www.ziyouz.com
kutubxonasi
83
muslima olimalarning tarjimai holini o‘qiyotib, musulmon ayollar chetga chiqib qolgan,
barcha huquqlardan mahrum va ijtimoiy jihatdan cheklangan, qabilidagi qarashlarga zid
bo‘lgan dalillarga duch kelganidan hayratga tushadi».
Roded aksariyat klassik islom o‘quv yurtlarida mudarris ayollar soni hatto hozirgi G'arb
universitetlaridagidan ham ko‘p bo‘lganini dalil sifatida keltirganida biz o‘rganib qolgan
tushunchalar chok-chokidan so‘kila boshlaydi
[196]
.
Ur
-masjid xususidagi hadisdan
saboq bergan iymonlilarning onasi Oyisha hamisha muhim paradigmaligicha, jonli, aql-
zakovatli, xudojo‘y va barcha xotiralardan ustunligicha qolaveradi.
Ammo o‘tmish ideallari - ulgilari o‘z o‘rniga qayta tiklanmaguncha musulmon
jamiyatlaridagi qutblanuv ehtimoli saqlanib qolaveradi. G'arblashgan sinflar an'anaviy
ta'birlarni ular G'arb uslubiga to‘g‘ri kelmagani va kiborlarning o‘z-o‘zini tasavvur
qilishini qoniqtirmagani uchun rad etadi. Vahhobiy harfxo‘rlar so‘fizmning ayollarni
yuksakka ko‘tarishini va uning
ego
- nafsni o‘ldirishga bo‘lgan talabini rad qilishda
davom etaveradi. Aynan shu kishilar islom qonunlari jihatlarini
ijtihod
ga asoslanib
o‘zgartirishga bo‘lgan qonuniy da'vatlarni o‘sha qonunlarni axloq nuqtai nazaridan teran
tushungani uchun emas, aksincha,
usul
ni beo‘xshov talqin etgani hamda o‘sha
da'vatlar G'arb ta'siri va talabiga mengzagani uchun ham e'tiborga olmaydi. An'ana
dahosidan ilhomlangan vijdonli o‘rta tabaqa tashabbusni o‘z qo‘liga olib, keskin
qutblashib borayotgan jamiyatlarimizda dastur ishlab chiqish uchun sunnatga har
qanday nafsdan xoli va saxovatli musulmoncha ta'rif bera oladimi, yo‘qmi, buni vaqt
ko‘rsatadi. Shubhasiz, o‘zlikni biror ishga to‘la bag‘ishlamasdan turib, Yer yuzida adolat
ham, hamdardlik ham bo‘lmasligi xususidagi so‘fiyona qarash donishmandlar o‘rtasida
eng yuksak mezonligicha qolaveradi. Biroq shunisi aniqki, islom an'anasi nafaqat o‘ziga,
qolaversa, G'arbga ham ko‘pgina mas'ul kishilarni tashvishlantirayotgan rollarning
yo‘qligi tobora xavf tug‘dirayotgan ma'lum bir qoidalarning yo‘qligi ustidan hukmron
bo‘lgan jamiyatning oyoqqa turib olishini kuzatish bilan bog‘liq munozaralarda chin
ma'nodagi keskin qaror qabul qilishda ustunlik qilish imkonini beradi.
Musulmon madaniyatlarining ham patriarxat, ham matriarxatdan iborat shakllangan
jihatlari onaning maqomiga tegishlidir. Irigaray asarining zaif jihati uning yoshi o‘tib
qolgan kishilarga nisbatan befarqligidir; u ham aksariyat feministlar qatori faqatgina
Do'stlaringiz bilan baham: |