qo‘shish yordamida turli grammatik ma’nolarda qo‘llash mumkin.
41
这会儿
zhè huìr so‘zining oldidan o‘tgan yoki kelasi
zamonni ifodalovchi
so‘zni qo‘yib, o‘tgan yoki kelasi zamondagi biror-bir vaqtni ko‘rsatish ham
mumkin:
这会儿雪下得更大了。你这会儿又上那儿去呀?Zhè huìr xuě xià de
gèng dà le. Nǐ zhè huìr yòu shàng nǎr qù ya? Bu safar qor yanada kuchaydi. Sen
shu chog‘da yana qayerga ketyapsan?
69
那会儿 nà huìr esa «o‘sha paytda» ma’nosini berib, o‘tgan zamonni
hamda kelasi zamondagi biror-bir vaqtni ko‘rsatishi mumkin. Hozirgi zamonni
esa ko‘rsata olmaydi.
Pirovardida, o‘tgan zamon yoki kelasi zamonni ko‘rsatishini til muhitidan
kelib chiqib bilish mumkin. Ularning qo‘llanilishi temporativlar bilan bir xil.
Ular ega, aniqlovchi, hol va h.k.lar bo‘lib kelishi mumkin.
这会儿 zhè huìr,那会
儿 nà huìr so‘zlarini mustaqil yakka tarzda ham, aniq bir vaqtni ifodalash uchun
biror-bir so‘zdan so‘ng qo‘llab ham ishlatish mumkin:
到了那会儿,农业就全
部机械化了
70
。
Dào le nà huìr, nóngyè jiù quánbù jīxièhuà le. O‘sha paytga qadar qishloq
xo‘jaligi butunlay mexanizatsiyalashadi.
So‘roq olmoshlariga vaqtni so‘rash uchun ham qo‘llaniladigan maxsus
so‘roq olmoshlari mavjud:
什么时候 shénme shíhou – “qachon, qay paytda”, 多
会儿 duō huìr va 哪会儿 nǎ huìr – “qachon”.
So‘roq olmoshi
多会儿 duō huìr, 哪会儿 nǎ huìr: bu ikki so‘z faqat
og‘zaki nutqda qo‘llaniladi. Ma’no va qo‘llanilish jihatdan juda o‘xshash bo‘lib,
ikkisi ham vaqtni so‘rashda qo‘llaniladi.
69
现代汉语词典。– 北京:商务印书馆,2005 年。-1727 页。
70
O’sha manba. 976-b.
42
“
多会儿” “什么时候” (qachon?),“几时
jǐshí” (soat nechada?)
ga mos
keladi
71
,“哪会儿” so‘roq olmoshi “那会儿、这会儿” olmoshlarining so‘roq
shaklidir. Ular gapda hol, aniqlovchi, to‘ldiruvchi vazifasida keladi.
“
多会儿” yana kesim vazifasida ham kelib, sanani so‘rashda qo‘llaniladi.
Bu faqat pekin shevasining og‘zaki nutqida uchraydi:
你是多会儿来的? Nǐ shì
duō huìr láide? – Sen qachon kelasan?
Shu o‘rinda ko‘rsatish olmoshi
每 měi so‘zini ham vaqtni ifodalash
vazifalarini ko‘rib chiqishimiz mumkin.
每 měi “har” yakka o‘zi qo‘llanila
olmaydi, odatda bevosita otga ham birika olmaydi.
每 měi va ot o‘rtasida hisob so‘zi yoki miqdor so‘zi ishlatilishi kerak. 每
měi “
年 nián – yil、日 rì – kun、天 tiān – kun、分钟 fēnzhōng – daqiqa、秒
miǎo – soniya” vaqtni ifodalovchi so‘zlar bilan birikib qo‘llanishi mumkin.
Ular o‘rtasida hisob so‘zi ishlatilmaydi. Chunki,
年 nián、日 rì、天 tiān
so‘zlari ham ot, ham vaqtni ifodalovchi hisob so‘zlardir.
每 měi “月 yuè (oy), 星
期 xīngqī (hafta), 小时 xiǎoshí (soat), 人 rén (odam)” va h.k. so‘zlar bilan birga
qo‘llanilganda, ular o‘rtasida “
个” gè hisob so‘zini ishlatish ham mumkin,
ishlatmaslik ham mumkin
72
:
每个星期开一次小组会。
Měi gè xīngqī kāi yī cì
zǔhuì
73
.
每星期开一次小组会。Měi xīngqī kāi yī cì zǔhuì. Har hafta bir marta
guruh majlisi o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: