Miftahu-l-ulum


“Miftahu-l-ulum” asarida fe’ldan yasalgan ismlarning grammatik xususiyatlari



Download 227,27 Kb.
bet9/15
Sana12.07.2022
Hajmi227,27 Kb.
#778440
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Gulshoda Aktamova Omonxonovna 09.06.2022

2.2. “Miftahu-l-ulum” asarida fe’ldan yasalgan ismlarning grammatik xususiyatlari
Abu Yoqub Sakkokiyning “Miftahu-l-ulum” asarining sarf qismida ikkinchi bo‘limi “Fe’ldan yasalgan ismlarning shakllari” deb atalib, bu bo‘limda olim fe’ldan yasalgan ismlarni sakkizta faslga ajratgan. Bu haqida muallif “Ikkinchi bo‘lim sakkiz faslni o‘z ichiga oladi” deb yozadi34. Ular harakat nomi, aniq nisbat sifatdoshi, majhul nisbat sifatdoshi, mushabbaha sifat, orttirma darajadagi sifat, o‘rin va paytni bildiruvchi ism va ish qurollarining otlaridir. “Miftahu-l-ulum” asarining sarf qismi ikkinchi bo‘limi birinchi faslini muallif “Harakat nomi shakllari” (هيئات في المصادر) deb nomlaydi.
اعلم أن هيئات المصدر في المجرد من الثلالية كثيرة غير مضبوطة و لكن الغاب على مصدر المفتوح العين اذا كان لازما : فعول نحو : الركوب و السجود و على المكسور العين اذا كان كذلك فعل بفتح الفاء و العين و على مصدرهما إذا كانا متعديين فعل بفتح الفاء و سكون العين. و الغالب على مصدر المضموم العين فعالة نحو: الاصالة.
Ma’nosi: Bu o‘rinda uch o‘zak undoshli mujarrad fe’llarning masdarlari ko‘pligini, aniq soni noma’lumligini ta’kidlaydi. “Agar fe’l o‘timsiz bo‘lib, hozirgi-kelasi zamonda o‘rta o‘zak undoshi harakati fatha [a] bo‘lsa, uning masdari فعلول vaznida bo‘ladi. Misol uchun, و سجود ركوب. Agar fe’l o‘timli bo‘lib, hozirgi-kelasi zamonda o‘rta o‘zak undoshi harakati kasra [i] bo‘lsa, uning masdari فعل vaznida, o‘rta o‘zak undosh harakati domma [u] bo‘lsa, فعالة vaznida bo‘ladi: الاصالة .
Bunday so‘zlar sakkizta turkumni qamrab olganligini Mahmud Zamaxshariy ham ta’kidlab o‘tgan. U shunday yozadi:
الأسماء المتصلة ثمانية أسماء: المصدر، اسم الفاعل، اسم المفعول، الصفة المشبهة، اسم التفضيل، أسماء الزمان والمكان، اسم الآلة
“Fe’l bilan bog‘liq so‘zlar sakkizta bo‘lib, ular: harakat nomi, aniq nisbat sifatdoshi, majhul nisbat sifatdoshi, mushabbaha sifat, orttirma darajadagi sifat, o‘rin va paytni bildiruvchi ism, ish qurollarining otlaridir”35.
Basra tilshunoslik maktabi namoyondalari fikriga ko‘ra, masdar fe’ldan farqli o‘laroq bir hodisani ifodalab keladi va u so‘z yasalishining asosi sanalib, undan: fe’l, harakat nomi, aniq nisbat sifatdoshi, majhul nisbat sifatdoshi, mushabbaha sifat, orttirma darajadagi sifat, o‘rin va paytni bildiruvchi ism, ish qurol otlari yasaladi36.
Sakkokiy fe’lning morfologik xusuyatlari bilan birgalikda uning semantik xususiyatlariga ham alohida e’tibor qaratishlik lozimligini aytib o‘tgan.
Sibavayhining “Al-Kitab”37, Ibn Sarrojning “Al-usul fi-n-nahv”38, Abu Qosim Zujajiyning “Al-jumal fi-n-nahv” 39, Ali ibn Ismoilning “Al-muxassas”40, Ibn Qobisiyning “At-ta-timmatu fi-t-tasrif”41, Ibn Ya’ishning “Sharh al-mufassal” 42, Ibn Usfurning “Al-muqarrib”43, Ibn Molikning “Sharh umdat al-hafiz”44, Solih Abduazimning “Al-kofiyatu va-sh-Shafiyatu li Ibn al-Hajib”45, Abu Hayyan Andalusiyning “Irtishaf ad-darb”46, Bahauddin ibn Aqilning “Al-musa’id ala tashil al-fava’id”47, Jaloliddin Suyutiyning “Hami’u al-havami”48 asarlarida fe’lning semantik xususiyatidan kelib chiqib, ba’zi vaznlar keltirilgan. Ular masdar shakllari ko‘p bo‘lgan uch undoshli o‘zak, ziyodadan xoli fe’llarga tegishlidir. Bular:
1. Agar fe’l hunar yoki bosharuvni ifodalasa, bunday so‘zning masdari فعالة vaznida bo‘ladi: زرع – (dehqonchilik qildi) زراعة – (dehqonchilik qilish), أمر – (buyurdi) إمارة – (buyurish).
2. Fe’l harakat va hodisalarni ifodalasa, uning masdari فعلان vaznida bo‘ladi: غلى – (“qaynadi”) غليان – (“qaynash”), ثار – (“to‘s-to‘polon ko‘tardi”) ثوران – (“to‘s-to‘polon ko‘tarish”).
3. Fe’l harakatlanishni ifodalasa, uning masdari فعيل vaznida bo‘ladi: رحل – (“jo‘nadi”) رحيل – (“jo‘nash”), دب – (“emakladi”) دبيب – (“emaklash”).
4. Fe’l norozilik munosabatini ifodalasa, uning masdari فعال vaznida bo‘ladi: أبى – (“qarshilik qildi”) إباء – (“qarshilik qilish”), جمح – (“o‘jarlik qildi”) جماح – (“o‘jarlik qilish”).
5. Fe’l biror kasallik bilan og‘rishni ifodalab, فعلِ bobidan bo‘lmasa, uning masdari فعُل vaznida bo‘ladi: زكم – (“shamollamoq”) زكامُ – (“shamollash”), سعل – (“yo‘talmoq”) سعالُ – (“yo‘talish”).
Agar فعِلbobida bo‘lsa, uning masdari فَعَلvaznida bo‘ladi: ورمِ – (“shishgan bo‘ldi”) ورم – (“shishgan”), وجم - (“og‘riq”), وجم - (“og‘rimoq”).
6. Fe’l ovoz chiqarish bilan bog‘liq bo‘lsa, uning masdari فُعال yoki فعيل vaznlaridan birida, (“hangrash”) – نهيق (“hangramoq”) – نهق (“qichqirdi”) - ضج (“qichqirish”) - ضجيج.
7. Fe’l rang-tus bilan bog‘liq holatni ifodalasa, uning masdari فُعلة bo‘ladi: حمر – (“qizardi), حمرة – (“qizarish”), صفر - (“sarg‘aydi”), صفرة - (“sarg‘ayish”).
Masdarni biz semantik jihatdan uch turga ajratamiz:
1. Umumiy masdar (العام المصدر) – bu shundayki, harakat va holatni ifodalab, o‘zi hosil bo‘lgan fe’lning barcha o‘zak harflarini qamrab oladi. Masalan: جلس – “o‘tirdi” fe’lidan جلوس – “o‘tirish” masdari. Harakat va holatni ifodalash bilan bir qatorda ularni nomlash xususiyatiga ega bo‘lgan, shuningdek, ba’zi harflari (ziyoda yoki asl harflari)dan xoli bo‘lgan masdarlar المصدر اسم “masdar nomi” deb ataladi.
2. Bir martalik masdar ( اسم المرة) – harakat va hodisaning bir marta sodir bo‘lishini bildirib, buning vazni: فعلة. Bu vazn ziyodadan xoli uch undoshli mujarrad fe’llar uchun tegishli sanalib, qolgan fe’llar uchun umumiy masdarning oxiriga muannaslik ة “tā” sini qo‘shish orqali hosil qilinadi.
3. Shakl va sifat masdari (الهيئة مصدر) – fe’ldan anglashilgan harakat va hodisa qanday amalga oshganligini ifodalaydi. Ushbu masdar vazni: فِعلة .
Morfologik jihatdan esa masdarni ikki guruhga ajratishimiz mumkin:
1. مفعِل va مفعَل vaznida yasaluvchi masdar (المصدر الميمي). Bunday masdar turi ziyoda harf bo‘lgan “mim” bilan boshlanadi. Bunga misol: ضرب – urdi fe’lidan ushbu turdagi masdar مضرَب – urish.
2. Yasama masdar (المصدر الصناعي) – so‘zni oxiriga tashdidli “ya” va muannaslik “ta” qo‘shish orqali yasaladi. Qo‘shimcha qo‘shilishi orqali hosil bo‘lgan so‘z o‘zakning ma’no xususiyatini ifodalaydi. Misol uchun: إنسان – inson إنسانية – insoniyat.
Uch o‘zak undoshli so‘zlar haqida yozgandan keyin Sakkokiy ziyoda harfdan xoli bo‘lgan to‘rt o‘zak undoshli mujarrad fe’llarning masdari haqida so‘z yugurtiradi.
و مصدر مجرد الرباعي يجيء على فعللة نحو : الدخرجة و فعلال بكسر الفاء نحو الدحراج و في المضاعف به بالفتح نحو القلقال و القلقال
Ma’nosi: To‘rt o‘zak undoshli mujarrad fe’llarning masdari ikkita bo‘lib, ular فعللة va فعلال vaznida keladi49. Misol uchun: الدحرجة و الدحراج. Ikkilangan fe’llarda quyidagicha keladi: القِلقالُ القَلقالُ و.
Sakkokiy uch undoshli mujarrad fe’llarni masdari juda ko‘pligini aytib o‘tgan. Ularning soni qirqdan ortiq deb o‘ylaydigan tilshunoslar ko‘pchilikni tashkil etadi. Mahmud Zamaxshariy uch undoshli mujarrad fe’llarni 32ta vazni borligi haqida Sibavayhdan naql qiladi.50
Sakkokiy uch undoshli mujarrad fe’l masdar vaznlari ko‘p ekanligini aytgan. Muallif mazid fe’llardan “hamza” harfi ziyoda qilingan masdarini aytish bilan boshlaydi. Birinchi bo‘lib أفعل bobidagi fe’l masdaridan boshlaydi: “أفعل vaznidagi fe’llarning masdari افعال vaznida keladi. Agar ajvaf fe’l (اقام) bo‘lsa, افالة vaznida hosil bo‘ladi”51.
O‘zakning ikkinchi undoshi ikkilangan فعل fe’l bobiga kelganda, Sakkokiy uning masdari تفعيل و تفعلة vaznlarida bo‘ladi, ba’zida فعال vaznida ham keladi deb ta’kidlab o‘tadi. Misol uchun: فرح - تفريح. تفعلة vaznida har qachon fe’lning lom baravarida harfi illat bo‘lsa keladi (bunday fe’llar noqis fe’llar deyiladi), bunga misol: توسية barobar qilmoq52.
فاعل vaznidagi fe’lning masdari vaznlari فعال و مفاعلة vaznida bo‘lib, ba’zan فيعال vaznida ham keladi. Bunga misol:قتال محابة و. تفعل vaznidagi fe’lning masdari تفعل vaznida keladi, ba’zan esa تفعال vaznida keladi: تفصح. تفاعل fe’l bobining masdari تفاعل vaznida (تدارك), انفعل fe’l bobining masdari انفعال vaznida (انقباض) , افتعل vaznidagi fe’l bobining masdari انفعال vaznida (احتساب), استفعل vaznidagi fe’lning masdari استفعال vazniada (استنساخ) bo‘ladi.
Birinchi o‘zak undoshdan keyin “ta’un” (ت) orttirilgan تفعل fe’l bobining masdari تفعُل vaznida bo‘lib, ba’zida تفعال vaznida ham kelishi mumkin. Bu bobdagi fe’llarning illatli harfi tushib qolsa, oxirgi undoshi kasra (i) bilan keladi.
تفاعل vaznidagi fe’llarning masdari تفاعُل vaznida, افعال vaznidagi fe’llarning masdari انفعال vaznida, افتعل vaznidagi fe’llarning masdar vazni افتعال, استفعل vaznidagi fe’llarning masdari استفعال vaznida bo‘ladi.
Birinchi o‘zak undoshi “vav” yoki “ya” bo‘lganda (bunday fe’llar misol fe’llar deyiladi), uning masdar vaznida ikkala illatli harf cho‘ziq “i” ga o‘zgarish yuz beradi.
Ajvaf fe’llarda استفعالة vaznida hosil bo‘lib, illatli harfi tushib qoladi. Noqis fe’llarda illatli harf “hamza”ga o‘zgaradi. افعوعل fe’l bobining masdar vazni افعيعال bo‘ladi. افعول fe’l bobining masdar vazni افعوال bo‘ladi. افعال fe’l bobining masdar vazni افعيلال bo‘ladi. افعل fe’l bobining masdar vazni افعلال bo‘ladi.
Bu va boshqa bobdagi fe’llarning ikkilanganlari (tashdidli) yoyiladi va bu “فك الإدغام ” (tashdidning yoyilishi) deya nomlanadi.
تفعلل fe’l bobining masdari تفعلل vaznida, افعنلل fe’l bobiniki esa, افعنلال bo‘ladi. افعلل fe’l bobiniki افعلال vaznida keladi53.
Muallif “hamza”li boblar haqida shunday deydi:افعل bobidan boshqa barcha fe’l boblarining birinchi harfi bo‘lgan “hamza” vaslalidir. Ismlardan o‘nta so‘zgina vaslalidir. Ular: اسم–ism, است–orqa teshik, ابن-ابنم–o‘g‘il, اثنان-اثنتان–ikki, امرأ–erkak, امرأة–ayol, ايم-ايمن الله–Alloh nomi bilan qasam ichish 54.
Sakkokiy masdar vaznlari haqida so‘z yuritar ekan, bu haqida shunday degan: “تفعال va فعيلى harakat nomi shakllarima’noni kuchaytirish maqsadlarida qo‘llanadi”.55
Mahmud Zamaxshariy ham Sakkokiyning bu fikrini ma’qullagan56.
Ikkinchi fasli “Aniq nisbat sifatdoshi” (اسم الفاعل) fe’ldan anglashilgan ish harakatni bajaruvchi shaxs ma’nosida. Uch o‘zak undoshli mujarrad fe’llarning aniq nisbat sifatdoshi فاعل vaznida hosil bo‘ladi. Misol uchun: ضارب. Ma’noni kuchaytirishda فعال و فعول و مفعال shakllari qo‘llanilishini Sakkokiy alohida e’tirof etgan:ضراب و ضروب و مضراب 57. Arab tilshunoslaridan Ibn Hishom Ansoriy Sakkokiy fikriga qo‘shimcha qilgan holda, aniq nisbat sifatdoshi ba’zi o‘rinlarda فعل va فعيل vaznlarida ham kelishini aytadi.58 Qolgan fe’l bobida aniq nisbat sifatdoshini yasashning osongina usuli borligi haqida yozib, u hozirgi-kelasi zamon shakllaridagi old zamon qo‘shimchalari o‘rniga unlisi “domma” [u] bo‘lgan “mim” harfini qo‘shishni, uchta: يتفعل، يتفاعل، يتفعلل boblarida oxirgi undoshdan oldin “kasra” [i] kelishini ta’kidlab o‘tadi.
Illatli fe’llarning aniq nisbat sifatdoshi yasalishidagi fonetik-morfologik hodisalar haqida Sakkokiy batafsil to‘xtalmagan. Illatli fe’llardagi o‘zgarishlar vaznlar hamda undagi harflar bilan bog‘liqdir. Bu o‘zgarishlar ushbu til sohasining asosiy manbalarida batafsil yoritilgan.
Yuqorida keltirilgan فاعل vazni o‘zagi uch undoshli, ziyoda harfdan xoli solim fe’llardan (“hamza”, ikkita bir xil harf, “vāv”, “yā”, “alif” bo‘lmagan) hosil qilinadi. “Hamza”li va illatli fe’llar ham shu vazn asosida hosil qilinadi, biroq ba’zi bir morfologik, fonetik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. “Hamza” o‘zakning birinchi undoshi bo‘lib kelsa, ikki “alif” birlashib, آ “madd” hosil bo‘ladi (أخذ – “oldi”; آخذ – “oluvchi”). O‘zakning ikkinchi, uchinchi undoshi “hamza”li bo‘lsa, ularda faqat imloviy o‘zgarishlar kuzatiladi.
O‘zakning uchinchi undoshi illatli (bunday fe’llar noqis fe’llar deyiladi) fe’llarda illatli harfi “yā” bo‘lsa, ushbu harf vaznga solinganda ham saqlanib qoladi. Bu o‘rinda “unlilar illatli harfga og‘irlik qilishi” hodisasi (استثقال) sodir bo‘ladi. Masalan: بكى – (“yig‘ladi”) الباكي (“yig‘lovchi”) hosil qilingan so‘zning vazndagi mos shakli باكي, lekin استثقال hodisasi sababli illatli harf tanvin ololmaydi. Agar illatli harf “vāv” bo‘lsa, aslini yo‘qotib, u ham “yā”ga qalb bo‘ladi: دنا – (“yaqinlashdi”) vazndagi mos shakli دانو, lekin yuqoridagidek, الداني (“yaqinlashuvchi”) bo‘ladi.
Sakkokiy ushbu mavzu doirasida المبالغة صيغ (“Ma’noni kuchaytiruvchi shakllar”) haqidagi ma’lumotlarni qisqa, faqatgina vaznlarning o‘zini keltirish bilan cheklangan59. Bu shakllar bo‘rttirish ma’nosini berish maqsadida o‘zagi uch undoshli fe’llarning aniq nisbat sifatdoshining mubolag‘ani ifodalovchi vaznlarda o‘zgargan shakli hisoblanadi. Uch undoshli mujarrad va mazid o‘timli fe’llarning ma’noni kuchaytirish shakllari ko‘p. Ko‘p qo‘llanadigan vaznlari:فعال، فعول، مفعال، فعيل، فعل
Uchinchi fasli “Majhul nisbat sifatdoshi” (اسم المفعول) uch o‘zak undoshli mujarrad fe’llarning majhul nisbat sifatdoshi مفعول vaznida bo‘ladi: مضروب. Bunda “vov” ismi maf’ulning belgisidir. Ismi maf’ul sulosiy mujaddardan boshqa boblardan kelasi zamon fe’li majhulining vaznida keladi. Hozirgi-kelasi zamon harfining o‘rniga “domma”li “mim” keltirish bilan va oxiridan oldingi harfini “fatha”li qilish bilan yasaladi. Masalan: مكرم va مدحرج.60
Uch undoshli o‘zak, illatli fe’llardan majhul nisbatdagi sifatdosh hosil qilish ancha munozarali hisoblanadi. Bu borada mufassil bayon qilgan tilshunoslar: Sibavayhi61, Ibn Jinniy 62, Abduqohir Jurjoniy 63, Umar ibn Sobit 64, Hibatulloh ibn Ali65, Abdulloh ibn Husaynlar66 hisoblanadilar. Birinchi harfi illatli fe’llarda o‘zgarish sodir bo‘lmagani uchun Sakkokiy to‘xtalmay, o‘zakning ikkinchi undoshi illatlilarni bayon qiladi. “vāv” ikkinchi o‘zak undosh bo‘lib kelsa, majhul nisbatdagi sifatdoshda vazndagi “vāv” tushirilib, fe’ldagi “vāv” cho‘ziq unli sifatida saqlanib qoladi.
Ikkinchi o‘zak undoshi “yā” bo‘lgan fe’llardan majhul nisbatdagi sifatdosh hosil qilish bo‘yicha alohida lahjaga asoslangan ikki uslub bo‘lib, ular hijozliklar va Banu Tamim uslublaridir67. Sakkokiy hijozliklar uslubini yoqlagan holda “yā” bilan illatlangan باع ( sotdi”) - ( ب ي ع o‘zak harflari) fe’lining majhul nisbatdagi sifatdoshi مبيوع emas, مبيع (“sotilgan”) deb yozadi.
Ikkinchi o‘zak undoshi harfi illatli bo‘lgan fe’llarning majhul nisbatdagi sifatdoshi hozirgi zamon shaklining oldingi harfini olib, dommali “mim”ni keltirish orqali yasaladi. Masalan: قال fe’lining hozirgi zamon shakli يقول ning birinchi harfining o‘rniga “domma” [u] bo‘lgan “mim” qo‘yilsa, مقول bo‘ladi.
Fe’llardagi uchinchi o‘zak harfi illatli bo‘lsa, “vāv” va “yā” sababli ikkita holat mavjud.
1. Fe’llarda illatli harfi “yā” bo‘lganda, bunday turdagi fe’llarning majhul nisbatdagi sifatdoshiga مفعول vazni asos sanaladi. قضى – (“o‘tkazdi”) fe’li ushbu vaznga solinsa, مقضوي shakli hosil qilinadi. Yengillashtirish sababli “vāv”ni “yā”ga almashtirib, مقضيي shakli yasaladi. Bu shaklda illatli harf unli ثقل – (“og‘ir”) bo‘lgani uchun yengillashtirib, ikkita “yā”ni birlashtirib, مقضي shakli hosil bo‘ladi.
2. Fe’lning uchinchi o‘zak undoshi “vāv” bilan illatlangan bo‘lsa, “yā” kabi hodisa kuzatilib, “vāv” ikkilantiriladi, ya’ni دنا – (“yaqinlashdi”) fe’lining majhul nisbatdagi sifatdoshi مدنو – (“yaqinlashilgan”) bo‘ladi. Ikki tomonlama illatli va o‘zakning ikkinchi harfi “vāv” bo‘lsa, unga illatli harf sifatida qaralmaydi: قوي – (“kuchli bo‘ldi”) fe’lining majhul nisbatdagi sifatdoshi مقووي emas, مقوي dir.
To’rtinchi fasli “O‘xshatma sifat” (الصفة المشبهة) bo’lib, bunday nomlanganiga sabab unda fe’lning ayrim sintaktik vazifalari bor. Sakkokiy bu mavzu haqida shunday deydi: “O‘xshatilgan sifat uch undoshli o‘zak, mujarrad fe’llardan yasalib, jins, son kategoriyasiga ega aniq va majhul nisbat sifatdoshlaridan boshqa fe’ldan hosil bo‘lgan shakllardir” 68. Misol uchun: كثر– ko‘p bo‘ldi fe’lidan yasalgan كثير va كبر - katta bo‘ldi fe’lidan yasalgan كبير.
Mahmud Zamaxshariy bu to‘g‘risida quyidagicha fikr bildirgan: “O‘xshatilgan sifat asliy sifatlardek bo‘lmaydi. Asliy sifatga u jins, son kategoriyalarida o‘zi aniqlab kelayotgan so‘zga moslashishi bilan o‘xshashdir”69.
Bu fikrni isboti quyidagi misollar orqali anglashilishi mumkin: حَسَنَ – “yaxshi bo‘ldi” fe’lidan yasalgan حَسَنٌ – “yaxshi”.
Mushabbaha sifatlar ko‘pincha uch undoshli, o‘timsiz fe’llardan hosil bo‘ladi. Chunki bu kabi fe’llar hamma zamonlarda o‘zidagi sifat ma’nosining mustahkam, davomli turishini ifodalaydi ( عوِر– “g‘ilay bo‘ldi”), عمِي– (“ko‘r bo‘ldi”), طال – (“uzun bo‘ldi”), قصُر– “qisqa bo‘ldi”). Mushabbaha sifat o‘zining sifatlovchisidagi sifatning davomiyligiga qarab ikki xil ma’noni ifodalaydi: 1. Doimiy o‘zgarmaydigan sifatlar: طويل – (“uzun”), أسمر – (“bug‘doyrang”), أحور – (“qora ko‘z”), أعرج - (“oqsoq”), شجاع - (“shijoatli”).
2. Vaqtinchalik ya’ni ma’lum vaziyat va muddat o‘tishi bilan o‘zgaruvchi sifatlar: سكران - (“mast”), حيران - (“hayron”), غضبان - (“g‘azabli”).
Sakkokiy ta’kidlaganidek, ushbu sifat faqat o‘zagi uch undoshli, ziyodali fe’llardan hosil qilinadi. Mashhur tilshunoslardan Mustafo Gʻalayaniy bu turdagi fe’llardan mushabbaha sifat hosil qiluvchi 15 ta vazn borligini aytib, shulardan 12 tasi mashhur ekanligini aytgan edi 70. Muhammad Xayr فعِل fe’l bobidan to‘rtta, ikkita bob mushtarakligida oltita mushabbaha sifat yasovchi vaznlar borligini qayd etadi71.
Eng ko‘p mushabbaha sifat yasovchi vaznlar quyidagilardir:
1. Rang-tusni bildiruvchi va jismoniy kamchilikni ifodalovchi أفعل vaznida yasaladigan sifatlar. Ularning muannas shakli فعلاء vaznida, ko‘pligi esa فُعل vaznida hosil bo‘ladi: أحمر – (“qizil”), أسود – (“qora”), أرعن – (“hushbichim”)
2. فعل vazni, uning muannas shakli حسنة vaznida hosil bo‘ladi: حسن – حسنة (“yaxshi”).
3. فعيل vazni, uning muannas shalki فعيلة vaznida bo‘ladi: كريم – كريمة (“ sahovatli”).
4. فعل vazni, uning muannas shalki فعلة bo‘ladi: صعب – صعبة (“qiyin”).
Mushabbaha sifat fe’ldan yasalganligi sababli Sakkokiy : “Aniq va majhul darajadagi sifatdoshlardan boshqa har qanday vaznda yasaluvchi, aniqlab kelayotgan so‘zi bilan jinsda, sonda moslashuvchi sifat mushabbaha sifatdir”, deb aytadi72.
Beshinchi fasl: “Orttirma darajadagi sifat” (اسم التفضيل) bo‘lib, ikki narsa yoki shaxs bir sifatda qiyoslanib biri ikkinchisidan ortiq ma’nosida keladi. Faqat uch o‘zak undoshli mujarrad fe’llardan yasaladi: اضرب و احسن و اكبر. Sakkokiy bu haqida qisqa to‘xtalgan holda, ayb va rang-tusdan boshqa ma’noni ifodalovchi so‘zlardan hosil bo‘lishini aytib o‘tgan73.
Sakkokiy bu mavzuga muxtasar yondoshgan bo‘lsa, Mahmud Zamaxshariy esa batafsil qanday yasalishi, son kategoriyasidagi holatlari haqida bayon qilgan. Bunga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: حَسَنَ – “yaxshi bo‘ldi” fe’lidan حَسَنٌ – “yaxshi” sifati hosil bo‘ldi, uni orttirma darajasi esa أحسَنُ – “eng yaxshi”dir. Yasalishiga e’tibor beradigan bo‘lsak, u darajama-daraja bo‘lyapti. Avval fe’l, undan mushabbaha sifat, undan keyin orttirma darajadagi sifat. Orttirma darajadagi sifatlarning muannas shakli فعلى vaznida, ikkilik muzakkar أفعلان vaznida, ikkilik muannas shakli فعليان vaznida, ko‘plik muzakkar shakli esa أفاعل vaznida, ko‘plik muannas shakli فعليات vaznida hosil qilinadi.
Oltinchi va yettinchi fasllar: “O‘rin va paytni bildiruvchi ismlar” (اسم الزمان و المكان) deb nomlanib, uch o‘zak undoshli mujarraddan va يفعل ikkinchi o‘zak undoshi kasralik bo‘lgan fe’llardan hamda misol fe’li vovlik bo‘lsa ham, مفعل ikkinchi o‘zak undoshi kasralik vaznda bo‘ladi.
Masalan: مضرب va موعد va ميسر kabi74.
Sakkokiy o‘rin va payt nomlarini alohida mavzularda yoritib, ularning shakllarini keltirish bilan kifoyalanadi. Sakkokiy payt nomlarini illatli harflar qatnashgan fe’llardan (o‘zakning birinchi undoshi illatli fe’ldan boshqa) مفعل vaznida bo‘lishini aytib, يفعل vaznida bo‘lsa ham shu vaznda yasalishini ulug‘laydi75.
Sakkizinchi fasl “Ish qurollari otlari” (اسم الالة) deb nomlanib, ish qilishda foydalaniladigan qurollar otlari bunga misol bo‘ladi. Bu otlar uch o‘zak undoshli mujarrad o‘timli fe’llardan hosil qilinadi. Buning vaznlari: مفعل, مفعلة, مفعال vaznlaridan hosil qilinadi.
Misol uchun: مفتاح, مكنسة


Download 227,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish