www.ziyouz.com
kutubxonasi
32
Keling, payg‘ambarimiz (s.a.v) ning turmush tarzini esga olaylik. Biz «turmush tarzini
tanlash» zamonida yashayapmiz, lekin biz faqatgina bitta «turmush tarzini tanlash»imiz
mumkin. Modernizm ulgi olishimiz mumkin bo‘lgan turli xil ideallarni namoyish qiladi: biz
Madonna yoki Monika Levinski, yoki prezident Yeltsin, yoxud Maykl Jeksonga
o‘xshashimiz mumkin. Muqobil nomlarni istagancha keltirish mumkin. Biroq Rasululloh
(s.v.s.)ning nurli shaxsiyatini ularning yoniga qo‘yib ko‘rsangiz, umuman, muqobilga
hojat qolmaydi. Payg‘ambar uchun insoniylik Odam Ato komilligidir. Unda va uning
turmush tarzida bizning sharoitimiz uchun yuksak imkoniyatlarni ko‘rish mumkin.
Shuning o‘zi go‘zallikdir: Ul zotning ismlaridan biri bo‘lmish
jamil
- «go‘zal» so‘zi ham
fazilatlaridan biridir. Payg‘ambarning Alloh bilan bilan uyg‘unlik holatini ifodalovchi
ehson
so‘zi
husn
, ya'ni go‘zallikning hosilasidir.
E'tiboringizga payg‘ambar go‘zalligi xususida og‘zaki suratga o‘xshash xotiralarni havola
etamiz. Ular Imom G'azzoliyning
Ihya ulum ud-din
- «Diniy ilmlarni jonlantirish»
asarining 19-kitobidan olingan parchalardir.
«Allohning rasuli kishilarning eng halim tabiatlisi, shuning barobarida jasuri va
adolatparvari edi. Ul zot odamlarning taqvodori bo‘lib, o‘zining mahrami bo‘lmagan
ayolning qo‘liga qo‘lini ham tekkizmas edi. Ul zot o‘ta saxiy bo‘lgani uchun uyida bir
kecha hadya qilinmay qolib ketgan na tillo, na kumush tanga bo‘lar edi. Mabodo, berish
uchun biror odam topolmay, biror narsa qolib ketsayu kech kirib qolsa, uydan chiqib
ketib, biror ehtiyojmandga bermaguncha qaytib kelmas edi. Shuning uchun Alloh unga
oddiy va yengil taomlar: xurmo va arpani tanovul qilishni, qolgan narsalarning
barchasini Alloh yo‘lida hadya etishni ravo ko‘rgan edi. Ul zot o‘zidan so‘ralgan hadyani
bermay qolmas edi. Chorig‘i va kiyimini o‘zi yamar, ro‘zg‘origa qarashar, oila a'zolariga
go‘shtni maydalashda yordam berar edi. Ul zot odamlarning o‘ta uyatchani, biror
kishining yuziga ko‘p tikilib qolmas edi. Ozod kishi yoki qulning taklifi va hadyasini, hatto
u bir yutim sut yoki quyonning bir oyog‘i bo‘lsa ham, qabul qilar, o‘rniga boshqa biror
narsa berar edi. Ul zot sadaqaga berilgan hech bir narsani ishlatmas yoki tanovul
qilmas edi. Joriyaga javob qaytaradigan darajada mag‘rur ham, janda kiyim kiyadigan
darajada kambag‘al ham emasdi. Ul zot faqat yaratganning nomidangina g‘azablanar,
o‘ziga va yaqinlariga zarar yetgan taqdirda ham haqiqat va adolat ustuvor bo‘lishi uchun
kurashar edi».
«Ul zot ochlik tufayli beliga tosh bog‘lab yurar edi. Ul zot keltirilgan ovqatni yer, yeyish
mumkin bo‘lgan biror taomni qaytarmas edi. Mabodo, xurmoni nonsiz keltirishsa,
qaytarmas, qovurilgan go‘sht bo‘lsa ham yer edi; agar dag‘al arpa non bo‘lsa ham, asal
yoki boshqa biror shirin narsa bo‘lsa ham yer edi; mabodo, nonsiz faqat qatiq bo‘lsa
ham qanoat qilguvchi edi».
«Ul zot kambag‘alligi yoki ziqnaligi uchun emas, balki boshqalarni o‘zidan ustun qo‘ygani
uchun Alloh bilan uchrashishdan oldin qatorasiga uch kun, hatto, arpa non ham
yemadi».
«
Ul zot to‘ylarga borar, bemorlarni borib ko‘rar, janozalarda ishtirok etar, hatto
dushmanlarining orasida ham qo‘riqchilarsiz yurar edi. Ul zot eng tavozeli, eng ko‘ngli
ochiq va kibrni bilmaydigan zot edi. Ul zot uzundan-uzoq so‘zlashni yoqtirmaydigan
so‘zga usta edi. Ul zot eng ohanraboli zot edi. Ul zot dunyoda hech narsadan qo‘rqmas
edi. Ul zot Yaman jubbasi yoki jun chakmon, ya'ni kiyish mumkin va qo‘lida bo‘lgan
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |