Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
89
va xastalarni tuzatishi, o‘sha xalqlarning tillarida yozish va qo‘shiq aytish, ko‘pincha 
islomga o‘tish jarayonida bosqichma-bosqichlikka imkon berishga tayyorligi va ilohiyotni 
sevishga da'vatni himoya qilishi bilan o‘ziga jalb qilib olar edi. Bosniya, Kashmir, 
Indoneziya va G'arbiy Afrika hududlari aholisining islomni qabul qilishiga taqvodorlikning 
ushbu ikki shakli: muloqotdan iborat savdogarlik va mistika imkon berdi. Bu islomning 
savdogarlik va mistikaga yo‘l berishi natijasi edi.
So‘fiy mistiklar, xususan, Hindiston subkontinentini islomlashtirishda muhim rol o‘ynadi, 
ayni shu o‘rinda Bulliet andozasidan g‘ayriodatiy tarzda foydalaniladi. Hindistondagi 
dastlabki islom istilolaridan so‘ng oradan o‘tgan uch asr mobaynida juda ozchilik bu dinni 
qabul qilgan edi; O'rta Sharqdagi jadallashuv jarayoni - islom va hinduizm o‘rtasida 
ulkan kontseptual tafovut bo‘lgani, shuningdek, hind jamiyatining turli tabaqalarga 
bo‘linib ketgani va turli o‘lchov birliklaridan tarkib topgani uchun bo‘lsa kerak - bu yerda 
kuzatilmadi. Ayni hol, garchi pirovard siyosiy hokimiyat o‘shandan so‘ng hindularning 
qo‘lida qolmagan bo‘lsa ham mahalliy dinlarning izchilligi va amaliyotini saqlab qolishga 
imkon berdi. Ammo Hindiston tajribasi Arnold va Dennettning tezislarini yetarli darajada 
tasdiqladi, chunki Richard Iton va boshqalar hindlar islomni ko‘pincha Hindistondagi 
musulmonlar hukmronlik qilgan joylardan ko‘ra ular hukmron bo‘lmagan joylarda 
ko‘proq qabul qilganini isbotlab berdi
[218]
. Musulmon siyosiy hukmronligining yoyilishi 
va musulmon diniga mansub kishilar miqdorining (odatda, quyi kastalar orasida) orta 
borishi bir-biridan farqli ikkita ulkan jarayon sifatida ko‘zga tashlanadi. Dinni qabul qilish 
allaqaerlardagi sultonlarning siyosati tufayli emas, islom himoyachilari bilan muloqot 
tufayli ro‘y berar edi.
Uzoq Sharqda Indoneziya arxipelagi tajribasi musulmonlarning qurolli bosqini natijasida 
islomlashtirilganini emas, aksincha, ilk tanishuv tezisini yana tasdiqlaydi. Islom hindular 
Hindistonining bir-biriga chambarchas bog‘lanib ketgan aholisi qoniga bir necha asrlar 
davomida singib ketdi, hatto bugungi kunda ham subkontinent aholisining taxminan 
uchdan bir qismi musulmonlardir. Buning teskarisi o‘laroq, Yava, Malaya va Sumatra 
(orollari) garchi, asosan, hind madaniy robitasida bo‘lsa ham, kamroq qarshilik 
ko‘rsatgan edi va bugungi kunda Indoneziya aholisining 90 foizdan oshiqrog‘i 
musulmonlardir. Mintaqaning aholi yashaydigan bir necha ming orollarga bo‘linib ketishi 
musulmonlarning u yerlarni zabt etishiga va dengiz savdo-sotiq yo‘llarida islomning 
hukmron bo‘lishiga qulay zamin hozirlab berdi
[219]
. Shu tariqa (turli tamaddunlarning) 
to‘qnashuv imkoniyatlari oshdi.
Ushbu manzarani islom prozelitizm
[220]
i amal qilgan barcha-barcha hududlarda 
kuzatish mumkin. Birinchidan, sof missionerlik institutlari - qurimlari yetishmas edi: 
so‘fiylik tariqatlari madaniy vositachilar sifatida faoliyat yuritgani uchun g‘ayridinlarni 
islomga targ‘ib qilishni asosiy maqsad qilib olmagan edi. Ikkinchidan, kishilarning asosiy 
ko‘pchiligi islomni ixtiyoriy ravishda qabul qilardi. Uchinchidan, islomlashtirish asta-sekin 
amalga oshirilar, dastlab islom qadriyatlarining musulmonlar bilan yoki qisman 
islomlashtirilgan unsurlar bilan tanishish va, binobarin, A.D.Nokk "qo‘shilib olish"
[221]
deb atagan jarayon orqali o‘sha joyda yashaydigan xalqlar madaniyatiga kirib borishi 
ta'minlanar edi.
Biroq shunisi aniqki, garchi tanishuv va qo‘shib olish andozalari sotsiologik tuzilma 
sifatida ishonarli bo‘lsa-da, ular individual kishilarni islomni qabul qilishga undagan narsa 
aynan nima ekanini bilib olishga imkon bermaydi. Musulmonlarning boshqalar bilan 


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish