www.ziyouz.com
kutubxonasi
74
ibodatxona yoki uyda nishonlanayotgan
mavlud
marosimi - to‘g‘ri chiziqqa yuzlanadi;
ularning ichki olami mehrob (ayni paytda minoradan farqli o‘laroq, ibodatxonada yoki
masjid) da zuhur bo‘ladi. U holda biz tenglikni qayta tiklashni masjidda bajariladigan
diniy amallarni keskin isloh qilish orqali emas, aksincha, ayni paytda nafratlanish
darajasiga tushib qolgan ibodat joyi: ibodatxonani qayta tiklash va obro‘sini ko‘tarish
orqali amalga oshirishimiz mumkin. Yaqinda ijtimoiy fanlardan antropologiya (Klifford
Girtz) va matn sharqshunosligi (Jon Renard) sohasida o‘tkazilgan tadqiqotlar so‘fiylikni
somiy «transtsendentalizmi»ning zamonaviy vahhobiylik mutaassibligi bilan klassik
sharqshunoslik qarashlarining kuchli ittifoqidan asrab qoldi va uning tarixiy
markazlashuvi musulmon taqvodorligi asosida kechganini aniqladi. Ko‘plab feministik
tahlillar - shular qatoriga Laylo Ahmadning tahlili ham kiradi - rasm-rusumlarga
asoslangan din normativdir, degan tushunchadan kelib chiqadigan, masjidda diniy
amallar bajariladigan payt orqada turadigan ayollar muqarrar hukmning qurbonlaridir,
degan G'arb va xristian taxminlaridan olingan xulosa bilan bizning ko‘z qarashimizni
noto‘g‘ri talqin qiladi.
Tasavvur ekranini so‘fizm va unga hammaslak bo‘lgan mashhur diniy tariqatlarni kiritish
uchun kengaytirsangiz bormi, islomning klassik ko‘rinishlari ming bir joziba bilan paydo
bo‘la boshlaydi. Imomning klerikal va avtoritar maqomi va erkak zotining normativ
fiqhdan kelib chiqadigan ijtimoiy qiyofasiga oid yevrotsentrik qarashlar o‘rta asrlarda
yashagan musulmonlar aksariyat hollarda nazariy jihatdan, ko‘pincha amalda ayol kishi
bo‘lmish so‘fiy shayxning ta'siri va yo‘lboshchiligida yashagani haqidagi dalillar bilan rad
etilishi kerak.
Jinsni boshqacha tushunish borasidagi diniy qarashlarning tarmoqlanib ketishi jinsiyat
mubohasasiga borib taqaladi. Inson otliq mavjudot birlikda yashaydi, mavjudotning
ma'naviy mohiyati jinsga borib taqaladi va shu sababli har bir jins dahosini boshga
ko‘tarish islomga xos xususiyatdir. Rasululoh (s.a.v.)ni bevosita xuddi shu nuqtai
nazardangina tushunish mumkin: uning jasorati birligi va binobarin, qudsiyligi
namoyishidir. Uning ayol zotini, zavjayi muhtaramalarini boshiga ko‘tarish odati
Sulaymon va boshqa yahudiy donishmandlari, hatto Krishnaning jasoratini esga soladi.
To‘laqonli hayot kechirish orqali ul zot Alloh taolo farz qilgan nasl qoldirish odatini qabul
qildi va uni muqaddaslashtirdi. Qonunlar ijodkori bo‘lmish Rasulullohning yakka o‘zi
uchun yaratgan
xasois
- xususiyatlar (ularni Suyutiy o‘zining "Al-xasois al-kubro»
asarida bir-bir sanab o‘tadi) uning axloqiy printsiplarga rioya etishida qattiqqo‘lik
bo‘lishini talab etar, ammo ummatlari bundan ozod qilingan edi. Tahajjud ibodati unga
majburiy bo‘lsa, boshqalar uchun ixtiyoriy edi. Oddiy musulmonlardan ertalabdan
kechgacha ro‘za tutish talab etilgan bir paytda uning 24 soat yoki undan ham ko‘proq
vaqt ro‘za tutish (o‘tar ro‘za -
Do'stlaringiz bilan baham: |