XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J.
Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
35
nafs
imiz va «men»imizga ehtiyot bo‘lishimiz lozim. Biz nurday pok bo‘lish uchun uni
ne-ne mashaqqatlar bilan bo‘lsa-da, vujuddan yo‘qotishimiz kerak.
Sahobalar millionlab chin xristian, buddaviy, yahudiy va zardushtiy erkak va ayolni,
hatto ular bilan so‘zlashmay turib ham musulmon qildilar. Qur'on ularning tillariga
tarjima qilinmagan chog‘lar ayrimlari mahalliy tillarni o‘rgandilar.
Biroq ular borgan
joydagi haqiqiy samimiyat va iltifotli, yuksak maqomdagi hamda tamkin sunnatning
tabiiy go‘zalligi unga shohid bo‘lganlarning yuraklarini asir eta boshladi.
Bugungi kunda qalblarini sunnatga chog‘lamayotgan, balki uni rad etayotgan, shu bilan
birga uning tashqi ko‘rinishlariga amal qilayotgan musulmonlarni ko‘plab uchratish
mumkin. «Agar dag‘al, toshbag‘ir bo‘lganingizda, albatta, (ular)
atrofingizdan tarqalib
ketgan bo‘lur edilar»
[51]
. Muqaddas Qur'onning ushbu oyatini o‘zimizcha tahrir
qilganday bo‘lamiz. Mabodo, to‘pchilar nimchasini, Dok Martin poyabzalini kiyib olgan va
tajovuzkor xulq-atvorli faollarimiz 7-asrga borib qolsa edi, xristianlar,
buddaviylar va
boshqalar ulardan juda mutaassir bo‘lishi dargumon edi. Ular va sahobalarning o‘zi
bunday faollarni g‘azab va qoloqlik hissiga qul bo‘lgan va asl nomi
hilm
emas,
tajovuzkorlik bo‘lgan diniy oqim ta'siriga tushib qolgan omadsizlar deb atagan bo‘lur edi.
Halimlik Rasululloh (s.v.s.)ning yuksak fazilati bo‘lib, buningsiz ul zot hech qachon
bunchalik ko‘p qalbni zabt eta olmas edi.
Xulosa juda oddiy. Islomning o‘zi oddiy din. Bu din bizni tabiat va Alloh bilan qaytadan
birlashtiradi. U inson tabiatiga bosim o‘tkazmaydi, aksincha, uni sharaflaydi. U bizga
Odam Atoning muhtasham quvvatini namoyish etadi va uni barcha ismlarni o‘zida
jamuljam etgan zot sifatida ko‘rsatib beradi.
Qay
birimiz tabiatdan, go‘zallikdan, avliyolardan yiroq yashasak, yuraklarimiz
g‘azabnok, johil va besaranjom bo‘ladi. Biroq sunnat degani bu emas. Sunnat dunyo
odamning ko‘ziga qanchalik qorong‘i ko‘rinmasin, zulm qanchalik kuchli bo‘lmasin, hech
bir yaproq Allohning irodasisiz uzilib tushmaydi, deb ishonishdir. Nihoyat, hamma narsa
yaxshi bo‘ladi.
Koinot ham, tarix ham ishonchli qo‘ldadir.
Bu Rasululloh (s.a.v.) ning e'tiqodi edi. U bizning ham e'timodimiz bo‘lishi kerak.
Ko‘pchiligimiz Ka'badan taraladigan halovat va go‘zallikka mutlaqo aloqasi bo‘lmagan
ma'naviyatsizlik, axloqsizlikka yoki vahimaga, ekstremizmning bema'ni va chirkin
ko‘rinishlariga yetaklaydigan tushkunlikka mubtalo bo‘lganmiz. Biroq islom
donishmandlik va muvozanatga buyuradi. Bu o‘rta yo‘ldir. Qanday vaziyatga tushib
qolganimizdan qat'i nazar, buning iloji bor, unga amal qilishimiz mumkin.
Biz bugungi
dunyoning baxtli ummatlarimiz. Baxtimiz shundaki, g‘arbliklardan farqli o‘laroq, bizni
haliyam go‘zallik birlashtirib turadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, biz kim ekanimizni va
nima qilishimiz kerakligini yaxshi bilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: