchi spirtda namlangan steril paxta yordamida artilib, najdak bilan kesiladi, ampula uchi ikkinchi marta spirt bilan artilgandan keyin sindiriladi. Zardob vrach tomonidan yoki uning nazorati ostida yuborilishi shart. Anafilaktik shok rivojlanishining oldini olishmaqsadida organizmning 1:100 nisbatda eritilgan yot oqsilga individual sezgirligini aniqlash uchun zardob bo‘lib-bo‘lib yuboriladi. 1:100 nisbatda eritilgan shunday zardob bilan teri ichiga sinama qo‘yiladi. Bunday zardob maxsus tayyorlangan bo‘lib, har bir qutichaga davolash zardobi bilan birga qo‘yiladi. 1:100 nisbatda eritilgan zardob ampulasi qizil, davolash zardoblari bo‘lgan ampulalar – ko‘k yoki qora rang bilan belgilanadi. Eritilgan zardob bilak terisi ichiga 0,1 ml miqdorda yuboriladi. 20 minutdan keyin sinama natijasi baholanadi. Agar shish yoki qizarish diametri zardob kiritilgan yerda 0,9 sm dan kichik bo‘lsa ijobiy emas (–) va 0,9 sm dan katta bo‘lsa ijobiy (+) baholanadi. Reaksiya kuzatilmagan holda (–) teri ostiga 0,1 ml eritilmagan zardob yuboriladi. 30 minut –1 soatdan keyin reaksiya aniqlanmasa mushak orasiga belgilangan zardob miqdorining hammasi yuboriladi. Zardob olgan kishilar 1 soat davomida vrach nazorati ostida bo‘lishlari shart. Teri ostiga qo‘yilgan sinamada ijobiy natija kuzatilganda zardob vrach kuzatuvi ostida juda ehtiyotkorlik bilan yuboriladi. Mushak orasiga 30 mg prednizolon va antigistamin preparatlar yuborilgandan so‘ng, teri ostiga eritilgan (1:100) zardobdan 20 minut interval bilan 0,5–2 va 5 ml yuboriladi. Reaksiya kuzatilmasa teri ostiga 0,1 ml eritilmagan zardob va 30 minutdan keyin qolgan miqdori mushak orasiga yuboriladi. Yuqorida ko‘rsatilgan miqdorlarning birortasiga ijobiy reaksiya kuzatilsa, zardob takroran 30–90 mg prednizolon (venaga) va 1 ml dimedrol eritmasi yoki narkoz ta’sirida yuboriladi. Anafilaktik shok belgilarining birortasi kuzatilsa, zardob yuborish to‘xtatiladi va zudlik bilan shokka qarshi kompleks tadbirlar o‘tkaziladi: venaga prednizolon – 60–90 mg, gidrokortizon – 125 – 250 mg, poliglyukin – 400 ml yuboriladi. Foyda bermasa va bronxospazm aniqlansa, 0,5–1 ml 0,1 % adrenalin eritmasi poliglyukin yoki 5% glukoza eritmasida yuboriladi, reopoliglyukin, Ringer eritmasi, yurak glikozidlari, antigistamin preparatlar va takroran – prednizolon (300–400 mg gacha) qilinadi.

Download 58,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish