mazhab
ga
taqlid
vositasida
amal qilish masalasida yakdil bo‘lib keldi. Ushbu yakdillikda yaqqol foyda va imtiyozlar bor, ayniqsa,
g‘ayrat butunlay so‘nib qolgan va ruhlar o‘z ehtiroslaridan mast bo‘lishga mahkum etilgan kunlarda
har kim o‘z fikri borligidan lazzat olar edi». Bu bizga islomning turli fikrlar ehtimoli va qonuniyligini rad
etadigan totalitar din emasligini eslatib turadi. «Musulmon ulamolari
mujtahid
o‘zining shariat
hukmlarini chiqarishday qonuniy
ijtihod
i masalasida gunohga yo‘l qo‘yishi mumkin emas. [Faqat]
Bishir al-Marisiy, Abu Bakr al-Asamm va mu'tazaliylar va o‘n ikki imomga ergashuvchi shialar ta'limoti
singari qiyos ilmini rad etuvchilargina har bir fiqhiy muammo uchun yagona to‘g‘ri hukm borligiga,
kimki unga erishmasa, gunohkor ekaniga ishonadilar". (Amidi, IV, 244.) Albatta, bu islomning ilohiy
rahmati, sog‘lom va saxiy bag‘rikengligi ramzidir. «Alloh sizlarga yengillikni istaydi, og‘irlikni
xohlamaydi» (Qur'on, «Baqara» surasi, 185-oyat). "Men qiyinlashtirish uchun emas, osonlashtirish
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
www.ziyouz.com
kutubxonasi
219
uchun yuborilganman". (Buxoriy, "Ilm", 12.) "Allohning rasuliga - unga rahmatlar va salomlar bo‘lsin
- hech qachon ikki fikrdan birini tanlash imkoni berilmagan edi. Agar gunoh bo‘lmasa, ulardan
osonrog‘ini tanlar edilar". (Buxoriy, "Manoqib", 23.) Biroq Dehlaviy yashagan davrda odamlar
Sunnatning ushbu printsipini mensimagani uchun shikoyatlarga sabab bo‘lgan jarayon bugungi
kunga kelib yanada zaharliroq bo‘lib qoldi. Eng zararli narsa shuki, nafs shunchalik katta kuchga
aylandi, ba'zi bir davralarda ko‘hna musulmonchilikka xos xushmuomalalik va bag‘rikenglikka
asoslangan
adab
yo‘qolib ketdi, odamlar boshqa musulmonlarning o‘zinikidan boshqacha bo‘lgan
fikrini qabul qilishi qiyin bo‘lib qoldi.
[556]
Ko‘pgina yosh musulmon faollari, ehtimol, o‘zini doimiy xavf ostida sezgani uchundir, Imom
Malikday allomaning fiqh xususida berilgan 40 savolning 36 tasiga, bilmayman, (
la adri
) deb javob
berganiga qaramasdan, o‘z dini haqida nimanidir bilmasligi mumkin ekanini tan ololmaydi. (Amidi, IV,
221.)
[557]
So‘nggi mushohada sifatida ushbu bob fiqhni zamonaviy sharoitlarga javoban kengaytirish va
rivojlantirishga qarshi e'tiroz deb tushunilmasligi kerakligini qo‘shib qo‘ymoqchi edim. Ayni paytda o‘ta
jiddiy
ijtihod
talab etilmoqda; ushbu kitobda aytilgan fikr shuki, bunday ijtihodni havaskorlar emas,
yuksak malakali ulamolar amalga oshirishi shart.
[558]
Historia monotheistica
(lot.) -
yakkaxudolilik tarixi.
[559]
Puer aeternus
(lot.)
-
abadiy bola.
[560]
Homo Islamicus
(lot.)
-
islom kishisi.
[561]
Bioetika
(
ingl.)
- b
iologik tadqiqot va amaliyotlarning etika, ya'ni axloqqa oid jihatlarini
o‘rganuvchi fan.
- Tarj.
Do'stlaringiz bilan baham: |