www.ziyouz.com
kutubxonasi
33
kiyimlarni kiyib yurar edi. Ul zot nima to‘g‘ri kelsa, ba'zan tuya, ba'zan ot, ba'zan xachir
va ba'zan eshakni ham minib ketaverar edi. Ul zot ba'zi vaqtlar yalangoyoq va sallasiz
yalangbosh yayov yurar edi. U Madinaning boshqa bir chekkasidagi bemorlarni ham
ziyorat qilar edi. Ul zot mushk anbarni yaxshi ko‘rar, qo‘lansa hidlarni yoqtirmas edi».
«Ul zot o‘z qarindoshlariga nisbatan mushfiq va sodiq munosabatda bo‘lar edi, biroq
ulardan hech birini ikkinchisidan lavozimiga qarab ustun qo‘ymas edi. Ul zot hech kimni
haqorat qilmas edi. Ul zot kechirim so‘ragan kishini kechirardi. Ul zot hazil qilar, biroq
hech qachon yolg‘on so‘zlamas edi. Ul zot hech qachon sharaqlab kulmas edi. Ul zot
ijozat etilgan o‘yinlar va sport turlarini tomosha qilar, ammo ularni tanqid qilmas edi. Ul
zot o‘z zaifalari bilan poyga qilardi. Ul zotning atrofidagilar ovozini balandlatib gapirgan
taqdirda ham sabr qilar edi. Ul zotning bitta qo‘yi bo‘lib, oilasi uchun uning sutini
sog‘ardi. Ul zot hamrohlari bilan dalalarni kezguvchi edi. Ul zot hech qachon odamlardan
kambag‘alligi yoki xastaligi uchun hazar qilmas, birorta shohdan faqat shohligi uchun
qo‘rqmas edi. Ul zot boylarni ham, kambag‘allarni ham ajratib o‘tirmasdan Allohga
da'vat qilar edi».
«Garchi na o‘qish, na yozishni bilgan bo‘lsa-da, johiliyat va qashshoqlik hukm surgan
zaminda na ota, na onasi bo‘lgan holda yetim va cho‘ponlik qilib kambag‘al kun
kechirgan bo‘lsa-da, Alloh ul zotning tabiatida barcha ezguliklarni jamuljam etgan edi.
Biroq Alloh ul zotga inson tabiatining eng go‘zal jihatlarini va har qanday maqtovdan
yuqori usullarini, ancha oldin va keyin o‘tgan payg‘ambarlar tarixini, oxiratdagi najot va
zafarni, dunyoning zavqi va foniyligini, burch bo‘lgan ro‘za tutishni va keraksiz
narsalardan tiyilishni o‘rgatgan edi. Alloh barchamizga uning izmida bo‘lishni va
sunnatiga rioya etishni nasib qilgan bo‘lsin. Omin, yo Rabbil-olamin!»
Imom G'azzoliy chizgan bu jonli surat biz ulgi olishimiz kerak bo‘lgan andozani, mutlaq
go‘zallik sohibi bo‘lgan inson komilligini tasvirlab beradi. Uning hayoti mukammal
yashalgan hayot edi. Insoniy komillikning ul zot bilmagan va bayon qilmagan biror jihati
qolmagan edi. Ul zotning komilligi erkaklarning komilligi tabiatan qanday bo‘lishi
kerakligini ko‘rsatib beradi. Ul zot buyuk jangchi bo‘lgan, Imom al-Darimiyning (hazrati)
Aliga asoslanib keltirgan hadisida shunday deyiladi:
Men ishtirok etgan Badr kunlaridan birida biz Rasululloh (s.a.v.)ning huzurida boshpana
topdik, vaholanki, u barchadan ko‘ra dushmanga yaqin edi. O'sha kuni ul zot barcha
jangchilar orasida eng kuchlisi edi
.
Ul zotga hamrohlik qilgan kishilardan biri uning ot minishini tasvirlab, qizil salla o‘ragan,
qo‘liga qilich tutgan payg‘ambar haqida men hech qachon bundan go‘zal manzarani
ko‘rmagan edim, degan ekan.
Oradan 23 yil o‘tib, ul zot Arabistonning haqiqiy hukmdoriga aylandi. Ul zot o‘zining
dahosi va Alloh in'om etgan qobiliyati, shaxsiyatining joziba quvvati bilan tarixda ilk
marta arab qabilalarini birlashtirdi. Ul zot raiyatni qon-qoniga singib ketgan butlarga
sig‘inish botqog‘idan sof yakkaxudolikka olib chiqdi. Ul zot ilk marta xalqiga qonun
asosida yashashni o‘rgatdi. Ul zot Madinadagi masjidda ibodat qilish tizimi, o‘zni tiyish
va ma'naviy barakaga asos soldi. Bu hol keyingi son-sanoqsiz avlod mo‘minlariga va din
peshvolariga ilhom va taomil hadya etdi. Ul zot Ka'baning go‘zalligini ta'kidlash bilan
go‘zallikni hamma narsadan yuksak qo‘ydi; ul zot qilgan har bir ish go‘zal edi.
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |