www.ziyouz.com
kutubxonasi
90
ijtimoiy muloqotiga oid dalillar islomga bunday miqyosda o‘tish sabablari nimada ekanini
tushuntirib bera olmaydi. Boz ustiga, ushbu boshqotirma, bo‘lg‘usi din tashviqotchilari
uchun, musulmonchilikda tanlash huquqi jozibador emas, qabilidagi ko‘plab to‘sqinlik
qiluvchi omillarning mavjudligi tufayli yanada murakkablashib ketdi.
Shunday to‘sqinlik qiluvchi omillardan biri dinni qabul qilish tufayli yig‘ilib qoladigan
ijtimoiy noqulaylik ko‘rinishida zuhur bo‘ldi. Yulduzni ko‘zlagan holda, o‘rta asrlarning
barq urib rivojlanayotgan shaharlari bo‘lmish Damashq yoki Bag‘dodga ko‘chib kelib
ijtimoiy pog‘onalardan yuqori ko‘tarilish uchun islomni qabul qilgan erkak yoki ayol o‘zi
mansub din jamoasiga qayta qo‘shilolmay qolishi mumkin edi. Chunki ko‘hna xristian va
induizm guruhlari, odatda, kimningdir o‘z dinidan qaytishini sotqinlik deb bilar va dindan
qaytgan kishi o‘z-o‘zidan kastaga mansublik maqomidan ham mahrum bo‘lar edi.
Ramziy ma'noda aytadigan bo‘lsak, islom fiqhi ushbu dinga kirgan kishilarning g‘ayridin
ota-onalaridan muayyan mulkni meros qilib olishiga to‘sqinlik qilardi. O'rta asrlarda
islomni qabul qilgan ko‘plab kishilar uchun jamoaga qo‘shilish tufayli erishiladigan
imtiyozlar ko‘pincha tark etilayotgan din tufayli hosil bo‘lgan muammolar bilan bab-
barobar edi.
Ikkinchi jumboq islomning din sifatida o‘zi kutayotgan narsalarga talabchan tabiati bilan
bog‘liqdir. Biroq 8-asrda yashagan suriyalik dehqon yoki savdogar o‘zining mutlaq
savodsizligi tufayli islomni qabul qilishning ilk qadami sifatida og‘riqli xatna odatini
tushungan bo‘lishi mumkin. Avliyo Pavel, endilikda o‘sha dehqon ajdodlarining
xristianlikni qabul qilishida Ibrohimdan qolgan eski odatni bajo keltirishga hojat yo‘q,
deb ishni ancha osonlashtirib qo‘ydi. Biroq islom bunday yon berish yo‘lidan bormadi.
Dinning ruknlarini ado etish tizimi uni qabul qilmoqchi bo‘lganlarni cho‘chitib
yuboradigan hol edi. Islom bir kecha-kunduzda 5 marta namoz o‘qishni, birinchi namoz
kun chiqishidan oldin ado etilishini taqozo qiladi. Shuningdek, u ramazon oyida, ayniqsa,
issiq iqlim sharoitida juda mashaqqatli bo‘lgan ro‘za tutishni ham nazarda tutadi. U har
yili bir marta majburiy tarzda kambag‘allarga o‘z boyligining qirqdan bir qismini zakot
sifatida berishga undaydi. Bu din o‘rta asrlarda qimmat, noqulay va xavfli bo‘lan vazifa -
Makkaga haj qilishni majburiy qilib qo‘ygan edi. Din, shuningdek, ba'zi ovqatlarni
iste'mol qilishda xristianlar uchun noma'lum bo‘lgan cheklovlarni ham joriy etadi,
shulardan eng ko‘zga ko‘rinadigani cho‘chqa go‘shtini yeyishni taqiqlashdir. Mazkur din
musulmonlarga islom fiqhida musulmon bo‘lmaganlar uchun iste'mol qilishga ruxsat
etilgan spirtli ichimliklarni ham taqiqlaydi.
Modomiki shunday ekan, biz islom muvaffaqiyatlarini qanday tushuntira olamiz? Yana
asosiy masalaga qaytadigan bo‘lsak, g‘ayridinlar islomni qabul qilishga kamdan-kam
hollarda majbur etilgan. Ular o‘zlarining ibodat va ta'lim joylarini saqlab qolgan va
islomning ulkan dunyosida kichik bir jamoa sifatida yashab qolavergan. Odatda, islomni
qabul qilish oiladan va qishloqdan, odatlar va mafkuradan kechishga sabab bo‘lar, yangi
va talabchan jamoa hayotini qabul qilish qat'iy va deyarli zohidona mo‘‘tadillik bilan
tavsiflanadigan masjidda ibodat qilishda namoyon bo‘lar edi. Bullietga qo‘shilib
ta'kidlaydigan bo‘lsak, musulmonlar bilan ijtimoiy muloqot kengaya borgani sari islomni
qabul qilish tezlashgani nega odamlar, xususan, xristianlar osonlik bilan musulmon bo‘lib
ketganini tushuntirish uchun yetarli emas.
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |