www.ziyouz.com
kutubxonasi
29
bo‘lmaydi, u bizni eng qadimgi diniy ibodat va davomiylik an'analari bilan bog‘laydi.
Aslida, ba'zi bir ulamolarrning aytishicha, ro‘za tutish diniy ruknlarning eng qadimiysidir.
U Odam Ato bilan Momo Havoning ma'lum bir daraxt mevasini yeyishdan tiyilish
xususidagi amrga itoat qilib yurgan davrlarga borib taqaladi.
Inson islomning himoya doirasi ichiga qadam qo‘yish bilan ko‘hna soddalik va yuksak
maqomga doxil bo‘ladi. Islom bizga o‘zimizning xalifalik, Allohning yerdagi noibi
maqomimizni qaytarib olishga ijozat beradi.
Biroq bu hol faqat ibodat vaqti bilangina chegaralanib qolmaydi. Bir qarashga asosan
ibodat qilish va boshqasiga asosan, yashash ruhiyatda ziddiyatni vujudga keltiradi.
Bugungi kunda ba'zi bir dinlar o‘z tarafdorlariga ko‘ngil tusaganday yashashiga yo‘l
beradi, biroq 20-asrga xos turmush tarzi ibodatgohdan tashqaridadir. Islom bunday
hayotning bema'ni ekanini biladi.
Salot
vaqtida ilohiy mavjudotga qarata e'tiborni
jamlash bizning boshqa narsalarga bo‘lgan qarashimizni o‘zgartirib yuboradi. Ka'badan
boshqa tomonga yuzlanganimizda so‘z ichimizda aks-sado berib turadi, biz o‘ngga va
chapga qarab «Assalomu alaykum», deymiz. Tugal va muqaddas markaz bilan qayta
bog‘lanish hayotimizning qolgan qismiga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartirib yuboradi.
Kitobda: «salot buzuqi va qo‘pol tiynatga izn bermaydi», deyiladi. Agar u
huzur
- aql va
ruh ishtirokida ado etilsa, tiynatimiz asta-sekin poklanib boradi. Bemaza xatti-
harakatlar, qo‘pol so‘zlash, o‘zgalarga hamdard bo‘lolmaslik bizning namozni noto‘g‘ri
o‘qiyotganimiz, butun e'tiborimizni Allohga qaratmayotganimiz bilan bog‘liqdir.
Buning ma'nosi shuki, islom bizning e'tiqodimiz bilan turmush tarzimizdagi narsalarni
bir-biridan ajratmaydi, ya'ni ibodatni yo‘lga qo‘yish barcha musulmon jamoalari
islohotining ibtidosi va u bizni faqat masjidda jamoa bo‘lib namoz o‘qigan paytda emas,
balki doimiy birlashtiradigan nuqta tomon yo‘naltirishi kerak bo‘ladi. To‘g‘ri, ibodat
amallarini e'tibor qilmasdan ham bajarish mumkin, biroq ular sariq chaqaga ham
arzimaydi. Hadisda: «Namoz o‘qiyotgan kishi butun diqqat-e'tiborini his qilayotgan
narsasiga jamlashi kerak», deyiladi. Hasan Basriy esa: «Qalb ishtirok etmaydigan har
qanday ibodat maqtovu mukofotga emas, jazoga loyiqdir», degan edi.
Biz duch kelayotgan hamda turli ruhiy va ijtimoiy shakldagi barcha mushkulotlarga
sabab bo‘layotgan azaliy muammo - ko‘r-ko‘rona ibodat qilishimizdir: biz og‘zimizni
to‘ldirib, Allohu akbar deymiz, biroq shu vaqtning o‘zidayoq buning ma'nosi nima ekanini
bilmasligimizni fosh qilib qo‘yamiz. G'aflat uyqusidan uyg‘onib, bir necha daqiqadan
so‘ng salomlashgach, avtopilot holiga tushib qolamiz.
Bu yaxshi emas. Tananing harakatlari va tilning tanglay ostida raqs tushishi hech
qanday foyda keltirmaydi. Aslida
Do'stlaringiz bilan baham: |