XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J.
Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
127
xudoni va boshqalarni chin dildan sevishga tenglashtiriladi. Bu esankiratib qo‘yuvchi
e'tirof edi
[468]
.
Arab falsafasi oldida qarzdor bo‘lgan Fichino va Piko della Mirandola singari italyan
platonchilarilaridan o‘zlashtirilgan Yelizavet asrining keyingi davri Avgustinning
Yevropada deyarli noyob hodisa bo‘lgan Tavrotdan tashvishga tushish va, shuningdek,
Yevropaning boshqa mamlakatlaridan ko‘ra Angliyada unib-o‘sishi uchun qulay zamin
bo‘lgan unitarianizm
[469]
ning ilk harakatlari bo‘lmish rahmat
borasidagi fikriga qarshi
keskin norozilikning guvohi bo‘ldi.
Platoncha va arabcha falsafiy tushunchalarning o‘zaro yaqinlashuvi Platon falsafasidan
qattiq ta'sirlanib, ilohiyot bilan bog‘liq bo‘lmagan jihatlarda esa yotfikrlilik sifatida ildiz
otdi, ba'zi o‘rinlarda islom uchun zarur boshpana vazifasini o‘tagan xayrixohlik u bilan
chatishib ketdi. Islomning G'arbdagi ilk va muhim himoyachisi Henri Stabbe edi. U 1676
yili qazo qilgan Jeyms I.Stabbening shaxsiy shifokori va Britaniyadagi ilk maktab
bo‘lmish Vestminsterning talabasi edi. H.Stabbe Vestminster maktabining o‘quv
dasturiga arab tilini kiritadi, u Pokokening do‘sti edi. H.Stabbe «Islomning paydo bo‘lishi
va
taraqqiyoti, Muhammadning hayoti, uning dinini xristianlar tuhmatlaridan xalos etish
hisoboti»
[470]
deb nomlangan kitob yozib qoldiradi. Quyida uning prozasidan bir
namuna keltiramiz:
Bir tarafdan erkaklarning e'tiqodini ular tushunishi qiyin bo‘lgan, sabab va sog‘lom fikrga
to‘g‘ri kelmaydigan bir qator teran tushunchalarga ishonish zarurati bilan
bulg‘amaydigan; ikkinchi tarafdan esa ularni ko‘plab bema'ni, qimmat va irim-sirimga
asoslangan marosimlar bilan band qilmaydigan, boz ustiga, erkaklarni o‘zlarining Alloh
va Inson oldidagi burchi chegarasida tutib turish usuli bo‘lgan Diniy Ibodatni
xursandchilik bilan ado etish - islom dinida amal qilinishi kerak bo‘lgan narsalar mana
shulardir
[471]
.
Ushbu asarning yashirin tarzda qo‘ldan-qo‘lga o‘tgan qo‘lyozmalari yotfikrlilikning
so‘nggi shakllariga ta'sir ham ko‘rsatganday bo‘ldi. Unitarianizm (Troitsani tan
olmaslik)ning munozarachisi Jon Toland Stabbening matnini o‘qigandan so‘ng
"musulmon xristiani" degan iborani qo‘llagan bo‘lsa ajab emas
[472]
;
ayni paytda
uchtadan kam bo‘lmagan qo‘lyozma muhtaram ruhoniy Jon Disneyning shaxsiy
kutubxonasiga kelib tushadi. U 18-asrning oxirlarida omma ko‘z o‘ngida unitarianizmni
qabul qilish bilan cherkov a'yonlarini vahimaga solib qo‘yadi
[473]
.
Stabbening asarida Islom paradigmatik Boshqa emas, aksincha, inglizlarning tabiatiga
mos bo‘lgan din sifatida tavsiflanadi.
Stabbe irim-sirimchi emas, ma'naviydir. U
soddalikni, ya'ni katolitsizmning nazokat bilan ishlangan tosh metaforalari va Charlzning
boshni aylantirar darajadagi yuksak anglikan e'tiqodidan ko‘ra, masjidning toza va bo‘m-
bo‘sh devorini afzal biladi
[474]
. Uni murakkab dogmalar qiziqtirmaydi
[475]
. U
pragmatik axloqni qadrlaydi. Bu uning ko‘pxotinlilikni unitarianizmga xos tarzda himoya
qilishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning o‘ta "inglizcha" halol o‘yin tushunchasiga ham
zid keladigan bilvosita azoblanish g‘oyalariga vaqti yo‘q.
Stabbening mulohaza va
muhabbat orqali najot topish xususidagi qat'iyati zamondoshi bo‘lgan Jorj Herbertning
qarashlariga yaqindir. Ba'zi bir o‘quvchilar J.Herbertning "Muhabbat meni qutladi" deb
atalgan yirik poemasida "o‘rta asrlardagi islom metafizik she'riyati bilan yaqinlik borligini
his qilishi mumkin"
[476]
.
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: