www.ziyouz.com
kutubxonasi
24
oldi; endilikda ma'rifat o‘z yo‘lida davom etishi va so‘nib, postmodernizmga aylanishi
mumkin, G'arb zamini, uning eng ziyoli va muhtaram badiiy ijod vakillari
ta'kidlayotganiday, o‘z faoliyatini ruhdan fikrga, tanaga - insonning ichki dunyosiga,
endi esa uning keraksiz mahsulotlari, masalan, odamning kayfiyatini buzuvchi
traektoriya tomon burdi. Biroq, shunga qaramasdan, tanazzulning davomiyligini kuzatish
uchun galereyalarga borishning o‘zi ulkan saboqdir. U bizga nafaqat yangi dunyoni
yoqtirmasligimizni, qolaversa, biz uni o‘zimiz yoqtirmasligimizni xush ko‘rmasligimizni
ham eslatib turadi. Biz o‘zimizning dunyoqarashimiz bilan G'arb elitasining dunyoqarashi
o‘rtasida haqiqiy bog‘liqlik mavjudligini his qilamiz: biroq bunday bog‘liqlikning umri
qisqa ko‘rinadi. Biz murosasiz emasmiz va o‘rtadagi ko‘prikni buzib tashlaganimiz yo‘q.
Biz insoniyatning 99 foiz tarixi davomida tan olingan me'yorlarga rioya etyapmiz. Bu
o‘rinda aqldan ozar darajaga yetgan G'arb murosasizlik qilyapti. Va yana bemaza vizual
kakofoniya, narsalar mohiyatini tasodifiy anglay bilishni ham kuzatish va bu hol
taxminan vahiyona shiddat bo‘lishi ham mumkin. G'arbning 20-asrda yashab ijod qilgan
deyarli barcha badiiy ijod namoyandalari o‘zlarining dunyodagi diniy qarashlarning
qaroqchisi va uning boshboshdoq, muayyan shaklsiz va bema'ni vorisini tasvirlovchi
sifatidagi madaniy ahvolidan yetarli darajada voqif edilar. Biroq ularning ayrimlarigina
muqobil yo‘llarning ham ishonchli ekanini tan olishdi, xolos va Yevropa madaniyatining
irqchilik va islomofobiyasi ta'qibidan omon qolgan undan ham ozroqlari islomning
ulug‘vorligi va teranligini anglab yetishdi.
Shunday kishilardan biri, rus rassomi Kazemir Malevich edi. Malevich 20-asrning 20-
yillari boshlarida Iosif Stalin shaytoniy hokimiyatining xarobalardan oyoqqa turishiga
xizmat qilish uchun o‘zaro to‘qnash kelgan minglab diniy, mistik, ateistik yoki estetik
isyon harakatlari avj olgan rus inqilobi paytlari yashab ijod qildi. U vaqt bir necha qisqa
va shiddatli mavsum davomida mamlakatning o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan diniy va
shohona ierarxiyasining loshi nafaqat adolatli, qolaversa, ma'naviyatga asoslangan
qarashlarga yo‘l ochish uchun yo‘ldan supurib tashlanganday tuyulgan edi.
Yosh so‘lqanot rassomlar hokimiyat oldiga rassomlikning barcha reprezentatsional
[42]
shakllarini yo‘qotishi xususida talab qo‘ya boshladi. Ular to‘g‘ri ta'kidlaganiday, tasviriy
san'at tomoshabinga bosim o‘tkazadi. U yoshlikni qarilikdan, boylikni yo‘qchilikdan ustun
qo‘yadi, o‘zining diniy mohiyatiga ko‘ra, odamlarga jinsi va irqiga qarab jannat va'da
qiladi. O'shanda quyidagi inqilobiy qo‘shiq to‘qilgan edi:
Oq ofitser qo‘lga tushsa,
Uni urasiz
Rafaelga kelsak,
Muzeylar devorlarin
Nishon olmoq mavridi keldi,
To‘plar og‘zidan
O'tmish sarqitiga o‘tlar ochaylik!
Bundan bolsheviklarning o‘zi ham dahshatga tushgan edi. Ular ishlab chiqarish san'atini
ommaviy targ‘ibort vositasi qilib olgandi. O'sha vaqtda Stalin va uning vorislari
sotsialistik realizmday qo‘pol uslubga va sotsializm tongiga nigoh tashlayotgan
baquvvat dehqon erkak va ayollarning tasvirlariga homiylik qilgan va uni qo‘llab-
quvvatlagan edi. Renessans davrining odamga sig‘inish va titanizmi qayta tiklandi; hatto
erkinlik istagi ham yo‘q qilindi.
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |