d
à
n “bir kun ertalab, bir kuni, bir safar,
bir zamon” maxsus leksik elementi bilan ifodalanadi. Mazkur leksik element
ergash gapda o’z o’rnini topadi.
9.
O’zining mazmuniga ko’ra, bunday gaplar odatda o’tgan zamonga
mansub bo’ladi. Ergashgan qo’shma gapning ikki qismidagi kesimlar ham
odatda
了 le suffiksi bilan shakllangan natijaviy fe’llar bilan ifodalanadi;
10. Maxsus leksik elementlar sifatida vaqt umumiy ma’nosiga ega otlar
ishlatiladi:
时候 sh
í
hou “vaqt oralig`i, payt” ,
际 j
ì
“payt, fursat, daqiqa”,
刹那
ch
à
n
à
“ lahza, on” va h.k.lar predlog bilan yoki predlogsiz qo’llaniladi;
87
11. Mazkur tipdagi ergashgan qo’shma gaplarning xususiyatlari bilan ilk
marotaba tanishib chiqish jarayonida bir vaqtda yuz berishni ifodalovchi
gaplarning tashqi belgisi sifatida
时候 sh
í
hou tipidagi elementlar xizmat qiladi.
88
XULOSA
1. Xitoy xalqaro milodiy sanalashtirish tizimini rasman 1949-yildan so‘ng
qabul qiladi. Unga qadar esa an’anaviy
年号 niánhào (imperatorlar hukmronlik
yillarining shioriy nom berilishi) va
干支 gānzhī tizimidan foydalanib kelganlar;
2. Ish-harakatning kechish xarakterini ifodalovchi maxsus leksik vositalar
vaqtni ifodalovchi vositalarga nisbatan qadimgi xitoy tilida kechroq, ya’ni
G‘arbiy Zhou davri (m.a. 1046-771-yillar)da paydo bo‘lgan;
3. Vaqtni ifodalovchi yordamchi so‘zlar orqali o‘tgan zamon, hozirgi
tugallangan zamon, uzoq o‘tmish va davomiylik ma’nosidagi vaqt
kategoriyasini ifodalashda keng qo‘llaniladi. Ushbu yordamchi so‘zlarning
gapdagi o‘rni ham turlicha bo’ladi;
4. Fe’l so‘z turkumida vaqt mazmuni fe’llarning reduplikatsiyasi hodisasida
o‘z aksini topadi. Xitoy tilida bir bo‘g‘inli fe’llarning reduplikatsiyasida ish-
harakatning qisqa muddatda sodir bo‘lishi kuzatiladi;
5. Xitoy oy taqvimiga muvofiq, har bir oy yana ikkitadan, jami 24 mavsum (
节
气 jiéqì)ga bo‘linadi. Qadimda xitoyliklar bir sutkani har biri ikki soatdan iborat
12 ta
时辰 shíchén – “katta soat”ga ajratganlar;
6. Qadimgi xitoy tilidagi vaqt kategoriyasini ifodalashda xizmat qiluvchi
yordamchi so‘zlar va ravishlarning bir qismi mustaqil so‘z turkumi ma’nosidan
grammatik ma’noga ko‘chish orqali shakllanish til hodisasi kuzatiladi;
7. Xitoy tilidagi vaqt kategoriyasi o‘z tadrijiyligida grammatik ixtisoslashish
jarayonlarini boshdan kechirgan va bu jarayonlar davomida ko‘p ma’noli va bir-
birini takrorlovchi yordamchi va yarim yordamchi so‘zlar yanada tor farqlovchi
ma’noga ega bo‘lgan;
8. Paytni ifodalovchi ot yoki otli so‘z birikma
时间词 shíjiāncí – “temporativ”
deb nomlanadi. Temporativlar ikki turga bo‘linadi: 1) “
时点” shídiǎn – ish-
89
harakatning qay vaqtda sodir bo‘lishni bildirib, vaqtning o‘rni haqida gap ketadi.
2) “
时 段 ” shíduàn – ish-harakat qancha vaqt amalga oshganini ifodalab,
paytning uzunligi haqida gap boradi;
9. Olmosh so‘z turkumida vaqt kategoriyasi ifodasi ko‘rsatish olmoshlaridan
这会儿 zhè huìr, 这阵子 zhè zhènzi – “bu payt, shu payt”, 那会儿 nà huìr, 那
阵子 nà zhènzi - “o‘sha payt” so`zlari; so‘roq olmoshlaridan 什么时候 shénme
shíhou – “qachon, qay paytda”,
多会儿 duōhuìr, 哪会儿 nǎhuìr – “qachon”, 几
时 jǐshí – “soat nechada” hamda “每 měi (har)+payt so‘zi” shaklidagi so‘z
birikmalari yordamida namoyon bo‘ladi.
10. Fe’l so‘z turkumida vaqt mazmuni fe’llarning reduplikatsiyasi hodisasida
o‘z aksini topadi. Xitoy tilida bir bo‘g‘inli fe’llarning reduplikatsiyasida ish-
harakatning qisqa muddatda sodir bo‘lishi kuzatiladi;
11. Sifatning ravish sifatidagi qo‘shimcha vazifasi mavjud bo‘lib, ayrim sifatlar
fe’l yoki sifatni aniqlab kelganida, mazmuni o‘zgarib, grammatik funksiyasi
ham ravish bilan bir hil bo‘ladi;
12. Xitoy tili grammatik tizimida vaqtni ifodalashda boshqa so‘z turkumlariga
nisbatan eng ko‘p ravish so‘z turkumi qo‘llaniladi. Payt ravishi sifatida xizmat
qiluvchi so‘zlar bu –
曾 céng, 曾经 céngjīng, 已 yǐ, 已经 yǐjīng, 都 dōu, 正
zhèng,
在 zài, 正 在 zhèngzài, 正 要 zhèngyào, 正 当 zhèngdāng, 马 上
mǎshàng
,
立刻 lìkè, 立即 lìjí,
一
下子 yīxiàzi, 赶快 gǎnkuài, 赶紧 gǎnjǐn, 赶忙
gǎnmáng,
连忙 liánmáng, 急忙 jímang, 快 kuài(快要 kuàiyào), 就 jiu(就
要 jiùyào), 将 jiāng(将要 jiāngyào), 就 jiù, 才 cái,,仍 réng, 仍然 réngrán,
依然 yīrán;
90
13. Xitoy tilida turg‘un konstruksiyalarning aksariyat qismi qo‘shma gap,
ayniqsa ergashgan qo‘shma gaplarning shakllanishiga xizmat qiladi. Turg‘un
konstruksiyalar vositasida yasaladigan temporal munosabatdagi ergashgan
qo‘shma gaplarning uch turi mavjud: 1) bir vaqtda yuz berishni ifodalovchi
ergashgan qo‘shma gaplar; 2) ilgari yuz berishni ifodalovchi ergashgan qo‘shma
gaplar; 3) ketma-ket yuz berishni ifodalovchi ergashgan qo‘shma gaplar;
14. Qadimgi xitoy tilida yordamchi so‘zlar, jumladan vaqt kategoriyasiga
mansub suffikslarning ham ayrimlari fe’l-kesimdan so‘ng emas, balki butun
boshli gapdan so‘ng qo‘llanilgan;
15. Qadimgi xitoy tilida vaqtni ifodalovchi so’zlarning hozirgi xitoy tilida
temporal munosabatni ifodalovchi konstruksiyalar tarkibida qo‘llana oladi;
16.
元(Yuan) sulolasining oxiri 明(Ming) sulolasi boshlarida 自従 zicong …dan
beri ma’nosini anglatuvchi konstruksiya hozirda
自从 zicong konsturksiyasining
aynan o’zidir. Shu bilan birga
唐(Tang) sulolasi davrida qo’llanila boshlangan
廚 chu, ya’ni avval, boshi ma’nosidagi so’z hozirgi zamon xitoy tilida 初 chu
so’ziga to’g’ri kelishi yuqoridagi farazlarimizga yaqqol misol bo‘la oladi ;
17. Zamon kategoriyasidagi fe’l funksiyasini bajaruvchi so’zlar temporal
munosabatni bildiruvchi yordamchi so’zlar turkumiga o’tishi kuzatildi. Bunga
misol sifatida III-XV asrlarda
了 liao deb o’qilgan hamda fe’l funksiyasini
bajargan, ya’ni bajarib tugatmoq ma’nosini bildirgan. Hozirda esa zamon
kategoriyasini belgilovchi mustaqil so’zga aylangan . Tan sulolasi davrida paydo
bo’la boshlagan
将 jiang so’zi mustaqil so’z bo’lib, boshlamoq ma’nosini
ifodalagan, vaqt o’tgan sayin o’z ma’nosidan yiroqlashib, hozirda kelasi
zamonni anglatuvchi yordamchi so’zlar qatoriga kirgan;
18. Song davridan boshlab,
了 so’ng yuklamasi so’zlashuv uslubda huddi shu
ma’nodagi yanada ilgarigi
矣 yǐ yuklamasini siqib chiqaradi. Lekin baribir
91
sun’iy arxaiklashtirilgan yuqori uslubda
矣 yǐ yuklamasi qo’llanishda davom
etaveradi;
19. Xitoy oy taqvimiga muvofiq har bir oy yana ikkitadan, jami 24 mavsum (
节
气 jiéqì)ga bo‘linadi;
20. Qadimda xitoyliklar bir sutkani har biri ikki soatdan iborat 12 ta
时辰 shíché
n
– “katta soat”ga ajratganlar;
21. Vaqtni ifodalovchi
了 le, 过 guò, 着 zhe, 来着 láizhe yordamchi so‘zlari
orqali o‘tgan zamon, hozirgi tugallangan zamon, uzoq o‘tmish va davomiylik
ma’nosidagi vaqt kategoriyasini ifodalashda keng qo‘llaniladi. Ushbu yordamchi
so‘zlarning gapdagi o‘rni ham turlicha bo‘ladi;
22. Qadimgi xitoy tilidagi vaqt kategoriyasini ifodalashda xizmat qiluvchi
yordamchi so‘zlar va ravishlarning bir qismi mustaqil so‘z turkumi ma’nosidan
grammatik ma’noga ko’chish orqali shakllanish til hodisasi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |