Miftahu-l-ulum


II BOB. “MIFAHU-L-ULUM” ASARINING ARAB TILI GRAMMATIKASINI O‘RGANISHDA TUTGAN O‘RNI



Download 227,27 Kb.
bet8/15
Sana12.07.2022
Hajmi227,27 Kb.
#778440
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Gulshoda Aktamova Omonxonovna 09.06.2022

II BOB. “MIFAHU-L-ULUM” ASARINING ARAB TILI GRAMMATIKASINI O‘RGANISHDA TUTGAN O‘RNI
2.1. Arab tilshunosligida “Ishtiqoq” mavzusiga oid qarashlar va buning “Miftahu-l-ulum” asarida yoritilishi
Ishtiqoq (الاشتقاق) arab tilshunosligida sarf ilmining asosiy bo‘limlaridan biri sanaladi. U so‘z yasalishining eng unumli usulidir. Bu atama شق o‘zagidan olingan bo‘lib, اشتقاق “yasash”, “paydo qilish”, “kelib chiqish” ma’nolarini anglatadi.
Zamonamizning mashhur tilshunoslaridan Muhammad Ibrohim bu so‘zga quyidagicha ta’rif bergan: “(Ishtiqoq) bir so‘zdan boshqa so‘zni olish bo‘lib, u ikki so‘zga bog‘liq ma’no va tuzilish qoidalariga movofiq holda, ma’lum morfologik qolip asosida amalga oshuvchi hodisadir”19. IV hijriy asr o‘rtalarigacha arab tilshunosligi tarixida bu hodisa الاشتقاق الصغير أو الأصغر deya qo‘llanilgan. IV hijriy asrning oxirlariga kelib esa, Ibn Jinniy bunga yangi bir bob qo‘shdi. Bu bob umumiy ma’no doirasidagi yasalgan so‘zlar bobi bo‘lib, bu الاشتقاق الكبير أو الأكبر deb nomlandi20.
Abu Yaqub Sakkokiy bu til hodisasi haqida shunday bahs yuritadi: وإذا تمهد هذا فنقول الطريق الى ذلك هو أن تبتدئ فيما يحتمل التنويع من حيث انتهى الواضع في تنويعه وهي الأوضاع الجزئية. فترجع منها القهقري في التجنيس و هو التعميم إلى حيث ابتدأ منه وهو وضعه الكلي لتلك الجزئية كنحو أن تبتدئ من مثل لفظ المتباين وهو موضع التباين فترده إلى معنى أعم في لفظ التباين و هو المباينة من الجانبين ثم ترد التباين الى أعم و هو المباينة من جانب في لفظ باين ثم ترده الى أعم وهو حصول البينونة في لفظ بان ثم ترده إلى أعم وهو مجرد البين وهذا هو الذي يعنيه أصحابنا في هذا النوع بالاشتقاق.
Mazmuni: “Bunga kirishiladigan bo‘lsa, biz bu haqda shunday deymiz: bunga olib boradigan yo‘l – biror bir shaklni oxirigacha turli shakllarga solishni amalga oshiradi. Bu turli shakllar juz’iy shakllar bo‘lib, o‘quvchi shakllarni boshqa holga keltirishda shakl ortidan orqaga qaytadi. Boshlangan joyga qaytish تعميم ya’ni umumlashishdir. Umumiy shakl avvalgi juz’iy shaklga, albatta, oiddir. Misol uchun- متباين “ajralib turuvchi” bu تباين “ajralib turish” so‘zidan olingan bo‘lib umumiy ma’noga qaytarilsa, ikki hosil qilingan so‘z umumiy shakl مباينة “farq qilish” so‘ziga borib taqaladi. تباين so‘zi umumiylikka qaytarilsa, باين so‘zi e’tiboridan مباينة “farq qilish” bo‘ladi. باين va بان so‘zlarini umumiylikka qaytarilsa, boshlang‘ich shakl hisoblanuvchi masdar بين “ajralish” ga borib taqaladi. Bu sohiblarimiz aytgan fikrdir”.21
Arab tilshunosligi so‘z yasalish sohasida morfologik qolip yetakchi o‘rin egallashini yuqoridagi berilgan ta’rifdan ham bilib olish mumkin. Yasalgan so‘zning morfologik birlamchi o‘zagini topish ushbu ta’rifda keltirilganidek, darajama-daraja amalga oshiriladi. Bu ham bo‘lsa, o‘quvchiga soddalashtirish maqsadida. Ta’rifdagi yasalgan so‘zning birlamchi shakli, o‘zagi متفاع بان morfologik qolipiga solinishi natijasida متباين “ajralib turuvchi” so‘ziga olib bordi. Birlamchi o‘zak so‘z ma’nosi semantik jihatdan yasalgan yangi so‘zlar ma’nosi bilan, fonetik jihatdan asl o‘zak tovushlar bir xilligi bilan uzviy bog‘liq. (متباين “ajralib turuvchi” bu تباين “ajralib turish”, مباينة “farq qilish”, بين “ajralish” hamma so‘zlarning o‘zak harflarini ب ي ن tashkil qilgan).
Arab tilshunoslari o‘rtasida ishtiqoq asli borasida tortishuv bor, bu tortishuv ikkita katta arab tilshunoslik maktablari o‘rtasida kechadi. Abu Yaqub Sakkokiy ta’rifidagi “Bu sohiblarimiz aytgan fikrdir” degan fikr Basra tilshunoslik maktabi vakillariga ishoradir.
Basralik va kufalik arab tilshunos olimlari ishtiqoqni asl ism yoki fe’lligi borasida keng ilmiy munozara qilishgan. Bunga ko‘ra basralik olimlar: “Ishtiqoq asli masdar (harakat nomi) dir, chunki fe’l harakat nomidan olingan”. Kufalik olimlar esa bu fikrning aksini aytishadi, ya’ni ishtiqoq asli fe’l. Har ikkala tomon ham o‘z qarashlarini quvvatlovchi dalillarni keltirib isbot qilishgan.
Basralik olimlar quyidagi dalillarni keltirishgan:
Masdar zamonni ifodalamaydi. Fe’l esa ma’lum bir zamonni ifodalaydi. Shuningdek, masdarning zamonni ifodalamasligi asl unga bog‘langanidan. Shuning uchun masdar fe’lning aslidir.
Masdar ism hisoblanadi. Ism o‘zi fe’l bilan bog‘lanmagani holda ma’no anglatadi, lekin fe’lning o‘zi ismsiz ma’no anglata olmaydi. Ma’no anglatishda fe’lga muhtoj bo‘ladi. Asl faqatgina o‘zi ma’no anglata oladi.
Darhaqiqat, masdar fe’lning asli bo‘lgani uchun shunday nomlangan.
Masdar bir narsaning ma’nosini ifoda etadi va u voqelikdir. Fe’l esa voqelik bilan zamonni ifoda etadi. Shuningdek, bir narsa ikkita narsaning asli bo‘lganidek, fe’lning asli masdardir.
Masdar bir ma’noni anglatadi, fe’l esa turli xil ma’nolarni anglatadi. Shuning uchun oltinning bir turi bor, uning ko‘rinishlari, xillari yo‘q.
Kufalik tilshunos olimlar quyidagi dalillarini keltiradi:
Fe’l illatli harflardan xoli bo‘lsa, masdar ham shunday bo‘ladi. Illatli harfi bo‘lsa, masdarda ham shunday bo‘ladi.
Masdar fe’lning ma’nosini ta’kidlash uchun qo‘llanadi. Ta’kidlanuvchi ta’kidlovchidan ustun turadi.
Shunday fe’llar ham borki, ularning masdarlari yo‘q (نعم وبئس وعسى وليس وحبذا و إلخ).Agar masdar asl bo‘lsa, nega bu fe’llarning masdari yo‘q?!
Fe’l masdar qo‘llanishida sabab hisoblanadi. Shuning uchun masdar fe’lning bir qismidir.
Ish harakat bajaruvchisi harakati bo‘lmasa, masdar ma’no anglatmaydi. Masdar fe’l bilan ma’no anglatgani uchun ham uning asli fe’ldir22.
Yuqoridagi ilmiy bahsning eng muhim qismlari keltirildi. Arab tilida shunday so‘zlar ham borki, fe’l bilan ham masdar bilan ham bog‘liq bo‘lmagan. Ular yordamchi so‘z turkumlari. Bundan bilib olish mumkinki, hech bir morfologik qolip asosida yasalmagan tub so‘zlar ham mavjud. Ishtiqoq hodisasi keng doirada ism (ot, sifat, son, olmosh) va fe’lga bog‘liq til hodisasidir. Shuningdek, arab tiliga o‘zlashgan so‘zlarda, taqlid so‘zlarda, sintaktik vazifalarda o‘zgarmaydigan so‘zlarda ham ishtiqoq hodisasi kuzatilmaydi23.
Arab tilshunosligida katta mavqega ega bo‘lgan Ibn Jinniy ishtiqoqqa quyidagicha ta’rif beradi: ”Ishtiqoq - mening fikrimcha ikki xil bo‘ladi: kichik ishtiqoq va katta ishtiqoq. Kichik ishtiqoq - so‘zning o‘zak undoshlarini olib, olingan harflarni sinchiklab o‘rganib, ularni ma’lum ma’nolar atrofida birlashtiriladi va albatta bu birlashtirishda so‘zlarning qurilish tizimi va ma’nolari bir-biridan farqli bo‘ladi. Misol uchun سلم (sog‘-salomat bo‘lmoq) o‘zak harflari, bundan سلامة (sog‘-salomat bo‘lish) hosil qilindi. Bu o‘zak harflarini ma’lum morfologik qolipga solish orqali: سليم - sog‘lom, سلم - tinchlik, يسلم - sog‘lom bo‘ladi, سلمان - Salmon so‘zlari hosil bo‘ladi. Mana shu hodisa kichik ishtiqoq (الإشتقاق الصغير) hisoblanadi. Katta ishtiqoq esa, faqatgina uch o‘zak undoshdagina kuzatiladi. Bu ishtiqoqda uch o‘zak undosh o‘rinlari almashtirib, oltita variant hosil qilinadi va bir ma’no atrofida birlashtiriladi. Misol uchun: قول وقل لوق لقو ولق قلو bu oltita variantdagi so‘zlarning ma’nosi yengil va tez ma’nolari atrofida aylanadi. Mana shu til hodisasi katta ishtiqoq (الاشتقاق الأكبر) bo‘ladi” 24.
Abu Yaqub Sakkokiy yuqoridagi ta’rifga e’tiroz o‘laroq: “Agar umumiy ma’noga boshqa ma’nolar yuklansa, ma’lum tartib asosida uchta turli harflarni oltita ko‘rinishga, to‘rtta harfni yigirma to‘rtta ko‘rinishga va beshta turli harflarni bir yuz yigirma ko‘rinishga solinsa, bu ishtiqoq kabir bo‘ladi”, deb yozadi.
O‘rta asr arab tilshunoslaridan Ibn Durayd ishtiqoqni quyidagi turlarga ajratadi: “Ishtiqoq boshqa so‘zdan ma’lum yangi ma’noga ega bo‘lgan so‘zni olish bo‘lib, bu ikki so‘z o‘rtasida ma’lum munosabatlar orqali amalga oshadi. U uch xil bo‘lib, harflari va undagi harakatlar tartib bilan olingan bo‘lsa, bu kichik ishtiqoq (misol: أكل – yemoq fe’lidan الأكل – yemish); o‘zak harflari tarkib bilan olinmagani bo‘lsa, bu katta ishtiqoq (misol: جبذ – sudramoq fe’lidan الجذب – tortish); o‘zakdan yangi so‘z hosil qilish vaqtida yangi so‘zda talaffuzida bir-biriga yaqin harflarning almashish hodisasi bo‘lsa, bu eng katta ishtiqoq bo‘ladi: أنهق – hangramoq fe’lidan نعق - hangrash hosil bo‘ladi 25.
Leksika doim harakatda bo‘lib, uning rivojlanishi, boyish yo‘llari har xil: boshqa tillardan so‘z olish, so‘z yasash, ma’lum bir morfologik qolip asosida yangi so‘zlar hosil qilish. So‘z yasash - turli vositalar, har xil usullar, ma’lum morfologik qo‘shimchalar orqali amalga oshiriladigan tilning barcha sohalariga bog‘liq hodisadir. Yangi so‘zlarni hosil qilish yo‘llarini, bu jarayonda ishtirok etuvchi morfologik qoliplarning xosliklarini, unda bo‘ladigan o‘ziga xos hodisalarni so‘z yasalishi bo‘limi tekshiradi.
Taniqli arab tilshunosi Roji Asmar ishtiqoqqa quyidagicha ta’rif beradi: “Ishtiqoq - asldan ajrab chiqqan qism bo‘lib, qism ajralib chiqqanda o‘zakning harflari unda ham aks etishi” 26. Ishtiqoq hodisasini ma’lum morfologik qolip tashkil qilishini yuqorida zikr qilindi. Bu morfologik qolipning asl harflari va ziyoda harflari bo‘ladi. Bu ham ma’lum qonuniyatlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu hodisadagi ma’lum bir qonuniyatlar morfologik, semantik, fonetik jihatlarga bog‘liq holda bo‘ladi.
Sakkokiy ishtiqoq va uning muhim belgilari haqida shunday yozadi: “O‘zakni tashkil qiluvchi asl harflar hodisasiga to‘xtalsak, bu o‘zida ishtirok etuvchi harflarning me’yorini talab qilib, juz’iy ma’nolari umumiy ma’noga qaytuvchi o‘xshashlariga erishish hodisasidir. Bu hodisada harflarni o‘zgartirish, tushirib qoldirish yoki ortirishni man qiladigan hodisa emas. Bularning bari ma’lum qonuniyatga asoslangan bo‘ladi. O‘zgartirish (القلب) hodisasi kichik ishtiqoqda ham uchraydi. Mutlaqo aniq bo‘lsa ham, muayyan qoida qatnashadi. Bu muayyan qoidalarsiz so‘z hosil qilinsa, to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu qoidalar harflar bo‘lib, ular o‘zak harflari deb nomlanadi. So‘zdagi o‘zak harflardan boshqalari ziyoda harflar deb yuritiladi. Agar o‘zak harflarni aniqlashtirish lozim bo‘lsa, ular morfologik shakl hosil qiluvchi ف ع ل bilan tartib bilan almashtiriladi. So‘z o‘zagi to‘rtta yoki beshta bo‘lsa, ل ziyoda qilinadi.”
Arab tilida so‘z yasalishi ma’lum morfologik shakllar orqali amalga oshiriladi. Bu morfologik qoliplar o‘z ichiga affiksasiya, konversiya, fonetik so‘z yasash uslublarini qamrab oladi. Bu tilda so‘z yasashning keng qo‘llanadigan eng unumli, yetakchi uslubi morfologik qolip orqali so‘z yasash yo‘lidir. Bu yo‘l bilan yasalishda, birinchidan, semantik boshqachalik (misol, o‘zak hisoblanuvchi so‘z yasalgan so‘z ma’nosidan jiddiy farqlanadigan umumiy ma’nodan chiqib ketmaydigan yangi ma’noga ega bo‘lishi), ikkinchidan, morfologik-fonetik boshqachalik (o‘zak so‘zning qolipi yoki tovushlari yasalgan so‘znikidan farqlanishi) kelib chiqadi.
Sakkokiy o‘zining “Miftahu-l-ulum” asarida so‘z yasalishi bilan shug‘ullanuvchi ilm sarf fani haqidagi ta’rifi mantiqiylikka, aniqlikka, o‘ziga xos yondashuvga ega. Berilgan ta’rif til sohiblari ta’riflaridan, qarashlaridan boshqachaligi, o‘zgachaligi bilan ajralib turadi. Ta’rif quyidagicha:
اعلم ان الصرف هو تتبع اعتبارات الواضع في وضعه من جهة المناسبات والاقيسة ونعني بالاعتبارات وافرضها الي ان تتحقق انه اولا جنس المعاني ثم قصد لجنس جنس منها معينا بازاء كل من ذلك طائفة من طائفة من الحروف ثم قصد لتنويع الاجناس شيئا فشيئا متصرفا في تلك الطوائف بالتقديم والتأخير والزيادة فيها بعد او النقصان منها مما هو كاللازم للتنويع وتكثير الامثلة ومن التبديل لبعض تلك الحروف لغيره لعارض و هكذا عند تركيب تلك الحروف من قصد هيئة ابتداء ثم من تغيرها شيئا فشيئا ولعلك تستبعد هذه الاعتبارات إذ ليس طريق معرفتها عندك لكن لا يخفي عليك ان وضع اللغة ليس الا تحصيل اشياء منتشرة تحت الضبط فاذا امعنت فيه النظر وجدت شأن الواقع اقرب شيء من شأن المستوفي الحاذق وانك لتعلم ما يصنع في باب الضبط فيزل عنك الاستعباد ثم انك ستقف على جلية الامر فيه مما يتلى عليك عن قريب.
Bilginki, sarf ilmida so‘z hosil qilayotganning nuqta’i nazari, ya’ni bor e’tibori so‘z hosil qilishdagi me’yorlarga, ma’lum bir munosabatlarga asoslangan bo‘ladi. U asosli me’yorlar, so‘z hosil qilish uchun dastlab, turdosh ma’nolarni to‘g‘ri bo‘lib chiqishini hisobga olish, so‘ng bulardan har birini ro‘parama-ro‘para bo‘lishi uchun ma’lum bir harflar toifasi muayyan turdosh so‘z uchun turdosh so‘z ko‘zda tutiladi. Turdosh so‘zlarni turli shaklga solish uchun biron bir narsani qasd qilib, undagi harflarni ziyoda qilish, kechiktirish yoki oldin keltirish bilan turlanuvchi shakl ko‘zda tutiladi. Misollarni ko‘paytirish, turli shaklga solish kerak bo‘lganidek, yasash uchun asos so‘zning harflardan biri kamaytiriladi. Asl o‘zak o‘rnida boshqa harf kelayotganini bildirish uchun harflar almashtirilishi mumkin. Shunday qilib, bu harflarni bir-biri bilan biriktirish boshlang‘ich shakldan kelib chiqadi. So‘ng so‘zni o‘zgartirishdan alohida-alohida so‘z qasd qilinadi. Bu nuqtai- nazardan o‘quvchi uzoqda bo‘lishi yoki bularni mumkin emas deb hisoblashi o‘zidagi bularni anglash yo‘lini yo‘q qiladi. Lekin sir emaski, til shakli aniq bo‘lgan, yoyilgan narsalarni o‘rganish bilangina emas. Agar o‘quvchi bor diqqatini voqealikka qaratsa, mohir yig‘ivchi ishiga yaqin bo‘lgan voqealikni topadi. Darhaqiqat, o‘quvchi aniq ravishda biror so‘zni hosil qilishni bilsa, unday bo‘lishi mumkin emas deb hisoblash yo‘qoladi. So‘ng o‘quvchi yaqindan o‘zida kelib chiqadigan ishning mohiyatini oldida to‘xtab qoladi27.
Abdulloh ibn Solih ushbu asarning sharhida shunday yozadi, “Tasrif- so‘zlarning yasash ilmi bo‘lib, bunda so‘zdagi harflarning asl o‘zak harfi, qo‘shimcha harflar, to‘g‘ri va illatli harflar va shunga o‘xshash hodisalar bilan bog‘liq ilmdir. So‘z yasalishida so‘zdagi harflarning, unlilarning, sukunlarning soni ham e’tiborlidir. Tasrifdan ko‘zlangan maqsad – so‘zlarning shaklini bilish, ularning harflarini o‘rganish, ulardagi asl va noasl harflarni bilish, undagi tushirib qoldirilgan, almashtirilgan harflarni bilish. Bularning bari ma’no bilan bog‘liq emas. Ma’no bilan bog‘liq so‘zning shakllari, so‘zlarni kichraytirish, siniq ko‘plik hosil qilish, sintaktik jihatdan bog‘liq bo‘lgan masalalar tasrifda emas, nahv boblarida o‘rganiladi“28. Jamoliddin Usmon ibn Umar ibn Hojib “Ashshofiyatu” asarida: “Tasrif- sintaktik vazifada bo‘lmagan so‘zlarning qurilishining hollarini o‘rganuvchi ilm”, - deb yozadi29.
So‘z yasalishi - so‘zlarning yasalishini, yangi so‘z hosil qilishning qonun-qoidalarini, vaznlarini, vazndagi asl va ziyoda, badal harflarni, vositalarini, shu bilan bog‘liq holda, so‘zlarning strukturasini tekshiradi. Bu arab tilshunosligida “sarf” deb yuritiladi. Sarf so‘zlar hosil bo‘lish jarayonida qanday jarayonlar ro‘y bersa, shularning hammasini o‘rganadi. So‘zdagi tovushlar tushishi, ortishi, almashishi kabi fonetik hodisalarni ham o‘rganib, tahlil qiladi.
Usmon ibn Jinniy “Muxtasar At-tasrif” asarida sarf haqida shunday yozgan edi:
معنى التصريف هو أن تأتي إلى حروف الأصول- وسنوضح قولنا "الأصول"- فنتصرف فيها بزيادة حرف، أو تحريفِ بضرب من ضروب التغيير، فذلك هو التصرف فيها والتصريف لها، نحو قولك: َضرَبَ، فهذا مثال الماضي، لإن أردت المضارع قلت يَضْرِبُ، أو اسم الفاعل قلت: ضارب، أو اسم المفعول قلت: مضروب ، وإن أردت أنَّ الفعل كان أكثر من واحد على وجه كثّر الضرب وكرره قلت: ضرَّب وعلى هذا عامة التصريف في هذا النحو من كلام العرب، فمعنى التصريف هو ما أريناك من التلعُّب بالحروف الأصول لما يراد فيها نت المعاني المُفادة منها
Tasrif -asl o‘zak harflarga kelish bo‘lib, so‘zda ma’lum o‘zgarishlar, harflarni ziyoda qilish, qaysidir harfni ikkilantirish tasarruf ,ya’ni sarfdir. Misol uchun,ضرب “urdi” bu fe’l o‘tgan zamonda, buni hozirgi zamonga o‘zgartirish uchun ي ni ziyoda qilish kerak. Natijada يضرب “uryapti” so‘zi hosil bo‘ladi. Ushbu fe’lning ish bajaruvchi kerak bo‘lsa, ضارب “uruvchi”, majhul nisbat sifatdoshi مضروب “urilgan”, bu ish harakat ma’nosi ta’kidlanib takrorlanib keladigan bo‘lsa, ضرّب ikkinchi o‘zak undoshni ikkilantirish orqali amalga oshiriladi. Shularning bari arablarning sarfi bo‘ladi. Sarf harflarni o‘ynatib foydali ma’noga ega so‘zlarning hosil qilish ilmidir30.
Sarf صرف fe’lining harakat nomi bo‘lib, o‘ziga qaytarish, o‘zgartirish, almashtirish ma’nolarini ifodalaydi. Sarf ilmi arab tilining eng muhim ilmlaridan hisoblanadi. Bu ilmda qiyos katta ahamiyatga ega. Sarfda qiyosni bilmagan arab tilini o‘rgana olmaydi. Qiyos tovush tushishi, ortilishi, almashishi kabi fonetik hodisalarda; so‘zdagi o‘zak hafrlar, ziyoda bo‘lgan harflarni aniqlashda ham eng muhim hisoblanadi.
Abduqohir Jurjoniy “Miftahus-sarf” kitobida, “ Tasrif “sarf” so‘zining “تفعيل” vazniga solingan bo‘lib, murakkab bo‘lmagan so‘zlardan turli so‘zlar va farqli ma’nolar hosil qilish ilmi,”- deb yozadi.
Sarf ilmi yasalgan so‘z va o‘zak o‘rtasidagi bog‘liqliklarni o‘rganadi. Ikkita so‘z o‘xshash bo‘lsayu, ma’no doirasidan chiqib ketsa, ularning asli bir o‘zak emasligi, bular o‘rtasida sarfning qoidalari yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Bu o‘xshashliklarda boshqa tillardan farqli ravishda arab tilida faqat undosh o‘zak harflariga e’tibor qaratiladi. Arab tilida sarfning asosiy materiali undosh harf hisoblanib, unli harf bu jarayonda ishtirok etmaydi. Har bir yasalgan so‘z ortida boshqa so‘z yotmaydi va bu yasalish ma’lum vaznga ko‘ra biror yo‘l, usul bilan yuzaga kelgan bo‘ladi. Har bir yasalishda ikki xil munosabat bor, yasashga asos bo‘lgan vazn va shu vaznda yasalgan so‘z.
Ibn Usfur Ishbiliy “Mumti’ kabir fi tasrif” asarida sarfni ta’riflab quyidagilarni yozadi, “Tasrif ikki qismga bo‘linadi: 1. So‘zni turli ma’no anglatuvchi shaklga solish. Masalan, ضروب urish so‘zining turli ma’no anglatuvchi shaklga solish, ضرب ضرّب تضرب تضارب اضرب kabi. Bu so‘zlarning hammasi ض ر ب harflaridan tashkil topgan. Ushbu harflardan turli shakldagi so‘zlar va farqli ma’nolar hosil qilindi. 2. So‘zning asl o‘zak harflarining o‘zgarishi. Masalan, قول ning قال ga o‘zgarishi kabi. So‘zdagi bu o‘zgarish ma’noga ta’sir qilmaydi. قول ham قال ham “aytmoq” ma’nosida”31 .Yuqoridagi Ishbiliy bergan ta’rifi boshqalarda takrorlanmaydi. “Aytmoq” so‘zi borasida aytilgan fikrga qo‘shimcha o‘laroq, قول “aytmoq” ma’nosida so‘zlashuvda ishlatilmaydi. قال so‘zi “aytmoq” ma’nosida ishlatiladi. قول so‘zi aytmoq so‘ziga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqorida berilgan ta’riflar ichida keng o‘ziga xos yoritilgan ta’rif Imom Sakkokiyning sarfga tilshunos sifatida bergan, mantiqiy izchillikka ega ta’rif deb hisoblash mumkin. Olim sarf so‘zining lug‘aviy, istilohiy ma’nolariga e’tiborni qaratmay, bu ilmda nima qanday o‘rganiladi. Bu ilm nimaga asoslanganligi, so‘z hosil qilishda qanday hodisalar yuz berilishi, bu qanday jarayon ekanligini batafsil bayon qiladi. Ta’rifdagi “Bilginki, sarf ilmida so‘z hosil qilayotganning nuqta’i-nazari, ya’ni bor e’tibori so‘z hosil qilishdagi me’yorlarga, ma’lum bir munosabatlarga asoslangan bo‘ladi.” Bundan bilish olish mumkinki, so‘z yasamoqchi bo‘lgan ma’lum darajada bilimga ega bo‘lmay, bu ishni bajara olmaydi. Chunki, so‘z yasash jarayoni ma’lum bir qonun-qoidani qamrab oladi. Xohlagan so‘zdan yoki undosh tovushdan so‘z hosil qilish mumkin bo‘lmagan ish hisoblanadi.
“U asosli me’yorlar, so‘z hosil qilish uchun dastlab, turdosh ma’nolarni to‘g‘ri bo‘lib chiqishini hisobga olish, so‘ng bulardan har birini ro‘parama-ro‘para bo‘lishi uchun ma’lum bir harflar toifasi muayyan turdosh so‘z uchun turdosh so‘z ko‘zda tutiladi.” Arab tilining boshqa tillardan morfologiyadagi xos jihatlaridan biri bu – so‘z hosil qilishda faqat undosh tovushlar ishtirok etishi; so‘z o‘zagi faqat undosh harflar tashkil qilishi. Bu o‘ziga xos jihat sarfda juda kata ahamiyat kasb etadi. Ta’rifdagi jumlani ushbu misol orqali osonroq tushunish mumkin, ضرب dan iborat o‘zak ma’nosi “urdi”. Bu o‘zakdan ish harakat bajaruvchisini yasash kerak. Buning uchun unga turdosh bo‘lgan عالم degan so‘zni (biluvchi) olib, so‘zni arab tilshunos olimlari tomonidan joriy qilingan vazn harflari bo‘lgan ف ع ل ga tarkib bilan almashtish orqali فاعل vazni hosil bo‘ladi. Yuqoridagi ضرب o‘zagni ushbu qolipga solinsa, ضارب so‘zi “uruvchi” hosil bo‘ladi. Turdosh so‘zlar, عالم va ضارب ko‘zda tutilgan so‘z ham shu edi. Muayyan harflar toifasi esa, ف ع ل harflari.
“Turdosh so‘zlarni turli shaklga solish uchun biron bir narsani qasd qilib, undagi harflarni ziyoda qilish, kechiktirish yoki oldin keltirish bilan turlanuvchi shakl ko‘zda tutiladi.” Yuqoridagi o‘zakdan majhul nisbat sifatdoshini yasash uchun o‘zakni tashkil qiluvchi undoshlarga muayyan undoshlar ziyoda qilish kerak. Demak, so‘z hosil qilishda faqatgina o‘zak harflari emas, o‘zakdan tashqarida bo‘lgan harflar ham ishtirok etadi. Bu undoshlar ziyoda harflar deb yuritiladi. Ko‘zda tutilgan ma’noni ifodalovchi muayyan toifadagi harflar tashkil topgan vazn مفعول dir. Yuqoridagi o‘zakni shu shaklga solsak, مضروب “urilgan” so‘zi hosil bo‘ladi. Bu so‘zning strukturasida م va و ziyoda qilindi. Bu hosil bo‘lgan so‘zda ikkinchi o‘zak undosh so‘zdagi harflar tartibida uchinchi bo‘lib, kechiktirildi. Uchinchi o‘zak undosh ب dan oldin ziyoda harf hisoblanuvchi و keltirildi.
“Misollarni ko‘paytirish, turli shaklga solish kerak bo‘lganidek, yasash uchun asos so‘zning harflardan biri kamaytiriladi. Asl o‘zak o‘rnida boshqa harf kelayotganini bildirish uchun harflar almashtirilishi mumkin.” ضرب o‘zagidan ushbu so‘zning harakatnomini hosil qilinsa, bu ضرب “urush” bo‘ladi. Ko‘rinishdan bir xil, aslida bir xil emas, biri “doroba”, ikkinchisi “dorbun”. Demak, alohida ma’nolar harakatlar yordamida ham ifodalanishi mumkin. وهب “berdi” o‘zagidan harakat nomi hosil qilsak, هبة “berish” bo‘ladi. e’tobor qaratilsa, yasashga asos bo‘lgan o‘zak harflaridan biri kamaytirildi. Yuqorida zikr qilingan قول o‘zagidan “aytdi” ma’nosini ifodalovchi قال hosil qilindi. Asl o‘zak harf و (vav) bu o‘zak undosh borligini bildirish uchun u ا (alif) bilan almashtirildi.
“Shunday qilib, bu harflarni bir-biri bilan biriktirish boshlang‘ich shakldan kelib chiqadi.” Yuqorida hosil qilingan so‘zlarga diqqat qilinsa, ularning hammasi boshlang‘ich shaklga borib taqaladi. “So‘ng so‘zni o‘zgartirishdan alohida-alohida so‘z qasd qilinadi.” Bir necha so‘z hosil qilingan bo‘lsa, o‘zagi bir bo‘lsa-da, alohida ma’noga ega yangi so‘zlar hosil bo‘ldi. Bu oddiy jarayon emas ekanligi, o‘rganuvchi buni uddalay olmayman degan xulosaga kelmasligi uchun Sakkokiy dalda, nasihat o‘laroq shunday deydi, “Bu nuqtai-nazardan o‘quvchi uzoqda bo‘lishi yoki bularni mumkin emas deb hisoblashi o‘zidagi bularni anglash yo‘lini yo‘q qiladi. Lekin sir emaski, til shakli aniq bo‘lgan, yoyilgan narsalarni o‘rganish bilangina emas. Agar o‘quvchi bor diqqatini voqealikka qaratsa, mohir yig‘uvchi ishiga yaqin bo‘lgan voqealikni topadi. Darhaqiqat, o‘quvchi aniq ravishda biror so‘zni hosil qilishni bilsa, unday bo‘lishi mumkin emas deb hisoblash yo‘qoladi. So‘ng o‘quvchi yaqindan o‘zida kelib chiqadigan ishning mohiyatini oldida to‘xtab qoladi”.
Ishtiqoq arab tilshunosligida keng o‘rganilgan bo‘lib, so‘z yasalishining bu turi bo‘yicha ko‘plab ilmiy bahslar yuritilgan. Sakkokiy tildagi bu hodisa haqida o‘z qarashlariga ega. Mazkur qarashlar ilmiy jihatdan mukammalligi bois, ular olim tomonidan “ishtiqoq qonunlari” (قوانين الاشتقاق ) deb nomlangan32. Bu qonunlar boshqa tilshunoslar bildirgan fikrlardan keskin farq qilmasa-da, muhim yangi qarashlarni qamrab olgani bilan xarakterlidir. Shuningdek, ular mashhur arab tilshunoslik maktablarining vakillari xulosalari bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur qonunlarga asos hisoblanadi. Olimning bu boradagi birinchi qonuni so‘zlarning o‘zak harflari nechta bo‘lishiga qaratilgan33. Uning bu boradagi fikri basralik tilshunoslar fikrlariga tayanib, arab tilida o‘zak harflar so‘zlarda uchta, to‘rtta va beshta bo‘ladi, deb hisoblaydi. Eng ko‘p tarqalgani uch undoshli, so‘ng to‘rt undoshli va eng kami besh undoshli o‘zakka ega so‘zlardir. Bu fikrga ko‘ra, olti va undan yuqori bo‘lgan undoshli o‘zakka ega so‘zlar juda ozdir.
Kufalik tilshunoslar esa so‘zning o‘zak undoshi uchta bo‘ladi deb hisoblaydi. Sakkokiy birinchi qonunni xulosalab, ishtiqoq ostiga kiruvchi so‘zlar haqida basralik olimlar fikrlarini keltirgan edi.
Asrlar osha ham avvalgi mo‘tamad bo‘lgan asarlardagi ta’rif o‘zgarmaydi. Abu Ya’qub Sakkokiyning “Miftahu-l-ulum” asari shunday mo‘tamad asarlardan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Yangi chiqqan ta’riflar avvalgi ta’riflarni to‘ldiradi, xolos. Chunki keyingi ta’riflar avvalgi ta’riflar xulosasidan kelib chiqqan. Yuqorida o‘rta asrlarda ijod qilgan nahviylarning so‘z yasalishi haqidagi ta’riflari bir-birini istisno qilmagan holda to‘ldirib, boyitib boradi.
“Sarf” so‘zi “صرف” fe’lining harakat nomi bo‘lib, o‘ziga qaytarish, o‘zgartirish, almashtirish ma’nolarini ifodalaydi. Sarf ilmi arab tilining eng muhim ilmlaridan hisoblanadi. Bu ilmda qiyos katta ahamiyatga ega. Sarfda qiyosni bilmagan arab tilini o‘rgana olmaydi. Qiyos tovush tushishi, ortilishi, almashishi kabi fonetik hodisalarda; so‘zdagi o‘zak harflar, ziyoda bo‘lgan harflarni aniqlashda ham eng muhim hisoblanadi.
Arab tilida sarfning asosiy materiali undosh harf hisoblanib, unli harf bu jarayonda ishtirok etmaydi. Har bir yasalgan so‘z ortida boshqa so‘z yotmaydi va bu yasalish ma’lum vaznga ko‘ra biror yo‘l, usul bilan yuzaga kelgan bo‘ladi. Har bir yasalishda ikki xil munosabat bor, yasashga asos bo‘lgan vazn va shu vaznda yasalgan so‘z.
Birinchi bob sarf ilmining tarkibiy qismi bo‘lgan ishtiqoqqa bag‘ishlangan. Bu bob ishtiqoq hodisasini tushuntirish uchun o‘ziga xos bo‘lgan usulda bayon qilingan. Sakkokiy so‘z yasalishi borasida o‘zidan avvalgi va keyingi olimlarda uchramaydigan ishtiqoqning tizimli qonunlarini ishlab chiqib, aynan shu bobda keltirgan. Boshqa olimlarda masalaga bu kabi yondashuv kuzatilmaydi. Bunga dalil o‘laroq ishtiqoq qonunlaridan keyin olim keltirgan uchta bobni aytish mumkin. Ular quyidagicha nomlangan: birinchi fasl: kerakli natijalar (الواجة النتائج); ikkinchi fasl: muhim bo‘lgan natijalar (الجائزة النتائج); uchinchi fasl: davom etmaydigan natijalar (النتائج غير المستمرة). Har bir fasl nomida “natijalar” so‘zi kelmoqda. Muallif bu fasllarning har birida so‘zlardagi harflarning o‘rni borasidagi qarashlarni misollar yordamida yoritgan. Keltirilgan misollar qarashlarning natijalarini ko‘rsatib bergani uchun ham fasl nomlarida aks etgan.
Ushbu fasllarda harflarning o‘zaro almashib kelishi, orttirilishi, son kategoriyasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida bahs yuritilgan.
Klassik davr tilshunoslari asarlarida ham ushbu hodisalar haqida ma’lumotlar bor, lekin ular Sakkokiy kabi alohida nom ostida, o‘ziga xos shaklida bayon etilgan emas.
“Miftahu-l-ulum” arab tilshunosligi tarixida takrorlanmas asar ekanligining yana bir isboti boshqa manbalarda uchramaydigan mavzularni keltirish va ularning mantiqiy izchillik usulida bayon qilinishidir. Ana shunday mavzulardan biri uchinchi faslni tashkil qiluvchi “Xatodan saqlanish turlari (yo‘llari) hisoblanadi (أنواع االحتراز عن الخطإ)”.
Sakkokiy bu mavzugacha bo‘lgan o‘rinlarda so‘z hosil qilish qoidalari bilan bir qatorda, ism, fe’l turkumlaridagi so‘zlarning shakllari borasida ham fikr yuritgan. U ism, fe’lga xos shakllarni alohida bayon qilgan. Bu shakllar orasida faqat tovush o‘zgarishi bilan farq qiladigan qoliplar bilan birga, ziyoda harflar birikkan qoliplarni ham keltirgan. Aynan shu qoliplarni e’tiborga olgani holda, tamoman o‘ziga xos faslni kiritgan.
Muallif bu mavzu doirasida fonetika, imlo, son kategoriyasi, fe’l bilan bog‘lanuvchi olmoshlarga oid qoidalarni bayon qilgan. Bunday mavzularning mazkur faslda keltirilishi ularning morfonologik tomondan ahamiyatli hisoblanishi tufaylidir. Ushbu faslning maqsadi haqida: “Bu bo‘lim maqsad bilan bog‘langan muhim ilmning bayoni bo‘lib, u [maqsad] xatodan saqlanishdir. Biz bu faslda o‘n uch tur haqida gaplashamiz”, deb yozgan.
Asarning boshqa manbalarda kuzatilmaydigan o‘ziga xos yana bir jihati shundaki, unda Sakkokiy Sibavayhiga ergashgan holda sintaktik jarayonlarning sodir bo‘lish sabablarini keltirgan. Sibavayhidan farqli ravishda, Sakkokiy bu sabablarni alohida mavzu ostida birlashtirib, har bir sababga bir fasl ajratgan. Sibavayhida bunday holat kuzatilmaydi.
Sibavayhi mazkur sabablarni bog‘liq mavzular doirasida keltiradi. Masalan, u so‘zning oxirida bo‘ladigan o‘zgarishlar mavzusi doirasida fe’llar bilan bog‘liq sintaktik jarayon sabablarini, muannas so‘zlar haqida mavzu doirasida فعال qolipining kasra [i] bo‘lish sababini keltirgan.
Asarning xotima qismida uning yozilishiga doir muayyan sabablar keltirilsa, Sakkokiy asarining xotima qismida sintaktik jarayonlarning sabablarini keltiradi. Eng ahamiyatli jihati, har bir sababni alohida fasl ostida keltirib, bog‘liq bo‘lgan nom bilan atagan. Fasllarning soni o‘nta ekanligidan o‘nta sabab yoritilganini bilib olish mumkin. Sakkokiy chuqur ilmiy qarashlari asosida o‘zidan oldingi olimlar asarlarida kuzatilmagan sintaktik jarayon sabablarini o‘nta faslda birlashtirdi. Ularning har birini oyat, she’r baytlari bilan dalillagan.
Muallif sarf va nahv ilmlarini yoritishda birlamchi manba bo‘lgan Qur’oni karim oyatlaridan misollar keltirgan. Sakkokiyning tafsirda, so‘zga ma’no berishda qanchalik mohir ekanligini “Biror sintaktik o‘zgarishga sabab bo‘lmaydigan harflar” (الحروف غير العامل) mavzusida “so‘roq hamza ( همبزة الاستفهام)”sining ma’nolarini ifodalashda kuzatish mumkin.
Sakkokiy mazkur yordamchi so‘zning to‘qqizta ma’nosini keltirib, har bir ma’nosini oyatlar bilan dalillaydi.

Download 227,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish