www.ziyouz.com
kutubxonasi
77
Bular ibtidoiy odamlarning turli hodisalardan qanday xavotirga tushganini ko‘rsatuvchi
belgilar, biroq ular juda kam uchraydi. Islomning inson tabiatiga yaqinligi tufayli
qudsiylikning insoniy mayllarni siquvga olish evaziga paydo bo‘lib qolmasligini
muntazam uqtirib keladi. Biz tananing qo‘rquv orqali idrok qiladigan tabiiy ritmlarini
e'tibordan soqit qilmasligimiz, qaytanga ularni diniy marosimlarga qo‘shib qo‘yish orqali
boshqarishimiz kerak. Binobarin, ayol kishiga har oyda bir necha kun ibodat va ro‘za
tutishni to‘xtatib turishiga izn beriladi. Ba'zi bir feministlar buni ayol zoti ma'naviyatining
pasayishi deb, musulmon ayol ilohiyotshunoslari esa unga nisbatan hurmatning zuhur
bo‘lishi deb, Ruqiyya Maqsud singari boshqa birovlar esa mushkul vaziyatda diniy
majburiyatlarni bajarishni yengillatish deb hisoblashadi. Diniy majburiyatni bajarishdan
ozod qilish masalasi yo gumonli, yoki yumshoq germenevtika bilan hal etiladi va
umumiy holda talqin qilishga qarshilik ko‘rsatadi.
Musulmonlar e'tiqodning asosiy ruknlarini bajarishni ikkala jins vakillariga ham baravar
vojib qilish bilan islom ayollarning qadrini oshirganini qayd etadi: amallarni bajarishni
har oy bir-ikki kunga qoldira turish asosiy printsipni buzmaydigan, pragmatik va
saxovatpeshalikka asoslangan ijozatdir. Binobarin, besh ruknning jinslarga aloqasi yo‘q.
Xuddi shuningdek, islomda ayollar qadami yetmaydigan muqaddas joylarning o‘zi yo‘q.
Ayollar muqaddas Ka'baga kirishi mumkin. Quddusdagi ibodatxonaning ichki hovlisini
rimliklar buzib tashlamasidan burun u ayollar kirishi mumkin bo‘lmagan joy edi,
mabodo, u yerga biror ayol kirib qolsa, o‘limga hukm qilinardi. Musulmonlar shafeligiga
o‘tganidan so‘ng u yerga ikkala jins vakillari ham qo‘yiladigan bo‘ldi. Binobarin, zarhal
konstruktsiyasi haligacha Astronomik bog‘ ramzi bo‘lgan va Me'rojning Yer yuzidagi
nuqtasini ifodalovchi Qoyalar gumbazi juma kunlari faqat ayollar ixtiyoriga berib
qo‘yiladi, erkaklar esa uning yaqinidagi al-Aqsa masjidida ibodat qilishi mumkin. Xuddi
boshqa joylarda bo‘lgani kabi bu yerda ham juma namozlari paytida erkak va ayollar
alohida-alohida guruhlarga ajratiladi. Buning sababi ham pragmatik asosga ega va javob
talab qilmaydi, ya'nikim, ibodat paytida erkak va ayollarning o‘zaro aralashishi va
badanlarining bir-biriga tegib ketishi chalg‘ishga olib keladi.
Ayollar
Do'stlaringiz bilan baham: |