Miftahu-l-ulum


Ish tuzilmasining tavsifi



Download 227,27 Kb.
bet5/15
Sana12.07.2022
Hajmi227,27 Kb.
#778440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Gulshoda Aktamova Omonxonovna 09.06.2022

Ish tuzilmasining tavsifi. Ishning tuzilmasi kirish, uch bob, olti fasl, har bir bob bo‘yicha xulosa hamda yakuniy xulosa qismi, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 82 sahifani tashkil etadi.
I-BOB. O‘RTA ASRLAR MARKAZIY OSIYO ARAB TILSHUNOSLIGIDA SAKKOKIY ASARLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI
1.1. Sakkokiy hayot faoliyati va imiy me’rosi
Movarounnahrda XI asrda tez sur’atlar bilan rivojlangan arab tilshunosligi XII asrda katta natijalarni qo‘lga kiritdi va mo‘g‘ullar bosqinidan keyin, ya’ni XIII asrda ham bunday rivojlanishning ta’siri davom etgani kuzatiladi. Xususan, XI asrda ijod qilgan olimlar orasida Mahmud Zamaxshariyning ustozi bo‘lgan xorazmlik Mahmud ibn Jarir Zabbiy Isfahoniy Abu Mudarning arab tili grammatikasiga oid ko‘plab asarlar yaratgani haqida ma’lumot bo‘lsa-da, uning asarlari bizgacha yetib kelmagan. Muhammad ibn Ali ibn Ibrohim Xorazmiyning (vafoti 425/1034) morfologiyaga oid “Kitab fi-t-tasrif” asari mavjud. Buxorolik Nasr Is’hoq Buxoriy (vafoti 405/1014) “Sibavayhi nahvga kirish” deb nomlangan grammatik qo‘llanmani ishlab chiqqan.
Ushbu davrda Forobda ham tilshunoslik masalalari tadqiq etilgan. Abu Nasr Ismoil Forobiy (vafoti 401/1010), Mahmud ibn Muhammad ibn Husayn (vafoti 421/1030), Abu Muhammad Ismoil ad-Dahhon, Yahyo ibn Ahmad Abu Zakariyo Forobiy (vafoti 425/1034) kabi tilshunoslikning nomlarini misol qilib aytish mumkin. Bundan tashqari, nasaflik arabshunos, tarixchi, huquqshunos Abul Xavs Umar ibn Muhammad Nasafiy (460-535/1068-1133) ham shular sirasiga kiruvchi olimlardir. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, ushbu olimlarning asarlari bizgacha saqlanib qolmagan.
Yurtimizda yetishib chiqqan dunyo tamadduniga ulkan ilmiy me’ros bilan hissa qo‘shgan olim Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad Zamaxshariy hayoti davomida ko‘plab sohalarda ilmiy asarlar yaratgan. U tilshunoslik, adabiyotshunoslik, lug‘atshunoslik, tafsir, geografiya, mantiq kabi sohalarda yetmishga yaqin mukammal, noyob asarlar yaratdi. Arab tilshunosligi va grammatikasining turli tomonlariga oid asarlar az-Zamaxshariy ijodida salmoqli o‘rin egallaydi. Masalan, arab tili grammatikasiga oid “Al-Mufassal” (1121-yil) asarini alohida e’tirof etish zarur. U bu asarni Makkada yashagan paytida, bir yarim yil davomida yozgan. “Al-Mufassal” arab tili nahvu sarfini o‘rganishda yirik qo‘llanma sifatida azaldan Sharqda ham, G‘arbda ham shuxrat topgan asarlardan sanaladi. Aksariyat olimlar o‘z ilmiy qimmati jihatidan az-Zamaxshariyning bu asari taniqli arab tilshunosi Sibavayhning (769-yili vafot etgan) arab grammatikasiga oid mashhur kitobidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, deb aytib o‘tganlar. O‘sha davrning o‘zidayoq arablar orasida ham bu asar katta e’tibor qozongan va arab tilini o‘rganishda asosiy qo‘llanmalardan biri sifatida keng tarqalgan. Shunchalik mashhur bo‘lganligidan Shom (Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso kimda kim Az-Zamaxshariyning ushbu asarini yod olsa, unga besh ming kumush tanga pul va sarupo sovg‘a qilishini va’da bergan. Bu az-Zamaxshariy asarining o‘sha davrda ham qanchalik yuksak baholanishini ko‘rsatadi. Asar to‘rt bo‘limdan iborat. Zamaxshariy arab tilidagi so‘zlarni turkumlariga ko‘ra uch bo‘limga ajratgan (ism, fe’l, yordamchi so‘z) va bu bo‘limda aynan o‘sha turkumga xos grammatik masalalarni ko‘rib chiqqan, to‘rtinchi bo‘limda esa arab tili fonetikasi hamda fonologiyasi masalalari bayoni keltirilgan. Asarning muqaddima qismida arab tili grammatikasini ism, fe’l, yordamchi so‘z turkumlariga bo‘lib o‘rganish kerakligi ta’kidlangan bo‘lib, birinchi ism bo‘limida fleksiya hodisasiga izoh beriladi va ismlarning bosh, tushum va qaratqich kelishikda kelish o‘rinlari ketma-ketlikda bayon etiladi. Ushbu bo‘limda olmosh, son kategoriyasi, aniqlik va noaniqlik, jins kategoriyalari, so‘ng sifat va uning darajalari, sanoq va tartib son, makon va zamon hamda ish qurollari nomlari keltirilgan.
Asarning ikkinchi bo‘limida Zamaxshariy fe’lga oid hodisalarni – fe’lning o‘tgan va hozirgi-kelasi zamonlari, mayllari, fe’lga xos aniqlik va majhul darajalar, o‘timli va o‘timsiz fe’llar, yordamchi fe’llar, maqtov tahqir va ajablanish fe’llari, uch va to‘rt o‘zakli fe’llarga tasniflab o‘rgangan. Uchinchi bo‘limda arab tilidagi yuklamalar, bog‘lovchilar, ko‘makchilar, turli vazifalarni bajaradigan qo‘shimchalar va tanvin masalalari ko‘rilgan.
Yuqorida uch bo‘limga tegishli, ammo ularning birortasidan joy olmagan ba’zi fonetik masalalar asarning to‘rtinchi bo‘limida o‘z aksini topgan. Unda tovush ilmiga oid to‘xtash, hamza orqali ifodalangan tovushning tushib qolish hodisasi, ikki undoshning birga kelishi,qo‘shimcha harflarning qo‘shilishi, harflarning boshqa harfga o‘zgarishi, kasal harflarning o‘zgarish qoidasi, bir xil harflarning qo‘shilishi kabi hodisalar sharhlangan. Bu asarning bir qo‘lyozma nusxasi Toshkentda, O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. “Al-Mufassal”ning ixchamlashtirilib, muxtasar holga keltirilgan nusxasi “Al –Unmuzaj” (Namuna) nomi bilan ataladi. Grammatikaga oid asarlaridan “Sharh abyat kitob Sibavayh” – hozirgi zikr etganimiz Sibavayhning kitobiga yozilgan mukammal sharhdir. Az-Zamaxshariyning xorazmshoh Alouddavla Abulmuzaffar Otsizga bag‘ishlab yozilgan “Muqaddimat ul-adab” (Adab ilmiga kirish) asari alohida ahamiyatga egadir. Asar besh katta qismga bo‘linib – otlar, fe’llar, bog‘lovchilar, ot o‘zgarishlari va fe’l o‘zgarishlari haqida bahs yuritadi. Asar 1137-yillarda yozib tugallangan.
Az-Zamaxshariy o‘z asarida o‘sha davr arab tilining iste’molda bo‘lgan barcha so‘zlari, iboralarini qamrashga intilgan, ularning etimologiyasiga katta e‘tibor qilgan. Shuning uchun ham Zamaxshariyning bu yirik asarini mazkur yo‘nalishdagi dastlabki asarlardan deyishga haqlimiz. “Muqaddimat ul-adab” arabchadan fors, chig‘atoy, mo‘g‘ul va turk tillariga tarjima qilingan. Manbalarda ta’kidlanishicha, asarning chig‘atoy tilidagi tarjimasi Zamaxshariyning o‘zi tomonidan amalga oshirilgan.
O‘sha davrda Nasafda arab tilshunosligi bo‘yicha Abul Xavs Nasafiy (460-5354/1068-1133) va Umar Nasafiy (461-537/1069-1142)lar tadqiqot olib borgan. Umar Nasafiyning “Tilshunoslikka oid xususiyatlar” nomli asari mashhur bo‘lgan.
XIII asr boshida Xorazmda Zamaxshariyning o‘rinbosari nomini olgan Nosir ibn Abu Sayyid Ali Abul Fath Mutarriziy (538-610/1144-1213)ning tilshunoslikka oid “Al-Muqaddimatu-l-Muyarriziy”, “Al-Misbah fi-n-nahv”, “al-Mu’rab fi sharhi-l-Mug‘rib” kabi asarlari bor.
Nosir Mutarriziy ham bag‘dodlik tilshunoshunoslarning ta’limga oid amaliyotidan foydalanib, Jurjoniyning “Avamilu-l-mu’a” asarida qo‘llangan usulidan iste’foda etgan holda ishlab chiqilgan, beshta bo‘limdan iborat, qisqa va lo‘nda “Misboh” risolasini tuzdi. Asarning birinchi bo‘limi grammatik terminlarga bag‘ishlangan, ikkinchi bo‘lim me’yordagi (ya’ni ma’lum qoida asosida sodir bo‘ladigan grammatik hodisalar) omillar, uchinchi bo‘lim samoiy (yillar davomida og‘zaki nutqda qo‘llanilib, meyorga kirgan) omillar, to‘rtinchi bo‘lim ma’noviy omillar va beshinchi bo‘lim esa arab tiliga xos bo‘lgan grammatik hodisalarni o‘rganishga bag‘ishlangan.
O’zbekiston Respublikasi FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida “Misboh” asarining qo‘lyozma nusxasi 7831 interval raqami ostida saqlanayotgan majmuaning birinchi kitobidir. Mazkur qo‘lyozma o‘lchovi 17x27,5 sm bo‘lib, asar matni 44 varaqga 9ta satrda ko‘chirilgan.
Imom alloma Hamiduddin Abu Hasan ibn Muhammad ibn Ibrohim Daririy Roshiy Quhandaziy Buxoriy aruz ilmi sohibi, nahvga oid asar yozgan olimdir.
U hijriy 666 (milodiy 1267-yil) yil zul-qaada oyining 8-si, yakshanba kuni vafot etadi. Abu Sa’d Samoniyning “Kitobu-i-ansob” asarida keltirilishicha, ushbu muallif olgan “Daririy” nisbasini o’sha davrdagi faqatgina ilm ahlining mashhur insonlari olganlar. “Quhandaziy” nisbasiga kelsak, ushbu nisbani “Qadimiy qal’a” ma’nosini bildiruvchi “kuhandaz” so’zining arabiylashgan “quhandaz” nomi bilan atalgan qal’alarda ijod qilgan olimlar olgan. Hamiduddin Daririy Buxoro kuhandazidan bo‘lgan.
Hozirgi kungacha Hamiduddin Daririyning “Muqaddima” va “Kitabu-l-aruz” asarlari hamda Abu Bakr Nishopuriyning “al-G‘oya”siga yozgan sharhi aniqlangan. Shuningdek, u Burhoniddin Marg‘iyoniyning (hijriy 593-yil vafot etgan) “al-Hidoya”siga birinchi bo‘lib 2 juzdan iborat “al-Favoid” nomli sharh yozgan.
“Muqaddima” asarining “Muqaddimatu-d-Darir”, “Muxtasaru-n-nahv” va “Daririy”nomlari mavjud. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida hamda xorijiy kutubxonalarda ushbu asarning qo‘lyozma va toshbosma nusxalari saqlanmoqda.
“Muqaddima” asaridagi grammatik mavzular lo‘nda, qisqa hamda soddaroq tilda berilgan. Ushbu asar muallifning ismi sharifi va quyidagi so‘zlar bilan boshlanadi: “Arab tilidagi so‘zlar “Ism”, “Fe’l”, “Harf” turkumlariga bo‘linadi”, hamda ularga misollar keltiriladi. “Muqaddima” asari arab tili sintaksisiga bag‘ishlangan bo’lib, unda bir necha fasllar va qirqqa yaqin bob mavjud. Asarda boblardan oldin fleksiyaga bag‘ishlangan 13ta fasl berilgani bejiz emas, chunki “gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarining o‘zaro munosabatlari fleksiya yordamida ifodalanadi”. Hamiduddin Daririy “Muqaddima”ning bu fasllarida “e’rob” deb atalmish tashqi fleksiya masalasini yoritadi. So‘zlardagi e’rob belgilarining turiga ko‘ra avval “asliy”, so‘ngra bevosita “far’iy”, yani ikkilamchi belgili fleksiya berilgan. Arab tilidagi ismlarning birlik, siniq va muannas to‘g‘ri ko‘plikning kelishik belgilari hamda damma bilan tugagan hozirgi-kelasi zamon fe’llarining fleksiyasi asliy, ikkilik va muzakkar to‘g‘ri ko‘plikning kelishik belgilari va hozirgi-kelasi zamon fe’llarining oxiridagi ”nun”lar esa far’iy hisoblanadi. Hamiduddin Daririy ichki fleksiyani ham shu fasllarda o‘rganadi.
Asar madrasalarda arab tilini o‘rganishda asosiy manbalardan biri sifatida foydalanilgan. Bu asarga ehtiyoj bo‘lganligidan undan nusxalar ko‘chirilgan. Mir Said Sharif Jurjoniy va Mavloviy Hodi Ali kabi o‘z davrining mashhur nahvchilari bu asarga sharh yozishgan. O‘zbekistonda “Muqaddima” asarining “Daririy” nomi bilan saqlanayotgan qo‘lyozma va toshbosma nusxalari mavjud.
Mahmud Zamaxshariy, Abdulqohir Jurjoniylarning munosib izdoshi Sirojiddin Abu Yoqub Yusuf ibn Abu Bakr ibn Muhammad ibn Ali Sakkokiy Xorazmiy hisoblanadi. XII asrda arab tilshunosligi bo‘yicha buyuk iz qoldirgan olimlardan biridir.
Sirojiddin Abu Yoqub Yusuf ibn Abu Bakr Muhammad ibn Ali Xorazmiy Hanafiy Sakkokiy nomi bilan mashhur olim. U hijriy 555-yil tug‘ilgan va 626-yil vafot etgan.
U Sirojiddin Abu Yoqub Yusuf ibn Abu Bakr ibn Ali as-Sakkokiy Xorazmda tavallud topgan va shu yerda vafot etgan.4
Abu Yoqub Yusuf Sakkokiy XII asrda yashab, arab tili ilmlari bo‘yicha o‘chmas iz qoldirgan olimlardan biridir. Abu Yoqub Sakkokiy haqida tarix kitoblarida ko‘p ma’lumotlar yozilmagan. U kishining tug‘ilgan va vafot etgan vaqti, ustoz va shogirdlari haqida deyarli aniq va to‘liq ma’lumot uchramaydi. Tavalludi haqida turlicha ixtiloflar mavjud. Yoqut Hamaviy o‘zining «Moʻjamul udabo» asarida: «Bugungi kunda u (Sakkokiy) Xorazmdadir», degan. U Sakkokiy 554-hijriy sanada tavallud topgan, deb aytgan.5
“Kashfu Zunun” asari muallifi kabi boshqa olimlar Sakkokiyning tavalludini hijriy 555-yili deb aytgan6. Abu Fido Zayniddin: ”Yusuf Sakkokiy hijriy 555-yil Jumadul-avval oyining uchinchi kuni seshanba kuni kechqurun Xorazmning Sakkok qishlog‘ida dunyoga kelgan” deb yozgan. Sakkokiy arab tili va bayon ilmida nafaqat o‘z asrining balki barcha asrlardagi yetuk olim bo‘lgan.
Xorazm diyori Islom bilan musharraf bo‘lganidan so‘ng, musulmonlar o‘zlariga nozil qilingan Kitobning tili bo‘lgan arab tilini o‘rganish uchun mustahkam bel bog‘ladilar. Abbosiylar davrida islomga doir boshqa ilmlar qatori arab tili va unga taalluqli sarf, nahv va balog‘at kabi fanlarda ko‘plab asarlar bitildi. Xorazm ahli ham bu yuksalishlardan ortda qolmagan ilmiy markazlardan biri bo‘lgan. Maqdisiy o‘zining “Ahsanut taqosim” asarida Xorazm ahli haqida: Fahm, ilm, fiqh, iste’dod va odob ahli”, degan. Ushbu go‘zal muhit musulmonlar va hattoki arablar faxr qiladigan ulamolarni taqdim etdi. Abdulqohir Jurjoniy, Mahmud Zamaxshariy, Faxriddin Roziy, Sakkokiy kabi ulamolarning yozgan asarlari yuksak ilmiy saviya va Xorazmning ilmiy markazlardan biri bo‘lganiga yorqin dalildir. Bu davrda arab tilining sarf, nahv va lug‘at ilmiga doir ko‘plab kitoblar yozilgan.
Yoqut Hamaviy Sakkokiy bilan bir asrda yashab ijod etganiga qaramay, Sakkokiy haqida qisqagina satrlarni yozib qoldirgan. Sakkokiyning hayoti haqida aniq-ravshan va to‘liq ma’lumot uchramaydi. Faqatgina turli xil manbalarda biroz so‘z yuritilgan.
“Sakkokiy” nisbati haqida turli ma’lumotlar aytilgan bo‘lib, ulardan eng quvvatlirog‘i temirchilikka oid kasb deyilganidir. Uning oilasi temirni eritib, narsa yasash bilan shug’ullanadi deyilgan. Xossatan, yerga ishlov berishga mo‘ljallangan buyum yasashgan.7 U kishi shu kasb bilan shug‘ullangan. Ilm sari qadam qo‘yishiga sabab bo‘lgan voqea ham buni quvvatlaydi. Unda aytilishicha, Sakkokiy judayam bejirim va kichkina siyohdon va unga mos jajji qulf yasaydi. Bu “san’at asari”ni amirga sovg‘a qilish uchun saroyga boradi. Amir va uning a’yonlari uning ishini ko‘rib, uncha ahamiyat bermaydilar. Sakkokiy bundan xafa bo‘ladi. Shu payt saroyga bir kishi kirib keladi. Amir uni o‘rnidan turib qarshi oladi va o‘z joyiga o‘tqizadi. Unga hurmat-ehtirom ko‘rsatib, savollarini so‘rab bilib oladi. Ketgach, Sakkokiy uning kimligini so‘raydi. Shunda: “U inson falonchi olim” – deb aytishadi. Ana shu lahzadan boshlab Sakkokiy bor himmati va g‘ayratini ilmga qaratishni maqsad qilib, ilm halqasi tomon yo‘l oladi. O‘sha vaqtda uning yoshi o‘ttizdan oshgan bo‘ladi.
Yusuf Sakkokiy Chingizxon o‘g‘li Chig‘atoyxon davrida yashab ijod qilgan. Abu Yaqub Qashg‘ar, Badaxshon, Balx va boshqa diyorlarda fozilliklari bilan mashhur bo‘lgan. “Ravdatul-jannat” muallifi Rizo Muhammad Boqir: “Yusuf Sakkokiy 30 yoshidan keyin ilm olishni boshlagan, ungacha temirchilik bilan shug‘ullangan”,– deb aytgan. Yusuf Sakkokiy 30 yoshidan keyin va o‘z davrining barcha ilmlarini olishga harakat qildi. Xonning vaziri Sa’d Amid fitnasi bilan Yusuf Sakkokiy umrining oxirgi uch yilini qamoqda o‘tkazib, shu qamoqxonada vafot etadi. Mustafo ibn Abdulloh (Hoja Halifa tahallusi bilan mashhur) “Yusuf Sakkokiy hijriy 626-yilda vafot etgan” deb yozadi
Yoqut Hamaviy Sakkokiy haqida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “Yusuf ibn abu Bakr Sakkokiy Xorazm ahlidan bo‘lib, she’r, aruz, bayon, adabiyot, maoniy ilmlari, arab tili nahvi va sarfi bo‘yicha peshvo allomadir. Ko‘p ilmlarni o‘zlashtirgan faqih, ilmi kalom olimlaridan va o‘z zamonasining taniqli fozil kishilaridan hisoblangan”8.
Muhyiddin abu Muhammad ibn abu Vafo: “Yusuf ibn abu Bakr Xorazmiy Sirojiddinning ustozlari: Sadid Xayyotiy, Mahmud ibn Said Shayhul Islom, Harisiy va boshqalar. Sakkokiy buyuk imom, she’r, aruz, bayon, maoiniy ilmlari va arab tili grammatikasini o‘ta yaxshi biluvchi olimlardandir. Uning shogirdi Muxtor ibn Mahmud Zohidiydir,” degan ma’lumotlarni qayd etadi.
Shahobiddin abul Falah Hammaliy Dimashqiy: “Sakkokiy buyuk imom va mashhur olim bo‘lgan. Yusuf Sakkokiydan “Qunya” sohibi Muxtor ibn Mahmud aqida ilmini o‘rgangan” degan ma’lumotlarni keltirgan.
Muhammad Abdulhay Laknaviy Hindiy Yusuf Sakkokiy haqida batafsil to‘xtalib, quyidagi ma’lumotlarni shu asarda keltiradi: “Hamma ilmlarda nasibasi bo‘lgan Yusuf Sakkokiy ustozlari Sadid ibn Muhammad, Mahmud ibn Ubaydulloh hisoblanadi. Bu olimning bir necha asarlari bo‘lib eng mashhuri 12 ta ilmni qamrab olgan “Miftahu-l-ulum”dir. Bu kabi asar avvalgilarida ham, keyingilarida ham bo‘lmagan. Sakkokiyning vafotining ayni vaqti qachon ekanligi bo‘yicha ham tavalludi kabi turlicha ixtiloflar bo’lgan. 623 yoki 627 degan qarashlar bo’lgan. Eng ehtimoli yuqorisi va haqiqatga yaqini hijriy 626-yili edi. Yusuf Sakkokiy hijriy 555-yilda tug‘ilib, rajab oyining ilk kunlari 626-yilda vafot etgan 9.
Mustafo ibn Muhammad Binoiy “Havashi sharhi talxis muxtasar” asarida keltirishicha, Sakkokiy nisbasi Nishopurdagi qishloq nomidan olingan. Yana aytilishicha, bu qishloq Yamanda yoki Iroqda bo‘lsa kerak. Bu ma’lumotni Hoja Halifa o‘z asarida keltiradi.
Jaloliddin Suyutiy: “Sakkokiy abu Hayyom” “Irtishof” asarida “Ibnu-s-Sakkok” tarzida keltiradi. Yusuf uning ismi, Sakkok esa uning bobosi bo‘lib, dirhamlarni zarb qiluvchi usta bo‘lgan”.
Muhammad Abdulhay Laknaviy yana quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “Sakkokiy ajoyib san’atlar va kamyob ilmlar sohibi bo‘lgan. Shu jumladan, Yusuf Sakkokiy jinlarni sehrlash, yulduzlar, sehr va tilsim ilmlarini ham bilgan” 10.
Sakkokiyning o‘zi esa ustozlaridan faqat Hotimiyni aytib o‘tgan. Ammo, u kishini ismi bilan emas, nisbati bilan zikr qiladi va: “Shayximiz Hotimiy aytdi” yoki bundan boshqacha tarzda aytadi. Sadiduddin ibn Muhammad Xayyotiy u ana shu Hotimiy bo‘lsa kerak, degan fikr aytilgan. Sadiduddin ibn Muhammad fiqh va kalom ilmida zabardast olim bo‘lgan. Manbalarning aytishicha Sakkokiy Sadiduddin ibn Muhammad Xayyotiydan va Zamaxshariyning shogirdi Husayn ibn Muhammad Bori’dan fiqh ilmini o‘rgangan.
Sakkokiyning ustozi Hotimiyni sarf, nahv va balog‘at ilmida «dengiz» bo‘lganini aytgan.
Ustozlaridan yana biri - Mahmud ibn Soi’d ibn Mahmud Horisiy. Bu zot “Shayxul Islom” bo‘lgani aytilgan.
Muhammad ibn Abdulkarim Turkistoniy Xorazmiy. Bu zot “Burhonul a’imma” nomi bilan tanilgan.
Shogirdlaridan faqat Muxtor ibn Mahmud ibn Muhammad Zohidiy ma’lum. Bu zot faqihlardan bo‘lib, “Qunya” kitobining sohibidir. Sakkokiydan kalom ilmini o‘rgangan.
Sakkokiy Qur’on va Sunnat ilmlari bilan to‘lib toshgan, lug‘at, ishtiqoq, bayon, ma’oniy, usul, aruz va istidlol ilmlarini bilgan kishinigina olim hisoblar edi. U turkiy va fors tilini ham yaxshi bilgan. Uning o‘zi ham turkiy xalqlardan bo‘lgani haqiqatga yaqin. Chunki, ajdodlari ushbu turkiy diyorga boshqa yerdan ko‘chib kelganlari haqida ma’lumot aytilmagan. Fors tilini bilishiga esa Rashiduddinning “Hadoiqus sehr fi daqoiqush she’r” asaridan ta’sirlangani va fors tilida “Tilsim” nomli kitob yozgani dalolat qiladi. Tilni yaxshi bilishi bilan bir qatorda fiqh, kalom va mantiq ilmlarini ham puxta bilgan. Bu uning shoh asari bo‘lmish “Miftahu-l-ulum”dagi uslubida o‘z aksini topgan. Uning hamasrlari ham va xossatan Yoqut Hamaviy uning ushbu fanlarda mustahkam va puxta ilm sohibi bo‘lganiga guvohlik berishgan
Yusuf Sakkokiy quyidagi asarlarni yozgan:
“Miftahul-ulum”. Bu allomaning birinchi va shoh asari hisoblanadi. Abbosiy halifalardan Nosiriddin halifaligi davrida (hijriy 595-yillardan keyin) yozilgan. Asar o‘z davrida va keyinchalik ham mashhur bo‘lib, bir necha marta qayta-qayta nashr qilingan. Sakkokiy asarlaridan faqat shunisi nashr qilingan va bizgacha yetib kelgan.
“Sharhul-jumal”. Abdulqohir Jurjoniyning “Jumal” asariga sharh sifatida yozilgan. Bu kitobga “Miftahu-l-ulum”da allomaning o‘zi ishora qilib o‘tgan.
“Attibyan” nomli asari. (Ibn Haldun “Muqaddima” asarida qayd etgan.)
Fors tilida “Tilsim” asari. Bu kitob haqida Mirzo Muhammad Baqir aytgan.
“Munozara ilmi haqida risola”. Bu kitob haqida K. Brokkelman “Farzandga risola” tarzida shogirdi Muhammad Sochiqlizodaga atab yozilganligi haqida ma’lumot bergan11.
“Mus’hafuz-zahroti” asari. Bu nomli asarni Umar Rido “Mu’jamul-ma’allifin” asarida keltiradi 12.

Download 227,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish