Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

sacratum
[182]
ga kirishi mumkin, biroq ikkala tomonning ham yetakchi 
bo‘lishidan nima naf? Xudoning xaloskor so‘zi vositachisi kim? Agar iudaizmda ayollar 
Toraga yaqinlasha olmagan, xristianlikda prichastie marosimida ishtirok etolmagan bir 
paytda islomning diniy majburiyatlarni bajarishdan ozod qilishi ularga ayollar huquqini 
xuddi zikr etilgan dinlarga o‘xshab, cheklab qo‘yadimi? 
Islom bu o‘rinda muqaddas joylarni ularning ichida aks sado beradigan so‘zning tajallisi 
qadar kengaytiradi. Shariat uchun kitobga asos bo‘lgan kalom ayollar qo‘l tekkizishi va 
qiroat qilishi uchun ochiqdir. Qur'onning ilk matniga vasiylik qilish erkak kishiga emas
aynan payg‘ambarning zavjayi muhtaramasi Xadichaga ravo ko‘rilgani ham ramziy 
ma'noga ega.
Ilohiy kalomni jamoa bo‘lib o‘qish haqida gap ketganda, ayollarning o‘rni xususida 
islomning qiyosi yo‘q ekanini aytib o‘tish kerak, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sababga ko‘ra, islom 
hech kimni - erkakmi, ayolmi - bir-biridan ustun qo‘ymaydi. Ibtidoiy 
Alast
ni yodda 
tutishimiz va Buyuk Ahdga imon keltirishimiz barchamizga chinakam taqvo ajrlarini 
yozadi. Ular biz qanchalik yodda tutsak, shunchalik azizdir.


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
78
Imom vositachilik qilmaydi, biroq ma'naviy yetakchi o‘z shogirdi uchun ibodat qilib, zikr 
usullarini taklif etish bilan vositachi bo‘lishi mumkin. Bu zamonaviy vahhobiylik 
faolligining ayollarga qarshi qaratilgan muqarrar qo‘polligi namunasidir. Bunday faollar 
uchun so‘fiy shayx hurmat qilinadigan emas, aksincha, yo‘qotilishi kerak bo‘lgan 
shaxsdir. Yuqorida zikr etilganiday, so‘fizm va islom boshlang‘ich ma'naviyatining 
boshqa shakllari ayollarni ko‘pincha dinning sof ekzoterik
[183]
ko‘rinishlarida mavjud 
bo‘lmagan yo‘llarga solar edi: o‘z shogirdining shakllanishi va uni yo‘lga solishda ta'sir 
ko‘rsatuvchi so‘fiy shayx ko‘pincha muayyan kishilar yoki jamiyat uchun masjidning 
imomidan ko‘ra muhimroq ahamiyatga ega edi. Shayx u yoki bu jins vakili bo‘lishi ham 
mumkin edi. Buning yorqin va teran namunasi sifatida zamonaviy Livan avliyosi Fotima 
al-Yashrutiyyani misol qilib keltirish mumkin. Bunday misollar juda ko‘p. Ko‘pincha 
masjidlar faqat erkaklar boradigan joy bo‘lib qolgan musulmon jamiyatlarida payg‘ambar 
maqbarasi yoki avliyo kishining ayollarga ularning gullagan ta'sirchan ma'naviyatiga mos 
topib bergan muqaddas joy, Irigaray qayd etganiday, to‘g‘ri chiziqdan ko‘ra, yopiq 
aylana ichidadir. Shu ma'noda, Falastin ayollari uchun ba'zi bir payg‘ambarlarning 
maqbaralari nechog‘liq ahamiyatli bo‘lganini qayd etib o‘tish kerak. Vahhobiylikning, 
Madinadagi maqbarani istisno qilganda, ayollarning jamoat joylarida har qanday ko‘zga 
tashlanishi bilan bog‘liq asabiylashuvi ularning bunday ahvolga barham berish yo‘llarini 
axtarishidan dalolatdir. Bu masalada Rasulullohning qabri paradigma sifatida emas, 
istisno deb qaraladi.
Shunga qaramasdan, keyingi yillarda ayollarning imomlikka o‘tishi masalasi, garchi ular 
orasida bunday ziddiyatli vazifani bajarishga ro‘yxushlik beradigani kam bo‘lsa-da, bir 
necha jamoalarda ko‘tarilgan edi. Majid imomining avliyolarga xos vositachilik 
vakolatlaridan birortasini ham da'vo qilishga haqqi yo‘q: u 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish