zhǒng jí shì – “tovonda bir aylanguncha (vaqt) o‘tmoq” va hokazolar.
立 lì ning
“darhol”, “zumda” grammatik ma’nosi aslida “
稍立片刻” shāo lì piàn kè – “oz
lahza turmoq” ma’nosidan ko‘chgan.
Masalan:
楚人有涉江者,其剑自舟中坠于水,遽契其舟,曰:“是吾
剑之所从坠。” (《吕氏春秋·察今》)
58
Chǔrén yǒu shè jiāngzhě, qí jiàn zì
zhōu zhōng zhuì yú shuǐ, jù qì qí zhōu, yuē: “Shì wú jiàn zhī suǒ cóng zhuì.”
Chu podsholigidan bo‘lmish bir kimsa daryodan o‘tayotib suvga qilichini
tushirib yuboribdi, shunda u darhol qayiqning bir chetiga quyidagicha yozuvni
o‘yib yozibdi: “Bu yer mening qilichim tushib ketgan joy”. 5.
渐 jiàn, 稍 shāo
so‘zlari ish-harakat jarayonining sekin-astalik bilan kechishini ifodalab, “asta-
sekin”, “bora-bora”, “tobora” ma’nosida tarjima qilinadi. Masalan:
1)
年齿渐长。(白居易《与元九书》)
59
Nián chǐ jiàn cháng. Yosh
sekin-asta ulg‘ayib bormoqda;
58
O`sha manba, - B 141.
59
http://www.china.com.cn/ch-jieri/dongzhi/4.htm
31
2)
项羽乃疑范增与汉有私,稍夺之权。(《史记·项羽本纪》)
60
Xiàng Yǔ nǎi yí Fàn Zēng yǔ hàn yǒu sī, shāo duó zhī quán. Xiang Yu shunda
Fan Zengning Han sulolasi bilan xufiyona til biriktirganligidan shubhalanib,
asta-sekin uning xaq-huquqini tortib oldi.
6.
卒 zú, 终 zhōng, 竟 jìng so‘zlari biror-bir harakatning oxir-natijada
sodir bo‘lishini ifodalab, “oxir-oqibatda”, “oxir-natijada”, “nihoyat”, “oxiri”
ma’nolarida tarjima qilinadi.
Masalan:
汉王借兵而东下,杀成安君泜水之南,头足异处,卒为天
下笑。 (《史记·淮阳侯列传》)
61
Hàn wáng jièbīng dōng xià, shā Chéng
ānjūn Chíshuǐ zhī nán, tóu zú yì chù, zú wéi tiānxià xiào.
Liu Bang Han Sin, Zhang Erning harbiy kuchidan foydalanib sharqqa
kirdi, Chishuy daryosining janubiy tomonidagi hukmdor Cheng Anni o‘ldirdi,
bosh oyog‘i har joyda bo‘lib, oxir-oqibat odamlarning kulgisiga qoldi.
Masalan:
为蛇足者,终亡其酒。(《战国策·齐策》)
62
Wéi shé zú zhě,
zhōng wáng qí jiǔ. Ilonga oyoq chizgan odam oxir-oqibat sharobsiz qolibdi.
7.
数 shù, 亟 jí so‘zlari bir xil hodisa ko‘p marta sodir bo‘lishini ifodalab,
“bir necha bor”, “ko‘p marotaba” ma’nosida tarjima qilinadi.
Masalan:
扶苏以数谏故,上使外将兵。(《史记·陈涉世家》)
63
Fú
Sū yǐ shǔ jiàn gù, shàng shì wài jiàng bīn. Fu Su ko‘p marotaba dangal, ro‘yi-
rost maslahat berganligi sababli, hukmdor uni lashkar bilan hujumga jo‘natdi.
8.
遂 suì, 乃 nǎi, 寻 xún, 旋 xuán ravishlari ikki ish-harakat orasida vaqt
jihatdan oldinma-keyinlik munosabati mavjud bo‘lib, “shunda”, “ko‘p
o‘tmasdan”, “shunday qilib”, “shu tarzda” ma’nolariga ega. Masalan:
60
古代汉语(上册)(Qadimgi xitoy tili, birinchi qism)。- 辽宁,1984。第 142 页。
61
康瑞琮。古代汉语语法(Qadimgi xitoy tili grammatikasi)。- 上海,2008。第 214 页。
62
古代汉语(上册)(Qadimgi xitoy tili, birinchi qism)。- 辽宁,1984。第 142 页。
62
O’sha manba. 142-b.
32
1)
闻之,然亲往,未果,寻病终。(陶渊明《桃花源记》)
64
Wén
zhī, rán qīn wǎng, wèi guǒ, xún bìng zhōng. Buni eshitib, uning o‘zi har qayerni
kezibdi, shaftolizorni topa olmay, ko‘p o‘tmay og‘ir betoblikdan vafot etibdi.
2)
卓既杀琼、珌,旋其悔之。(《后汉书·董卓传》)
65
Zhuō jì shā
Qióng, Bì, xuán qí huǐ zhì. Dong Zhuo Wu Jing, Zhou Bini qatl etdi, ko‘p
o‘tmay afsuslandi.
Yuqorida alohida guruhlarga ajratib ko‘rsatilgan ravishlardan eng keng
qo‘llanilganlari bu
既 jì va 将 jiāng ravishlari bo‘lib, ular xitoy matnlarida
qadimgi xitoy tili taraqqiyotining butun klassik (
战国 Zhànguó – Urishuvchi
podsholiklar davri, mil.av. V-III asrlar) va postklassik (
汉代 Hàndài – Xan
sulolasi davri, mil.av. II - milodiy II asrlar) davrlari davomida saqlanib kelingan.
Mumtoz davr matnlarida mazkur ravishlar funksiyasini qisman takrorlovchi
boshqa payt ravishlari ham uchraydi.
Masalan, biz ko‘rib chiqqan
已 yǐ (既 jì ning analogi), 且 qiě (将 jiāng
ning analogi),
尝 cháng ish-harakatning nutq paytiga qadar allaqachon sodir
bo‘lganligi va so‘zlovchini ish-harakatning
既 jì va 已 yǐ holatidagi singari
natijasi emas, balki uning bori qiziqtiradi.
Takrorlanadigan ravishlar o‘rtasida postklassik davridayoq va so‘nggi o‘rta
asrdan boshlab kurashlar boshlanadi. Buning natijasida, ikki variantdan biri
(ba’zida qadimiysi, ba’zida zamonaviysi) boshqalarini siqib chiqaradi. Masalan,
Xan davrida uzoq muddat
既 jì va 已 yǐ ravishlari bir xil funksiyada bir vaqtda
mavjud bo‘ladi.
64
O’sha manba. 143-b.
65
康瑞琮。古代汉语语法(Qadimgi xitoy tili grammatikasi)。- 上海,2008。第 216 页。
33
Xan davriga qadar
已 yǐ deyarli faqat so‘ng yuklama sifatida qo‘llanilgan
(bunday qo‘llash ko‘pincha “Suhbat va mulohazalar” va “Mengzi” asarlarida
uchraydi). Garchi, Zhanguo davri oxirlaridayoq ravish funksiyasida ham
uchraydi (Masalan, “Syunzi” asarida). “Mengzi”da
既已 jìyǐ birikmasi ham
uchraydi (faqat bir marotaba). Bunday birikma Xan davri va ayniqsa So‘nggi
Xan davrida keng tarqaladi.
已既 yǐjì birikmasi esa xitoy adabiyotlarida deyarli
uchramaydi.
Keyinchalik
已 yǐ fe‘l turining ko‘rsatkichi funksiyasidagi 既 jì ni siqib
chiqaradi. Boshqacha aytganda, grammatik ixtisoslashish jarayoni kechadi va bu
jarayon davomida ko‘p ma’noli va bir-birini takrorlovchi yordamchi va yarim
yordamchi so‘zlar yanada tor farqlovchi ma’noga ega bo‘ladi.
Qadimgi xitoy tilida xabarda tasvirlangan ish-harakat (yoki vaziyat)ning
zamon xususiyatini ifodalashning yana bir usuli bu
未 wèi inkor ravishi bo‘lgan.
Bu qadimgi mumtoz xitoy tilida (Zhanguo davri, mil.av. V-III asrlarda)gina
paydo bo‘lgan va boshqa inkor ravishlaridan farqli
未 wèi ravishi nafaqat ish-
harakatning amalga oshish faktini, balki ish-harakatning ma’lum bir vaqtga,
xususan nutq paytiga qadar amalga oshish faktini inkor etadi.
Shuningdek, Zhanguo davridagi matnlardayoq “hech qachon….-magan”
ma’nosidagi
未尝 wèicháng birikma uchraydi. Xan davrida va ayniqsa, Olti
sulola davrida
未尝 wèicháng ning o‘rniga ko‘pincha 未曾 wèicéng va hatto 不
曾 bùcéng birikmalari qo‘llaniladi.
Zamonaviy xitoy tili uchun odatiy, qoidaga muvofiq, o‘tgan zamon
shakliga oid bo‘lmish
没 méi yoki 没有 méi yǒu inkor shakli Qing sulolasi
66
66
清朝 Qingchao – Qing (manjurlar) sulolasi 1644-1911 yillarda Xitoyda hukmron bo‘lgan.
34
davri matnlarda muntazam uchray boshlaydi. Shuning bilan birga, mazkur
funksiyadagi mumtoz davr
未 wèi inkor ravishi bilan bir qator farqlarga ega.
Birinchidan, yuqorida ko‘rsatilganidek
没 有 méi yǒu nafaqat o‘tgan
zamonga, balki hozirgi zamonga ham tegishli bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan,
未 wèi inkori modal fe’llar va ish-harakat hisoblanmaydigan
fe’llar bilan qo‘llanilishi mumkin. Bu zamonaviy xitoy tilining me’yoriy
grammatikasiga muvofiq
没 méi ( 没 有 méi yǒu) uchun mumkin emas.
Qolaversa, hozirgi vaqtda nutqda bu me’yor ko‘pincha buziladi va
没 méi modal
fe’llar bilan ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |