Miftahu-l-ulum


“Al-Unmuzaj” va “Miftahu-l-ulum” asarlarida yordamchi so‘zlarning sintaktik xususiyatlarining qiyosiy tahlili



Download 227,27 Kb.
bet12/15
Sana12.07.2022
Hajmi227,27 Kb.
#778440
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Gulshoda Aktamova Omonxonovna 09.06.2022

3.2. “Al-Unmuzaj” va “Miftahu-l-ulum” asarlarida yordamchi so‘zlarning sintaktik xususiyatlarining qiyosiy tahlili
Sakkokiy bundan keyin harf turkumidagi so‘zlar haqida bahs yuritishni afzal deb bilgani holda, bu haqida o‘zgacha usul asosida batafsil yoritadi. O‘zgacha usuldagi yondashuvni yordamchi so‘zlar (harf) tasnifida ko‘rish mumkin. Bu borada olim أنواع الحروف “yordamchi so‘zlar turlari” mavzusi ostida bahs qiladi.95
Sakkokiy bu haqidagi bahsni “Yordamchi so‘zlarga to‘xtalsak, ular o‘zidan keying so‘zni raf’, nasb, jar va jazmda keltira oladi”, deb boshlaydi. Harf vazifasiga ko‘ra, ism va fe’l oldidanda keladi. O‘zi bog‘langan so‘zdan keyin kelmaydi. Muallif bu harflar alohida turkum bo‘lgani, ma’no ifodalash turli bo‘lgani uchun “Ularni quyidagicha guruhhlash orqali tartiblash mumkin” deb aytadi va uni ikki guruhga bo‘ladi:
Biror sintaktik o‘zgarishga sabab bo‘luvchi harf (الحروف العاملة);
Biror sintaktik o‘zgarishga sabab bo‘lmaydigan harf (الحروف غير العاملة)96
“Miftahu-l-ulum”da harf turkumi sintaktik jarayondagi ishtirokiga ko‘ra ikki guruhga bo‘lingan. Mustafo Gʻalayaniy ham sintaktik vazifa bajarmaydigan harfni Sakkokiy kabi غير العامل (biror sintaktik o‘zgarishga sabab bo‘luvchi harf) deb emas, balki حرف عاطل (faoliyatsiz harf) deb nomlaydi97. Abdurahmon Suhayliy: “Harflarning har biri aslida biror sintaktik vazifa bajaruvchi hisoblanadi. Gap tarkibida biror vazifa bajarmaydigan harf uchramaydi. U muayyan bir vazifani bajarib keladi”, deb aytib, هل قام زيد (Zayd turdimi?) jumlasini misol keltirib, هل gapda so‘roq ma’nosini ifodalash vazifasida kelayotganini ta’kidlaydi98.
Sakkokiy qolgan tilshunoslardan farqli o‘laroq sintaktik vazifa bajaruvchi harfni (الحرف العامل ) quyidagi turga bo‘lgani holda “Biror sintaktik o‘zgarishga sabab bo‘luvchi harf( الحرف العامل ) o‘z navbatida ikki turga bo‘ladi. Birinchisi: bir sintaktik o‘zgarishga sabab bo‘luvchi harf; ikkinchisi: ikki sintaktik o‘zgarishga sabab bo‘luvchi harf”, deya ta’kidlagan99. Ushbu holatda bo‘linish harfning sintaktik jarayondagi faolligiga qarab qilingan.
Bir sintaktik o‘zgarishga sabab bo‘luvchi harflar ikki xil bo‘ladi: ismlarga ta’sir qiluvchi va fe’llarga ta’sir qiluvchi. Ismlarga ta’sir qiluvchi harflar ham ikkiga bo‘linadi: 1) ismdan oldin kelib uni jar holatga o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi harflar – ular حروف الجر (jar harflari) deb ham ataladi; 2) ismdan oldin kelib uni nasb qiluvchi harflar.
Ismni jar qiluvchi harflar haqida Sakkokiy har bir predlogni nima maqsadda, qanday ma’noda qo‘llanishini yozadi.من – …dan إلى حتى ، - …ga, …gacha في - …da, …ichida الباء - …bilan, …vositasida اللام - ..ning, …niki, ….uchun رب - …ko‘p واو القسم ، باؤه ، تاؤه – qasamni ifodalaydi على - ...da, …ustida عن - …haqida الكاف - …dek, …kabi مذ ، منذ - …oldin, …dan beri حاشا ، خلا ، عدا - …dan tashqari.
Ismni nasb qiluvchi harflar ular 6 ta: إن، أن لكن، كأن، ليت، لعل،
Ne’matulla Ibrohimov “Arab tili grammatikasi” nomli kitobida ularni “egaga ta’sir qiluvchi yuklamalar” deb nomlagan. Yuqoridagi yuklamalarning barchasi o‘zidan keyingi so‘zga ta’sir etadi va u so‘zni nasb holatida ya’ni tushum kelishigida turishini talab etadi. إن – haqiqatda.
إن البيتَ واسع.Albatta uy kengdir.
Agar إن va unga o‘xshash yuklamalar fe’l kesimli gaplarga qo‘shilsa, gapning egasi oldinga o‘tadi. Boshqacha aytganda, bu yuklamalardan keyin bevosita gapning egasi keladi. Masalan:
إن الطلابَ كتبوا هذه المجلة.Haqiqatdan, talabalar bu maqolani yozishgan.
Agar gapning egasi kishilik olmoshidan iborat bo‘lsa, bu yuklamalardan keyin shu olmosga mos bo‘lgan qo‘shilib keluvchi olmosh keladi va u shu yuklamalarga qo‘shilib yoziladi. Masalan:
إنها كتبت هذه المقالة.Haqiqatdan, u bu maqolani yozdi.
Agar إن yuklamasiga ما yuklamasi qo‘shilib kelsa, ma’noda o‘zgarish bo‘lmaydi, lekin gapning egasi bosh kelishikda keladi. Masalan:
قد يكون الغيب حلوا إنما الحاضر أحلى. Kelajak shirin bo‘lsa ehtimol, aslida hozirgi payt eng shirindir.
كأن – go‘yo, go‘yoki.
كأن أباك بطل. Go‘yo otang qahramondir.
أن - ..ki. bu yuklama ko‘pincha shaxsi noma’lum gaplarda yoki to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gapni bosh gapga qo‘shuvchi ergashtiruvchi bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Masalan:
من المعلوم أن محمدا شاب عاقل.Ma’lumki, Muhammad aqlli yigit.
سمعنا كلنا أن الصيام مفيد.Biz hammamiz ro‘za tutish foyda ekanligini eshitdik.
لكن – lein, biroq. Bu yuklama zidlovchi bog‘lovchi vazifasida keladi. Masalan:
كلنا ذهبنا إلى حديقة الحيوانات و لكن محمودا لم يذهب. Barchamiz hayvonot bog‘iga bordik, lekin Mahmud bormadi.
لعل – ehtimol, shoyad. Bu yuklama gumonni, amalga oshishi ham, oshmasligi ham mumkin bo‘lgan tilakni bildiradi. Masalan:
لعل أخاه يفهم.Ehtimol, uning akasi tushunar.
ليت – koshki. Bu yuklama amalga oshishi mumkin bo‘lmagan tilakni bildiradi100. Masalan:
Oh, koshki edi men tuproqqa aylansam. يا ليتنى كنت ترابا.
Fe’lga ta’sir qiluvchi harflar ikkiga bo‘linadi: 1) fe’ldan oldin kelib uni jazm holatga keltiradi, 2) fe’ldan oldin kelib uni nasb holatga keltiradi.
Fe’l oldidan kelib uni jazm holatga kelishiga sabab bo‘luvchi harflar ham ikkiga bo‘linadi: 1) o‘zidan keyin bitta fe’lni jazm qiloladigan harflar. Ular to‘rttadir: لم، لما، لام أمر، لا الناهية
لم أخُنْ عهدا، و لم أُخلِفْ وعُودا
لما يثمرْ بستاننا، و قد أثمرتِ البساتين
Har kim o‘z haddini bilishi kerak - ليلزمْ كل إنسانِ حده
Alloh rahmatidan noumid bo‘lma - لا تيأسْ من رحمة الله
o‘zidan keying ikkita fe’lni jazm qiloladigan harflar. Bunda birinchi fe’l shart ma’nosida keladi, ikkinchisi uning javobi ma’nosida keladi101. Ular 12tadir: ، إن، إذ ما، من، نا، مهما، متى، أيان، أينَ، أنى، حيثما، كيفما، أي
sabr qilsang, erishasan. إنْ تصبرْ تنلْ
o‘rgansang, rivojlanasan . إذْ ما تتعلمْ تتقدمْ
izlagan topadi . منْ يبحثْ يجدْ
Fe’lni nasb holatga keltiruvchi harflar to‘rttadir. Ular: أن، لن، إذا، كي
أن fe’ldan oldin kelib uni nasb holatda kelishiga sabab bo‘luvchi harf hisoblanadi.
seni muvaffaqqiyatga erishishing meni hursand qiladi102. يسرني أن تنجحَ
Sintaktik o‘zgarishga sabab bo‘luvchi o‘zidan keyingi fe’lni nasb holatga keltiruvchi harflardan biri bo‘lgan kelajakda umuman amalga oshmaydigan ish-harakatga bo‘lishsizlik ma’nosini beradigan yuklama haqida “Miftahu-l-ulum” asarida: لن harfi kelasi zamondagi fe’lning bo‘lishsizligini ifodalab, o‘zidan keyingi fe’lning nasbda bo‘lishini talab qiladi” hamda kelasi zamon bo‘lishsizligini ifodalovchi لا dan farqli jihati haqida: “U kelasi zamondagi fe’lning bo‘lishsizligini ta’kidlab keladi. Ba’zan kelajakda umuman amalga oshmaydigan ish-harakat uchun qo‘llanadi”, deb yozilgan.103
Ushbu yuklama haqida, uning kelib chiqishini Sakkokiy: “Uning asli Xalil ibn Ahmad fikriga ko‘ra, لا+أن bo‘lib, yengillashtirilgach, لن bo‘lgan. Yaxyo ibn Ziyod Farro fikriga ko‘ra esa, لا bo‘lib, so‘z oxiridagi ا – “alif” o‘rniga ن – “nun” qo‘yilgan va لن bo‘lgan”.104
Bu yuklamaning asli haqida tilshunoslar o‘rtasida bir qancha munozarali fikrlar bor. Ular ushbu yuklama tub yoki yasama ekanligi haqidadir. Xalil ibn Ahmad fikrining Yahyo ibn Ziyod Farronikidan avval keltirilishi e’tiborga olinsa, Sakkokiy Xalil ibn Ahmad fikrini kuchli deb hisoblaydi. Ali ibn Ahmad Kisoiy (vaf.189/805)105, Abdurahmon ibn Abdulloh Suhayliy (508–581/1114–1185)106 ham shu fikrga asoslangan. Zamonaviy tilshunoslardan Mustafo Gʻalayaniy Xalil ibn Ahmad fikrini qo‘llab quvvatlaydi107.
Ko‘pchilik boshqa tilshunoslar va Sibavayhi fikrlariga ko‘ra ushbu yuklama tub bo‘lib, o‘zidan keyingi fe’lni istak maylida keltiradi. Mashhur tilshunoslardan Abbos Hasan ham yuklamaning tub ekanligini aytgan108.
Sakkokiy esa bu borada bahsli munozaraga aralashmay, tomonlar fikrlarini keltirishni afzal biladi.
Fe’lni nasb holatga keltiruvchi harflardan uchinchisi إذا
إذا تبلغَ المجد
Nasb qiluvchi harflardan oxirgisi كيْ
جئت كيْ أتعلمَ – o‘rganish uchun keldim.
Mahmud Zamaxshariy Sakkokiydan farqli o‘laroq o‘zining"الأنموذج في النحو" asarining 3- bobi باب الحروف - “harf bobi” yordamchi so‘zlarga bag‘ishlangan. Unda arab tilidagi yuklama, bog‘lovchi, old ko‘makchilar haqida ma’lumotlar beriladi. Asarning harflarga bag‘ishlangan qismi quyidagi fasllardan iborat:
حروف الاضافة – “old ko‘makchilar”. Mazkur faslda ot, sifat, son, umuman arab tilida ism so‘z turkumiga kiruvchi so‘zlarni qaratqich جر kelishigida kelishini taqozo qiluvchi من، إلى، حتى، فى، ب، ل، ك، على، عن، منذ، رب kabi predloglar haqida ma’lumotlar berilgan109.
الحروف المشبهة بالفعل – “Fe’llarga o‘xshash yuklamalar”. Muallif ushbu qismda ismlarni tushum kelishigida kelishini talab qiluvchi olti – إنّ، أنّ، كأنّ، لكنّ، ليت، لعل kabi yuklamalani batafsil, misollar yordamida izohlagan.
حروف العطف – “Bog‘lovchilar”. Unda biriktiruvchi- و، ف، ثم va ayiruvchi او، ام، إما، لا، بل، لكن bog‘lovchilari izohlangan.
حروف النفْي – “Inkor yuklamalari”. Ular ما، لا، لم، لمّا، لن yuklamalaridir.
حروف التنبيه – “Ogohlantiruvchi yuklamalar”. Bunda ها، أما، الا yuklamalari keltirilgan.
حروف النداء – “Undov yuklamalari”. Bu faslda يا، أيا، هيا، أى، واو yuklamlari misollar yordamida yoritib berilgan.
حروف التصديق – “Tasdiq yuklamalari”. Unga نعم، بلى، أجل، جير yuklamalari kiritilgan110..
حروف الاستثناء – “Istisno yuklamalari”. Ular إلا، حاشا، عدا، خلا yukalamalaridir.
حرفا الخطاب – “Xitob yuklamalari” ك va ت ga bag‘ishlangan.
حروف الصلة - “Bog‘lovchi yuklamalar”.
حرفا التفسير - “Tushuntirish, izoh berish yuklamalari”. Muallif اىva ان yuklamalarini izohlaydi.
الحرفان المصدريان - “alharfanil-masdariyyani” أن va ما yuklamalariga bag‘ishlangan111..
حروف التحضيض - “Undash, da’vat qilish yuklamalari”
حرف التقريب - “Yaqinlashtiruvchi yuklama”. Bunda قد yuklamasining vazifalari misollar yordamida yoritilgan.
حروف الاستقبال - “Kelasi zamon yuklamalari”. Bunda muallif سوف va س, إن va لن yuklamalarini kiritgan.
حرفا الاستفهام - “So‘roq yuklamalari”. Bunda أ va هل yuklamalari batafsil yoritilgan.
حرفا الشرط - “Shart yuklamalari”.
حرف التعليل - “Maqsad, sabab yuklamasi”. Bu mo‘jaz faslga birgina كى yuklamasiga oid ma’lumotlar kiritilgan.
حرف الردع - “Qat’iy inkor yuklamasi”. Ushbu guruh ham birgina كلاyuklamasidan iborat.
اللامات - “allomatu”. Bu faslda turli funksiyalarni bajaruvchi ل yuklamasining bayoni ko‘plab misollar yordamida berilgan.
تاء التأنيث الساكنة - “Muannas jinsining sukunli “t”sini izohlashga bag‘ishlangan.
النون المؤكدة - “Ma’noni kuchaytiruvchi nun”. Bunda kelasi zamon fe’llarining oxiriga qo‘shiluvchi “og‘ir” va “yengil” “nun” haqida ma’lumot berilgan,
هاء السكت - “Pauzal “h”ni izohlashga bag‘ishlangan.112.


Download 227,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish